Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXVIII

Sanam yurishi

Barchaning qalbi larzaga kelgan edi. Jonku-

yar mo‘minlarning harakati bilan chiroyli qilib 

bezatilgan va qum sepilgan torgina gotik ko‘cha-

larga Tangrining o‘zi tushib kelgandek tuyulardi.

Yun

g.

Jyulen o‘zini tentak va arzimas bir odam qilib ko‘rsatishga qan-

chalik urinmasin, baribir o‘qituvchilarga yoqmasdi. «Axir, har qalay, 

– deya o‘ylardi u, – ustozlarimizning bari ancha noziktabiat odamlar, 

ularni minglab kishilar orasidan bekorga tanlab olishmagan-ku. 

Nega endi mening mo‘minligim ularga ta’sir qilmayapti?» Jyulenning 

nazarida, faqat birgina odam uning har narsaga ishonishga hozirligi 

va o‘zini go‘l qilib ko‘rsatishga urinishi tufayli aldangandek tuyulardi. 

Bu odam soborda o‘tkaziladigan barcha bayram marosimlarining 

boshqaruvchisi abbat Sha Bernar edi. Mana, o‘n besh yildirki, nuqul 

unga soborning bosh ruhoniysi qilib tayinlashni va’da qilishardi, ho-

zircha esa u seminariyada va’z aytish san’ati kursini olib borardi. Bu 

predmetdan Jyulen boshidanoq, hali ko‘zi ochilmagan paytdan buyon 

deyarli doim birinchi bo‘lib kelardi. Abbat Shaning unga ochiqdan-

ochiq muruvvat ko‘rsatishi ham ana shundan boshlangan edi: u 

dam-badam darsdan so‘ng Jyulenning qo‘ltig‘idan do‘stona tutib, u 

bilan bog‘da sayr qilardi.

«U mendan nima istaydi?» – deya o‘ylardi Jyulen. U abbatning 

sobordagi diniy ashqol-dashqollar, rido-jubbalar haqida soatlab qil-

gan hikoyalarini hayratga tushib tinglardi. Yolg‘iz kimxob jubbaning 

o‘zi, motam paytlari kiyiladiganini hisobga olmaganda, o‘n yetti dona 

ekan. Qarib qolgan maslahatchi xonim de Ryubampredan umid katta 

ekan; to‘qson yoshli bu xonim ajoyib Lion shoyisidan tikilgan zarbof 

to‘y liboslarini kamida yetmish yildan buyon saqlab kelarkan.

– Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, do‘stim, – derdi abbat Sha birdan 

to‘xtab, zavq-shavq bilan ko‘zlarini yumar ekan, – o‘sha ko‘ylaklar 

tayoqday qotib turaveradi, zari shu qadar ko‘p! Bezansondagi barcha 

hurmatga loyiq odamlarning aytishlaricha, maslahatchi xonimning 

vasiyatiga binoan soborimizning xazinasiga tantana paytlari kiyi-



214

ladigan to‘rt-besh bayram ridosidan tashqari yana o‘n dona jubba 

qo‘shilar ekan. Men esa bundan ham ko‘prog‘iga umid qilaman, – deya 

qo‘shimcha qilardi abbat Sha tovushini pasaytirib, – maslahatchi 

xonim bizga yana sakkiz dona tilla suvi yugurtirilgan kumushdan 

yasalgan qandil qoldiradilar, deya umid qilishga ba’zi asoslar bor. 

Aytishlaricha, qandillarni Burgundiya gersogi Karl Sheryurak Ita-

liyada xarid qilgan emish, zero xonimning ajdodlaridan biri uning 

sevimli ministri bo‘lgan ekan.

«Nega u bu uvadalar haqida menga hikoya qilyapti? – ajablanardi 

Jyulen. – Qancha vaqtdan beri ustalik bilan nimagadir tayyorgarlik 

ko‘ryapti-ku, lekin gapning indallosini aytmayapti. U menga ishon-

masa kerak. Chamamda, o‘qituvchilarimizning ichida eng ayyoriga 

o‘xshaydi. ularning biror ikki haftadan so‘ng maqsadlarini ilg‘ab olsa 

bo‘ladi. Aytganday, buni tushunish mumkin; axir o‘n besh yildan buyon 

boyaqishning izzat-nafsi aziyat chekib keladi-da!»

Bir kuni kechqurun qilichbozlik darsi paytida Jyulenni abbat 

Pirarning huzuriga chaqirishdi, abbat unga shunday dedi: 

– Ertaga Loshi Masiho bayrami. Janob abbat Sha Bernar soborni 

yasatishda sizning yordamingizga muhtoj, marhamat qilib uning 

oldiga boring va aytganlarini bajaring.

Lekin shu zahoti abbat Pirar uni to‘xtatib, hamdardlik bilan 

qo‘shimcha qildi:

– Bu imkoniyatdan foydalanib, shaharni sayr qilish yoki qilmaslik 

haqida o‘zingiz o‘ylab ko‘ring.

– Incedo per ignes (Maxfiy dushmanlarim bor), – deya javob qildi 

Jyulen.

Ertasi kuni azonlab Jyulen ko‘zini yerga tikkanicha, sobor tomon 

ravona bo‘ldi. U atrofida uyg‘onayotgan shaharning g‘ala-g‘ovuri va 

yugur-yugurini his etgach, ancha yengil tortdi. Sanam yurishini kutib, 

hamma yoqda uylarning peshtoqlarini bezashmoqda edi. U seminar-

iyada o‘tkazgan butun vaqt uning nazarida bir daqiqa bo‘lib ko‘rindi. 

Yigit Verji haqida va hozir uchratib qolishi mumkin bo‘lgan nozanin 

Amanda Bine to‘g‘risida o‘ylay boshladi, chunki uning qah vaxonasi 

shundoq yo‘lning ustida edi. U sevimli soborining eshigi oldida turgan 

abbat Sha Bernarni uzoqdan ko‘rdi; abbat chehrasi quvnoq, ko‘zlari 

kulib turadigan semiz bir kishi edi. Bugun u gul-gul ochilib turardi.

– Sizni kutayotgan edim, bo‘taginam! – deya qichqirdi u Jyulen-

ni uzoqdan ko‘rgan zahoti. – Xush kelibsiz! Bugun qattiq mehnat 



215

qilmog‘imizga to‘g‘ri keladi, ish ancha og‘ir bo‘ladi, keling, nonushta 

qilib, kuch yig‘ib olaylik. Keyin soat o‘nlarda, so‘nggi ibodat mahali 

tanovul qilamiz.

– Iltimos, taqsir, – dedi vazminlik bilan Jyulen, – men bir soniya 

ham yolg‘iz qolmasam, devdim. Marhamatingizni ayamay, e’tibor 

bersangiz, – deya qo‘shimcha qildi u boshlari uzra qad ko‘targan 

minoradagi soatni ko‘rsatib, – men huzuringizga bir daqiqasi kam 

beshda yetib keldim.

– Ha-a! Siz yaramas seminaristlarimizdan qo‘rqyapsizmi? Ular 

haqida o‘ylab nima qilasiz? – dedi abbat Sha. – Chetida tikan o‘sgani 

bilan yo‘l yomon bo‘lib qolarmidi? Yo‘lovchi o‘z yo‘li bilan ketaveradi, 

yovuz tikanlar esa joyida shumshayib turaversin. Ularga e’tibor qil-

mang, qani, qadrli do‘stim, bo‘lmasam ishga kirishaylik endi, ishga!

Abbat Sha, ish og‘ir bo‘ladi, deb bekorga aytmagan ekan. Kecha 

soborda tantanali dafn marosimi bo‘lib, shu boisdan bayramga tayyor-

garlik ko‘rish mumkin bo‘lmagan ekan. Endi esa qandaydir ikki-uch 

soat ichida uch qator bo‘lib saf tortgan va balandligi o‘n metrdan 

ko‘proq keladigan gotik ustunlarning hammasiga boshdan-oyoq 

qirmizi Damashq matosidan o‘rab chiqmoq kerak edi. Janob yepiskop 

shu ishni deb Parijdan, pochta karetasida kelishi uchun yo‘lkirasini 

to‘lab, to‘rt nafar qoplamachi chaqirtirgan edi. Biroq bu janoblar, 

o‘zlari hamma ishni bajarishga ulgurmayotgan bo‘lsalar-da, bezan-

sonlik uquvsiz hamkasblariga yordam berish o‘rniga, kesatiq gaplar 

bilan ularni battar gangitib qo‘ymoqda edilar.

Jyulen narvonga o‘zi chiqmasa bo‘lmasligini tushundi, uning 

chaqqonligi ana shu yerda asqotdi. U mahalliy qoplamachilarga rah-

barlik qila boshladi. Abbat Sha uning qanday chapdastlik bilan bir 

narvondan tushib, ikkinchi narvonga chiqishini zavq bilan tomosha 

qilardi. Hamma ustunlarga Damashq matosi o‘rab bo‘lingach, asosiy 

mehrob tepasidagi katta taxtiravonga besh bog‘lam yumshoq parni 

qanday qilib o‘rnatishni muhokama qila boshlashdi. Taxtiravonning 

zarrin yog‘och chambari italyan marmaridan yasalgan sakkizta baland 

ustunga o‘rnatilgan edi. Ammo taxt tepasiga – taxtiravon o‘rtasiga 

yetib olish uchun eski yog‘och bo‘gotdan yurib o‘tmoq lozim bo‘lardi. 

Bo‘gotning to‘sinlari esa, ehtimol, qurt yegan bo‘lib, u yerdan o‘n besh 

metrcha balandlikda osilib turardi.

Parijlik dimog‘dor qoplamachilar bu muallaq yo‘lkani ko‘rgach, 

ancha popuklari pasayib qoldi; ular taxtiravonga qarab-qarab qo‘yish-



216

ganicha bahslashishar, muhokama qilishar, biroq birontasining ham 

tepaga chiqishga yuragi dov bermas edi. Jyulen par bog‘lamlarni 

shartta qo‘liga olib, narvondan g‘izillaganicha tepaga chiqib ketdi. 

Yigit ularni juda ustalik bilan chambarning o‘ziga, taxtiravonning 

qoq o‘rtasiga o‘rnashtirib qo‘ydi. Jyulen narvondan pastga tushgach, 

abbat Sha Bernar uni quchoqlab oldi.

– Optime


27

, – deya qichqirdi mehribon baqaloq. – Men buni albatta 

hazrati buzrukning o‘zlariga gapirib beraman.

Soat o‘nda ular xursandchilik bilan nonushta qilishdi. Abbat 

Sha ilgari hech qachon o‘z cherkovini shu qadar bezatilgan holda 

ko‘rmagan edi.

– Shu deng, bo‘taginam, – derdi u Jyulenga, – volidai muhtara-

mam mazkur mo‘tabar ibodatxonada stul ijaraga berish bilan 

shug‘ullanganlar, shu boisdan ham meni ma’lum darajada, mazkur 

ajoyib bino boqib katta qilgan, desam ham bo‘ladi. Robesperning 

terrori bizni xonavayron etdi, biroq men, o‘shanda yoshim sakkiz-

da edi, xonadonlarga borib o‘qiladigan ibodatlarda xizmat qila 

boshlagandim, ibodat kunlari esa menga ovqat berishardi. Jubbani 

hech kim mendan yaxshiroq o‘ray olmasdi: ba’zan deng, bironta 

ham zarrin popugi qayrilib qolmasdi. Napoleon toat-ibodat qi-

lishga qayta ijozat berganidan so‘ng, men bu mo‘tabar mitropoli-

yada nazoratchilik qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Yiliga besh 

marta u mening ko‘z o‘ngimda ana shunday zeb-ziynatlar bilan 

yasatiladi. Lekin hech qachon u bugungidek ko‘rkam bo‘lmagandi, 

Damashq matolari hech qachon ustunlarga bu qadar chiroyli qilib  

o‘ralmagandi.

«Mana hozir u, nihoyat, menga sirini aytadi, – deya xayolidan 

o‘tkaz di Jyulen. – O‘zi haqida gapira boshladimi, demak, hozir 

ko‘nglidagini to‘kib soladi!» Biroq hayajonlanib turganiga qaramay, 

abbat bironta ham bemulohaza so‘z aytmadi. «Bo‘lmasam anchagina 

mehnat qildi. Xursand bo‘lishini aytmaysizmi! – deya o‘yladi Jyulen. – 

Vinoniyam talaygina ichdi. Mana buni odam desa bo‘ladi! Ibrat olsam 

arziydi! Darhol mukofotlansin!» (Bu iborani Jyulen keksa tabibdan 

o‘rganib olgan edi.)

Jyulen yepiskop boshchilik qiladigan tantanali marosimda ishtirok 

etmoq uchun ridosini kiymoqchi bo‘ldi.

27

 Bag‘oyat a’lo (lot.).




217

– O‘g‘rilar-chi, azizim, o‘g‘rilar-chi! – deya qichqirdi shunda abbat 

Sha. – Siz ularni o‘ylamaysiz ham! Hamma sanam yurishiga jo‘nasa, 

cherkov bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi, shunda siz bilan men qo‘riqchilik 

qilmog‘imiz lozim bo‘ladi. Keyin ustunlarning pastiga o‘ralgan manovi 

zarrin kimxoblarning faqat bir-ikki parchasigina yetishmasa bir navi. 

Axir bu kimsan de Ryubampre xonimning tuhfasi-ya. Bu kimxob 

unga qirolning mashhur ajdodidan meros qolgan, zari sof oltin-a, 

azizim! – deya zavq bilan shivirlab qo‘shimcha qildi abbat Jyulenning 

qulog‘iga. – Hech qanday aralashmasi yo‘q! Men sizga so‘l qanotni 

kuzatib turishni topshiraman, u yerdan hech qayoqqa jilmang. Men 

esa o‘ng qanot bilan bosh nefga

28

 ko‘z-quloq bo‘lib turaman. Yana 

tavbaxonalarga ham yaxshilab diqqat qiling: o‘g‘rilarning ayg‘oqchi-

lari, anavi buzuq xotinlar xuddi o‘sha yerga yashirinishadi va sizning 

alahsib qolishingizni kutishadi.

U gapini tugatishi bilanoq soat chorakam o‘n ikkiga zang chaldi. 

Va shu zahoti katta qo‘ng‘iroq bong urdi: u qattiq daranglab aks sado 

berar, boshqa qo‘ng‘iroqlar unga jo‘r bo‘lishar edi. Bu dabdabali sa-

dolar Jyulenni o‘ziga mahliyo qilib qo‘ydi. Uning xayoli go‘yo qafasdan 

qutulib chiqqan qushdek yuksak-yuksaklarga parvoz etib ketdi.

Ioann Cho‘qintiruvchi kiyimidagi norasida bolalar muqaddas 

tuhfalar oldiga sochib yuborgan atirgul yaproqlari va buxo‘rning 

xushbo‘y hididan yigit battar zavqlandi.

Qo‘ng‘iroqning ulug‘vor sadolarini eshitib, Jyulen bu har biriga 

ellik santimdan haq to‘lanadigan yigirma kishining mehnati ekan-

ligini, ularga esa, ehtimol qavmdan o‘n besh-yigirma chog‘liq odam 

yordam berayotganidan bo‘lak hech narsani o‘ylamasligi lozim edi. U 

yana arqonlar ancha chirib qolganini, havozalarning puturi ketganini, 

qo‘ng‘iroqning o‘zi ham xatarli ekanini, zero u har ikki yuz yilda bir 

marta qulab turishini ham o‘ylab ko‘rmog‘i lozim edi, yigit tag‘in jom 

uruvchilarning maoshini biron yo‘l bilan qisqartirish, yoxud ularning 

mehnati evaziga yorliq bilanmi, yoki daryodan suv bag‘ishlagandek, 

cherkovning xayr-ehsonidan boshqa biror narsa bilanmi haq to‘lashni 

ham o‘ylab ko‘rsa yomon bo‘lmasdi. Shunda cherkov xazinasiga ziyon 

tegmagan bo‘lardi.

Biroq shunday dono fikrlarga berilish o‘rniga Jyulenning ko‘ngli 

manovi ulug‘vor sadolardan ko‘tarilib, osmon-u falakda kezib yu-

28

 N e f – binoning ustunlar qatori bilan ajratilgan qismi (tarj.).




218

rardi. Undan hech qachon yaxshi pop ham, uddaburon boshliq ham 

chiqmasa kerak! Sal narsagayam og‘zi qulog‘iga yetadigan kishidan 

durustroq odam chiqadi deysizmi? Nari borsa rassom bo‘ladi-da. 

Ana shu yerda Jyulenning o‘ziga bino qo‘yishi ko‘zga yaqqol tashla-

nadi, Jyulenning o‘rnida seminariyadagi o‘rtoqlari bo‘lganida turgan 

gap, ellik odamdan ko‘prog‘i soborning katta qo‘ng‘irog‘i sadosini 

eshitgach, jom uruvchiga qanday maosh to‘lanishidan bo‘lak hech 

nimani o‘ylamagan bo‘lardi. Axir ular xalq nafrati va yakobinchilik-

dan o‘lgudek qo‘rqishadi, chunki yakobinchilar har bir xonadonda 

topiladi, deyaverib ularning jonini olib qo‘yishgan va shu boisdan ular 

voqelikka to‘g‘ri baho berishni o‘rganib olishgan edi. Ular Barem kabi 

genial puxtalik bilan ibodat qiluvchilarning ko‘ngli qay darajada iyishi 

jom uruvchilarga to‘lanayotgan maoshga arzish yoki arzimasligini 

chamalab ko‘ra boshlashardi. Biroq agar Jyulen soborning moddiy 

manfaati to‘g‘risida o‘ylagan taqdirda ham uning xayoli baribir boshqa 

tomonga olib qochgan bo‘lardi: u, chamasi, cherkov kengashi uchun 

qirq frankni tejab qolishning evini qilardi-yu, lekin yigirma besh 

santimlik sarf-xarajatdan qochish imkoniyatini qo‘ldan boy berardi.

Quyosh charaqlab turgan ajoyib kunda olomon shahar ma’murlari 

bir-birlaridan o‘tishga harakat qilib qurdirgan chiroyli muvaqqat 

mehroblar oldida to‘xtay-to‘xtay Bezanson bo‘ylab siljib borar ekan, 

cherkov suv quygandek jimjit edi. Uning ichi g‘ira-shira va salqin edi. 

Hammayoqni gullar va buxo‘rning yoqimli hidi tutib ketgandi.

Bu sukunat, yolg‘izlik va cherkovning keng zallaridagi salqindan 

Jyulenni shirin mudroq bosdi. U binoning boshqa qanotini nazorat 

qilib yurgan abbat Shaning bezovta qilishidan cho‘chimasdi. O‘ziga 

kuzatib turish topshirilgan so‘l qanotda asta sayr qilib yurar ekan, 

uning ruhi omonat jismini deyarli tark etgan edi. Jyulen mutlaqo 

xotirjam edi, u kafforatxonalarda bir necha taqvodor ayoldan bo‘lak 

hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgandi; shu tobda uning ko‘zlari 

ochiq edi-yu, ammo hech nimani ko‘rmasdi.

Ammo u yaxshi kiyingan ikki ayolning tiz cho‘kib turganini 

ko‘rgach, biroz hushiga keldi: ulardan biri kafforatxonada, ikkinchisi 

esa shundoq yonginasida, pastakkina kursichada ibodat qilmoqda edi. 

U shu tobda ko‘zlari hech nimani ko‘rmasa ham daf’atan u, yo o‘ziga 

topshirilgan vazifa mas’uliyatidanmi, yoki ayollarning xushbichim-

ligiga qoyil qolganidanmi, kafforatxonada hozir ruhoniy yo‘qligini 

eslab qoldi. «Qiziq, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – shu qadar xudojo‘y 



219

ekanlar, nega bu bashang xonimlar hozir ko‘chadagi mehroblardan 

biri oldida ibodat qilishmayapti? Agar bu xonimlar asilzoda bo‘lish-

sa, u holda nega bironta balkonda, hammaning ko‘z o‘ngida savlat 

to‘kib o‘tirishmadi? Ko‘ylagining badaniga chiroyli yopishib turishini 

qarang! Naqadar go‘zal ekan-a!» Shularni dilidan o‘tkazar ekan, yigit 

ayollarning yuzini ko‘rish umidida qadamini sekinlatdi.

Tavbaxonada tiz cho‘kib turgan ayol bu suv sepganday jimjitlikda 

Jyulenning qadam tovushini eshitib, asta boshini o‘girib qaradi. Shun-

dan so‘ng u birdan qichqirib yubordi-yu, hushidan ketdi.

Hushidan ketgach, u chalqanchasiga yiqila boshlagan edi, shundoq 

orqasida o‘tirgan dugonasi unga yordamga otildi. Shu zahoti Jyulen 

yiqilib tushayotgan xonimning yelkasi va bo‘ynini ko‘rib qoldi. Uning 

ko‘zi o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan ajoyib durlar shodasiga tushdi. U 

de Renal xonimning sochlarini taniganidan so‘ng holi ne kechganini 

bilsangiz edi! Bu o‘sha edi. Dugonasi yiqilib tushmasligi uchun uning 

boshini suyab turgan ayol esa Dervil xonim edi. Jyulen es-hushini 

yo‘qotib, ular tomon otildi. Agar Jyulen vaqtida ularni suyab qol-

maganida, de Renal xonim o‘z og‘irligi bilan dugonasini ham yiqitib 

yuborgan bo‘lardi. U o‘z yelkasida de Renal xonimning orqaga tash-

langan boshini, uning murdanikidek oppoq oqarib ketgan chehrasini 

ko‘rdi. Yigit Dervil xonimga uni to‘qima stulga suyantirib o‘tqazishda 

yordamlashib yubordi.

Dervil xonim o‘girilib qaradi-yu, shundan keyingina uni tanib 

qoldi.

– Keting, taqsir, darhol keting! – dedi u g‘azabnok ohangda. – U 



sizni ko‘rmasa bo‘lgani. Sizni ko‘rib dahshatga tushmaydimi axir, 

– sizni tanimasdan ilgari qanday baxtli edi-ya. Axloqi buzuq odam 

ekansiz. Keting! Zarracha nomusingiz bo‘lsa, darhol keting bu yerdan.

Bu gap shunday bir amirona ohangda aytilgan, Jyulen esa shu 

qadar esankirab qolgan va es-hushini yo‘qotgan ediki, u darhol nari 

ketdi. «U doim mendan nafratlanardi», deya o‘yladi u Dervil xonim 

haqida.

Xuddi shu payt cherkovda olomon oldida kelayotgan poplarning 

ming‘illab oyat o‘qishi eshitildi: sanam yurishi ishtirokchilari qaytib 

kelmoqda edi. Abbat Sha Bernar bir necha bor Jyulenni chaqirdi; ammo 

yigit uning ovozini eshitmadi; nihoyat, abbat Jyulenning oldiga kelib

ramaqda joni qolgan yigitni qo‘lidan ushladi-da, uni bekinib turgan 

ustun ortidan olib chiqdi. U Jyulenni yepiskopga tanishtirmoqchi edi.



220

– Mazangiz qochibdi, bo‘taginam, – dedi u Jyulenning rangi 

dokadek oqarib, deyarly qimirlashga majoli yetmay turganini 

ko‘rgach. – Bugun juda ko‘p ishlab yubordingiz. – Shunday deya abbat 

uning qo‘ltig‘idan tutdi. – Qani yuring, suv sepuvchi o‘tiradigan manovi 

kursida, mening orqamda o‘tirasiz, men esa sizni pana qilib turaman. 

(Ular endi cherkovga kiraverishda, katta eshik yonida turishardi.) 

Tinchlaning, hazrati buzruk yetib kelgunlariga qadar hali yigirma 

daqiqa vaqtingiz bor. O‘zingizga kelishga harakat qiling, hazrati buz-

ruk o‘tayotganlarida, men sizni suyab turg‘izaman, yoshim bir joyga 

borib qolgan bo‘lsa-da, o‘zim juda baquvvatman.

Biroq yepiskop ko‘ringanida, Jyulen shu qadar titrab turardiki, 

abbat Sha uni yepiskopga tanishtirish niyatidan voz kechishga maj-

bur bo‘ldi.

– Xafa bo‘lmang, bo‘tam, – dedi u yigitga, – men yana bir mavridini 

toparman.

Kechqurun abbat seminariya ibodatxonasiga o‘n qadoq sham eltib 

berishni buyurdi. Uning aytishicha, bu shamlarni o‘z vaqtida juda 

epchillik bilan o‘chirgan Jyulen tejab qolgan emish. Bu gapga isho-

nish qiyin edi. Bechora yigitning o‘zi shu tobda o‘chib qolgan shamni 

eslatardi, u de Renal xonimni ko‘rganidan so‘ng butunlay es-hushini 

yo‘qotib qo‘ygandi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish