XIX
Opera Buff
O, how this spring of love ressembleth
The uncertain glory of an April day;
Which now shows all the deauty of the sun
And by, and by a cloud takes all away!
Shakespeare.
45
Matilda kelajak haqidagi va ehtimol o‘zi o‘ynashi lozim bo‘lgan
favqulodda rol to‘g‘risidagi orzularga berilib yurar ekan, ba’zan
Jyulen bilan oralarida bo‘lib turadigan quruq metafizik bahslar-
ni eslab, afsuslanib qo‘yardi. Gohida esa, bu yuksak fikr-mulo-
hazalardan toliqqach, u afsuslanib yigit og‘ushida kechgan baxtli
daqiqalarni eslar, biroq bu xotiralar uning qalbida o‘kinch tuyg‘ula-
rini uyg‘otar va bu pushaymon tufayli qiz ba’zan qattiq iztirob
chekardi.
«Agar inson o‘zining bironta zaif xislatiga izn bersa? – derdi
u o‘ziga o‘zi, – u holda mendek bir qiz o‘z sevgisini chindan ham
munosib bir yigitga in’om etmog‘i darkor. Dunyoda hech kim men
haqimda, u chiroyli mo‘ylov yoki otni chapdastlik bilan minishiga
uchdi, deb aytolmaydi axir. Yo‘q, uning Fransiya istiqboli haqida-
gi chuqur mulohazalari, Angliyadagi 1688-yil revolyutsiyasiga
o‘xshashi mumkin bo‘lgan bo‘lajak voqealar to‘g‘risidagi fikrlari
maftun etdi meni. Ha, men uning shu mulohazalariga uchdim, –
derdi u o‘zining vijdon azobiga javoban, – ha, men zaifaman, lekin
har qalay men, bironta tentak qiz kabi, shunchaki tashqi sifatlarga
uchmadim! Uning chehrasi qalbining yuksakligidan dalolat berib
turadi, meni ana shu narsa maftun etdi.
Agar yana revolyutsiya sodir bo‘lsa, u holda nega endi Jyulen
Sorel bu revolyutsiyada Rolan rolini, men esa – Rolan xonim vazifa-
sini bajarmasligimiz kerak ekan? Bu rol menga de Stal xonim roliga
45
Ishq bahori bamisoli aprel ayyomi
Har lahzasi o‘zgaruvchan, qarab tursangiz;
Gohi oftob nuri ichra balqiydi chunon,
Goh samoni qoplab olar qop-qora bulut.
Shekspir.
«Ikki
veronalik»,
396
qaraganda ko‘proq yoqadi: axloqsizlik bizning zamonamizda katta
to‘siq bo‘lur edi. Men-ku endi yana zaiflikka erk bermasam kerak,
bunday isnoddan ko‘ra o‘lganim yaxshi».
Shuni ham tan olmog‘imiz kerakki, Matildaning orzulari har doim
ham hozirgina biz bayon qilib bergan fikr-mulohazalardek jiddiy
bo‘lavermasdi.
U gohida Jyulenga zimdan nazar tashlar va yigitning har bir xat-
ti-harakatida qandaydir joziba his etardi.
«Endi shubha qilmasa ham bo‘ladi, – derdi u o‘ziga-o‘zi, –
men niyatimga yetdim, menga nisbatan qandaydir haq-
huquqqa ega bo‘lish haqidagi fikr uning xayoliga ham kelmaydi,
albatta.
Bundan bir hafta burun, bog‘da menga shunday chuqur his-ha-
yajon bilan muhabbat izhor qilganida boyaqish bola qanday baxtsiz
ko‘rindi-ya! Bundan ortiq dalil-isbot bo‘ladimi axir! Ochig‘ini aytgan-
da, uning shunday bir mehr-oqibati, shunday ehtirom bilan aytgan
so‘zlaridan jahlim chiqishi men tomondan juda g‘alati ish bo‘ldi. Uning
xotini emasmanmi axir? Uning o‘sha gaplarni aytishi juda tabiiy edi-
ku, rostini aytsam, o‘shanda juda yoqimtoy ko‘rindi. Jyulen hatto unga
anovi asilzoda yigitlar bilan o‘tkinchi oshiq-ma’shuqligim haqida har
kuni shafqatsizlarcha hikoya qilganimdan keyin ham meni sevishda
davom etdi. Bo‘lmasam, u meni bu yigitlardan juda rashk qiladi. Men
esa o‘sha gaplarni unga qattiq zerikkanim tufayligina hikoya qilardim.
Ah, qani endi u o‘sha oqsuyak yigitlarning o‘zi uchun qanchalik xavfsiz
ekanliklarini bilsa edi! O‘sha yigitlar menga Jyulenning oldida naqadar
tussiz ko‘rinadi, hammasi mutlaqo bir xil, xuddi bir-biridan andaza
olgandek tuyuladi».
Ana shu mulohazalarga berilib va boyadan beri unga tikilib
o‘tirgan onasi bilan gaplashmaslik uchun o‘zini juda band qilib
ko‘rsatishga urinar ekan, Matilda parishonlik bilan albomiga allaqan-
day odamlarning suratini chizib o‘tirardi. O‘zi hozirgina chizgan
suratlardan biri qizni qattiq hayratga solib, xursand qilib yubordi: u
juda ham Jyulenga o‘xshab ketardi. «Taqdiri ilohning irodasi bu! Mana
sevgining haqiqiy mo‘jizasi! – zavq bilan xitob qildi u. – men mutlaqo
o‘ylaman turib, uning suratini chizdim».
Qiz yugurib o‘z xonasiga kirdi-da, eshikni ichidan qulflab olib,
nihoyatda qunt bilan Jyulenning portretini chiza boshladi, biroq bu
ishni sira uddalay olmadi: boya u tasodifan chizgan surat har qalay
397
Jyulenga ko‘proq o‘xshardi. Matildaning yuragi zavq-shavqqa to‘ldi,
qiz bunda buyuk sevgining aniq isbotini ko‘rgan edi.
U qorong‘i tushib, markiza italyan operasiga borish uchun unga
odam yuborganidan keyingina albomini bir chetga surib qo‘ydi. Shu
tobda Matilda faqat bir narsani o‘ylardi: Jyulenni uchratsa qanday
yaxshi bo‘lardi-ya, shunda onasini operaga uni ham taklif qilishga
ko‘ndirardi.
Biroq Jyulen ko‘rinmadi. Shu kuni xonimlarimizning lojasida
faqat chakana odamlargina yig‘ildi. Birinchi akt davomida Matilda
jo‘shqinlik bilan o‘z mahbubi haqida tinmay orzu qilib o‘tirdi. Biroq
ikkinchi aktda bir sevgi ariyasi – shuni tan olmoq kerakki, bu kuy
Chimarozaga juda munosib edi, – uning naq yuragini larzaga soldi.
Opera qahramoni bo‘lmish qiz: «Men yorimga bo‘lgan cheksiz mu-
habbatim uchun o‘zimga jazo bermog‘im lozim, chunki uni haddan
tashqari sevaman!» – deya kuylardi.
Ana shu ajoyib ariyani eshitgan daqiqadan e’tiboran Matilda
uchun dunyodagi barcha narsalar g‘oyib bo‘ldi-qo‘ydi. Uni gapga
so lishar, u javob qilmas, onasi unga tanbeh berar, biroq qiz unga
o‘girilib qarashga o‘zini arang majbur qilar edi. Qizning barcha
his-tuyg‘ulari shu qadar jo‘sh-xurujga kelgan bo‘lib, uning hozirgi
ahvolini so‘nggi kunlarda Jyulenning butun borlig‘ini qamrab olgan
jazavali ehtiros tug‘yonigagina taqqoslash mumkin edi. Hozir dilidan
kechayotgan his-tuyg‘ularga g‘oyat hamohang bo‘lmish bu vokal
jumlani takrorlovchi kuy shunday ilohiy bir jozibaga ega bo‘lib,
uni shu qadar maftun qilib qo‘ygan ediki, qiz Jyulenni o‘ylamagan
daqiqalarida butun vujudi bilan kuyni tinglab o‘tirdi. Musiqani sevi-
shi tufayli Matilda bu kecha de Renal xonim Jyulen haqida o‘ylaganda
doim tushadigan bir ruhiy ahvolni boshidan kechirdi. Mulohazali
muhabbat haqiqiy muhabbatga qaraganda oqilona tuyg‘u, albatta,
biroq bunday muhabbatda fidoyilik kam bo‘ladi: u o‘zini juda yax-
shi tushunadi, doim o‘zini-o‘zi tahlil qiladi, u fikr-mulohazalarni
parokanda qilish u yoqda tursin, o‘zi ham faqat ana shu fikr-mulo-
hazalarning mahsuli sifatida dunyoga keladi.
Uyga qaytgach, Matilda de lya Mol xonimning pand-nasihatla-
riga quloq solmay, mazasi qochib turganini bahona qilib, allama-
halgacha xonasidagi royalda o‘sha kuyni chalib o‘tirdi. U tinmay
o‘zini shu qadar maftun etgan o‘sha mashhur kantilenani xirgoyi
qilardi.
398
Devo punirmi, devo punirmi
Se Troppo amai, etc
46
Bu tunda uning vujudini qamrab olgan telbalik oxir-oqibatda o‘z
sevgimni jilovlab oldim, degan ishonchga aylandi.
Bu sahifa bechora muallifga bo‘lak sahifalardan ko‘proq ziyon kel-
tirishi mumkin. Uni axloqsizlikda ayblaydigan bag‘ritosh odamlarning
topilishi turgan gap. Biroq muallif Parij mehmonxonalarida husnini
ko‘z-ko‘z qilib yurgan niholdek qizlarni sira ham ranjitmoqchi emas,
zero ularning orasida Matildaning obrazini kamsitadigan ana shunday
telbaliklarga moyil bo‘lgan bironta qizning topilishi mumkinligini u
hatto xayoliga ham keltirgan emas. Romanning ushbu qahramoni
sof fantaziya mahsuli, xolos va uning boshqa asrlar orasida yuksak
madaniyati bilan alohida o‘rin egallaydigan XIX asrning ijtimoiy ne-
giziga mutlaqo aloqasi yo‘q.
Bu yil qishdagi ballarning husniga husn qo‘shib yurgan yosh qiz-
larga har qanday ayb qo‘ysa bo‘lardi-yu, biroq ularni aql-idrokning
kamligida aybsitib bo‘lmasdi.
Shu bilan birga, menimcha, ularni boylikka, hashamdor kareta-
larga, ajoyib amloklarga va jamiyatda nufuzli o‘rin egallashga imkon
beradigan bo‘lak barcha narsalarga pisand qilmay qaraydilar deb
ham bo‘lmasdi. Bu barcha ustunliklar ularni sira ham xunob qilmasdi,
aksincha, ular shu haqda muttasil orzu qilishardi va mabodo yuraklari
ehtiros bilan yona olgan taqdirda ham faqat ana shu narsa orzusida
yonishi mumkin edi.
Boz ustiga, Jyulen kabi xiyol iqtidori bo‘lgan yigitlarni o‘z pano-
higa olib, ularni muvaffaqiyat sari boshlaydigan narsa ham aslo
muhabbat emasdi, bunday yigitlar bironta to‘daga mahkam yopishib
olishar, ana shunda bu to‘daning omadi yurishgan kezlari barcha
ijtimoiy noz-u ne’matlar ularning boshiga yog‘ilardi. Hech qanday
to‘daga mansub bo‘lmagan olimning sho‘ri quriydi deyavering, uning
arang ko‘ziga chalinadigan eng kichik muvaffaqiyati ham boyaqish-
ni malomatga qoldiradi, saxovatpesha kimsalar esa uning haqiga
xiyonat qilib, quvonib yuradilar. Eh, afandim! Roman, bu – katta
yo‘ldan ko‘tarib borayotgan ko‘zguning o‘zginasi-ku axir. U sizga
goh lojuvard osmonni, goh iflos ko‘lmak va do‘ngliklarni aks ettirib
46
Jazo beray o‘zimga, jazo beray o‘zimga,
Seni behad sevganim uchun... va hokazo.
399
ko‘rsatadi. Bir odam inqillab-sinqillab katta ko‘zgu ko‘tarib boryapti,
siz esangiz bu odamni axloqsizlikda ayblaysiz! Uning ko‘zgusi iflos
narsalarni aks ettiradi, sizlar esa ko‘zgudan o‘pkalaysizlar! Undan
ko‘ra hamma yog‘ini iflos ko‘lmaklar bosib yotgan o‘sha katta yo‘ldan
o‘pkalanglar, yanayam yaxshirog‘i esa – yo‘lda axlat yig‘ilishiga va
unda ko‘lmaklar hosil bo‘lishiga imkon bergan yo‘l noziriga ayb
qo‘yinglar.
Matildaning xarakteri bizning shunday aqli raso va shunday ezgu
asrimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini aniqlab olganimizdan so‘ng,
men endi kitobxonning jahlini chiqarishdan unchalik qo‘rqmay, bu
mohichehra qizning telbaliklari haqidagi hikoyamni davom ettiraman.
Ertasi kuni u chindan ham o‘zining telba ehtirosi ustidan g‘alaba
qozonganiga ishonch hosil qilmoq uchun turli bahonalar izlab yur-
di. Eng muhimi esa barcha ishda Jyulenga o‘chakishishga harakat
qildi, lekin, shu bilan birga, u yigitning har bir qadamini kuzatib
yurardi.
Bunday murakkab ishqiy nayrangning tagiga yetmoq uchun Jyulen
nihoyatda baxtsiz, eng muhimi esa qalbi nihoyatda larzaga tushgan
edi; boz ustiga yigit bu ishlardan o‘zi uchun biror yaxshilik kutmasdi,
nazarida, uni qurbon qilishgandek edi, u hali hech qachon bu qadar
umidsizlikka tushmagandi. Uning xatti-harakati aql-idrokka shu
qadar mos kelmas ediki, agar shu payt qayg‘u chekaverib toblangan
bironta faylasuf unga: «O‘zingizga nafi tegishi mumkin bo‘lgan vazi-
yatdan foydalanishga shoshiling, zero biz Parijda uchratib turadigan
bu aqliy muhabbat ta’sirida bir xil kayfiyatning o‘zi ikki kundan ortiq
davom etmaydi», – desa, Jyulen uning gapiga ishonmagan bo‘lardi.
Biroq es-hushini qanchalik yo‘qotgan bo‘lmasin, u o‘z vijdoniga xilof
ish qilolmasdi. Vijdoni uni churq etib og‘iz ochmaslikka undar va
yigit buni yaxshi tushunardi. Shu tobda u birovdan maslahat so‘rasa,
birinchi duch kelgan odamga dilida chekayotgan jafolarni so‘zlab
bersa, jazirama sahroning qoq o‘rtasida osmondan tushgan bir tom-
chi yomg‘irni his etgan badbaxt sayyohdek g‘oyatda yengil tortgan
bo‘lardi. Yigit shu xavfni yaxshi tushunar va hozir bironta odam eh-
tiyotsizlik qilib, undan hol-ahvol so‘rab qolgudek bo‘lsa, shu zahoti
ko‘zlaridan duv-duv yosh oqishi mumkinligidan cho‘chib turardi, u
xonasiga kirib, eshikni ichidan qulflab oldi.
Yigit Matildaning bog‘da uzoq sayr qilib yurganini kuzatib tur-
di-da, so‘ng, nihoyat, qiz uyga kirib ketgandan keyingina o‘zi boqqa
400
chiqishga jur’at etdi, u to‘g‘ri qiz hozirgina g‘uncha uzib olgan atirgul
oldiga bordi.
Qorong‘i tushgan bo‘lib, Jyulen o‘zini ko‘rib qolishlaridan cho‘chi-
may hasrat chekib yuraverishi mumkin edi. Uning uchun bir narsa
ayon edi: m-l de lya Mol hozirgina o‘zi quvnoq suhbat qurgan anovi
yosh ofitserlardan birini sevadi. Jyulenni esa u bir vaqtlar sevgan edi,
biroq endi uning hech narsaga arzimasligini tushunib qoldi.
«Ha, chindan ham mening nimayam fazilatim bor edi deysiz! –
deya uqtirardi komil ishonch bilan o‘ziga o‘zi Jyulen. – Men hech nar-
saga arzimaydigan, chakana, atrofdagi odamlar uchun g‘oyat zerikarli,
o‘zimga o‘zim yoqmaydigan bir kimsaman». O‘zining ajoyib fazilatlari
ham, bir vaqtlar uni ilhomlantirgan va buyuk ishlarga chorlagan o‘zga
xislatlari ham hozir uning ko‘ziga o‘lgudek xunuk ko‘rinardi. Tasavvuri
ostin-ustun bo‘lib ketgan bu yigit o‘sha tasavvuri yordamida hayotni
tushunishga urina boshladi. Odatda faqat kuchli zakovat egasigina
shunday yanglishishi mumkin.
O‘zini o‘zi o‘ldirish haqidagi fikr uni bir necha bor vasvasaga
solgan edi, bu xayol unga nihoyatda jozibali tuyulardi, Jyulen uchun
bu fikr mas’ud hordiq, poyonsiz sahroda tashnalik va jaziramadan
halok bo‘layotgan badbaxt odamga tutilgan bir piyola muzday suvdek
bir narsa edi.
«Mayli, o‘laman, – lekin u mendan battar nafratlana boshlaydi-ku!
– deya xitob qildi yigit. – O‘zim haqimda qanday xotira qoldiraman
axir!»
Inson zoti shunday cheksiz qayg‘uga tushgan paytda uning uchun
o‘zining matonatidan bo‘lak xalos etuvchi kuch bo‘lmaydi. O‘ziga-o‘zi:
«Tavakkal qilish kerak!» – deyishga Jyulenning farosati yetmadi. Biroq
kechqurun u Matildaning derazasiga tikilib turar ekan, qiz chiroqni
o‘chirganini ko‘rib qolgan yigit, afsuski, o‘zi hayotida bir martagina
ko‘rgan o‘sha ajoyib xonani ko‘z oldiga keltirdi. Bundan u yog‘ini
tasavvur qilishga esa uning jur’ati yetmasdi.
Kechasi soat birga zang urildi. Soatning ana shu zang chalishini
eshitishi bilanoq u o‘zicha to‘satdan: «Narvonni qo‘yib, oldiga chiqa-
man!» – deya qaror qildi.
Go‘yo falak uning diliga shu fikrni soldi-yu, shu zahoti miyasiga
turli-tuman oqilona dalillar ham kela qoldi. «Endi bundan battar
bo‘lmaydi-ku axir!» – deya takrorladi u o‘ziga o‘zi. U yugurib narvon-
ning oldiga bordi, bog‘bon uni endi zanjirga bog‘lab, qulflab qo‘ygandi.
401
Shu daqiqada qandaydir g‘ayratabiiy kuchga to‘lgan Jyulen, kichkina
to‘pponchani sindirib bo‘lsa-da, uchi bilan narvonni tutib turgan zanjir
halqalaridan birini yozishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan bir necha daqiqa
o‘tgach, Jyulen narvonni olib borib, Matildaning derazasiga tiradi.
«Xo‘p, jahli ham chiqsin, mendan nafratlansin ham, mayli! Men
uni o‘paman, ha, so‘nggi marta o‘paman-da, keyin yugurib xonamga
kiraman va o‘zimni o‘zim otaman... O‘limim oldidan lablarim uning
yonog‘iga tegadi-ku axir!»
U shitob bilan narvondan yuqori ko‘tarildi, mana u deraza qopqa-
sini taqillatyapti, bir necha daqiqadan so‘ng Matilda uning taqillatishi-
ni eshitib, qopqani ochmoqchi bo‘ldi, biroq narvon xalal beryapti.
Jyulen qopqa ochiq paytida uni tutib turadigan temir ilgakni mahkam
ushladi-da, oyog‘i osmondan bo‘lib pastga qulashi mumkinligiga
qaramay, narvonni bir siltab, chetroqqa surdi. Matilda endi qopqani
bemalol ocha olardi.
Yigit o‘zining na o‘lik, na tirikligini bilmay uning xonasiga uchib
kirdi.
– Senmisan! – dedi qiz uning quchog‘iga otilar ekan.
……………………………………………………………………………..
Jyulenning cheksiz quvonchini kim ham tasvirlay olardi deysiz?
Matildaning ham quvonchi, chamasi, unikidan qolishmasdi.
U o‘z fe’liga la’nat o‘qirdi, o‘zidan zorlanardi.
– Bu qabih takabburligim uchun menga jazo ber, – derdi u yigitga,
xuddi uni bag‘riga bosib bo‘g‘moqchi bo‘lgandek, mahkam quchoq-
lar ekan. – Sen mening sultonimsan, men esa cho‘ringman, isyon
ko‘targanim uchun oldingda tiz cho‘kib kechirim so‘ramog‘im darkor.
– Shunday deya qiz quchog‘ini ochib, Jyulenning oldida tiz cho‘kdi. –
Ha, sen mening sultonimsan! – dedi u qalbi sevgi va baxt nashidasiga
to‘lib. – Doim menga hukmronlik qil, agar cho‘ring isyon ko‘targudek
bo‘lsa, unga shafqatsiz jazo ber.
Bir necha daqiqadan so‘ng Matilda uning quchog‘idan chiqib,
sham yoqdi. Jyulen uni arang to‘xtatib qoldi: qiz nima qilib bo‘lsa-
da, sochlarining deyarli yarmini, uning katta bir tutamini qirqib
tashlamoqchi edi.
– Men sening cho‘ring ekanligimni doimo eslab yurishni istay-
man, agar biror kun kelib, manfur g‘ururim meni yana vasvasaga
solsa, sen menga ana shu bir tutam sochni ko‘rsatasan-da: gap hozir
qalbingizda qanday tuyg‘ular hukmronlik qilayotganida emas, siz
402
menga itoat etmoqlikka ont ichgansiz, marhamat qilib, so‘zingizning
ustidan chiqsangiz, deysan.
Ammo, menimcha, bu qadar tiyiqsiz telbalik va bu qadar cheksiz
huzur-halovatni tasvirlashdan o‘zimizni tiyganimiz ma’qul bo‘lar deb
o‘ylayman.
Biroq Jyulenning matonati uning hozirgi baxtiyorlik tuyg‘usidan
kam emasdi.
– Men deraza osha ketishim kerak, – dedi u Matildaga tonggi
shafaq yiroqda, sharq tomondagi bog‘larning narigi chetida joylash-
gan baland mo‘rkonlarning uchini qizartirgach, – Men keltirayotgan
qurbon sizga munosib: men o‘zimni inson qalbi tuyushi mumkin
bo‘lgan eng hayratangez baxtdan mahrum etyapman, men sizning pok
nomingizga dog‘ tushirmaslik uchungina shunday qilyapman. Agar
siz mening qalbimda qanday tuyg‘ular jo‘sh urayotganini sezayot-
gan bo‘lsangiz, u holda men o‘zimga naqadar zulm qilayotganimni
tu shunmog‘ingiz kerak. Siz meni doim ham hozirgi daqiqadagidek
seva olarmikinsiz? Lekin hozir men vijdonim amriga quloq solmog‘im
kerak, vassalom. Boxabar bo‘ling, siz bilan birinchi uchrashuvimizdan
so‘ng faqat o‘g‘rilardan gumonsirashayotgani yo‘q. Janob de lya Mol
boqqa qorovullar qo‘yishni buyurdi. Janob de Kruaznuani josuslar
o‘rab olgan, uning tunda bosgan har bir qadami nazorat ostida.
– Bechora! – deya xitob qildi Matilda va xaxolab kulib yubordi.
Onasi bilan xizmatkor qizlardan biri uyg‘onib ketdi, kutilmaganda uni
eshik ortidan chaqirib qolishdi. Jyulen yalt etib qizga qaradi, Matilda
rangi oqarib, oqsoch qizni jerkib berdi, onasiga esa hatto javob be-
rishni ham lozim topmadi.
– Lekin derazani ochgudek bo‘lishsa, ular narvonni ko‘rib qoli-
shadi-ku! – dedi Jyulen.
U qizni yana qattiq bag‘riga bosdi-da, narvon tomon tashlandi va
undan yelib emas, to‘ppa-to‘g‘ri sirpanib bir zumda yerga tushib oldi.
Oradan lahza o‘tmay, u narvonni arg‘uvon xiyoboniga eltib qo‘ydi-
yu, Matildani isnoddan qutqarib qoldi. Jyulen es-hushini yig‘ishtirib
olgach, hamma yog‘i qontalash bo‘lgani va o‘zining deyarli yalang‘och
ekanini ko‘rdi; yigit narvondan sirpanib tushayotganida butun terisini
shilib olgan ekan.
Qalbini to‘ldirgan baxt tuyg‘usi uning butkul qat’iyati va quvvatini
qayta tiklagandek edi: agar hozir unga yigirma kishi hujum qilganida,
u sira o‘ylab o‘tirmay, ularga qarshi bir o‘zi jangga otilar va, hatto,
403
bundan xursand ham bo‘lar edi. Baxtiga, bu gal uning jasorati hech
qanday sinovga uchramadi, u narvonni joyiga eltdi-da, uni tutib turgan
zanjirni hafsala bilan biriktirib qo‘ydi, u hatto Matildaning derazasi
ostidagi g‘ayritabiiy gullar pushtasidagi narvon izini yo‘qotishning
ham chorasini ko‘rdi.
Yigit qorong‘ida, narvondan chuqurcha qolmadimikan, deya
yumshoq yerni kafti bilan paypaslayotganida, qo‘liga allaqanday
mayin bir narsa tushganini sezdi – bu katta soch tutami edi, Matilda
o‘z aytganidan qolmay, uni qirqib yigitga tashlagandi.
Qiz deraza oldida turardi.
– Buni senga, – dedi u baland ovoz bilan, – umrbod minnat-
dorchilik ramzi sifatida cho‘ring in’om etyapti. Men o‘z irodamni senga
topshiraman – mening sultonim bo‘l.
Jyulen es-hushini yo‘qotib, yana qizning oldiga chiqmoq uchun
narvonga yugurmoqchi bo‘ldi. Lekin oxir-oqibatda andisha ustun
keldi.
Saroyga bog‘ tomondan kirish uncha oson emasdi. Yigit yerto‘la
eshiklaridan birining qulfini sindirishga muvaffaq bo‘ldi; u uyga kirib
olgach, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan va iloji boricha kamroq shovqin
solishga harakat qilib, o‘z xonasining eshigidagi qulfni ham buzishga
majbur bo‘ldi. Hayajondan u hozirgina shoshilinch tark etishga majbur
bo‘lgan o‘sha xonada cho‘ntagiga kalit solingan kamzulidan tortib, bor
kiyim-kechagini unutib qoldirgandi.
«Ishqilib ularni yashirib qo‘yish esiga kelsa bo‘lgani», deya xa-
yolidan o‘tkazdi u.
Nihoyat charchoq jo‘shqin baxtiyorlik tuyg‘usidan zo‘r kelib, qu-
yosh chiqishi bilan yigit qattiq uxlab qoldi.
Ertalabki nonushtaga chalingan qo‘ng‘iroq uni arang uyg‘otdi; u
kiyinib yemakxonaga tushdi. Tezda Matilda ham paydo bo‘ldi. Barcha
qoyil qoladigan bu go‘zal qizning sevgi porlab turgan shahlo ko‘zla-
rini ko‘rganda Jyulenning qalbini qanday mas’ud bir hayajon, g‘ururi
uchun qanday quvonchli bir tuyg‘u qamrab olganini bilsangiz edi;
biroq tezda u bir narsadan tashvishga tushib qoldi.
Matilda go‘yo durustroq taranib ulgurmagani bahonasida sochla-
rini to‘g‘nag‘ich bilan shunday qadab olgan ediki, Jyulen unga bir
qarashdayoq qiz tunda unga bir tutam sochini qirqib berib, qanday
katta qurbonlik keltirganini darhol angladi. Agar bu go‘zal chehrani
biror yo‘l bilan xunuk qilish mumkin bo‘lsa, Matilda deyarli buning
404
uddasidan chiqqan edi: uning ajoyib oqishtob-malla sochlarining
butun o‘ng tomoni peshonasining yarim enlik pastidan pala-partish
qirqilgandi.
Nonushta payti Matildaning butun xatti-harakati uning ana shu
yengiltak qilig‘iga nihoyatda mos bo‘ldi. Shu tobda u Jyulenni naqadar
telbalarcha sevishini butun dunyoga e’lon qilmoqchidek tuyulardi.
Ularning baxtiga, bugun janob de lya Mol bilan markizaning butun
xayoli bo‘lajak zangori lenta bilan mukofotlash marosimi va gersog
Shonskiyning qatordan qoldirilgani bilan band edi. Nonushta oxirida
Matilda Jyulen bilan so‘zlasha turib birdan uni «sultonim» deya atadi.
Yigit anordek qizarib ketdi.
Tasodifan shunday bo‘ldimi yoki de lya Mol xonim buning chorasi-
ni ko‘rib qo‘ydimi, lekin butun kun bo‘yi Matilda bir daqiqa ham yolg‘iz
qolmadi. Kechqurun, mehmonxonadan yemakxonaga o‘tishar ekan,
Matilda har qalay evini topib, Jyulenning qulog‘iga shivirladi: – Barcha
rejalarim barbod bo‘ldi. Bu mening hiylam emasligiga ishonasizmi?
Oyim hozirgina menga; endi oqsoch qizlardan biri mening xonamda
uxlayajagini aytdilar.
Kun yashin tezligida o‘tib ketdi. Jyulen baxtiyorligidan es-hushini
yo‘qotib qo‘ygandi. Yigit ertasi kuni ertalab soat yettidanoq kutubxo-
naga borib o‘tirdi: u m-l de lya Mol o‘sha yerga keladi, deb umid qilgan
va unga uzundan-uzoq maktub ham yozib qo‘ygan edi.
Biroq Jyulen uni oradan bir necha soat o‘tgach, nonushta pay-
tidagina ko‘rdi. Bu gal qiz sochlarini juda hafsala bilan tarab olgandi,
qandaydir ajoyib hiylalar yordamida o‘sha bir tutam sochi qirqib
olingan joyi ustalik bilan yashirib qo‘yilgan edi. U Jyulenga bor-yo‘g‘i
bir-ikki marta pinagini buzmay, odob bilan qarab qo‘ydi, qizning bu
nigohini ko‘rgan odam uning Jyulenni «sultonim» deya atashi mum-
kinligini hatto xayoliga ham keltirmagan bo‘lardi.
Jyulen ajablanganidan hatto entikib ketdi... Matilda endi uni deb
qilgan deyarli barcha telbaliklaridan qattiq pushaymon bo‘lmoqda edi.
Yaxshilab o‘ylab ko‘rgach, qiz, ehtimol, Jyulen unchalik oddiy odam
emasdir, lekin har qalay u mening shu qadar telbalik qilishimga arziy-
digan darajada zo‘r yigit bo‘lmasa kerak, degan xulosaga kelgandi.
Umuman olganda esa, u sevgi haqida mutlaqo o‘ylamasdi, zero bugun
sevish uning joniga tekkan edi.
Jyulenga kelsak, u qizning kayfiyatidagi bu o‘zgarishdan o‘n olti
yoshli o‘smir kabi iztirob chekmoqda edi. Nihoyasi yo‘qdek uzoq tu-
405
yulgan bu nonushta payti uning qalbini dam dahshatli gumonsirash,
dam ajablanish, dam umidsizlik galmagal o‘rtadi.
Odob qoidalarini buzmay stol yonidan turib ketish imkoniyati
tug‘ilgan zahoti u otxonaga qarab yugurdi-da, o‘zi otni egarlab, boshi
oqqan tomonga qarab yeldirib ketdi; u bardoshi yetmay, o‘z zaifligini
sezdirib qo‘yib, sharmanda bo‘lishidan cho‘chirdi. «Mayli, o‘lguday
charchoqdan yuragim so‘nib qo‘ya qolsin, – deya o‘ylardi u Medon
o‘rmonida otini u yoqdan-bu yoqqa yeldirib yurar ekan. – Bunday
iltifotsizlikka duchor bo‘lish uchun qanday xunuk ish qildim, nima
yomon gap aytdim axir?»
«Bugun hech qanday ish qilmaslik, hech qanday gap aytmasligim
kerak, – deya o‘ylardi u unga qayta turib. – Men hozir o‘zimni ruhan
o‘lik his etayotgan bo‘lsam, jisman ham shunday murda bo‘lmog‘im
lozim. Jyulen endi yo‘q dunyoda, bu uning jon berayotgan jasadi
xolos».
Do'stlaringiz bilan baham: |