Komilov yana bir ishni nihoyasiga yetkazib, yengil nafas olarkan eshik taqillashi sukunatni buzdi



Download 20,58 Kb.
Sana13.11.2020
Hajmi20,58 Kb.
#52241
Bog'liq
Tugma


Tugma

Uy eshigi lang ochiq. Usmon ajablanib, ichkariga kirarkan yuragi shuv etdi. Nimadir bo‘lgan. Garchi hozir tashqarida quyosh ayamay nurini sochayotgan bo‘lsa-da, barcha xonalarning chirog‘i yoniq.

-Zebo, Zebo… - jimlik battar yuragini siqib, xayollarida xavotir va hadik aralash o‘ylar o‘rmalay boshladi. Yuvinish xonasi, yotoqxona, gulxona (bu yerda faqat gullarni parvarish qilganliklari uchun shunday atashardi), oshxona – hech qayerda yo‘q.

-Balki, do‘konga chiqqandir. Yo uyidagilardan kimdir chaqirib qolgandir. Qo‘shnilarnikidadir?!- Usmon shunday xayollarning har eshigiga bosh suqib chiqarkan, Zeboning raqamiga tinmay qo‘ng‘iroq qilardi. Ko‘tarmayapti… Xavotiri o‘z kuchini ko‘rsatib, taniga titroq kirdi. Qosh qoraymoqda…

***

Komilov yana bir ishni nihoyasiga yetkazib, yengil nafas olarkan eshik taqillashi sukunatni buzdi.



-Mumkinmi? Qalaysan, nega kayfiyating yo‘q?- Saidov shu savollarni doim biror yangi ish boshlash uchun kelganida beradi. Komilov cho‘zib o‘tirgisi kelmay maqsadga o‘ta qoldi.

-Qanday ish? Saidovning achchig‘i keldi. Garchi Komilov bilan birga ishlash yoqmasa-da, na iloj u bilan ish tezlashib ketadi. Yana Komilovning hali shu kungacha birorta ishi chala qolmagan, hech kim ocholmagan jinoyatlarni ham aynan shu Komilov karam qatlarini ochib tashlagandek, osongina hal qilolgan. Saidov qo‘lidagi moviy muqovali papkani stol ustiga qo‘ydi.

-Zebo Tillayeva, 22 yosh. “Zargar” mahallasidagi ko‘p xonali uylarning 1-qavati 54-uyda turmush o‘rtog‘i Kenjayev Usmon bilan istiqomat qiladi. Turmush qurganlariga hali bir yil bo‘lmagan. Zebo Tillayeva juma kuni uyidan chiqib ketib hali qaytmagan. Uch kundan buyon yo‘q. Usmon Kenjayev shanba kuni ertalab bizga murojaat qilgan. Tillayevaning telefoni ishlamayapti. Kenjayev xotinini o‘g‘irlab ketishgan deb o‘ylayapti.

Komilov barcha tafsilotlarni jimgina tingladi. Ko‘zlarini bir nuqtaga qadagan holda boshqa ma’lumotlarga qiziqa boshladi.

-Kenjayevning kimdandir katta qarzi bormi yo giyohvand moddalar, qimorbozlar bilan aloqasi bormikan?

Saidov gap nimadaligini darrov tushundi. Ichidan “ahmoq emasman har holda” deb o‘ylab qo‘ydi.

-Yo‘q, izini yaxshilab tekshirdik. Qurilish mollari ishlab chiqaradigan firmaning bosh hisobchisi ekan. Ish joyidagilar yigitni mo‘min-qobil, birovga zarari tegmaydigan deyishdi.

-Hm, Tillayevning uyi tintuv qilindimi? Bostirib kirish alomatlari bormi?

-Yo‘q , hammayoq saranjom-sarishta, juda tartibli, ozoda qilib qo‘yishgan. Kenjayev uyga kelganda uy eshigi ochiq bo‘lgan, hamma xonalarning chirog‘I yoniq ekan.

Komilov joyidan irg‘ib turdi. Qo‘liga kumush rangli bloknotini va ruchkaini tezlik bilan olarkan, Saidovga ketdik deya shoshib chiqib ketdi.

***

Soat tungi 01;00 bo‘ldi. Devordagi oltin zarli soat bir maromda bong urardi. Osmonda yulduzlar aniq-tiniq porlab turar, qora baxmalga qadalgan sariq toshlardek ko‘zni o‘ynatardi. Usmon ortiq uyda o‘tirolmadi. Bir necha soat oldin hamma qavatlardagi qo‘shnilaridan Zeboni so‘rab chiqdi. Hech kim ko‘rmagan; kimdir issiqdan jon saqlab derazalarni qorong‘ulatib yotgan, kimdir ovqat qilayotgan bo‘lib chiqdi.



-Balki, o‘zim vahima qilayotgandirman,-deb qarindoshlariga , Zeboning ota-onasinikiga ham telefon qilib chiqdi. Ularnikida ham yo‘q. Zebo hech qachon eriga aytmasdan ko‘chaga chiqib ketmasdi. Hatto, do‘konga chiqishdayam aqalli xabar yuborardi. Titroq barmoqlari hech qachon ishim tushadi deb o‘ylamagan raqamlarni terdi, uzoq gudok ovozi bir asrga cho‘zilgandek bo‘ldi.

-Allo, militsiyami? Mening xotinim yo‘qolib qoldi…

Shungayam 3 kun bo‘libdi, haliyam tuzukroq biror gap aytishmadi. Usmon ich-ichidan his qilyapti, Zeboni o‘g‘irlashgan.Balki, undan pul undirishmoqchidir yo uyiga o‘g‘irlikka kelishgan-u, Zeboni qarshilik qilgani uchun olib ketib o‘l… yo‘q! Bunday bo‘lishi mumkin emas. Axir, kuppa-kunduzi o‘g‘rilar kelishmaydi-ku!

Usmonning uch kundan beri yeyishida ham, uyqusida ham orom yo‘q. Faqat Zebo xayolida. Ish ham esiga tushmayapti. Eshik qo‘ng‘irog‘I jiringlashi to‘zg‘igan xayollarini nari surib, hushyor torttirdi. Tanish chehrani ko‘rish ilinjida eshikni ocharkan, hafsalasi pir bo‘ldi.

Komilov oldida bir ahvolga kelib qolgan, soch-soqoliga bu yaqin orada ustara tegmagan 25-26 yoshlardagi erkak turardi. Komilov Kenjayevni boshdan oyoq kuzatayotgan paytda, Saidov o‘zlarini tanishtirib, ichkarini yana bir bor tekshirishga ruxsat so‘radi. Saidov aytganidek uy saranjon-sarishta, hamma narsa joy-joyida tartibli.

-Bir narsaga tegdingizmi yo yig‘ishtirib qo‘ydingizmi? Komilovning bu savoli Usmonning yangilik kutayotgan umidli ko‘zlarini so‘ndirdi.

-Yo‘q, hech narsaga tegmadim. Shu kundan beri faqat Zeboni kutyapman. Yotoqqa ham kirmadim, oshxonada o‘tiribman xolos. Zebo har doim oshxonada yurardi,-deyarli oxirgi so‘zlarini pichirlab aytdi. Komilov buni ilg‘ab qoldi. Yotoqxonaga ko‘z yugurtirarkan devordagi kitoblar javoniga nazar tashladi.Kitoblar orasida jahon adabiyoti asarlari ko‘p bo‘lib, stolda ham “Alkimyogar” turardi. Kitob ichiga uzun qilib qirqilgan va gul chizilgan qattiq qog‘oz kitobning qaysi joyiga kelganini belgilash uchun solib qo‘yilgandi. Kitobning belgilangan varog‘ini ocharkan, qizil ruchka bilan tagiga chizilgan jumlaga ko‘zi tushdi: “Bir marta yuz bergan narsa ikkkinchi marta bo‘lmasligi mumkin. Ammo ikki bor yuz bergan narsa uchinchi marta , albatta, bo‘ladi”.

Javondagi kiyimlarni, tokchalarni va, albatta, oshxonani ham ko‘zdan kechirarkan, Komilovning jimligi Saidovning jig‘iga tegardi. U ham nimanidir bilgisi kelardi. Birinchi marta tekshirganida shubhali hech narsa topolmagan, qiziq endi Komilov yana nima qidiryaptikin. Saidov hammomga kirarkan, oyog‘i ostida nimadir gijirladi. Sarg‘imtir tugmani qo‘liga oldi va ilgichda biror kiyimning bor-yo‘qligiga qaradi. Komilov bu paytda Kenjayevni so‘roq qila boshlaganini eshitib, yangilikdan bexabar qolmaslik uchun ularning yoniga shoshildi.

-Tillayeva oxirgi marta sizga nimalar degandi?

-Har doimgidek ish kiyimlarimni tahladi, birga nonushta qildik. Lekin biroz tobi yo‘q edi. Shunga ishdan ertaroq qaytgandim.Qaytayotganimda telefonimdan xabar yubordim. Lekin javob yozmadi, shunga shoshilib keldim.Oxirgi marta tez-tez tobi qocha boshlagandi.

-Hm, nega uni o‘g‘irlab ketishgan deb o‘ylayapsiz?

-Hech qachon menga aytmasdan ketmasdi. Hatto yo‘qolib qolmasidan ikki kun oldin do‘konga chiqib kelayotganida ham xabar yozib yuborib ogohlantigandi.

-Balki, qochib ketgandir? Komilov diqqatini jamlab Kenjayevni kuzatardi. Savollar ta’sirini , berayotgan javoblarini eslab qolishga harakat ilardi.

-Bu nima deganingiz? Bunga hech qanday sabab yo‘q. Biz baxtli edik! Usmon bunday tahqirlanishni umuman kutmagandi. Saidov esa yangi gap eshitmadi hisobi.Faqat, Tillayevaning o‘zi qochib ketishini u ham farza qilgandi-yu, Kenjayevga aytishni o‘ziga ep ko‘rmagandi.

***

Komilov Tillayevning yaqinlaridan va oila a’zolaridan surishtirib bilgani, bu qiz o’ta ta’sirchan, xushmuomala va boshqalar bilan kirishimliligi bo‘ldi. Eng muhim ma’lumot esa Tillayeva va Kenjayev ota-onalarining xohish-irodasi bilan turmush qurishgani va Tillayevaning muhabbati aslida o‘zga ekani haqidagi ma’lumotlarni uning dugonalari bilan ko‘rishgach tergov davomida bilib oldi. Oldiniga ular bu haqda gapirishmadi-yu, lekin jinoyat sodir bo‘lgan bo‘lsa, qadrdonlariga biror gap bo‘lishidan cho‘chib aytib berishdi. Lekin Kenjayevga bu haqda aytmasliklarini, chunki Tillayeva topilgandan so‘ng oilalari buzilib ketmasligini o‘tinib so‘rashdi. Endi Komilovning ishonchi komil. Tillayeva o‘zi qochib ketgan! Tillayevanoing sobiq sevgilisi bilan qochib ketgan degan xulosani tasdiqlash uchun o‘sha yigitning uyiga borarkan, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. Ziyoyev Bahrom eshigini o‘zi ochib, kutib oldi. Oldin tergovchi kelganidan bezovtalangandek tuyuldi-yu, biroq gap nimadaligini eshitib, Tillayevani bir yildan buyon ko‘rmaganligini aytib turib oldi. Endi hammasi chalkashib ketdi. Tillayeva qayerda? O‘g‘irlashdimi, o‘ldirishdimi yo qochib ketdimi? Nimaga?



***

Usmon tergovchining gaplarini o‘ziga og‘ir oldi. Boshida jahli chiqqan bo‘lsa, keyin asta-sekin ko‘ngliga shubha atalmish chirmovuq tirmasha boshladi. Ammo, nega, nima uchun? Sabab? Usmon yotoqxonaga kirarkan, stol ustidagi kitobga ko‘zi tushdi. Uni olib varaqlarini ochqilarkan tagiga ko‘k chiziq tortilgan gapni qayta-qayta o‘qidi: “Xazina qayerda bo‘lsa, qalbing ham o‘sha yerda”. Sekin pichirlab o‘qidi, takror-takror…

-Ha, mening xazinam – oilam, Zebo. Qalbim ham unda. Hozir esa Zebosiz, xazinamsiz, unga qo‘shib qalbimsiz ham qoldim. Huvillab qolgan ustuxonga o‘xshayman. Ammo Zeboning qalbi kimda edi?!

***


Saidov Komilovning boshi qotganini ko‘rib, bir qadar huzurlandiyam. Bir tarafdan jumboq yechimini topolmayotganlaridan siqila boshlagandi.

-Sizga ham bu ish qiyinlik qildimi deyman?

Komilov bunday chigal kalavalarning nechtasini yecha olgan va bunisining ham uchini topishga ishonchi komil.

-Yechimi bor. Tillayeva topiladi.

-Balki, o‘ldirib, o‘ligini qayerlargadir tashlab ketishgandir. Har holda Kenjayev topimi yaxshi, puldor.

-Yo‘q, uyda hech narsa yo‘qolmagan.

-Hm… - Saidov yana nimadir demoqchi edi-yu, lekin jo‘yali gap topolmay qo‘lini cho‘ntagiga tiqdi. Sarg‘ish tugma barmoqlariga tegib turarkan, kissasidan chiqargan bu tugmani Komilvga berish esidan chiqqanligini angladi.

-Ha, aytgancha, buni Tillayevaning hammomidan topib olgandim.

Komilov sarg‘ish tugmaga tikilarkan biroz o‘ylanib turib yana shoshgancha xonadan chiqib ketdi. Saidov uning izidan ergashdi.

***


-Birorta tog‘li hududda yashaydigan qarindoshlaringiz bormi? Komilovning dab-durustdan kelib, salom-aliksiz bergan savoli shu bo‘ldi. Usmon biroz o‘ylanib, yo‘q degach Komilov yana qistovga oldi. Usmon kalovlanib qoldi, Zeboning vafot etgan tog‘asining hovlisi borligi esiga tushdi.

Saidov, Komilov va Usmon Kenjayev olti soatlik yo‘ldan so‘ng tog‘ bag‘riga kirib borishdi. Tog‘ bag‘rida turgan dala hovlilar daraxtlar bilan “kim uzun?” degandek bahslashar, tabiat farzandi bo‘mish daraxtlar baribir yildan yilga o‘sib, inson qo‘llarining mahsuli bo‘lmish dala hovlilarni yutib chiqqandek edi go‘yo.

Dala hovlining eshigini Tillayeva Zebo ochdi va kutilmagan mehmonlarni ko‘rib qotib qoldi.

***


Komilov Tillayeva bilan birinchi bo‘lib gaplashib oldi va Saidovga ketdik ishorasini qilib chiqib ketdi. Saidov nima gapligiga haliyam tushunmasdan jimgina ergashdi. Yo‘l bo‘yi so‘ramagan bo‘lsa-da, ishxonaga kirganlaridan keyin qiziqish ustunlik qilib baribir so‘radi:

-Qanday qilib… - Saidovning savoli oxiriga yetmay qoldi.

-Topdimmi? – Kulimsiradi Komilov. – Yechim tugmada edi.

-Tugmada?

-Ha, tugmada. Tillayeva o‘ta darajada orasta va tartibli. Shkafidagi kiyimlar fasllarga va ahtto ranglariga qarab ketma-ketlikda tahlab qo‘yilgandi. Ko‘zdan kechirayotganimda kuzgi plashining yengidagi tugmasi yo‘qligini payqadim. Shkaf ichida, javonlarda va tokchalarda yo‘q edi. Keyin uni kuzgi kiyimlar ildiradigan ilgichlari bo‘sh qolgandi. Shu sababli, uni birinchi marta o‘zi qochib ketgan degan xulosaga keldim. Kenjayev bilan suhbatlashganda bildimki, uning hech narsadan xabari yo‘q.

-Ammo, qanday…

-Tillayeva bilan suhbatlashganimda ham o‘zi ketganligini tasdiqladi. Bunga saba esa, uning sobiq sevgilisi. Tillayevaning yo‘qolib qolmasidan ikki kun oldin Kenjayevga do‘konga chiqishini aytib xabar yuborganini bilamiz. U tashqariga chiqqanda, Ziyoyev Bahrom uni poylab turgan bo‘ladi. Ziyoyev Tillayevadan pul talab qiladi, chunki Kenjayev yaxshigina joyda ishlashidan xabari bo‘lgan. Ziyoyev bundan foydalanib qolmoqchi bo‘ladi. Tillayeva esa Kenjayev aytgandek tez-tez kasal bo‘la boshlaydi. Aniqrog‘i, turmush o‘rtog‘i oldida o‘zini aybdordek his qila boshlaydi. Kitobdagi jumla esa so‘nggi tomchi vazifasini o‘tagan. Tillayeva o‘ta ta’sirchan va sodda. Kenjayev undan xavotir olib, unga erta qaytayotganligini aytadi. Shu payt ikkinchi bir inson, Ziyoyevdan, ham xabar keladi. Unda pullarni olish uchun borayotganligi aytilgandi. Tillayeva o‘rtada ixtilof kelib-chiqib sharmanda bo‘lishdan qo‘rqadi va shoshib eng kerakli narsalarini yig‘a boshlaydi. Chiroqlarni o‘chirmagani u juda shoshganidan dalolat. Kenjayev uyga birinchi keladi, o‘sha kuni Ziyoyev ham kelgan, biroq Tillayevaning eri uni qo‘shnilardan surishtirayotganini ko‘rib iziga qaytadi.

-Qanday bildingiz?

-Chunki Ziyoyev bilan suhbatlashganimda, oldin tergovchi ekanligimni bilib ancha bezovtalandi. Keyin uning bu ishlaridan xabardor emasligimizni bilib, o‘zini bosib oldi.

-Dala hovliga ketganligini qanday bildingiz?- Saidovnign savoli Komilovga bolalarcha savol bo‘lib tuyuldi va jilmayib:

-Yozning jaziramasida kuzgi kiyimlarni olib ketish g‘alati emasmi? Bu paytda faqat tog‘li hududlardagina bunday kiyimlar kiyishga majbur bo‘lasan kishi. Plashining tugmasini shoshganidan hammomda tushirgan, keyin uni olmay boshqa kiyimlarni olib ketgan.

-Dala hovliga qanday kirgan?

-Tillayeva to‘yi bo‘lmasdan oldin qarindosh qizlari bilan bir marta borib ko‘rgan va kalitni shu yerda bo‘lishini bilgan.

-Juda oddiy-ku! Saidovning jahli chiqdi. Axir kali tuning qo‘lida edi-ku.



-To‘g‘ri, juda sodda. Komilov Saidovning kechinmalarini tushunib turardi.
Download 20,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish