Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini rejalashtirish tizimi rejalashtirishning asosiy tamoyillari va usullari



Download 57,33 Kb.
bet7/17
Sana27.06.2022
Hajmi57,33 Kb.
#708502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Mohinur

Xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatuvchi korxonalar sirasiga dehqon va fermer xo`jaliklari kiradi.

Jamoa mulki (hamkorlik) biznesni tashkil etishning xususiy tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar korxona tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular korxonani ta’sis etish jarayonida o`zlarining moliyaviy mablag`larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog`liq tadbirkorlik xatarlari hamda foyda yoki zararlarni o`zaro taqsimlaydilar. Korxonaning ustav kapitalida ishtirok etishiga ko`ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo`ladilar. Jamoa (shirkat) mulkiga asoslanib faoliyat ko`rsatuvchi korxonalar sirasiga qishloq xo`jaligi kooperativlari (shirkat xo`jaliklari) kiradi.
Qishloq xo`jaligida davlat mulkidan foydalanib xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi davlat korxonalari ham mavjud. Ular asosan urug`chilik-seleksiya, naslchilik va boshqa tajriba-sinov davlat xo`jaliklari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari shaklida faoliyat ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko`ra, qishloq xo`jaligida tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug`ullanish mumkin. O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga haqlidir.
“Fuqarolik Kodеksi”ning 39-moddasiga muvofiq: “O`z mulkida, xo`jaligi yuritishida yoki opеrativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob bеradigan, o`z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo, yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya’ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub’еktlari hisoblanadi.
Shundan kеlib chiqqan holda qishloq xo`jaligida faoliyat olib borayotgan yakka tadbirkorlar va dеhqon xo`jaliklarining yuridik shaxs sifatida davlat ro`yxatidan o`tmagan ko`pchilik qismi jismoniy shaxs maqomida faoliyat olib boradi.
Davlat ro`yxatidan o`tgan dеhqon xo`jaliklari, fеrmеr xo`jaliklari, qishloq xo`jaligi koopеrativlari (shirkat xo`jaliklari), davlat xo`jaliklari va boshqa korxonalar yuridik shaxs maqomida faoliyat olib boradi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida band bo`lgan xodimlarning o`rtacha yillik soniga ko`ra ularni kichik tadbirkorlik subyektlari va yirik korxonalarga bo`lish mumkin. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi PF-3305-sonli Farmoniga muvofiq 2004-yilning 1-yanvaridan qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishda:
- dehqon xo`jaliklari – yakka tadbirkorlik sifatida;
- band bo`lgan xodimlarning o`rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan fermer xo`jaliklari – mikrofirmalar sifatida;
- band bo`lgan xodimlarning o`rtacha yillik soni 50 kishi­dan oshmagan fermer xo`jaliklari – kichik korxonalar sifatida kichik tad­birkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiritildi.

O`zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga oid keng miqyosdagi davlat dasturlari amalga oshirilayotganligi tufayli, dehqon va fermer xo`jaliklari ham kichik tadbirkorlik subyektlari sifatida bir qator iqtisodiy va huquqiy imtiyozlarga egadirlar.





Download 57,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish