XXVI
Odamzod yoki badavlat kishiga yetishmaydigan
narsa haqida
Bu yorug‘ dunyoda yakka-yu yolg‘izman, men
bilan hech kimning ishi yo‘q. Ko‘z o‘ngimda muvaf-
faqiyatga erishayotgan barcha kishilar hayosizlik
va bag‘ritoshliklari bilan ajralib turadilar, men esa
bunday xislatlardan mutlaqo mahrumdirmen.
Ko‘ngilchanligim va muruvvatliligim uchun ular
mendan nafratlanadilar. Evoh, men tezda yo och-
likdan, yoxud odamlarning shu qadar beshafqat
ekanlikla ridan ranjib o‘lib ketsam kerak.
Yung.
Yigit kiyimlarini naridan-beri tozaladi-da, shosha-pisha pastga
tushdi. U kechikib qolibdi. Nazoratchi uni qattiq koyib berdi, ammo
Jyulen o‘zini oqlash o‘rniga qo‘llarini qovushtirdi.
– Peccavi, pater optime (Gunohkorman va aybimni bo‘ynimga
olaman, taqsirim), – deya javob qildi u qayg‘uli bir ohangda.
Ishning bunday boshlanishi Jyulenga katta muvaffaqiyat keltir-
di. Ayyorroq seminaristlar darhol uning bu sohada g‘o‘r emasligini
payqashdi. Darslar o‘rtasidagi tanaffus payti Jyulen barchaning o‘zi-
ga qiziqib qarayotganini sezdi. Biroq seminaristlar faqat uning sir
saqlayotgani va odamovi ekanligini ko‘rishdi xolos. Yigit o‘zi uchun
belgilab qo‘ygan qoidaga rioya qilib, uch yuz yigirma bir hamkasa-
basining bariga dushman deb qarar, abbat Pirar esa uning nazarida
dushmanlarning eng xavflisi bo‘lib tuyulardi.
Oradan bir necha kun o‘tdi. Jyulen o‘ziga pir tanlamog‘i lozim edi.
Unga ro‘yxat berishdi.
198
«E, Xudoyim! Meni kim deb hisoblashyapti ular o‘zi? – deya xa-
yolidan o‘tkazdi u. – Nima ular, buning shunchaki rasmiyat ekanligini
bilmaydi, deb o‘ylashyaptimi?» Va u abbat Pirarni tanladi.
Bu ishi o‘zi uchun hal qiluvchi qadam ekanligi uning xayoliga
ham kelmadi. Birinchi kundanoq o‘zini uning do‘sti deb e’lon qilgan
asli verrerlik bir seminaristcha, ona suti og‘zidan ketmagan bir bo-
lakay Jyulenga, agar siz seminariya direktorining yordamchisi janob
Kastanedni tanlaganingizda maqsadga muvofiqroq bo‘lur edi, deya
tushuntirdi.
– Abbat Kastaned janob Pirarning g‘irt dushmani, Pirarni esa
yansenist deb shubha qilishadi, – deya qo‘shimcha qildi u Jyulenning
qulog‘iga shivirlab.
O‘zining nihoyatda ehtiyotkorlik bilan harakat qilayotganiga
ishonchi komil bo‘lgan qahramonimiz bosgan ilk qadamlarning
hammasi xuddi pir tanlashi kabi o‘ta yengiltaklik bo‘lib chiqdi. Xa-
yolparastlikka moyil bo‘lgan barcha odamlarga xos o‘zbilarmonlik
tufayli aldangan Jyulen dilidagi niyatlarini amalga oshgan dalil deb
o‘ylar va o‘zini beqiyos munofiq deb hisoblar edi. Bu yanglishish shu
darajaga borib yetardiki, Jyulen hatto zaif odamlar qo‘llaydigan bu
san’atda erishayotgan muvaffaqiyatlari uchun o‘ziga-o‘zi ta’na ham
qilib qo‘yardi.
«Afsus! Lekin bu mening yagona qurolim-ku axir! – deya muloha-
za yuritardi u. – Agar boshqa vaqt bo‘lganida edi, men rizq-ro‘zimni
dushmanning ko‘z o‘ngida o‘zi uchun o‘zi dalolat beradigan ishlar
bilan topgan bo‘lardim».
O‘zining xulq-atvoridan mamnun bo‘lgan Jyulen atrofga razm
sola boshladi: bu yerdagi barcha narsalardan taqvodorlikning isi
kelayotgandek tuyulardi.
Seminaristlardan o‘nga yaqin kishi avliyoxon deb nom chiqa-
rishgandi: bokira Tereza yoki o‘z tamg‘asiga ega bo‘lmoq uchun
Apennindagi Verni tog‘iga chiqqan avliyo Fransisk kabi ularning
muakkillari bor edi. Biroq bu katta sir bo‘lib, ularning do‘stlari bu
haqda hech kimga og‘iz ochishmasdi. Bechora avliyoxonlarning
o‘zlari esa deyarli lazaretdan chiqmay yotishardi. Yana yuztacha
talabaning kuchli e’tiqodi beqiyos qunt bilan uyg‘unlashgandi. Ular
g‘oyat tirishib o‘qishganidan arang surgalib yurishardi, biroq bu
harakatning foydasi kam edi. Ikki yoki uch kishi haqiqiy iste’dodi
bilan ko‘zga tashlanardi. Ularning orasida Shazel degan bir yigit
199
ham bor edi, biroq Jyulen ulardan o‘zini olib qochar, o‘z navbatida,
ular ham uni uncha xush ko‘rishmas edi.
Uch yuz yigirma bir seminaristdan qolgani shunchaki johil va
savodsiz yigitlar edi, ular o‘zlari ertalabdan kechgacha yod oladigan
lotin so‘zlarining ma’nosini durustroq tushuntirib ham berisha ol-
masdi. Bu talabalarning deyarli hammasi, erta-yu kech yer chopib
kun kechirgandan ko‘ra lotin tilidagi bir necha so‘zni yodlab olib,
rizq-ro‘z topish osonroq, deb hisoblaydigan oddiy qishloqi yigitlar edi.
Ana shu barcha kuzatishlar asosida Jyulen birinchi kunlardanoq, juda
tez muvaffaqiyatga erishaman, deb ko‘ngliga tugib qo‘ygandi. «Har
qanday ishda ham miyasi ishlaydigan odamlar kerak, chunki kimdir
ishlashi ham zarur-ku, – mulohaza yuritardi u o‘zicha. – Napoleonning
armiyasida men serjant bo‘lardim, manovi bo‘lajak poplar orasida esa
men katta vikariy bo‘laman».
«Bu bechora yigitlarning hammasi, – deya o‘ylardi u, – og‘ir
mehnatda suyagi qotgan va bu yerga kelgunlariga qadar qatig‘-u
qora non bilan kun kechirganlar. Boyaqishlar u yerda, o‘z kulbala-
rida mol go‘shtini yiliga bor-yo‘g‘i besh-olti martagina ko‘radilar,
Rim askarlari urushni dam olish payti deb hisoblaganlari kabi, bu
omi mujiklar shirin seminariya hayotiga butunlay maftun bo‘lib
qolishgan...»
Jyulen ularning xo‘mraygan ko‘zlarida qorinlari to‘ygandan keyin
mamnun bo‘lishni-yu ovqatlanishdan oldin lazzatlanishni o‘ylashdan
bo‘lak hech qanday ma’no uqa olmasdi. Qahramonimizning atrofidagi
odamlar ana shunday bo‘lib, Jyulen ular orasida nom chiqarmog‘i
lozim edi. Biroq turli fanlardan, masalan, dogmatika, cherkov tarixi
va hokazolardan, xullas, seminariyada o‘tiladigan barcha fanlardan
birinchi bo‘lish talabalar nazarida haddan tashqari o‘ziga bino qo‘yish
hisoblanardi, Jyulen bundan bexabar edi va hech kim unga bu haqda
gapirmoqchi ham emasdi. Volter zamonidan beri, ishonmaslik va
Do'stlaringiz bilan baham: |