Me’yoriy-resurs usulida korxona ishlab chiqarish jarayonining asosiy omillari bo`yicha ishlab chiqarish salohiyatiga baho beriladi. Ishlab chiqarish salohiyati deganda korxonada mavjud mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning hajmi va ular o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik va mutanosiblik darajasi tushuniladi.
Ishlab chiqarish salohiyatini aniqlashda korxonaning er resurslari, asosiy vositalari va aylanma mablag`lari hamda mehnat resurslariga natural yoki qiymat shaklida baho beriladi.
Me’yoriy-resurs usuli qat’iy ravishda rejalashtirishning normativ bazasiga tayanadi. Unga ilmiy asoslangan normalar va normalashtirish mezonlari kiradi. Norma deganda ma’lum bir texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi.
Qishloq xo`jaligida moddiy resurslar sarfining, mehnat sarflari va ish haqining, tabiiy kamayish miqdorining va boshqa ko`rsatkichlarning normalari mavjud. Normativlar esa ish vaqti, mehnat va moliyaviy resurslarning sarflarining cheklangan hajmlarini ifoda etadi.
Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib ichki xo`jaligi rejalashtirish tizimi ko`rsatkichlari ishlab chiqiladi.
Rejalashtirish tizimi ko`rsatkichlari
ejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish - rejalashtirish tizimini (12-chizma) tashkil etadi.
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
- xo`jaligining o`tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari;
Qishloq xo`jaligi korxonalarida ichki rejalashtirish
tizimi ko`rsatkichlari
davlat buyurtmalari bo`yicha nazorat ko`rsatkichlari;
-ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari;
-ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar;
-istiqbolda rivojlanishning texnikaviy-iqtisodiy prognoz ko`rsatkichlari;
-hududiy xo`jaliл yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari.
Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o`tgan yillarda korxona erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar asos qilib olinadi. Buning uchun o`tgan yillar uchun statistik, moliyaviy va operativ hisobotlar ko`rsatkichlari chuqur tahlill etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi yillar uchun reja ko`rsatkichlari belgilab olinadi.
Davlat buyurtmalari va erkin sotish bo`yicha mahsulot ishlab chiqarishga ishlatiladigan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish sohasida to`plangan tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning prognoz ko`rsatkichlari rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi.
Qo`yilgan maqsad va vazifalarning mazmunidan kelib chiqib rejalarning quyidagi shakllarini ajratib ko`rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |