Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXII

Muzokara

Respublika!  Hozirgi  kunda  umumning 

baxt-saodati yo‘lida butun borlig‘ini qurbon qilish-

ga tayyor bo‘lgan bitta odamga faqat o‘z xursand-

chiligi va manmanligini o‘ylaydigan ming-minglab, 

millionlab nusxalar to‘g‘ri keladi. Parijda insonga 

uning fazilatlari bo‘yicha emas, u o‘tirgan kare-

taning hashamdorligiga qarab baho berishadi.



Napoleon. «Muqaddas Yelena memoriali».

Mehmonxonaga shitob bilan kirib kelgan malay: «Janob gersog», 

deya e’lon qildi.

– Jim bo‘l, oshna, sen tentak ekansan, – dedi gersog ichkari kirar 

ekan. Gersog bu so‘zlarni shu qadar o‘rniga qo‘yib, shunday bir ulug‘vor-

lik bilan aytdiki, Jyulenning xayoliga beixtiyor, bu arkoni davlatning 




418

haqiqiy iste’dodi malayga tanbeh berish san’atidan iborat bo‘lsa kerak 

degan fikr keldi. Jyulen boshini ko‘tarib, unga bir nazar tashladi-yu, so‘ng 

yana darhol yerga qarab oldi. Hozirgina kirib kelgan bu odam haqidagi 

uning tasavvuri shu qadar to‘g‘ri chiqdiki, Jyulen, ko‘zimdan qanday 

bema’ni xayolga borganim sezilib qolmasa edi, deya qo‘rqib ketdi.

Gersogning yoshi elliklarda bo‘lib, u juda olifta kiyingan edi va 

so‘zlaganda xuddi murvati burab qo‘yilgan qo‘g‘irchoqqa o‘xshab 

ketardi. Uning boshi uzun, burni katta bo‘lib, ruhsiz yuzi oldinga 

yaqqol turtib chiqqan edi, bundan ham kiborroq va, shu bilan birga, 

bundan ham nursizroq basharani tasavvur qilishning o‘zi qiyin edi. 

U kelishi bilanoq majlis ochiq deb e’lon qilindi.

Janob de lya Molning tovushi daf’atan Jyulenning fiziognomik 

kuzatuvlariga chek qo‘ydi.

– Sizlarga janob abbat Sorelni tanishtirishga ijozat etgaysizlar, – 

dedi markiz. – Uning xotirasi juda ajoyib: men bundan atigi bir soat 

muqaddam, ehtimol, yuksak bir vazifani bajarishga musharraf bo‘lishi 

mumkinligini aytgan edim, u o‘z xotirasini namoyish qilmoq uchun 

«Kundalik» gazetasining butun birinchi sahifasini yod oldi.

– Ha-ya! Anavi boyaqish N...ning chet el xronikasimi... – dedi uy 

egasi. U shosha-pisha gazetani qo‘liga olib, o‘zini basavlat ko‘rsatishga 

harakat qildi-da, basharasida qandaydir bema’ni bir ifoda paydo etib 

Jyulenga qaradi. – Marhamat qiling, taqsir, – dedi u.

O‘rtaga chuqur jimlik cho‘kdi, hamma Jyulenga tikildi, u shu qadar 

yaxshi javob qilmoqda ediki, yigirma satr o‘qilgach, gersog:

– Yaxshi, yetarli, – deya uni to‘xtatdi.

Ko‘zlari to‘ngiznikiga o‘xshaydigan kichkina odam stol yoniga 

o‘tirdi. U rais ekan: zero o‘z joyiga o‘tirishi bilanoq bu odam Jyulenga 

nariroqda turgan qarta stolini oldiga surib olishni ishora qildi.

Jyulen yozuv anjomlarini olib, o‘sha stol yoniga o‘tirdi. U yashil 

stol atrofida o‘tirgan odamlarni o‘zicha sanab ularning o‘i ikki kishi 

ekanini bilib oldi.

– Janob Sorel, – dedi gersog, – hozircha qo‘shni xonaga chiqib 

turing, keyin sizni chaqirishadi.

Uy egasining basharasida birdan qattiq tashvish ifodasi paydo 

bo‘ldi.


– Deraza qopqasi ochiq qolibdi, – dedi u sekingina yonida o‘tirgan 

odamga. – Tashqariga qarashning hojati yo‘q, – deya farosatsizlik bilan 

qichqirdi u Jyulenning ortidan.



419

«Mana, men ham endi fitnachilar safiga qo‘shilib qoldim, – deya 

o‘yladi Jyulen. – Yaxshiyamki, bu to‘ppa-to‘g‘ri Grev maydonidagi dor 

ostiga olib boradigan fitnalardan emas. Lekin hatto shunday xavf 

bo‘lgan taqdirda ham men markiz uchun hatto bundan ham ortiqroq 

xatardan tap tortmasligim kerak. Mening telbaligim kelajakda uni juda 

ham ranjitmog‘i mumkinki, uning oldida shu yo‘l bilan o‘z albimni 

yuvsam baxtiyor bo‘lardim!»

U o‘z telbaliklari va o‘z qayg‘usi haqida xayol surar va, shu bilan 

birga, atrofni sinchiklab ko‘zdan kechirardiki, bu yerda ko‘zi tush-

gan barcha narsalar xotirasiga mustahkam o‘rnashib qolmoqda edi. 

Faqat ana shundan keyingina yigit markizning malayga ko‘chaning 

nomini aytmay fiakr yollashni buyurganini esladi. Markiz ilgari sira 

ham bunday qilmasdi.

Jyulenni anchaga dovur bezovta qilishmadi. U chetlariga zarrin 

hoshiyali baxmal sirilgan mehmonxonada o‘tirardi. Baland stolda 

butga tortilgan Isoning fil suyagidan ishlangan katta haykali turardi, 

kamin ustida esa janob de Mestrning ajoyib muqovalangan va hoshi-

yasiga zarhal yugurtirilgan «Papa haqida» kitobi ko‘zga tashlanardi. 

Jyulen gap o‘g‘irlayotgan odam bo‘lib ko‘rinmaslik uchun o‘sha kitobni 

varaqlay boshladi. Qo‘shni xonadagi odamlar ba’zan ovozlarini juda 

baralla qo‘yib so‘zlashmoqda edi. Nihoyat, eshik ochilib, uni o‘sha 

yoqqa chaqirishdi.

– Bilib qo‘ying, janoblar, – dedi rais, – biz endi shu daqiqadan 

e’tiboran gersog oldida so‘zlayotirmiz. Yosh ruhoniy bo‘lmish manovi 

janob, – shunday deya u Jyulen tomon ishora qildi, – bizning muqaddas 

ishimizga sodiq odam. U o‘zining ajoyib xotirasi yordamida biz aytgan 

hamma gaplarni unga batafsil so‘zlab bergay.

– So‘z sizga, taqsir, – dedi u so‘ngra egniga qo‘sha-qo‘sha jilet kiyib 

olgan avliyosifat odamni so‘zlashga da’vat etib.

Jyulen jilet kiygan bu janobni har qalay biror nom bilan atashgani-

da tabiiyroq bo‘larmidi, deya xayolidan o‘tkazdi. U qog‘ozni oldiga 

surib qunt bilan yozishga tutindi.

(Bu o‘rinda muallifning butun bir sahifaga nuqta qo‘yib chiqish 

niyati bor edi.

– Bu mutlaqo o‘rinsiz bo‘ladi, – dedi shunda unga noshir, – bunday 

yengiltak asar uchun esa o‘rinsiz uydirmalar mutlaqo ortiqcha.

– Siyosat, – deya e’tiroz bildirdi muallif, – bu –  adabiyot bo‘yniga 

bog‘langan xarsang toshdir, – oradan yarim yil o‘tmasdanoq u badiiy 



420

asarni g‘arq etadi. Fantaziya to‘qimasi orasiga siyosatni suqish – 

konsert paytida to‘pponchadan o‘q uzish bilan barobar. Bu yurakni 

yoradigan tovush, albatta, lekin unda hech qanday ta’sirchanlik 

bo‘lmaydi. U hech qanday musiqa asbobiga mos tushmaydi. Siyosat 

o‘quvchilarimning yarmisini ranjitadi, qolgan yarmisiga esa juda ze-

rikarli bo‘lib ko‘rinadi, zero ular ertalab gazetada o‘qiydigan narsalar 

ancha qiziqroq va o‘tkirroq bo‘ladi...

– Agar sizning qahramonlaringiz siyosat to‘g‘risida so‘zlashma-

sa, – dedi noshir, – demak, ular ming sakkiz yuz o‘ttizinchi yilning 

fransuzlari emas, kitobingiz esa, bir o‘rinda o‘zingiz e’lon qilgandek, 

sira ham ko‘zguning o‘zginasi bo‘lmay qoladi...)

Jyulen yozgan protokol yigirma olti sahifani tashkil etdi, garchi 

zaifroq bo‘lsa-da, mana uning qisqacha mazmuni, zero, doim shunday 

paytlarda qilinganidek, turli hangomalarni qisqartshiga to‘g‘ri keldi, 

chunki bunday safsatalar ko‘payib ketsa, kitobxonning ko‘ngli behu-

zur bo‘lishi yoki ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lib tuyulishi 

mumkin («Tribupal xabarchisi»ga nazar tashlang). 

Egniga qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan avliyosifat odam (ehtimol, u 

yepiskop bo‘lsa kerak) tez-tez jilmayib turar, ana shunda uning xiyol 

pastga qaragan kipriklari ostidagi ko‘zlari haddan tashqari chaqnab 

ketardi. Bunday paytlarda esa, uning ko‘zidagi ifoda odatdagidek 

jur’atsiz bo‘lib ko‘rinmasdi. Gersog oldida birinchi bo‘lib so‘zlashga 

taklif etilgan mazkur zot («Bu qaysi gersog bo‘ldi ekan?» – deya o‘ylar-

di Jyulen), chamasi, barchaning fikrini bayon etib, o‘zini umumning 

vakili qilib ko‘rsatish niyatida bo‘lsa kerak, Jyulenning nazarida, 

qandandir qat’iyatsizlik va aniq xulosalarning yo‘qligini namoyish 

etdiki, odatda sudyalar toifasiga shu aybni qo‘yishadi. Keyinchalik, 

muhokama payti, gersog shu boisdan unga tanbeh berib qo‘ydi.

Savob va mehr-shafqat to‘g‘risidagi bir qancha dono gaplardan 

so‘ng qo‘sha-qo‘sha jiletli odam shunday dedi:

– Buyuk inson, umrboqiy Pitt rahbarlik qilgan olijanob Angliya 

revolyutsiyaga qarshi turmoq uchun qirq milliard frank sarfladi. 

Agar jamoa ijozat etsa, men qayg‘uli bir fikrni ochiq bayon qilib 

berishga urinib ko‘raman, menimcha, Angliya Bonapart kabi bir 

odamga qarshi faqat ezgu niyatlarning ma’lum miqdori bilangina 

kurashmoqchi bo‘lganida katta xatoga yo‘l qo‘ygan. Holbuki bunday 

odamga qarshi faqat individual vositalar yordami bilan kurashish 

mumkin edi.



421

– Ah, yana o‘sha qotillikka madhiyami, – dedi biroz tashvishga 

tushib uy egasi.

– Marhamat qilib, bizni o‘sha chuchmal pand-nasihatlarin-

gizdan xalos etsangiz, – deya xitob qildi rais zardasi qaynab, uning 

to‘ngiznikidek ko‘zlari g‘azab bilan yondi. – Davom etavering! – dedi 

u qo‘sha-qo‘sha jilet kiygan odamga. Raisning yonoqlari bilan pesho-

nasi bo‘g‘riqib ketdi.

– Olijanob Angliya, – deya davom etdi ma’ruzachi, – hozir yakson 

etilgan, har bir ingliz kundalik rizq-ro‘ziga pul sarflashdan avval ya-

kobinchilarga qarshi kurashga ketgan o‘sha qirq milliard frankning 

protsentini to‘lamoqqa majbur. Angliyada Pitt yo‘q endi.

– Unda endi gersog Vellington bor! – dedi harbiy mundir kiygan 

odam mahobat bilan.

– Iltimos qilaman, janoblar, og‘irroq bo‘linglar! – deya qichqirdi 

rais. – Agar yana bahs boshlanadigan bo‘lsa, u holda janob Sorelni 

chaqirib nima qilardik?

– Sizning buyuk g‘oyalar vasvasasida yurganingiz barchaga ayon, 

afandim, – dedi achitib gersog sobiq Napoleon generali bo‘lmish 

harbiyga o‘qrayib qarar ekan. Jyulen gersog bu gapi bilan gene-

ral uchun juda haqoratli bo‘lgan qandaydir shaxsiy ishga shama 

qilayotganini tushundi. Hamma jilmaydi, sotqin general g‘azabdan 

dag‘-dag‘ titrardi.

– Pitt endi yo‘q, janoblar, – deya yana gap boshladi ma’ruzachi o‘z 

tinglovchilariga ta’sir o‘tkazishdan umidini uzgan odamga xos ma’yus 

bir ovoz bilan. – Mabodo Angliyada yangi Pitt paydo bo‘lgan taqdirda 

ham butun bir xalqni bir xil nayrang bilan ikki marta aldab bo‘lmaydi.

– Xuddi shuning uchun ham Bonapart kabi jahongir general Fran-

siya uchun endi sira to‘g‘ri kelmaydi! – deya xitob qildi boyagi harbiy 

yana ma’ruzachining gapini bo‘lib.

Bu gal, garchi Jyulen ularning ko‘zlaridan o‘zlarini arang bosib 

turishganini yaqqol ko‘rgan bo‘lsa-da, rais ham, gersog ham g‘azabla-

nishga jur’at etishmadi. Ular pastga qarab olishdi, gersog esa ham-

maga eshittirib xo‘rsinib qo‘ydi xolos.

Biroq ma’ruzachi bu gal ranjidi.

– So‘zlashimga xalal beryaptilar axir, – dedi u jahl bilan daf’atan 

anavi sertabassum nazokatni bir chetga yig‘ishtirib qo‘yib; Jyulenning 

nazarida, bu uning fe’l-atvorining haqiqiy in’ikosi edi. – So‘zlashimga 

xalal beryaptilar axir, hech kimning izzat-nafsiga tegmaslikka harakat 



422

qilayotganimni bironta ham odam tushunishni istamayapti. Xo‘p, 

mayli, janoblar, gapni qisqa qilaman.

Sizga oddiygina qilib aytaman: savob ishga yordam bermoq uchun 

Angliyaning hozir sariq chaqasi ham yo‘q. Hozir o‘sha Pittning o‘zi 

qaytarilgan taqdirda ham, o‘zining shu qadar buyuk zakovatiga qa-

ramay, u mayda ingliz mulkdorlarini laqillata olmagan bo‘lardi, zero 

ular qisqagina Vaterloo kampaniyasi, yolg‘iz o‘sha urushning o‘zigina 

ularga milliard frankka tushganini juda yaxshi tushunib qolishgan. 

Mendan aniqlikni talab qilishar ekan, – deya davom etdi ma’ruzachi 

borgan sayin ruhlanib, – sizga to‘g‘risini aytib qo‘ya qolaman: o‘zin-

gizga o‘zingiz yordam bering, chunki sizga madad bermoq uchun 

Angliyaning bir gineya ham puli yo‘q. Angliya pul to‘lashga qodir 

bo‘lmagan paytda esa jasorat degani qop-qop-u, lekin sariq chaqasi 

ham bo‘lmagan Avstriya, Rossiya, Prussiyalar Fransiyaga qarshi bir 

yoki ikki kampaniyadan ortig‘iga dosh bera olmaydilar.

Yakobinchilar safarbar etadigan askarlar birinchi kampaniyada, 

boringki, ehtimol, ikkinchi kampaniyada ham mag‘lub bo‘larlar, lekin 

uchinchisi masalasiga kelsak, mayli, sizlarning ko‘zingizga revol-

yutsioner bo‘lib ko‘rinsam-ko‘rina qolay, uchinchi kampaniyada siz 

1794-yil askarlariga duch kelasizki, ular endi 1792-yildagi qishloqi 

rekrut bo‘lmay qoladilar.

Shu payt uch yoki to‘rt joydan yangragan xitoblar uning gapini 

bo‘lib qo‘ydi.

– Taqsir, – dedi rais Jyulenga qarab, – siz qo‘shni xonaga chiqing-

da, hozir o‘zingiz yozgan protokolning bosh qismini oqqa ko‘chiring.

Jyulen xonadan chiqib ketar ekan, dilida afsuslanib qo‘ydi. Ma’ru-

zachi Jyulen anchadan buyon o‘ylab yurgan va kelajakda sodir bo‘lishi 

mumkin bo‘lgan ba’zi bir ishlar haqida so‘z ochgan edi.

«Ularni kulgi qilishimdan qo‘rqishyapti», deya xayolidan o‘tkazdi 

u. Uni qayta chaqirishganida, janob de lya Mol tantanavor ohangda 

so‘zlamoqda edi. Jyulenga bu hol kulgili tuyuldi, zero u markizni 

yaxshi bilardi.

– ...Ha, janoblar, xuddi ana shu baxtsiz xalq haqida:

    Kim bo‘ladi u? Xudomi, dasturxon yoxud jomasho‘y? –

deya savol berish mumkin. «U Xudo bo‘ladi!» – deydi javoban masalchi. 

Biroq bu samimiy va ulug‘ so‘zlarni, janoblar, biz sizlarning tilingizdan 



423

eshitmog‘imiz darkor. Ish boshlang, ana shunda ajdodlarimiz yarat-

gan va bizning o‘zimiz ham Lyudovik O‘n oltining o‘limi oldidan o‘z 

ko‘zimiz bilan ko‘rgan buyuk Fransiya yana qaddini rostlaydi.

Angliya yoki aqalli uning olijanob lordlari xuddi biz kabi manfur 

yakobinchilikdan nafratlanishadi: ingliz oltini bo‘lmasa Rossiya, 

Avstriya va Prussiya ikki-uch jangdan ortig‘iga dosh berisha olish-

maydi. Biroq bu 1817-yilda janob de Rishelye imkonyatni boy bergan 

o‘shanday baxt keltiruvchi okkupatsiya uchun yetarli deb o‘ylaysizmi? 

Men bunga ishonmayman.

Shu payt kimdir markizning gapini bo‘lishga uringan edi, chor 

atrofdan «jim!» deya uning og‘ziga urishdi. gapni bo‘lishga uringan 

odam yana o‘sha imperator armiyasining generali edi: u zangori len-

tani orzu qilar va maxfiy maktub mualliflari orasida ko‘zga ko‘rinarli 

o‘rin egallash niyatida edi.

– Yo‘q, men bunga ishonmayman, – deya davom etdi janob de lya 

Mol g‘ala-g‘ovur bosilgach, u ana shu «men» so‘zini shu qadar cher-

tib, shu qadar mardona bir ohangda aytdiki, Jyulen unga qoyil qoldi. 

«Mana bu to‘g‘ri yo‘l! – deya o‘ylardi u, qalami markiz nutqi ortidan 

qolmay qog‘oz ustidan yelar ekan. – Qoyillatib aytgan birgina so‘zi 

bilan janob de lya Mol anavi sotqinning yigirmata kampaniyasini 

chippakka chiqardi».

– Yangi harbiy okkupatsiyaga umid qilar ekanmiz, – deya davom 

etdi markiz pinagini buzmay, – biz faqat xorijiy kuchgagina tayan-

masligimiz lozim. – «Globus»ga otashin maqolalar yozib yuruvchi barcha 

bu yoshlardan sizlarga uch-to‘rt komandir yetishib chiqishi mumkin. 

Ular orasida, ehtimol, Kleber ham, Gosh ham, Jurdan ham, Pishegryu 

ham topilar, biroq endi bu gal niyati xolis yigitlar bo‘lmaydi ular.

– Biz uning shuhratini dunyoga taratmay beparvolik qildik, – dedi 

rais. – Uning nomini abadiylashtirmoq lozim edi.

– Nihoyat, Fransiyada ikki partiya bo‘lishiga erishmoq kerak, – 

deya davom etdi janob de lya Mol, – lekin ular faqat nomi bilangina 

farq qilib turmay, balki bir-biridan keskin ajraladigan, bir-biriga 

mutlaqo o‘xshamaydigan partiyalar bo‘lmog‘i lozim. Kimlarni yak-

son etishni aniq bilib olaylik. Bir tomonda jurnalistlar, saylovchilar, 

qisqasini aytganda, jamoat fikri, yoshlar va ularga qoyil qoladigan 

barcha bo‘lak odamlar bo‘ladi. Ular o‘zlarining safsatalariga mahliyo 

bo‘lib yurishar ekan, biz, janoblar, buyuk bir ustunlikka egamiz, biz 

byudjetni idora etamiz.



424

Shu payt yana uning so‘zini bo‘lishdi.

– Siz, afandim, – deya murojaat qildi janob de lya Mol so‘zini 

bo‘lgan odamga qandaydir xotirjamlik va o‘ta takabburlik bilan, – 

agar hozirgi so‘zlarim g‘ashingizga tegayotgan bo‘lsa, u holda siz 

byudjetni idora etmayapsiz, balkim davlat byudjetidan qirq ming 

frankka hukumat ajratib bergan sakson ming frankni qo‘shib yamlab 

yutyapsiz.

Yaxshi, afandim, modomiki meni shunga majbur qilgan ekansiz, 

men sira istihola qilib o‘tirmay o‘zingizni misol keltiraman. Avliyo 

Lyudovik bilan salib yurishiga jo‘nagan shavkatli ajdodlaringiz kabi, 

siz mana shu bir yuz yigirma frankka bizning ishimiz uchun hech 

bo‘lmasa bitta polkni qurollantirib berishingiz kerak edi. Mayli, polk 

ham demaylik, atigi bir rota, yarim rota yoki boringki, muqaddas 

ishimiz uchun jonini ayamay jang qilishga tayyor bo‘lgan ellik kishi 

ham bo‘la qolsin. Xo‘sh, siz nima qilyapsiz, faqat malaylaringiz bor 

xolos.

Agar isyon ko‘tarilgudek bo‘lsa, o‘zing‘izga qurol ko‘taradi ular.



Toj-u taxt, cherkov, dvoryanlar – bularning bari, agar siz, janoblar, 

har bir departamentda qurollangan otryadlar tashkil etmasangiz, 

ertagayoq qulashi mumkin. Bu otryadlar bizga sadoqatli besh yuz 

kishidan iborat bo‘lmog‘i lozim, men bu o‘rinda «sadoqatli» der 

ekanman, faqat fransuzcha jasoratni emas, balki ispancha sabot va 

matonatni ham nazarda tutyapman.

Bu odamlarning yarmini bizning o‘g‘illarimiz, jiyanlarimiz, xullas, 

asilzoda dvoryanlar tashkil etmog‘i darkor. Ulardan har birining yoni-

da, agar 1815-yil takrorlangudek bo‘lsa, darhol uch rangli nishon taqib 

oladigan mahmadona – meshchan emas, balki Katelinoga o‘xshash 

samimiy va sofdil oddiy dehqon yigiti bo‘lmog‘i lozim. Bizning dvo-

ryanimiz unga ustozlik qiladi, agar bu uning emikdosh ukasi bo‘lsa, 

ayni muddao. Har bir departamentda besh yuz kishidan iborat ana 

shunday sadoqatli kichik bir otryad tuzmoq uchun har qaysimiz o‘z 

daromadimizning beshdan birini bermog‘imiz kerak. Ana shunda 

xorijdan qilinadigan okkupatsiyaning muvaffaqiyatli chiqishiga umid 

qilsa bo‘ladi. Agar chet ellik askar har bir departamentda qurollangan 

besh yuz nafar do‘stini uchratishga imoni komil bo‘lmasa, u hatto 

Dijonga ham yetib kela olmaydi.

Siz yigirma ming dvoryanning qo‘liga qurol olib, Fransiyaning 

darvozasini ochib berishga tayyor turganini e’lon qilmaguningizcha 



425

chet ellik qirollar gapingizga quloq ham solishmaydi. Bu juda og‘ir 

majburiyat, deyishingiz mumkin. Janoblar, biz faqat shu yo‘l bilan-

gina boshimizni qutqarib qolishimiz mumkin. Matbuot erkinligi 

bilan biz, dvoryanlarning mavjudligi o‘rtasida hayot-mamot ku-

rashi ketyapti. Yo zavodchi mujik bo‘ling, yo qo‘lingizga qurol oling. 

Istasangiz qo‘rqoqlik qilishingiz mumkin, lekin ahmoq bo‘lmang, 

ko‘zingizni oching.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish