Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXIV

Katta shahar

Qanday g‘ala-g‘ovur! Odamlarning ko‘pligini 

aytmaysizmi, yana har birining o‘z tashvishi bor! 

Yigirma yashar yigitning miyasida kelajak haqida 

qanday rejalar tu zilmaydi deysiz! Bularning bari 

uni sevgidan qanchalar chetga burib yubordi-ya.



Barnav.

Nihoyat, yiroqda, tepalikning ustida ulkan qora devor ko‘rindi – 

bu Bezanson qal’asi edi. «Qani endi, – dedi u o‘zicha xo‘rsinib, – qani 

endi men bu mo‘tabar istehkomga seminarist sifatida emas, balki bu 

yerning himoyasi uchun qoldirilgan garnizon polklaridan birining 

podporuchigi bo‘lib kelsam».

Bezanson Fransiyaning eng go‘zal shaharlaridan biri bo‘libgina 

qolmay, unda ko‘plab zukko va olijanob odamlarni uchratish mumkin 

edi. Biroq Jyulen bor-yo‘g‘i oddiygina qishloqi yigit edi va u mashhur 

odamlar bilan tanishish imkoniyatiga ega emasdi.

U do‘sti Fukedan oddiy kostyum olgan bo‘lib, barcha shaharliklar 

kiyib yuradigan ana shu kiyimda ko‘tarma ko‘prik ustidan o‘tdi. 

Yigit 1674-yildagi qamal haqida juda ko‘p narsa o‘qigan edi va shu 

boisdan seminariyada qamalib yotishdan avval u qal’a devorlarini 

tomosha qilmoqchi bo‘ldi. Soqchilar uni ikki yoki uch marta ushlab 

olishlariga sal qoldi: chunki u harbiylar pichanni o‘g‘rincha sotib, yili-

ga o‘n-o‘n besh frank ishlab olish imkoniyatidan mahrum bo‘lmaslik 

uchun avomni kiritmaydigan joylarga ham tumshug‘ini suqqan edi.




183

Yuksak devorlar, chuqur xandaqlar, to‘plarning vahimali og‘zi 

bir necha soat davomida uning butun diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb 

etib turdi, biroq xiyobondan o‘ta turib, u katta bir qahvaxonani 

ko‘rib qoldi. U qoyil qolib to‘xtadi: yigit haddan tashqari katta eshik-

lar tepasida ulkan harflar bilan yozilgan «Qahvaxona» so‘zini qay-

ta-qayta o‘qidi-yu, ammo ko‘zlariga ishonmay turaverdi. Nihoyat, 

u yurak betlab ichkari kirdi-yu o‘zini uzunligi o‘ttiz-qirq qadam, 

balandligi esa kamida uch-to‘rt odam bo‘yi keladigan uzun zalda 

ko‘rdi. Bugun barcha narsa Jyulenni o‘zining yangiligi bilan maftun  

etmoqda edi.

Ikki bilyardda o‘yin ketayotgan ekan. Markyorlar baqirib hisobni 

e’lon qilishar, o‘yinchilar tomoshabinlar o‘rab turgan bilyard atrofida 

u yoqdan-bu yoqqa yugurishardi. Odamlarning og‘zidan chiqayotgan 

tamaki tutuni ularning boshi uzra ko‘kimtir bulutga o‘xshab suzardi. 

Jyulen etagi uzun va keng-mo‘l kamzul kiyib, yelkalari xiyol bukchay-

gan, chakka soqollari g‘aroyib bu norg‘ul odamlarning og‘ir-og‘ir 

qadam bosishlarini qiziqib tomosha qilmoqda edi. Ko‘hna Bizonti-

yning mazkur olijanob o‘g‘lonlari faqat baqirib gaplasha olardilar, 

ular o‘zlarini haybatli jangchilar qilib ko‘rsatishga urinardilar. Jyulen 

zavqlanib turgan joyida qotib qoldi. Yigit bu ulug‘vor poytaxt shahar 

– Bezansonning poyonsizligi va dabdabasiga maftun bo‘lib qolgandi. 

Bilyard oldida hisobni baqirib e’lon qilayotgan manovi dimog‘dor 

janoblarning birontasidan bir finjon qahva so‘rashga uning yuragi 

dov bermadi.

Biroq peshtaxta ortida o‘tirgan qiz pechkadan uch qadam narida 

tugunini qo‘ltig‘iga qistirganicha, qirolning ajoyib ganchdan yasalgan 

oppoq byustini diqqat bilan tomosha qilayotgan qishloqi yigitning 

ko‘hlikkina yuziga darrov e’tibor berdi. Qaddi-qomati kelishgan, ba-

land bo‘yli, ishlaydigan joyiga yarasha satang kiyingan bu fransh-kon-

telik qiz boshqa hech kim eshitmasligi uchun Jyulenni ohistagina: 

«Afandim! Afandim!» – deya ikki marta chaqirgan edi. Jyulen qizning 

anchayin ishva bilan qarab turgan shahlo ko‘k ko‘zlariga ko‘zi tush-

gach, uning o‘ziga murojaat qilayotganini tushundi.

U dushman ustiga bostirib borayotgan jangchi kabi yoshgina noza-

nin o‘tirgan peshtaxta tomon shitob bilan yurdi. Bu keskin harakatdan 

uning tuguni qo‘ltig‘idan chiqib yerga tushdi.

Shu tobda bizning qahramonimiz o‘n besh yoshidayoq qahva-

xonaga viqor bilan kirib kela oladigan parijlik navqiron litseistlarga 



184

g‘oyatda ayanchli ko‘ringan bo‘lardi! Biroq o‘n besh yoshida shunday 

ajoyib ta’lim ko‘rgan bu o‘spirinlar o‘n sakkiz yoshga borib, o‘rtami-

yona yigit bo‘lib qoladilar. Ba’zan provinsiyada uchraydigan bunday 

jo‘shqin tortinchoqlik goho o‘zini yengib, irodani mustahkamlaydi. 

Jyulen birinchi bo‘lib o‘zi gap boshlashni lozim topgan bu qizga, boz 

ustiga, shunday nozaninga yaqinlashar ekan, jur’atsizligini yenggani-

dan so‘ng dadillashib gapning rostini aytishga ahd qildi.

– Xonim, men Bezansonga umrimda birinchi kelishim. Haqini 

to‘lab, bir finjon qahva bilan non olsam, degandim.

Qiz jilmaydi-da, qizarib ketdi; u anovi bilyardchilar bu go‘zal 

yigitchaga e’tibor berib, uni kalaka qilishmasa edi, deya xavotir-

langandi. Shunda yigitcha qo‘rqib ketadi-da, bu yerga ortiq kelmay  

qo‘yadi.


– Mana bu yerga, mening oldimga o‘tiring, – dedi u shundoq 

yonginasida turgan marmar stolcha tomon bosh irg‘ab. Qimmatbaho 

yog‘ochdan ishlangan va zal tomon turtib chiqqan ulkan peshtaxta 

stolchani bilyardchilardan deyarli pana qilib turardi.

Qiz kishining havasini qo‘zg‘aydigan xipcha belini namoyish qilib, 

peshtaxta uzra egildi. Jyulen bunga e’tibor berdi-yu, fikr-xayoli darhol 

boshqa tomonga burilib ketdi. Nozanin uning oldiga finjon, qand va 

bir burda non qo‘ydi. U Jyulenga qahva quyib bersin uchun ofitsiantni 

chaqirgisi kelmadi, u kelgan zahoti qiz Jyulen bilan boshqa yolg‘iz 

qololmasligini tushunardi.

Jyulen o‘zicha bu sochlari oqish quvnoq nozaninni goh-gohida 

ko‘z o‘ngida gavdalanayotgan ba’zi xotiralari bilan taqqoslab, xayolga 

cho‘mdi. U o‘ziga nisbatan qanday otashin sevgi uyg‘otganini eslagach, 

tortinchoqligidan asar ham qolmadi. Nozanin uchun esa unga bir 

qarashning o‘zi kifoya edi: u o‘ziga kerakli bo‘lgan barcha gaplarni 

Jyulenning ko‘zlaridan uqib olgandi.

– Bu yerni shu qadar tutunga to‘ldirib yuborishdiki, nafas 

ololmaysan kishi. Ertaga ertalab soat sakkizdan oldin, vaqtliroq 

nonushta qilgani keling. O‘sha paytda men bu yerda deyarli yolg‘iz  

bo‘laman.

– Ismingiz nima? – deya so‘radi Jyulen qoyil qolgan tortinchoq 

odamdek muloyim jilmayib.

– Amanda Bine.

– Sizga bir soatlardan so‘ng manovinga o‘xshash kichkina bir 

tuguncha yuborsam maylimi?



185

Nozanin Amanda bir lahza o‘yga tolib qoldi.

– Meni ham tergab turishadi, – dedi u. – Siz iltimos qilayotgan 

narsaning menga ziyoni tegmasa, deb qo‘rqaman, lekin manovi kart-

aga manzilimni yozib beraman, siz uni tugunchangizga yopishtirib, 

qo‘rqmay bemalol yuboraverishingiz mumkin. 

– Mening ismim, Jyulen Sorel, – dedi yigit. – Bezansonda na qa-

rindosh-urug‘im bor, na tanish-bilishim.

–  A!  Tushunaman,  –  dedi  qiz  xursand  bo‘lib.  –  Siz,  demak, 

huquqshunoslik maktabiga kirmoqchi ekansiz-da?

– Afsuski, yo‘q, – dedi javoban Jyulen. – meni seminariyaga o‘qish-

ga yuborishdi.

Amandaning chehrasidan hafsalasi qattiq pir bo‘lga-nn sezildi. 

Qiz ofitsiantni chaqirdi, – endi u hech nimadan qo‘rqmay qo‘ygan 

edi. Ofitsiant hatto Jyulenning basharasiga ham qaramay, unga qahva 

quyib berdi.

Amanda peshtaxta ortida o‘tirganicha xo‘randalardan pul olmo-

qda edi, Jyulen qiz bilan gaplashishga jur’at etganidan o‘zicha juda 

faxrlanib o‘tirardi. Bilyardlardan birining oldida qattiq bahs ketmo-

qda edi. O‘yinchilarning baqirib-chaqirishlari ulkan zalda aks sado 

berib, qandaydir tinimsiz hayqiriqqa aylanardiki, Jyulen buni eshitib, 

nihoyatda ajablandi. Amanda ko‘zlarini yerga tikkancha xayolga 

cho‘mib o‘tirardi.

– Agar istasangiz, mademuazel, – dedi u daf’atan xotirjam bir 

dadillik bilan, – men o‘zimni sizning qarindoshingiz qilib ko‘rsatishim 

mumkin.


Yigitning o‘ziga bo‘lgan bu alomat ishonchi Amandaga juda yoqib 

tushdi.


«Yo‘q, u qandaydir firibgar emas», deya xayolidan o‘tkazdi qiz. 

So‘ngra u, peshtaxta tomon bironta odam kelmayotganmikin, deb 

zalni kuzatarkan, Jyulenga qaramay, tez-tez dedi:

– Men Janlisdan bo‘laman, u – Dijonning yonida. Siz ham o‘zingizni 

janlislikman deb ayting, ya’ni onamning qarindoshi bo‘lasiz.

– Albatta shunday deb aytaman.

– Yozda, har payshanba kuni soat beshlarga yaqin janob se-

minaristlar shu yerdan, qahvaxonaning shundoq yonginasidan  

o‘tishadi.

– Agar o‘shanda meni eslasangiz, men ham shu yerdan o‘tayot-

ganimda, qo‘lingizga binafsha olib eshik oldiga chiqing.



186

Amanda unga ajablanib qaradi, bu nigoh Jyulenni sher qilib yubor-

di. Lekin u har qalay birdan:

– Sizni behad sevib qolganga o‘xshayman, – deganida qulog‘igacha 

qizarib ketdi.

– Sekinroq gapiring! – dedi javoban qo‘rqib ketgan qiz. 

Jyulen Verjida tasodifan qo‘liga tushib qolgan «Yangi Eloiza»ning 

titilib ketgan tomidan bir necha jumlani eslashga harakat qilardi. Yigit-

ning xotirasi bu gal ham unga pand bermadi: u nozanin Amandani qo-

yil qoldirib, o‘n daqiqacha «Yangn Eloiza»ni yoddan o‘qidi. U o‘zining 

jasurligidan boshi osmonga yetib turgan edi, birdan fransh-kontelik 

go‘zal qizning chehrasi sovuq bir tus oldi. Qahvaxona eshigida uning 

o‘ynashlaridan biri ko‘ringan edi.

Yigit yelkasini o‘ynatib, hushtak chalganicha peshtaxta oldiga 

keldi-da, Jyulenga tikilib qaradi. Hamma narsani doim bo‘rttirib 

tasavvur qiladigan Jyulenning ko‘z o‘ngida darhol muqarrar duel 

manzarasi namoyon bo‘ldi. U rangi oppoq oqarib, oldidagi finjonni 

nariroq surdi-da, gerdayib diqqat bilan raqibiga tikildi. O‘sha raqib 

boshini egganicha, takallufsizlik bilan qadahga aroq qu-yar ekan, 

Amanda imlab Jyulenga pastga qarashni buyurdi. Jyulen uning am-

riga bo‘ysundi va hozir ro‘y berajak voqeadan bo‘lak hech nimani 

o‘ylamay, oppoq oqarganicha, jangga shay bo‘lib ikki daqiqacha qimir 

etmay o‘tirdi; chindan ham shu daqiqada u juda so‘lim edi. Jyulenning 

nigohi raqibini hayratga soldi; u aroqni bir simirishda ichib, Amanda 

bilan ikki og‘iz gaplashib oldi-da, so‘ngra qo‘llarini keng kamzulining 

cho‘ntagiga tiqib, Jyulenga qarab-qarab qo‘yganicha, hushtak chalib, 

bilyardlardan biri tomon ravona bo‘ldi. G‘azabdan es-hushini yo‘qotib 

qo‘ygan Jyulen o‘rnidan sapchib turdi; biroq u duelga chaqirish uchun 

nima qilish kerakligini bilmasdi. Yigit tugunini stol ustiga qo‘ydi va 

bezday bezrayib bilyard tomon yo‘l oldi.

Bir xayoli unga behuda: «Agar Bezansonda birinchi kuniyoq 

duelga chiqsang – sen uchun ruhoniylik martabasi tamom bo‘ladi», 

deya uqtirardi.

Bir xayoli: «Bari bir, lekin shundan keyin hech kim, surbetning 

oldida qo‘rqoqlik qildi, demaydigan bo‘ladi!» – derdi.

Amanda yigitning o‘ktamligini darhol sezdi: uning tortinchoqligi, 

uquvsizligi oldida bu xislati ayniqsa ko‘zga yaqqol tashlanardi. Qiz 

shu zahoti anovi kamzul kiygan barzangidan Jyulenni afzal ko‘rdi. 

U o‘rnidan turdi-da, o‘zini ko‘chadan o‘tib ketayotgan allaqanday 



187

odamni kuzatayotgandek ko‘rsatib, shosha-pisha yigit bilan bilyard 

o‘rtasiga turib oldi.

– O‘sha janobga olayib qarashdan sizni Xudo saqlasin, u mening 

pochcham bo‘ladi.

– Bunisi bilan nima ishim bor? Nega u menga o‘qrayadi?

– Nima, meni baxtsiz qilmoqchimisiz? To‘g‘ri, u sizga qaradi, hali 

u ehtimol siz bilan gaplashar ham. Axir men unga sizni hozirgina Jan-

lisdan kelgan xolavachcham deb aytdim. Uning o‘zi Fransh-Kontedan, 

Burgundiyada esa Doldan nariga o‘tgan emas. Siz unga miyangizga 

kelgan gapni aytaverishingiz mumkin.

Jyulenning hamon ikkilanib turganini ko‘rib, yolg‘on-yashiqni 

bichib-to‘qishga juda chechan bo‘lgan bu peshtaxta malikasi sho-

sha-pisha qo‘shimcha qildi:

– Rost, u sizga ko‘z tashladi, lekin u mendan kimligingizni so‘ra-

gandagina sizga qaradi. O‘zi shunaqa sodda odam, hamma bilan 

shunday muomala qiladi, sizni xafa qilish uning hatto xayoliga ham 

kelgani yo‘q.

Jyulen soxta pochchadan ko‘zini uzmay turardi, o‘sha odam na-

rigi chetdagi bilyardning oldiga borib, o‘yinda ishtirok etish uchun 

patta sotib oldi. Jyulen uning bor ovozi bilan: «Qani, sizlarga hozir bir 

ko‘rsatib qo‘yaman!» – deya baqirganini eshitdi. U nozanin Amandan-

ing yonidan lip etib o‘tdi-da, bilyard tomon bor qadam  bosdi.

Amanda uning qo‘lidan tutib qoldi.

– Marhamat qilib avval pulni to‘lang, – dedi qiz. «Ha, rost-a, – deya 

xayolidan o‘tkazdi Jyulen, – u pulni to‘lamasdan qochib ketishimdan 

qo‘rqyapti». Amanda undan battar hayajonlanayotgan edi, uning ikki 

yuzi lov-lov yonib turardi, qiz qaytimni jo‘rttaga cho‘zib sanar ekan, 

ohistagina:

– Darhol qahvaxonadan chiqib keting, bo‘lmasam men sizni sev-

may qo‘yaman! Rostini aytsam, siz menga juda yoqib qoldingiz, – deya 

takrorlardi.

Nihoyat, Jyulen imillab qahvaxonadan chiqib ketdi. «Balki, har 

qalay, o‘sha to‘ng‘izning oldiga borishim va xuddi o‘ziga o‘xshatib 

ko‘ziga tikilib qo‘yishim kerakdir?» – deb so‘rardi u o‘zidan o‘zi. Ana 

shu taraddud tufayli u qahvaxona oldidagi xiyobonda yana deyarli 

bir soatcha qaqqayib turdi: u hamon, o‘sha dilozor chiqib qolarmikin, 

degan umidda edi. Biroq barzangi chiqavermagach, Jyulen qahvaxona 

oldidan nari ketdi.



188

Uning Bezansonga kelganiga bor-yo‘g‘i bir necha soat bo‘ldi-yu, 

ba’zi ishlar uchun o‘zidan o‘pkalashga to‘g‘ri kelyapti. Keksa tabib 

o‘zining podagra kasaliga qaramay, bir vaqtlar unga bir necha marta 

qilichbozlikdan saboq bergan bo‘lib, hozir qahr-g‘azabi jo‘shib turgan 

Jyulen ishlata olishi mumkin bo‘lgan butun qurol ana shu edi. Biroq 

raqibiga o‘z g‘azabini, shapaloqdan bo‘lak, qay yo‘sinda namoyish 

etishni bilganida edi, yigitni bu mushkulot ham to‘xtatib qololmagan 

bo‘lardi, ish mushtlashuvga borib taqalganida esa, uning raqibi, haligi 

barzangi Jyulenni yaxshilab do‘pposlardi-yu, shu bilan hammasi 

tamom bo‘lardi-qo‘yardi.

«Na homiysi, na puli bo‘lgan men kabi bir kambag‘alga, – deya 

mulohaza yuritardi Jyulen, – seminariya nima-yu qamoqxona nima 

– farqi kam. Shahar kiyimimni bironta mehmonxonada qoldirish 

kerak, qora kostyumimni ham o‘sha yerda kiyib ola qolardim. Agar 

biror kun seminariyadan bir necha soatga chiqa olsam, men shu ki-

yimda Amandaning oldiga borishim mumkin bo‘lardi». Jyulen buni 

yaxshi o‘ylab topdi-yu, biroq yo‘lida uchragan mehmonxonalarning 

birontasiga kirishga jur’at etmadi ham. 

Nihoyat, u «Elchilar mehmonxonasi»ning yonidan ikkinchi marta 

o‘tayotganida, uning tashvishli nigohi o‘zi hali ancha yosh, ikki yuzi 

qip-qizil, tiyrakkina semiz bir juvonning quvnoq ko‘zlariga tushdi. 

Yigit uning yoniga borib, ahvolini gapirib berdi.

– Mayli, bemalol, yaxshi yigit, – deya javob qildi unga «Elchilar 

mehmonxonasi»ning bekasi, – men shahar kiyimingizni jon deb 

saqlab qo‘yaman, innaykeyin, uni tez-tez shamollatib turishga ham 

va’da beraman, bunaqa ob-havoda movut kiyimni uzoq taxlab qo‘yish 

yaramaydi.

U kalitni olib, o‘zi Jyulenni xonaga kuzatib bordi va unga qoldirib 

ketayotgan narsalarning barini qog‘ozga yozib qo‘yishni maslahat berdi.

– Voy Xudoyim-ey, bu kiyimingiz o‘zingizga biram yarashibdiki, 

azizim abbat Sorel! – dedi unga semiz juvon Jyulen kiyimini al-

mashtirib oshxonaga, uning oldiga kirgach. – Bilasizmi, men hozir 

sizni yaxshilab mehmon qilaman. Bezovta bo‘lmang, – deya qo‘shim-

cha qildi u tovushini pasaytirib, – buning uchun siz bor-yo‘g‘i yigirma 

su to‘laysiz, boshqa odamlardan esa men ellik su olaman: sizning 

hamyonchangizga rahm qilish kerak-da, axir.

– Mening o‘n luidor pulim bor, – dedi birmuncha faxrlanib javoban 

Jyulen.



189

– Yo Xudoyim! – cho‘chib xitob qildi beka. – Buni shunaqa baland 

ovoz bilan gapirib bo‘larkanmi axir? Bizning Bezansonda kim ko‘p – 

firibgar ko‘p. Ko‘z ochib-yumguningizcha kissangizni urib ketishadi. 

Eng muhimi, hech qachon qahvaxonalarga bormang, ular o‘sha yerda 

to‘lib yotibdi.

– Shunaqa deng! – dedi Jyulen. Bekaning bu gapi uni o‘ylatib 

qo‘ygandi.

– Siz menikidan bo‘lak hech qayerga bormang, sizga qahvani 

ham o‘zim damlab beraman. Yodingizda bo‘lsin, sizni bu yerda doim 

do‘stona kutib olishadi, ovqatni ham yigirma suga olasiz, gapimga 

ishonavering, sizga yaxshi maslahat beryapman. Qani, endi dasturxon 

yoniga o‘tiring, ovqatni sizga o‘zim keltiraman.

– Yo‘q, hozir tomog‘imdan ovqat o‘tmaydi, – dedi unga Jyulen, – 

juda hayajonlanyapman, axir bu yerdan chiqib, to‘g‘ri seminariyaga 

borishim kerak.

Biroq rahmdil ayol yigitga uning cho‘ntaklarini turli yegulik 

bilan to‘ldirganidan keyingina javob berdi. Nihoyat, Jyulen o‘zining 

dahshatli bandixonasiga ravona bo‘ldi. Beka ostonaga chiqib unga 

yo‘l ko‘rsatib qoldi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish