Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXV

Seminariya

Uch yuz o‘ttiz olti tushki ovqat – 83 santim-

dan, uch yuz o‘ttiz olti kechki ovqat – 38 santim-

dan, unvoniga yarasha lozim bo‘lgan odamlarga 

shokolad. Xo‘sh, shu ishda qancha pul ishlasa 

bo‘ladi?


Bezansonlik Valeno.

Darvozadagi tilla suvi yugurtirilgan but uzoqdan ko‘rinib tu-

rardi; u o‘sha darvozaga asta yaqinlashib bordi, uning oyoqlari 

mayishib-mayishib ketmoqda edi. «Mana u, yer yuzidagi jahannam, 

men u yerdan qaytib chiqmasam kerak endi!» Nihoyat, u qo‘ng‘iroq 

chalishga jur’at etdi. Qo‘ng‘iroq ovozi xuddi odam yashamaydigan 

binodagi kabi uzoq aks sado berib jarangladi. Oradan o‘n daqiqacha 

o‘tgach, darvoza oldiga boshdan-oyoq qora kiyim kiygan rangpar bir 




190

odam keldi. Jyulen uning yuziga bir ko‘z tashladi-yu, darhol yerga 

qaradi. Bu darbonning basharasi juda g‘alati edi. Uning ko‘kimtir 

ukki ko‘zlarining qorachig‘i xuddi mushuknikiga o‘xshab kengayib 

turardi; kiprik qoqmay turishi esa, uning rahm-shafqat nimaligini 

bilmasligidan dalolat berardi; ingichka lablari so‘yloq tishlari us-

tida yarim doira bo‘lib ochilgan edi. Lekin, shu bilan birga, uning 

basharasida hech qanday illat sezilmasdi, to‘g‘rirog‘i, unda butunlay 

hissizlik aks etgandiki, xuddi ana shu narsa odatda yosh yigitlarni 

juda qo‘rqitib yuboradi. Jyulen bu xudojo‘y odamga nazar tashla-

ganida uning xo‘mraygan basharasidan payqagan yagona tuyg‘u – bu 

dorilbaqoda nafi tegishi mumkin bo‘lgan narsalardan bo‘lak barcha 

narsalarga nisbatan cheksiz nafrat edi.

Yigit o‘zini o‘zi majbur qilib, haligi odamga qaradi; yuragi had-

dan tashqari gupillab urayotganidan uning tili arang kalimaga keldi; 

u tovushi titrab, seminariya direktori janob Pirarni ko‘rmoqchi 

ekanligini aytdi. Haligi odam «churq» etib og‘iz ochmay, ortimdan 

yuring, degandek ishora qildi. Ular yog‘och panjarali keng zinapo-

yadan ikkinchi qavatga ko‘tarilishdi. Pog‘onalari mutlaqo qiyshayib, 

devorning qarshi tomoniga og‘ib qolgan zinapoya xuddi hozir qulab 

tushadigandek edi. Ular tepasida oddiy yog‘ochdan yasalgan va qora 

bo‘yoqqa bo‘yalgan ulkan qabriston xochi osig‘liq kichkina eshik 

oldida to‘xtashdi; eshik qiyinchilik bilan ochildi, darbon Jyulenni 

devorlari ohak bilan oqlangan pastak bir xonaga olib kirdi. Devorlar-

da vaqt o‘tishi bilan qorayib ketgan ikkita katta kartina osig‘liq edi. 

Shu yerda Jyulenni yolg‘iz qoldirishdi; u qo‘rqqanidan taxta bo‘lib 

qolgandi, yuragi gupillab urar, yig‘lagisi kelardi, biroq yig‘lashga 

yuragi dov bermasdi. Butun binoda og‘ir bir sukunat cho‘kkandi. 

Unga bir kecha-yu bir kunduz bo‘lib tuyulgan chorak soatdan so‘ng 

darbonning mudhish basharasi xonaning narigi tomonidagi eshik-

da paydo bo‘ldi; u indamay Jyulenga ortidan yurishni ishora qildi. 

Jyulen boshqa xonaga o‘tdi; bu xona birinchisidan kattaroq bo‘lib, 

u ham deyarli qop-qorong‘i edi. Devorlar ham xuddi o‘shanday 

oqlangan edi-yu, biroq ularga hech nima osilmagandi. Jyulen ichkari 

kira turib, faqat burchakka, eshik yoniga qo‘yilgan yog‘och karavot, 

bir juft to‘qima stul va qora qarag‘ay taxtasidan yasalib, ustiga hech 

nima qoplanmagan bitta kichkina kresloni ko‘rdi xolos. Xonaning 

narigi chetida, oynasi sarg‘ayib ketgan, tokchasiga iflos gultuvaklar 

qo‘yilgan kichkina deraza oldidagi stol yonida u egniga eski jubba 



191

kiygan bir odamning o‘tirganini ko‘rdi, u odam nimadandir juda 

darg‘azabdek ko‘rinardi: u oldida turgan dastadan kichik-kichik 

qog‘oz parchalarini olib, ikki-uch so‘z yozardi-da, so‘ng ularni stol 

ustiga terib qo‘yardi. U Jyulenga e’tibor bermadi. Yigit esa xona 

o‘rtasida, eshikni yopib chiqib ketgan darbon qayerda qoldirgan 

bo‘lsa, o‘sha yerda qimir etmay turardi.

Shu zaylda o‘n daqiqacha vaqt o‘tdi; eski jubbali odam esa 

hamon yozardi. Jyulen shu qadar hayajonlangan va qo‘rqib ketgan 

ediki, oyog‘ida arang turardi; nazarida hozir qulab tushadigandek 

edi. Bironta faylasuf, ehtimol: «Go‘zallik shaydosi bo‘lgan yurakka 

xunuk narsa shunday ta’sir qilar», deyishi mumkin edi. Balki u 

yanglishardi ham.

Stol yonida o‘tirgan odam boshini ko‘tardi. Jyulen bo‘ni darrov sez-

madi, ammo u hatto buni sezganidan keyin ham go‘yo o‘ziga tikilgan 

dahshatli nigohdan karaxt bo‘lib qolgandek, qimir etmay turaverdi. 

Jyulenning xira tortgan ko‘zlari bu odaminig qizil dog‘ bosgan uzun-

choq yuzini arang ilg‘ab oldi; bu dog‘lar uning murdanikidek qonsiz 

peshonasidagina yo‘q edi. Qizil dog‘li yonoqlar bilan oppoq peshona 

orasida chaqnab turgan kichkina-kichkina qora ko‘zlar har qanday 

botir odamning ham yuragiga g‘ulg‘ula solishi mumkin edi. Qalin va 

silliq tim qora sochlar bu ulkan peshonaning ikki chetiga yopishib 

turardi.

– Buyoqqa keling, gapimni eshityapsizmi yoki yo‘qmi? – dedi 

nihoyat haligi odam betoqat bo‘lib.

Oyog‘ida arang turgan Jyulen xiyol oldinga yurdi-da, yiqilay-yiqilay 

deganicha, dokadek oqarib, yog‘ochdan yasalgan, bo‘yalmagan va 

ustiga parcha-parcha qog‘ozlar terilgan kichkina stolchadan uch 

qadam berida to‘xtadi.

– Yaqinroq keling! – dedi jubba kiygan odam.

Jyulen, xuddi tayanish uchun biron narsa izlayotgandek, qo‘llarini 

oldinga cho‘zib yana bir qadam olg‘a yurdi.

– Ismingiz?

– Jyulen Sorel.

– Siz ancha kechikib keldingiz, – dedi o‘sha odam yana dahshatli 

nigohini unga qadar ekan.

Jyulen bu nigohga ortiq dosh bera olmadi: u go‘yo biron narsani 

ushlab qolmoqchi bo‘lgandek qo‘llarini oldinga cho‘zdi-da, gurs etib 

polga quladi.



192

O‘sha odam qo‘ng‘iroq chaldi, Jyulen butunlay hushidan ketmagan 

edi, lekin na biron narsani ko‘rardi, na oyoq-qo‘lini qimirlata olardi. 

Biroq u yaqinlashib kelayotgan qadam tovushini eshitdi.

Uni ko‘tarib yog‘ochdan yasalgan, bo‘yalmagan boyagi kichkina 

kresloga o‘tqazib qo‘yishdi. U dahshatli odamning darbonga aytgan 

gapini eshitdi:

– Uning tutqanog‘i bor shekilli. Shunisi yetmay turuvdi!

Jyulen nihoyat ko‘zlarini ochganida qizil yuzli odam joyida hamon 

yozib o‘tirgan edi, darbon g‘oyib bo‘lgandi.

«Bardosh bermog‘im kerak, – dedi o‘ziga-o‘zi navqiron qahra-

monimiz, – eng muhimi esa hozirgi ahvolimni sezdirmasligim lozim 

(uning ko‘ngli qattiq aynimoqda edi). Agar menga biron narsa bo‘lsa, 

Xudo bilsin, ular men to‘g‘rimda nima deb o‘ylaydilar». Nihoyat, haligi 

odam yozishdan to‘xtadi-da, Jyulenga ko‘z qirini tashladi.

– Savollarimga javob bera olasizmi?

– Ha, taqsir, – dedi arang Jyulen.

– A! Xursandman.

Qora odam o‘rnidan xiyol turib, qarag‘ay taxtadan yasalgan stoli-

ning tortmasini g‘iyqillatib ochdi-da, nimanidir qidirib, uni sabrsizlik 

bilan titkilay boshladi. Aloha u allaqanday xatni topib, sekin joyiga 

o‘tirdi va yana, go‘yo Jyulenning bor jonini olmoqchi bo‘layotgandek, 

unga tikildi.

– Sizni menga janob Shelan tavsiya qilgan, u butun yeparxiyada

23

 

eng yaxshi qavm ruhoniysi edi. Chin saxovatpesha bu odam mening 



o‘ttiz yillik do‘stim bo‘ladi.

– Demak, men janob Pirar bilan suhbatlashish sharafiga muyassar 

bo‘libman-a? – dedi Jyulen eshitilar-eshitilmas.

– Shunaqaga o‘xshaydi, – dedi cho‘rt kesib seminariya direktori, 

unga norozi bo‘lib qarar ekan.

Uning mitti ko‘zlari yanada kuchliroq chaqnadi va lablarining 

cheti o‘z-o‘zidan lipillab ucha boshladi. Shu turishda o‘ljasini yeyishga 

hozirlangan yo‘lbarsning og‘ziga juda o‘xshab ketardi.

– Shelan qisqagina yozibdi, – dedi u xuddi o‘zi bilan o‘zi gaplasha-

yotgandek. – Intelligenti paisa

24

. Bizning zamonamizda har qanday 



xat ham nihoyatda uzun bo‘ladi.

23

 Yeparxiya – ma’muriy cherkov okrugi (tarj.). 



24

 Tushunadigan odamga oz gap ham yetadi (lot.). 




193

U ovozini chiqarib o‘qiy boshladi: «Sizning huzuringizga qavmi-

mizdan bo‘lgan Jyulen Sorelni yuboryapman, men uni deyarli yigirma 

yil muqaddam cho‘qintirgan edim: u badavlat duradgorning o‘g‘li, 

biroq otasi unga sariq chaqa ham bermayapti. Jyulen Tangri yo‘lida 

sidqidildan xizmat qilmoqchi. Xudo unga zehn va xotiradan bergan, 

aqli ham joyida. Lekin uning bu intilishi uzoqqa borarmikin? Yurak-

danmikin u?»

– Yurakdanmikin? – takrorladi abbat Pirar hayron bo‘lib va Jyulen-

ga qarab qo‘ydi: ammo endi abbatning nigohi boyagidan xiyol yum-

shagan edi. – Yurakdanmikin? – deya tovushini pasaytirib takrorladi 

u yana va xatning davomini o‘qiy boshladi:

«Sizdan Jyulen Sorel uchun stipendiya belgilashni iltimos qilaman, 

u shunga munosib, zero kerak bo‘lgan barcha imtihonlarni topshirish 

qo‘lidan keladi. Unga uluhiyatdan, Bossyue, Arno va Flerining ajoyib 

ko‘hna uluhiyatidan biroz saboq berdim. Magaram bunday stipendi-

at Sizga to‘g‘ri kelmasa, uni menga qaytarib yuboring. Sizga yaxshi 

ma’lum bo‘lgan yetimxona direktori uni sakkiz yuz frank maosh bilan 

bolalariga tarbiyachi qilib olmoqchi. Xudoga ming qatla shukrkim, 

ahvoli ruhiyam joyida. Boshimga tushgan og‘ir kulfatga asta-sekin 

ko‘nikib boryapman».

Abbat Pirar imzoga yetgach, biroz to‘xtab turdi-da, so‘ngra: «She-

lan», deya xo‘rsinib qo‘ydi.

– Ahvoli ruhiyasi joyida ekan, – dedi u. – Uning saxovati bu muko-

fotga munosibdur. Yaratgan Parvardigor vaqti-soati kelganida menga 

ham shunday osoyishtalik ato etarmikin?! – U nigohini ko‘kka tikdi 

va cho‘qinib qo‘ydi. Jyulen bu muqaddas ishorani ko‘rgach, mazkur 

mahfilga kirgan daqiqadan boshlab bosgan dahshatli vahimaning 

asta-sekin tarqala boshlaganini his etdi.

– Bu yerda ruhoniylik unvoniga erishmoqni orzu qilib yurgan 

uch yuz yigirma bir nafar talabam bor, – dedi nihoyat abbat Pirar 

jiddiy ohangda, ammo mayinroq ovoz bilan. – Ulardan faqat yetti yoki 

sakkiztasigina abbat Shelanga o‘xshagan odamlar tomonidan tavsi-

ya qilingan, shunday qilib siz uch yuz yigirma bir talabaning ichida 

to‘qqizinchi bo‘lasiz. Biroq mening xayrixohligim rahmdillikdan ham, 

talabni susaytirishdan ham iborat emas, aksincha, bag‘oyat qunt bilan 

o‘qimog‘ingiz va illatlaringizni tuzatmog‘ingiz lozim bo‘ladi. Borib 

eshikni qulflab keling.




194

Jyulen bir amallab butun xonani kesib o‘tdi. Eshik oldida u shahar 

chekkasidagi yam-yashil bog‘larga qaragan kichkinagina derazaga 

ko‘zi tushdi. U daraxtlarga nazar tashlagan edi, xuddi eski do‘stlarini 

ko‘rib qolgandek, ancha yengil tortdi.

– Loguerisme linguam latinam (Lotin tilida gaplasha olasizmi)? 

– deya so‘radi abbat Pirar, u stol yoniga qaytgach.

– Ita, pater optime (Ha, padari buzrukvorim), – dedi javoban 

Jyulen asta-sekin o‘ziga kelar ekan. Aslida esa abbat Pirar ana shu 

yarim soat ichida unga dunyodagi barcha kishilar ichida «buzrukvor» 

deyishga sira arzimaydiganday tuyulgan edi.

Suhbat lotin tilida davom etdi. Abbatning ko‘z-qarashi asta-sekin 

yumshay boshladi; Jyulen borgan sayin dadillashib borardi. «Agar 

yolg‘ondakam taqvo meni shu qadar dovdiratib qo‘ysa, – deya o‘yladi 

u, – o‘zim ham g‘irt latta ekanman-da! Aslida bu odam ham janob 

Maslonga o‘xshash muttaham bo‘lsa kerak», – Jyulen deyarli hamma 

pulini etigining qo‘njiga yashirib qo‘yganidan o‘zicha xursand bo‘lib 

qo‘ydi.


Abbat Pirar Jyulenni uluhiyatdan imtihon qildi va uning bilimi 

naqadar kengligini ko‘rib, hayron qoldi. Muqaddas diniy kitoblar 

xususida yigitdan batafsil so‘ray boshlaganida uning hayrati yanada 

oshdi. Biroq navbat qisasul anbiyoga kelganida u Jyulenning avliyo 

Vasiliy va hokazolar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uyoqda tursin, 

hatto bu ismlarni umuman eshitmaganligiga ishonch hosil qildi.

«Mana, protestantlikka bo‘lgan moyillik o‘zini ko‘rsatdi-qo‘ydi, 

– deya xayolidan o‘tkazdi Pirar, – bu halokatli moyillik uchun men 

Shelanni doim koyib kelardim. Muqaddas diniy kitoblar xususida 

chuqur, juda chuqur bilim beribdi u!» (Jyulen hozirgina unga, garchi 

undan bu haqda so‘ramagan bo‘lsa-da, «Borliq kitobi», «Besh kitob» va 

hokazolar yozilishining taxminiy davri haqida ba’zi bir mulohazalarni 

bayon qilib bergan edi.)

«Xo‘sh, muqaddas kitoblar haqida tinimsiz muhokama yuri-

tishning oqibati nima bo‘lishi mumkin? – deya o‘ylardi abbat Pirar. 

– Nima bo‘lardi, o‘zicha izohlashga, ya’ni ashaddiy protestantizmga 

olib boradi bu. Va bu anchayin xavfli bilimlar bilan bir qatorda qissasul 

anbiyodan hech nima bilmaslik! Holbuki bu narsa ushbu fikr-mulo-

hazalarni ma’lum darajada muvozanatga solgan bo‘lur edi».

Biroq Jyulenga papaning diniy hokimiyati xususida savol 

berib, undan ko‘hna Gall cherkovining nizomlari haqida eshitish-



195

ni kutgan seminariya direktori yigitning janob de Mestr kitobini 

deyarli boshdan-oyoq yoddan aytib berganini ko‘rib, yoqasini  

ushladi.


«Bu Shelan tushmagur juda g‘alati odam-da o‘zi, – deya xayolidan 

o‘tkazdi abbat Pirar, – chol bu kitobni yigitchaga, uni jiddiy qabul 

qilma, deb bermagandir axir?»

Yigitning janob de Mestr ta’limotiga chindan ham ishonish yoki 

ishonmasligini bilib olish niyatida abbat unga behuda savollar 

berardi.


Jyulen unga kitob bo‘yicha javob qaytarardi. Shu daqiqadan e’tibo-

ran u ancha dadillashib, o‘zini butunlay bosib oldi. Uzoq imtihondan 

so‘ng, uning nazarida, abbat Pirar xo‘jako‘rsingagina qovog‘ini solib 

turgandek tuyuldi. Chindan ham, mana, o‘n besh yildan buyon qoidaga 

muvofiq seminarist-talabalariga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganida, 

seminariya direktori mantiq uchun ham Jyulenning yuz-ko‘zidan o‘pib 

olgan bo‘lardi – yigit uning barcha savollariga g‘oyatda aniq, puxta va 

ravshan javob bergan edi.

«Naqadar jasur va sog‘lom aql! – deya o‘yladi u. – Biroq corpus 

debile (jismi zaifroq ekan)».

– Tez-tez shunaqa yiqilib turasizmi? – deya fransuzchalab so‘radi 

u polga ishora qilib.

– Umrimda birinchi marta shunday bo‘lishim, – dedi javoban Jyu-

len va yosh boladek qizarib qo‘shimcha qildi: – Darbonning basharasi 

meni juda qo‘rqitib yubordi.

Abbat Pirar xiyol iljayib qo‘ydi.

– Foniy dunyoning behuda dabdabasi ana shunga olib keladi. Siz, 

soxta tabassum jilvalannb turgan basharalarga o‘rganib qolgansiz 

chog‘i. Haqiqat shafqatsiz bo‘ladi, taqsirim. Biroq bizning dorilfa-

nodagi qismatimiz ham shunday shafqatsiz emasmi aslida? Siz ushbu 

ojizlik – tashqi ko‘rinishning bekorchi chiroyiga o‘ta ta’sirchanlik ongi-

ngizni zaharlab qo‘ymasin uchun o‘zingizni juda ehtiyot qilmog‘ingiz 

darkor.

– Agar sizni, – deya davom etdi abbat Pirar yana mamnuniyat bilan 

lotin tiliga o‘tar ekan, – agar sizni menga abbat Shelandek bir odam 

tavsiya qilmaganida, men siz bilan, chamasi, o‘zingiz o‘rganib qolgan 

o‘sha besar dunyoviy tilda so‘zlashgan bo‘lardim. Siz iltimos qilgan 

to‘la stipendiya bu, aytishim mumkinki, deyarli iloji yo‘q narsa. Biroq 

abbat Shelan ellik olti yil davomida havoriylardek qilgan mehnati 



196

evaziga seminariyada bitta-yu bitta stipendnyaga ega bo‘la olmasa, 

o‘ta adolatsizlik bo‘lur edi.

Shundan so‘ng abbat Pirar o‘zining rizoligisiz hech qanday maxfiy 

jamiyat yoki uyushmaga a’zo bo‘lib kirmaslikni maslahat berdi.

– Shunday qilmaslikka so‘z beraman! – deya xitob qildi Jyulen 

halol odamga xos sidqidillik bilan.

Ana shunda seminariya direktori birinchi bor jilmayib qo‘ydi.

– Mazkur ibora bu yerda mutlaqo o‘rinsiz, – dedi u. – Zero u foniy 

dunyo kishilarini ko‘p o‘rinlarda yanglishmoqqa, ba’zan esa jinoyatga 

boshlaydigan lafzni eslatadi.

Avliyo Piy Beshinchining Unam erclesiam aqoidi o‘n yettinchi 

paragrafiga binoan siz menga so‘zsiz itoat etmog‘ingiz darkor. Men 

sizning diniy boshlig‘ingiz bo‘laman. Mazkur mahfilda, bo‘tam, eshit-

moq – itoat etmoq demakdir. Qancha pulingiz bor?

«Mana, indallosiga ham yetib keldik, – deya dilidan o‘tkazdi Jyu-

len. – Xuddi shuning uchun ham men birpasda «bo‘tam»ga aylanib 

qoldim».


– O‘ttiz besh frank, taqsirim.

– Barcha sarf-xarajatlaringizni qunt bilan yozib boring: keyincha-

lik bu haqda menga hisobot bermog‘ingiz lozim bo‘ladi.

Bu og‘ir suhbat uch soat davom etdi. So‘ngra Jyulen borib darbonni 

chaqirib keldi.

– Jyulen Sorelni bir yuz uchinchi hujraga joylashtiring, – dedi 

unga abbat Pirar.

U Jyulenga alohida xona bermoqda edi, – bu esa katta iltifot hi-

soblanardi.

– Uning narsalarini ham ola keting, – deya qo‘shimcha qildi se-

minariya direktori.

Jyulen pastga qarab, yaxdoni oyog‘i ostida yotganini ko‘rdi, u uch 

soat davomida uni ko‘rib turgan, biroq tanimagan edi.

Ular bir yuz uchinchi raqamli hujraga borishdi. Bu binoning yuqori 

qavatiga joylashgan katalakdekkina hujra edi. Jyulen uning derazasi 

qal’a devoriga qaraganini ko‘rdi. Devorning ortida esa Du daryosining 

narigi sohilida joylashgan go‘zal vodiy ko‘zga tashlanardi.

«Qandan ajoyib manzara», deya xitob qildi Jyulen, biroq garchi 

o‘ziga-o‘zi murojaat qilayotgan bo‘lsa-da, yigit so‘zlarning ma’nisiga 

uncha tushunmadi. Jyulen Bezansonga qadam qo‘ygan shu qisqa vaqt 

ichida olgan shuncha kuchli taassurotlar uning butunlay sillasini 



197

quritgan edi. U deraza yonida turgan yolg‘iz yog‘och kursiga o‘tirdi 

va darhol qattiq uxlab qoldi. U kechki ovqatga zang urishganlarini, 

uyqu oldidan ibodat qilishga qo‘ng‘iroq chalinganini eshitmadi; uni 

unutib qo‘yishgandi.

Quyoshning ilk nurlari uni ertalab barvaqt uyg‘otib yubordi, u 

ko‘zini ochib, polda yotganipi ko‘rdi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish