XXIII
Amaldorning qayg‘usi
Il piacere di alzar la testa tutto l’anho e ben
pagato da certi quarti d’ora che bisogna passar.
Casti
20
Mayli, bu odam hadiksirab yurar ekan, uni o‘z holiga qo‘yaylik,
malaytabiat odam talab qilinadigan joyga mard va olijanob bir yigitni
ishga olsin, deb kim aytibdi unga? Uning xizmatkor tanlay bilmasligiga
kim aybdor? XIX asrning odati o‘zi shu – agar bironta qudratli asilzoda
mard odam bilan to‘qnash kelib qolsa, bu odamni u yo o‘ldiradi, yo
quvg‘in qilib, qamoqqa tiqadi, yoki shu qadar xo‘rlaydiki, boyaqish-
ning qayg‘u-alam tufayli o‘lib ketishdan boshqa chorasi qolmaydi.
Bu o‘rinda esa hozircha tasodifan azob-uqubat mard odamning zim-
masiga tushmayotgan edi. Fransiyaning kichik shaharchalari va ma-
salan, aytaylik, Nyu-Yorkdagi saylab qo‘yilgan hukumat organlarining
boshiga bitgan butun balo shundaki, dunyoda janob de Renal kabi
kimsalar ham mavjudligini unutishga mutlaqo imkoniyat bo‘lmaydi.
Atigi yigirma ming aholisi bo‘lgan shaharchada xuddi ana shunday
odamlarning aytgani-aytgan, xartiya berilgan mamlakatdagi bunday
kishilarning fikri esa chindan ham dahshatli narsa bo‘ladi. Olijanob
va dovyurak bir odam sizning do‘stingiz bo‘lishi mumkin edi, biroq u
sizdan to‘rt yuz-besh yuz chaqirim narida yashaydi va siz to‘g‘ringizda
shahringizning odamlari fikriga qarab hukm yuritadi, jamoat fikri esa
asilzoda, badavlat va mo‘tadil bo‘lib tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lgan
ahmoqlar tomonidan yaratiladi. Ulardan farq qiladigan odamning
holiga voy deyavering!
Tushki ovqatdan so‘ng butun oila Verjiga jo‘nab ketdi, biroq
oradan bir kun o‘tgach, Jyulen ularning barini yana Verrerda ko‘rdi.
Ular kelishganidan so‘ng bir soat o‘tar-o‘tmas Jyulen de Renal
xonimning undan nimanidir yashirayotganini ko‘rib, qattiq hayratga
tushdi. U xonaga kirgan zahoti eri bilan gaplashib o‘tirgan xonim dar-
hol jimib qolar va, hatto, uning chiqib ketishini kutayotgandek bo‘lardi.
20
Butun yil davomida gerdayib yurmoq uchun biron chorak soat azob chekilsa,
balo ham urmaydi.
Kasti.
168
Jyulen bir zumda bu holning boshqa takrorlanmasligi chorasini ko‘rdi.
U darrov sipo tortib, xonimning gaplariga sovuqqina javob qila bosh-
ladi, de Renal xonim buni payqadi, lekin sababini surishtirib o‘tirmadi.
«Mening o‘rnimga boshqa odam topib olmadimikin ishqilib? – deya
xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Axir o‘tgan kuni men bilan juda nozlanib
gaplashgan edi-ku! Lekin, aytishlaricha, bu asilzoda xonimlar doim
shunday qilishar ekan. Qirollar ham hamisha shunday yo‘l tutishadi:
bironta ministr uyiga borgach, iste’foga chiqqani haqidagi farmonni
o‘qiydigan kuni ular o‘sha boyaqishga g‘oyatda seriltifot bo‘ladilar».
Jyulen paydo bo‘lishi bilan darhol uzilib qolayotgan o‘sha suh-
batlarda gap nuqul Verrer shahriga tegishli bir katta uy haqida keta-
yotganini payqab qoldi; bu cherkovning shundoq qarshisida, gavjum
yerda joylashgan eski, lekin keng va qulay uy edi. «Ammo o‘sha uyning
yangi o‘ynashga qanday aloqasi bo‘lishi mumkin?» – deya bosh qoti-
rardi Jyulen. Shundan keyin u dili ranjib, o‘zicha Fransisk I ning ajoyib
bir qo‘shig‘ini takrorlay boshladi. Bu qo‘shiq uning uchun yangi edi,
zero uni de Renal xonimdan eshitganiga hali bir oy ham bo‘lmagandi.
Bo‘lmasam bu qo‘shiqning:
Barqarorlik nedir – bilmas ayol hech qachon,
Kimki unga ishonibdi tentakdir ayon, –
kabi har bir misrasi qanday ahd-paymonlar, qanday otashin bo‘salar
bilan inkor etilgan edi-ya.
Janob de Renal pochta karetasida Bezansonga jo‘nadi. Bu safar
haqidagi qaror juda zudlik bilan, qandaydir ikki soat ichida qabul
qilingan shekilli, merning qiyofasi juda tashvishli ko‘rinardi. Bezan-
sondan qaytgach, u stol ustiga kulrang qog‘ozga o‘ralgan katta bir
tugunni tashladi.
– Mana o‘sha ahmoqona ish, – deya to‘ng‘illadi u xotiniga qarab.
Bir soatdan so‘ng Jyulen e’lonlar yopishtirib yuradigan odam
kelib, haligi katta tugunni olib ketganini ko‘rib qoldi, u darhol o‘sha
odamning izidan yugurdi. «Hozir, e’lon yopishtiriladigan birinchi
burchakdayoq o‘sha sirni bilib olaman».
Haligi odam e’lonning orqa tomoniga yelim surtar ekan, u sabrsiz-
lik bilan kutib turdi. Qog‘oz devorga yopishtirilgan zahoti sinchkov-
likdan betoqat bo‘lib turgan Jyulen janob de Renalning xotini bilan
suhbatida tez-tez tilga olinadigan o‘sha uyning kimoshdi savdosiga
169
qo‘yilib, ijaraga berilajagi to‘g‘risidagi batafsil e’lonni o‘qidi.
Savdo ertaga soat ikkida, shahar ratushasining zalida o‘tkazilar
ekan. Hukm uchinchi sham o‘chganidan so‘ng kuchga kirarkan, Jyu-
lenning juda hafsalasi pir bo‘ldi, lekin har qalay e’lon savdo kuni ara-
fasidagina osilayotgani unga g‘alati tuyuldi. Savdoda ishtirok etishni
istovchi odamlarning ko‘pchiligi bundan bexabar qolmaydimi axir?
Darvoqe, ikki hafta oldingi sana bilan belgilangan e’londa garchi Jyu-
len uni turli joyda boshdan-oyoq uch marta o‘qib chiqqan bo‘lsa-da,
bu to‘g‘rida hech gap aytilmagandi.
Yigit uni bir ko‘rmoqchi bo‘lib o‘sha uy tomon yo‘l oldi. Darbon,
Jyulenning kelganini sezmay, sirli ohangda qo‘shnisiga gap tushun-
tirmoqda edi:
– E, nimasini aytasan. Bekor ovora bo‘lishadi... Janob Maslon unga
uyni roppa-rosa uch yuz frankka ijaraga berishni va’da qilgan. Mer
qaysarlik qilmoqchi bo‘lib ko‘rgandi, uni darhol yepiskopatga, katta
vikariy de Frilerning huzuriga chaqirtirishdi.
Shu payt ular Jyulenni ko‘rib qolishdi-yu qattiq xijolatga tushishdi
va ortiq bir og‘iz ham so‘z aytishmadi.
Ertasiga Jyulen belgilangan vaqtda o‘sha kimoshdi savdosiga
bordi. Xiragina yoritilgan zalda bir talay xaloyiq yig‘ilgan edi, biroq
odamlar bir-birlariga g‘alati qarab qo‘yishardi. So‘ngra barcha stolga
qaradi, Jyulen u yerdagi qalayi idishda uch dona sham qoldig‘ining
yonib turganini ko‘rdi. Sud noziri: «Uch yuz frank, janoblar», deya
qichqirdi.
– Uch yuz frank, deydi-ya! Jinni-pinni bo‘lishganmi... – dedi
qandaydir bir odam yonidagi sherigiga. Jyulen tasodifan ularning
o‘rtalariga turib qolgandi.
– Axir, uning bahosi sakkiz yuzdan ham ortiq-ku. Qani, bir bahosini
oshirib ko‘ray-chi.
– Boshingni qotirib nima qilasan, og‘ayni. Janob Maslon, janob
Valeno, yepiskop, yana anavi katta vikariy de Friler va butun to‘daning
jig‘iga tegishdan biron foyda chiqadimi senga?..
– Uch yuz yigirma, – deya qichqirdi boshqasi.
– Eshakday o‘jar ekansan-da o‘zingam, – so‘kindi uning sherigi.
– Ana, qara, merning josusi turibdi, – deya qo‘shimcha qildi u Jyulen
tomonga bosh irg‘ab.
Jyulen o‘zi haqida bunday haqoratli gapni aytgan o‘sha odam-
ning jazosini berib qo‘ymoq uchun shartta ular tomon o‘girildi, biroq
170
fransh-kontelik ikki og‘ayni unga mutlaqo e’tibor bermay turishardi.
Ularning sovuqqonligi unga ham o‘tdi. Shu payt so‘nggi sham qoldig‘i
ham lip etib o‘chdi, sud noziri cho‘ziq ovoz bilan xaloyiqqa uyning uch
yuz o‘ttiz frank evaziga to‘qqiz yil muddat bilan prefektura idorasining
boshlig‘i de Sen-Jiro janoblariga berilajagini e’lon qildi.
Mer zaldan chiqib ketgan zahoti g‘ala-g‘ovur gaplar boshlandi.
– Mana shahar g‘aznasiga ortiqcha o‘ttiz frank Grojoning tentak-
ligidan tushgan daromad, – derdi bir odam.
– Lekin janob de Sen-Jiro Grojoning rosa adabini beradi hali, –
deyishardi javoban unga boshqalar. – Ko‘rasan, o‘sha o‘ttiz frankni
burnidan buloq qilib chiqarib oladi.
– Shunaqayam ablahlik bo‘ladimi, – derdi Jyulenning chap tomoni-
da turgan bir baqaloq. – Shundoq uyni-ya, men unga sakkiz yuz frank
berardim. Keyin unga fabrikamni ko‘chirib kelardim-da, foydayam
ko‘rgan bo‘lardim.
– Xo‘sh, nimayam qila olardingiz, – deya javob qildi unga liberal-
lardan bo‘lgan yosh bir fabrikant. – Axir de Sen-Jiro kongregatsiyaning
a’zosida. To‘rttala bolasining hammasi stipendiya oladi. Boyaqish
kambag‘al! Tirikchiligini o‘tkazsin, deb unga besh yuz frank sovg‘a
qilishdi xolos.
– Buni qarang-a, merning o‘ziyam hech nima qilolmadi, – deya gap
qotdi uchinchi bir odam. – Bo‘lmasam o‘taketgan royalist o‘zi – faqat
o‘g‘rilik qilmaydi.
– O‘g‘rilik qilmaydi, deysizmi? – gapni ilib ketdi yana boshqa
bittasi. – Yulduzni benarvon uradi u. Ularning hammasi bir go‘r, top-
ganlarini bir joyga to‘plashadi-da, yilning oxirida bo‘lashib olishadi.
Uni qarang, ana Sorelning o‘g‘li turibdi, qani, yuringlar, yaxshisi, bu
yerdan ketaylik.
Jyulen kimoshdi savdodan kayfiyati nihoyatda buzilib qaytdi, de
Renal xonim juda ma’yus edi.
– Kimoshdi savdosiga boruvmidingiz? – deya so‘radi u.
– Ha, xonim, u yerda meni janob merning josusi deb atashdi.
– Ah, qani endi u gapimga kirib, shu kunlarda biron yoqqa jo‘nab
ketganida edi!
Shu payt nihoyatda xafa bo‘lgan janob de Renal kirib keldi. Tushki
ovqat mahali hech kim «churq» etib og‘iz ochmadi. Janob de Renal
Jyulenga bolalarni Verjiga kuzatib borishni buyurdi; ular ma’yus bir
kayfiyatda yo‘lga tushishdi. De Renal xonim eriga:
171
– Endi bu ishlarga ko‘nikib ketsangiz bo‘lardi, do‘stim, – deya
tasalli berardi.
Kechqurun hammalari indamay kamin yoniga o‘tirishdi,
sukunatni faqat qoraqayin palyonlarining chirsillab yonishigina
buzib turardi. Ba’zan eng ahil oilalarda ham shunday g‘amgin
daqiqalar bo‘ladi o‘zi. Shu payt nogahon bolalardan biri xursand
bo‘lib qichqirib yubordi:
– Qo‘ng‘iroq! Qo‘ng‘iroq jiringlayapti!
– E, jin ursin! Agar bu minnatdorchilik bildirib, jonimga tegish
uchun kelgan janob de Sen-Jiro bo‘lsa, dilimdagi bor gapni basharasi-
ga to‘kib solaman. Haddidan oshib ketdi ular! U janob Valenodan
minnatdor bo‘lishi kerak, men esa faqat isnodga qoldim. Agar anavi
la’nati yakobinchi gazetalar meni kalaka qilgudek bo‘lsa, kim degan
odam bo‘laman?!
Xizmatkor eshikni ochgan edi, uning ortidan xonaga chakka soqoli
timqora, juda kelishgan bir janob kirib keldi.
– Janob mer, men sinor Jeronimo bo‘laman. Mana, Neapolitaniya
elchixonasining attashesi kavaler de Bovezining maktubi; u bu xatni
siz uchun bundan to‘qqiz kun muqaddam, jo‘nayotgan paytimda yozib
berdi, – deya quvnoqlik bilan qo‘shimcha qildi sinor Jeronimo de Renal
xonimga qarab qo‘yar ekan. – Xonim, sizning amakivachchangiz va
mening yaqin do‘stim sinor de Bovezi sizni italyan tilini biladi, deb
aytgandilar.
Quvnoq neapolitaniyalik bu diqqinafas kechani daf’atan jonlan-
tirib yubordi. De Renal xonim mehmonni albatta ziyofat qilishga
jazm etdi. U butun uyni oyoqqa turg‘izdi; xonim nima qilib bo‘lsa-da,
bugun Jyulenni ikki marta yuziga josus deb atashganini uning xayo-
lidan chiqarib tashlamoqchi edi. Mashhur xonanda sinor Jeronimo
deyarli oqsuyak bo‘lsa ham juda quvnoq odam edi, hozirgi kunda
bu ikki xislat Fransiyada bir-biriga mutlaqo zid bo‘lib qolgan. Ziyo-
fatdan so‘ng u de Renal xonim bilan birga bitta kichkina duet ijro
etdi-da, so‘ngra turli qiziq voqealardan hikoya qilib uydagilarning
vaqtini chog‘ qila boshladi. Kechasi soat birda Jyulen bolalarga borib
uxlash kerakligini aytganida, ular yana biroz o‘tirishga ruxsat so‘rab,
iltimos qilishdi.
– Yana bittagina hikoya eshitaylik, – dedi bolalarning kattasi.
– Bu hikoya o‘zim haqimda, sinorina, – dedi sinor Jeronimo. – Bun-
dan sakkiz yil muqaddam, hozir sizga o‘xshab o‘quvchi bo‘lib yurgan
172
kezlarim, men Neapolitaniya konservatoriyasining talabasi edim...
Aytmoqchimanki, o‘shanda mening ham yoshim xuddi siznikidek edi,
biroq menga ajoyib shahar Verrerning mashhur meriga o‘g‘il bo‘lish
nasib qilmagandi.
Bu so‘zlarni eshitib janob de Renal og‘ir xo‘rsindi-da, xotiniga
qarab qo‘ydi.
– Sinor Singarelli, – deya davom etdi yosh xonanda talaffuzini jo‘rt-
taga buzib, buni eshitib bolalar xandon tashlab kulishardi, – mening
o‘qituvchim sinor Singarelli juda qattiqqo‘l odam edi. Konservatori-
yada uni yomon ko‘rishardi, sinor Singarelli esa, barcha o‘zini go‘yo
uni juda yaxshi ko‘radigandek tutishni xohlardi. Men dam-badam
darslardan qochib ketardim. O‘shanda kichkina San-Karlino teatriga
borardim-da, dunyodagi eng ajoyib musiqani tinglardim, – lekin, yo
Rabbim! – teatrga kirish uchun to‘lash lozim bo‘lgan sakkiz su pulni
qayerdan topsam ekan? Shunday katta pul-a! – dedi u bolalarga ko‘z
yugurtirib, ular esa qiqirlab kula boshlashardi. – Kunlardan birida
San-Karlino teatrining direktori sinor Jiovannone mening qanday
qo‘shiq aytishimni eshitib qoldi-da, – o‘shanda yoshim o‘n oltida edi,
– «bu bola naq xazinaning o‘zi-ku», – dedi.
– Seni teatrimga ishga olishimni istaysanmi, bolakay? – deya
so‘radi u mendan.
– Qancha haq to‘laysiz?
– Oyiga qirq dukat.
Axir, janoblar, bu oz emas, ko‘p emas, bir yuz oltmish frank de-
gani bo‘ladi-ya! Menga xuddi oldimda jannat darvozasi ochilgandek
tuyuldi.
– Bu yog‘i nima bo‘ladi, – dedim men Jiovannonega, – qattiqqo‘l
sinor Singarelli menga javob berarmikin?
– Lascia fare a me.
– Bu ishni menga qo‘yib bering, – deya qichqirib yubordi bo-
lalarning kattasi.
– Mutlaqo to‘g‘ri, navqiron sinor. Shunday qilib, sinor Jiovannone
menga qarab: «Sago
21
, avvalambor manovi shartnomaga qo‘l qo‘y»,
dedi. Men qo‘l qo‘ydim. Shu zahoti u menga uch dukat uzatdi. Um-
rimda birinchi marta shunday katta pulni qo‘lga olishim edi. So‘ngra
u menga qanday harakat qilish lozimligini tushuntirdi.
21
Azizim (ital.).
173
Ertasi kuni dahshatli sinor Singarellining oldiga meni qabul
etishni iltimos qilib bordim. Keksa xizmatkor meni uning xonasiga
olib kirdi.
– Ha, shumtaka, menda nima ishing bor? – deya so‘radi Singarelli.
– Maestro! – dedim men unga. – Barcha gunohlarimga tavba qilish
uchun huzuringizga keldim, endi sira ham devordan oshib, konser-
vatoriyadan qochib ketmayman. Endi ilgariga qaraganda ikki karra
ko‘proq hafsala bilan o‘qiyman.
– Agar sening beqiyos bas ovozingni buzib qo‘yishdan qo‘rqma-
ganimda, sen yaramasni, quruq non bilan suv berib, avaxtaga tiqib
qo‘yardim. Biror ikki hafta jazoingni tortarding o‘shanda.
– Maestro, – deya gap boshladim men yana, – endi men butun
konservatoriyada sizning eng namunali o‘quvchingiz bo‘laman,
credete a me
22
. Lekin bitta iltimosim bor, uni rad etmasangiz: agar
bironta odam kelib, sizdan mening biror teatrda qo‘shiq aytishimga
ruxsat so‘rasa, iltimos, ijozat bermang. O‘tinaman, unga javob bera
olmayman, deb ayting.
– Senday takasaltangni so‘rash kimning ham xayoliga kelardi?
Sening konservatoriyadan ketishingga yo‘l qo‘yar ekanmanmi
men? Mening ustimdan kulyapsan shekilli? Qani, yo‘qol bu yerdan!
Jo‘na darrov! – deya qichqirdi u orqamga tepishga harakat qilib.
– Ehtiyot bo‘l, bola, xuddi avaxtaga tiqib, non bilan suvga o‘tqazib
qo‘yaman-a.
Oradan bir soat o‘tgach, sinor Jiovannonening o‘zi direktorning
oldiga kirib keldi.
– Huzuringizga katta bir iltimos bilan keldim, – dedi u, – muruv-
vatingizni ayamasangiz, baxtim sizga bog‘liq bo‘lib qoldi, – Jeronimoni
menga bersangiz, shu qish teatrimda ashula aytsa, shunda qizimni
erga berib yuborgan bo‘lardim.
– O‘sha shumtakani boshingga urasanmi? – deya qichqirdi unga
Singarelli. – Bu gapni hatto eshitishni ham xohlamayman. Nega berar
ekanman uni?! Bundan tashqari hatto men javob bergan taqdirda
ham uning o‘zi konservatoriyani tashlab ketishga sira rozi bo‘lmaydi:
u hozirgina bu haqda ont ichdi.
– Xo‘p, agar ish faqat shunga qarab qolgan bo‘lsa, – dedi javoban
viqor bilan Jiovannone, cho‘ntagidan mening shartnomamni olar
ekan, – carta canta – mana uning imzosi.
22
Gapimga ishoning (ital.).
174
Shunda Singarellining shu qadar fig‘oni falakka chiqdiki, qo‘ng‘i-
roqning ipini uzib yuborishga sal qoldi.
– Haydalsin, – deya qichqirardi u, – hozirning o‘zidayoq Jero-
nimoning konservatoriyadan qorasi o‘chirilsin! – o‘zi esa g‘azabdan
qalt-qalt titraydi.
Shunday qilib meni haydashdi, rosa kuldik-da keyin o‘ziyam! O‘sha
kuniyoq kechqurun men Moltiplico ariyasini ijro etdim: Polishinel
uylanmoqchi bo‘ladi va xo‘jalikka nimalar sotib olishi kerakligini
barmog‘ida sanab o‘tirib, nuqul yanglishib ketaveradi.
– Iltimos, afandim, marhamat qilib bizga shu ariyani aytib ber-
sangiz, – dedi de Renal xonim.
Jeronimo ariyani ijro eta boshlagan edi, hammalari rosa xaxolab
kulishdi. Sinor Jeronimo o‘ziga ajratilgan xonaga uxlagani jo‘naganida
kechasi ikkiga zang urgan edi; u o‘zining yoqimtoyligi, nazokati va
quvnoq tabiati bilan butun oilani o‘ziga maftun etgandi.
Ertasi kuni janob de Renal bilan de Renal xonim unga Fransiya
qirolining saroyi uchun tavsiyanoma yozib berishdi.
«Hammayoqda ana shunday qalloblik, – deya o‘zicha mulohaza
yuritardi Jyulen. – Mana hozir sinor Jeronimo oltmish ming maosh
oladigan ishga Londonga jo‘naydi. O‘sha San-Karlino teatrining
direktori epchillik qilmaganida uning ajoyib ovozi xalqqa, ehtimol,
o‘n yil keyinroq ma’lum bo‘larmidi... Yo‘q, chin so‘zim, menga qolsa
Renaldan ko‘ra Jeronimo bo‘lgan ma’qul. To‘g‘ri, bunaqa odamni
jamiyatda unchalik hurmat qilishmaydi, lekin uning manovi kimoshdi
savdosiga o‘xshash ko‘ngilsizliklar ham bo‘lmaydi, boz ustiga hayoti
ham birmuncha nash’ali kechadi».
Jyulen o‘ziga-o‘zi hayron edi: janob de Renalning bo‘m-bo‘sh uyida
yolg‘iz o‘tkazgan shu bir necha hafta davomida u o‘zini juda baxtiyor
his etgandi. Nafrat tuyg‘usi va qayg‘uli fikrlar uning qalbini faqat ziy-
ofatlardagina chulg‘ab olar, boshqa paytlarda esa butun uyda yolg‘iz
o‘zi bo‘lib, mutolaa qilishi, yozishi, xayol surishi mumkin edi, zero unga
hech kim xalal bermasdi. Daqiqa sayin pastkash bir odamning ra’yiga
qarash, bunisi ham yetmagandek – turli nayranglar yoki munofiqona
so‘zlar bilan unga xushomad qilish zarurati yo‘qligidan yigit bemalol
o‘zining havoyi orzulariga berilaverishi mumkin edi.
Ehtimol, baxt xuddi shu yerda, shundoq yonginasidadir? Axir shu
taxlit hayot kechirmoq uchun ko‘p pul talab qilinmaydi-ku: Elizaga
uylansa yoki Fukega sherik bo‘lsa bas. Ammo sayyoh baland tog‘
175
tepasiga chiqqach, uning cho‘qqisida huzur qilib dam oladi. Agar bu
sayyohni o‘sha yerda umrbod dam olishga majbur etishsa, u baxtli
bo‘larmikin?
De Renal xonimning qalbini dahshatli xayollar chulg‘ab olgandi.
Bu haqda hech kimga aytmayman, deb ahd qilgan bo‘lishiga qaramay,
u kimoshdi savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma gapni Jyulenga aytib
berdi. «Men uni deb barcha qasamlarimni buzadiganga o‘xshayman»,
deya o‘ylardi u.
Agar erining hayoti xavf ostida qolsa, ayol uni qutqarish uchun sira
o‘ylab o‘tirmay jonini fido qilgan bo‘lardi. Xonim himmat ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan joyda ko‘ra-bila turib najot qo‘lini cho‘zmasa, go‘yo
o‘zini jinoyatchidek his etib, qattiq vijdon azobida qoladigan xuddi
o‘sha olijanob va romantik odamlar toifasidan edi. Biroq ba’zan
shunday dahshatli kunlar ham bo‘lardiki, ayol, qani endi tul qolsam-u,
Jyulenga erga tegsam, qanday baxtli bo‘lardim-a, deya o‘ylab qolardi.
Yigit uning o‘g‘illarini ularning otasidan ham ko‘proq yaxshi
ko‘rar, bolalar ham uning qattiqqo‘lligiga qaramay, Jyulenni juda sevib
qolishgandi. Xonim, agar Jyulenga turmushga chiqsa, o‘zi uchun har
bir daraxti qadrli bo‘lgan Verjini tark etishga to‘g‘ri kelishini juda
yaxshi tushunardi. U Parijda qanday yashashi mumkinligini, o‘g‘illari
u yerda o‘qishni qanday davom ettirishlari va barcha ularga qanday
qoyil qolishini tasavvur qilardi. O‘g‘illari, uning o‘zi, Jyulen – xullas,
hammalari juda baxtiyor bo‘lishardi shunda.
XIX asrda nikohning ahvolini qarang! Er-xotin garchi nikohga
qadar bir-birlarini sevgan bo‘lsalar-da, tez orada oylaviy hayotning
diqqinafasligi natijasida muhabbatdan asar ham qolmaydi. Boz usti-
ga, allaqaysi bir faylasufning aytishiga qaraganda, ishlashlari shart
bo‘lmagan badavlat er-xotin oradan ko‘p vaqt o‘tmay zerikkanlaridan
nima qilishlarini bilmay qoladilar, zero tinchgina oilaviy quvonchlar
tezda ularning ko‘ngliga uradi. Shundan so‘ng faqat tabiati juda sovuq
ayollargina muhabbat haqida orzu qilmaydilar.
Bu falsafiy mulohaza tufayli men de Renal xonimni kechirishga
majbur bo‘ldim, ammo Verrerda uni afv etishmagandi. Aksincha,
butun shahar, garchi xonim buni xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa-da,
uning ishqiy mojarosi haqida gapirmoqda edi. Ana shu mojaro tufayli
kuz fasli shaharda hayot odatdagidek zerikarli bo‘lmadi.
Kuz va qishning bir qismi ko‘z ochib-yumguncha o‘tib ketdi.
Verji o‘rmonlarini tark etish payti keldi. Verrerdagi kiborlar jamiyati
176
o‘zi otayotgan barcha la’nat toshlari janob de Renalga uncha ta’sir
etmayotganini ko‘rib, asta-sekin g‘alayonga kela boshladi. Oradan
bir hafta o‘tar-o‘tmas, ba’zi muhtaram zotlar, o‘zlarining odatdagi
halolliklarini taqdirlash niyatida fisq-fujurga bajonidil berilib, janob
merning ko‘ngliga shubha solishning ketidan tushdilar. Biroq ular
bu ishni iloji boricha ehtiyotkorlik bilan amalga oshirmoqda edilar.
Zimdan ish olib borayotgan janob Valeno Elizani besh nafar ayoli
bo‘lgan bir mo‘tabar oilaga ishga joylab qo‘ydi. O‘zining aytishicha,
qish fasli bekor qolishdan cho‘chigan Eliza bu oilada ishlamoq uchun
janob mernikida oladigan maoshining uchdan ikki qismiga ham rozi
bo‘ldi. So‘ngra bu qizning xayoliga ajoyib bir fikr kelib qoldi: u Jyu-
lenning ishqiy sarguzashtlarini barcha tafsilotlari bilan unisiga ham,
bunisiga ham hikoya qilib bermoq uchun avvalgi kyure, janob Shelan
va yangisi – janob Maslonning oldiga borib, tavba qilishga jazm etdi.
Merning oilasi shaharga ko‘chib kelganining ertasi kuni azonlab
soat oltida abbat Shelan Jyulenga odam yubordi.
– Men sizdan hech narsani so‘ramoqchi emasman, – dedi u yigitga,
– va sizdan o‘tinaman, agar bu kamlik qilsa: buyuraman – menga hech
gap aytmang, lekin talab qilaman: siz uch kun ichida yo Bezanson se-
minariyasiga, yoki hamon sizni ishga olishga tayyor turgan do‘stingiz
Fukening oldiga jo‘naysiz. Men hammasini o‘ylab, hammasini to‘g‘rilab
qo‘ydim, lekin siz darhol jo‘nashingiz va Verrerda hech bo‘lmasa bir
yil davomida ko‘rishmasligingiz darkor.
Jyulen hech nima deb javob bermadi. U izzat-nafs yuzasidan, janob
Shelanning bu jonkuyarligi uchun xafa bo‘lsammikin yoki yo‘qmi – axir
u mening otam emas-ku, deya o‘ylab qolgandi.
– Ertaga xuddi ana shu payt yana huzuringizga kelaman, – deya
javob qildi u keksa kyurega.
Janob Shelan, yigitcha meni hurmat qiladi, shu boisdan ham u
so‘zsiz gapimga ko‘nishi kerak, degan xayolda yana uzoq gapirdi.
Jyulen go‘yo qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan kishiday «churq» etib og‘iz
ochmay bosh egib turardi.
Nihoyat, chol unga javob berdi, yigit hamma gapni aytib bermoq
uchun de Renal xonimning oldiga yugurdi. Biroq xonim qattiq tash-
vishlanib o‘tirgan ekan. Eri hozirgina u bilan ancha ochiqchasiga
gaplashgan edi. Janob de Renalning jur’atsizligi va bu jur’atsizlikni
yanada kuchaytiruvchi Bezansondan keladigan meros umidi unga,
xotinim mutlaqo begunoh, degan fikrda qattiq turishni taqozo etgandi.
177
U xotinining oldiga kutilmagan bir kashfiyotini aytish uchun kirgan
edi: ma’lum bo‘lishicha, Verrer jamoatchiligi juda g‘alati kayfiyatda
ekan. Turgan gap, odamlar nohaq gapirishyapti, bularning bari hasad-
go‘ylarning kirdikori, lekin nima qilish kerak axir?
Bir daqiqa de Renal xonim, Jyulen janob Valenoning taklifini
qabul qilishi va Verrerda qolishi mumkin, degan fikr bilan o‘ziga ta-
salli bermoqchi bo‘ldi. Biroq endi u bulturgidek jur’atsiz va soddadil
ayol emasdi: mash’um sevgisi va vijdon azobi uning aqlini peshlab
qo‘ygan edi. Erining gapini tinglar ekan, u vaqtincha bo‘lsa-da, ayri-
liqning muqarrar ekanligiga alam bilan ishonch hosil qilmoqda edi.
«Mendan yiroqda Jyulen yana o‘zining havoyi orzulariga beriladi,
hamyonida sariq chaqasi bo‘lmagan odam uchun bu g‘oyat tabiiy
bir hol-ku. Men-chi! Yo Tangrim! Men juda badavlatman – ammo bu
boyligim baxtli bo‘lishim uchun sira ham yordam bera olmaydi. U
meni unutib yuboradi. Juda dilbar yigit u! Albatta uni sevishadi, uning
o‘zi ham sevib qoladi. Eh, men baxtiqaro... Unday desam, nimadan
shikoyat qilishim kerak ekan? Tangri adolatli, axir men gunoh qil-
ishdan o‘zimni tiyishga urinib ham ko‘rmadim-ku, – shundan so‘ng
Xudo meni jazolab, es-hushimdan judo qildi. Bo‘lmasam, Elizaning
ko‘nglini topib, uni o‘zimga og‘dirib olsam bo‘lmasmidi – buning nima
qiyin joyi bor ekan! Men esa
:
bu haqda hatto o‘ylab ham ko‘rmadim.
Sevgimdan mast bo‘lib yuraverdim. Mana endi hammasi barbod
bo‘ldi». Bir narsa Jyulenni qattiq hayratga soldi: u de Renal xonimga
jo‘nab ketishiga to‘g‘ri kelishi haqidagi mudhish yangilikni aytganida,
ayol sira xudbinlik qilmay, e’tiroz bildirib o‘tirmadi. Uning faqat ko‘z
yoshlarini arang tiyib turgani sezilardi xolos.
– Do‘stginam, hozir siz bilan biz qat’iy bo‘lmog‘imiz kerak. – Shun-
day deya u yigitga esdalik uchun bir tutam sochini qirqib berdi. – Nima
bo‘lishimni bilmayman, – dedi u, – faqat men o‘lib ketgudek bo‘lsam,
bolalarni hech qachon tark etmaslikka va’da ber. Bolalarning yonida
bo‘lasanmi yoki uzoqdami, ularni halol odam qilib tarbiyalashga
harakat qil. Agar yana revolyutsiya sodir bo‘lsa, barcha oqsuyaklarni
qirib tashlashlari turgan gap, ularning otasi esa xorijga qochsa kerak
– zero o‘shanda tomda o‘ldirilgan dehqon voqeasida uning ham aybi
bor. O‘gillarimni unutma... Qani, qo‘lingni ber. Alvido, jonginam! Birga
bo‘lishimizning so‘nggi daqiqalari kechmoqda. Ana shu dahshatli qur-
bonlikni keltirganimizdan so‘ng odamlar oldida nomusimni saqlashga
qurbim yetar, deb umid qilaman.
178
Jyulen xonimning oh-voh qilishini kutgan edi. Bu oddiygina vido-
lashuv so‘zlari uning qalbini o‘rtab yubordi.
– Yo‘q-yo‘q, men bunday xayrlashishni istamayman! Xo‘p, ket-
ganim bo‘lsin, ularning bari shuni istashyapti, jumladan o‘zingiz ham.
Lekin uch kundan so‘ng kechasi oldingizga kelaman.
De Renal xonimning ko‘z o‘ngida hamma narsa bir zumda o‘zga-
rib ketdi! Jyulenning o‘zi u bilan yana bir bor uchrashishni istadimi,
demak, chindan ham uni sevar ekan! Barcha iztiroblar darhol g‘oyib
bo‘lib, xonimning qalbini beqiyos quvonch qopladi. U o‘zini qushdek
yengil sezdi. Sevgilisini yana bir bor ko‘rishga bo‘lgan ishonch so‘nggi
daqiqalarda uni o‘rtayotgan barcha ranj-alamlarini bosib ketdi. Shu
daqiqadan boshlab de Renal xonimning o‘zini tutishi ham o‘zgardi,
yuzida ham qandaydir o‘zgacha olijanoblik, dadillik va g‘ayritabiiy
bir fazilat aks etdi.
Ko‘p o‘tmay uyga janob de Renal kirib keldi, u haddan tashqari
darg‘azab edi. Ana shunda u xotiniga, nihoyat, bundan ikki oy muqad-
dam olgan imzosiz maktub haqidagi bor gapni to‘kib soldi.
– Men o‘sha la’nati maktubni Kazinoga olib borib, hammaga
ko‘rsataman. O‘sha Valenoning qanday palid ekanligini odamlar bilib
qo‘yishsin! Men u chuvrindini songa kiritdim, Verrerning eng badavlat
kishilaridan biri qilib qo‘ydim. Men uning sharmandasini chiqaraman,
u bilan olishaman. Yo‘q! Haddidan oshib ketdi u!
«Shundan so‘ng men tul qolishim mumkin, yo Rabbim! – deya bir
zum xayolidan o‘tkazdi de Renal xonim. Lekin shu zahoti u o‘ziga-o‘zi
dedi: – Agar bu duelga xalal bermasam, xalal berish esa, turgan gap,
qo‘limdan keladi, men o‘z erimning qotili bo‘lib qolaman».
U erining manmanligidan hech qachon shunday ustalik bilan foy-
dalanmagan edi. Qandaydir ikki soat ichida xonim, janob de Renalning
o‘zi keltirgan dalil-isbotlar yordamida, uni janob Valeno bilan iloji
boricha do‘stona munosabatda bo‘lishi va, hatto, Elizani yana qayta
ishga olish lozimligiga ishontira oldi. Barcha kulfatlarining sababchisi
bo‘lgan bu qizni yana ko‘rishga jazm etish uchun de Renal xonimdan
ozmuncha matonat talab etilmadi. Biroq shunday qilishni unga Jyulen
maslahat bergandi.
Nihoyat, uni uch-to‘rt marta to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishgach,
butun Verrerda fisq-fujur nihoyatda avjiga chiqqan hozirgi paytda
Jyulenning shaharda qolishi va janob Valenoning bolalarcha tarbiyachi
bo‘lib ishga kirishidan yomoni yo‘qligiga janob de Renalning aqli yetdi,
179
bu esa uning hamyoniga qattiq zarba bo‘lib tushardi. Jyulenning esa
yetimxona direktorining shunday serfoyda taklifini qabul qilishga
hech qanday shubha yo‘q edi; biroq janob de Renalning tantana qilishi
uchun, aksincha, Jyulenning shahardan jo‘nashi va Bezansondagi yoki,
aytaylik, Dijondagi seminariyaga o‘qishga kirishi maqbul edi. Lekin
uni jo‘nab ketishga qanday ko‘ndirsa ekan, so‘ngra – yigit u yerda
nimaning hisobiga kun ko‘radi?
Hamyoniga putur yetishi muqarrar ekanligini ko‘rgan janob de
Renal xotinidan ham battar iztirob cheka boshladi. Xonim esa eri bilan
bo‘lgan o‘sha og‘ir suhbatdan so‘ng o‘zini, hayot bilan vidolashishga
ahd qilib o‘ldiradigan miqdorda stramoniy ichib yuborgan, lekin hali
o‘lmagan jasur kishidek his etmoqda edi, – o‘sha odam endi inersi-
ya bilan yashardi, lekin endi dunyoda hech narsa bilan qiziqmasdi.
Lyudovik XIV ham o‘la turib: «Men qirol bo‘lgan paytimda...» – deb
yuborgan ekan. Ajoyib ibora!
Ertasiga ertalab janob de Renal yana bitta imzosiz maktub oldi.
Bu gal xat ancha haqoratli so‘zlar bilan yozilgandi. Uning har bir sat-
rida ochiqdan-ochiq qo‘pollik bilan uning ahvoliga ishora qilingandi.
Shubhasiz, bu bironta mayda hasadgo‘yning ishi edi. Bu xat unda yana
janob Valeno bilan duelga chiqish istagini uyg‘otdi. Uning botirligi
tutib, darhol harakat qilishga jazm etdi. Shundan so‘ng u uydan chiqib,
qurolsoz ustaning do‘koniga kirdi-da, ikki dona pistolet tanlab, ularni
o‘qlashni buyurdi.
«Yo‘q, rostdan ham, – deya mulohaza yuritardi u, – imperator
Napoleonning qattiqqo‘l hokimiyati qayta tiklandi, deylik, men
birovning sariq chaqasiga ham xiyonat qilgan emasman, vijdonim
oldida pokman. Mening yagona aybim – o‘zgalarning jinoyatiga ko‘z
yumib kelganim, lekin stolim tortmasida meni butunlay oqlaydigan
ishonchli hujjatlar yotibdi».
De Renal xonim erining sovuq qahr-g‘azabidan hazilakam qo‘rq-
madi, tul qolish haqidagi dahshatli fikr yana uning diliga g‘ulg‘ula
sola boshladi, ayol bu fikrni bir azobda xayolidan chiqarib tashladi. U
eri bilan uning xonasida qamalib oldi. Ayol bir necha soat davomida
erini bu shashtidan qaytarishga urinib behuda ovora bo‘ldi; so‘nggi
yumaloq xat janob de Renalning jazavasini qo‘zg‘ab qo‘ygandi. Aloha,
u har qalay erini janob Valenoning quloq-chakkasiga shapaloq urish
niyatidan qaytarib, bundan ham mushkulroq boshqa bir qarorga
kelishga, ya’ni Jyulenning seminariyada bir yillik o‘qishi uchun olti
180
yuz frank to‘lashga ko‘ndira oldi. Janob de Renal bolalariga tarbiyachi
yollashni jazm etgan o‘sha kunga yuzinchi marta la’nat o‘qir ekan,
yumaloq xatni unutib qo‘ydi.
Unga faqat bir fikr sal tasalli bermoqda edi: janob de Renal bu
yigitchaning xom xayollaridan o‘z manfaati yo‘lida ustalik bilan foy-
dalanib, janob Valenoning taklifini rad etishga ko‘ndira olsam, unga
olti yuz frankdan kamroq to‘lashim ham mumkin deb umid qilmoqda
edi. Lekin bu haqda u xotiniga aytmadi.
De Renal xonim Jyulenga yetimxona direktori hammaga eshittirib
taklif qilgan sakkiz yuz franklik ishdan uni deb voz kechar ekan, de-
mak, Jyulen janob merning ra’yiga qarayotgani va shu boisdan ham
sira uyalib o‘tirmay, o‘sha pulni olaverishi lozimligini uqtirguniga
qadar ancha ovora bo‘ldi.
– O‘zingiz o‘ylab ko‘ring axir, – deya qaysarlik bilan takrorladi
Jyulen, – uning taklifini qabul qilshi hatto xayolimga ham kelgan emas.
Siz meni bama’ni hayot kechirshga shu qadar o‘rgatib qo‘ydingizki,
bu odamlarning razilligiga mutlaqo chidab tura, olmasdim.
Biroq shafqatsiz zarurat metin qo‘li bilan Jyulenning irodasini
bukib qo‘ydi. U Verrer meridan bu pulni qarzga olayotgani va uni besh
yil mobaynida protsentlari bilan qaytarajagi haqida tilxat berishini
o‘ylab, o‘z nafsoniyatiga taskin bermoqda edi.
De Renal xonimning bir necha ming frank puli hamon tog‘dagi
kichkina g‘orda yashirib qo‘yilgandi. Ayol Jyulenning rad etishi va
qaytaga jahli chiqib ketishidan cho‘chib, qo‘rqa-pisa shu pulni unga
taklif qildi.
– Nahot siz, – deya javob qildi Jyulen, – sevgimiz xotirasi men
uchun jirkanchli bo‘lib qolishini istasangiz?
Nihoyat, Jyulen jo‘nab ketdi. Janob de Renal benihoya baxtiyor
edi, zero u yigitga pul taklif qilgan o‘sha mash’um daqiqada bu
sinovga dosh berish Jyulenning qo‘lidan kelmadi. U pulni olishdan
qat’iyan bosh tortdi. Janob de Renal ko‘zlarida yosh bilan Jyulenni
quchoqlab oldi. Jyulen undan o‘z xulq-atvori haqida attestat so‘ra-
gan edi, ta’sirlanib ketgan mer uning fazilatlarini ko‘klarga ko‘tarib
maqtash uchun so‘z topolmay qoldi. Qahramonimizning besh luidor
jamg‘armasi bor edi va yana shuncha pulni u Fukedan qarz olishni
mo‘ljallab qo‘ygandi.
U qattiq hayajonlangan edi. Biroq shuncha sevgisini qoldirib ke-
tayotgan Verrerdan uch-to‘rt chaqirim uzoqlashgan zahoti u Bezan-
181
son kabi katta shahar, chinakamiga katta qal’ani ko‘rishga muyassar
bo‘lish qanday baxt ekanligidan bo‘lak hech nimani o‘ylamay qo‘ydi.
Ana shu qisqa uch kunlik ayriliq davomida de Renal xonim mu-
habbatning eng shafqatsiz aldovlaridan biriga berilib, ko‘r-ko‘rona
yashadi. Uning shu kundagi hayotiga chidasa bo‘lardi, zero hozirgi
ahvol va kelajakdagi mudhish kulfat o‘rtasida Jyulen bilan so‘nggi
uchrashuv bor edi. U ana shu uchrashuvga qadar qolgan vaqtning
soat va daqiqalarini sanab o‘tirdi. Nihoyat, uchinchi kun kechasi yi-
roqdan Jyulenning shartli ishorasini eshitdi. Yigit qanchadan-qancha
xavf-xatarni yengib uning oldiga kelgan edi.
Shu daqiqadan boshlab xonim: «Uni so‘nggi marta ko‘ryapman»,
degan xayoldan bo‘lak hech narsani o‘ylay olmadi. U seviklisining
jo‘shqin suyushlariga javob bermasdigina emas, balki shu turishda u
hatto joni uzilay deb turgan jasadga o‘xshardi. U Jyulenni sevajagini
aytishga o‘zini o‘zi majbur qilganida bu so‘zlar shu qadar hissiz eshiti-
lardiki, qaytanga buning aksini o‘ylash mumkin edi. Ular bir-birlaridan
judo bo‘layotganlari haqidagi dahshatli fikr hozir uning butun bor-
lig‘ini egallab olgandi. Jyulen odatdagidek gumonsirab meni unutib
yuborishibdi, deb o‘ylashiga sal qoldi. Biroq uning shu borada aytgan
achchiq kinoyasiga javoban ayol hech narsa demadi, faqat ko‘zlaridan
yirik-yirik yosh tomchilari dumaladi-yu, qo‘llari talvasa bilan uning
qo‘lini qisdi.
– E Xudoyim! gapingizga qanday qilib ishonay axir, – derdi Jyulen
ma’shuqasining uni sevishi haqidagi onda-sonda aytgan ishonarsiz
so‘zlariga javoban. – Siz odatda Dervil xonimga yoki biron-bir boshqa
dugonangizga yuz karra ko‘proq do‘stona muomala qilasiz.
Karaxt bo‘lib qolgan de Renal xonim unga nima deb javob berishni
bilmasdi.
– Bundan ham ortiq azob bo‘ladimi insonga! Faqat o‘lishim qoldi...
Yuragim muzlayotganini sezyapman.
Uning bergan javobi ana shu bo‘ldi, Jyulen undan boshqa hech
so‘z eshitmadi.
Yorisha boshlagan tong ularga vidolashuv payti kelganini eslat-
ganida de Renal xonimning ko‘zlaridagi yosh darhol qurib qoldi. U
Jyulenning derazaga qanday qilib arqon bog‘lashiga indamay qarab
turdi va uning bo‘salariga mutlaqo javob qilmadi.
– Mana, nihoyat, niyatingizga ham yetdingiz, – dedi Jyulen. – Endi
vijdoningiz azob chekmaydigan bo‘ldi. Mabodo bolalaringizdan
182
birontasining xiyol tobi qochib qolgudek bo‘lsa, ularni o‘zim go‘rga
tiqyapman, deb o‘ylamaysiz ham.
Biroq uning bu gapi ham behuda ketdi.
– Afsus, Stanislavni o‘polmay ketyapsiz, – dedi xonim sovuqqina.
Jyulen bu tirik murdaning jonsiz quchoqlashlaridan qattiq ha-
yajonlanib tushib ketdi va butun yo‘l davomida shundan boshqa
narsani o‘ylay olmadi. Uning yuragi pora-pora bo‘lib, tog‘dan
oshib
o‘tar ekan, to Verrer minorasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lgunicha bot-bot
orqasiga o‘girilib qarab qo‘yardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |