Kartalami yaratish bosqichlari
Topografik va umumgeografik kartalar 2 xil yo‘l bilan yaratiladi. 1. Dalada bevosita geodezik asboblar yordamida yirik masshtabda topografik plan olish (syomka) yo‘li bilan karta tuzish. 2. Kameral (laboratoriya holatida) sharoitda statistik ma’lumotlar va kartografik manbalami qayta ishlash va generalizatsiya qilish asosida o‘rta va mayda masshtabli kartalarni tuzish. Dalada yaratilgan yirik masshtabli kartalar davlat tomonidan topografik-geodezik tashkilotlar yordamida tuziladi. Topografik plan olish maxsus instruksiya va qo‘llanmalar asosida bajarilib, aerokosmik suratlami deshifrovka qilish jaiayoni bilan birga bajarLladi. Kameral sharoitda karta yaratishda dalada yaratilgan plan va kartalarni, aerokosmik suratlami, statistik ma’lumotlarni tahlil qilib, tuzilayotgan kartani mazmuni va maqsadiga loyiqlaridan foydalaniladi. KameraJ sharoitda karta yaratishning birinchi bosqichi kartani loyihalash konsepsiyasini ishlab chiqishdan, dasturini tuzishdan va kerakli hamma xujjatiami tayyorlashdan iboratdir. Bu bosqich karta loyihasini yaratish bilan tugallanadi. Loyihada quyidagi jarayonlar o‘z ifodasini topadi (6-jadval): — kartaning maqsadi va unga qo'yiladigan talablar; — karta yaratish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlami tanlash, tahlil qilish va baholash; — kartasi tuzilayotgan hududni o‘rganib, tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish; — karta dasturini tayyorlash. Keying! bosqich kartani tuzish, ya’ni kartani dastlabki nusxasini tayyorlashda bajariladigan kompleks ishlar boiladi. Bunda kartani tuzish uchun ishlatiladigan proyeksiya, komponovka va masshtab, shartli belgilar tizimi tanlanib, generalizatsiya jarayonlari aniqlanadi. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: — kerakli manbaiami tayyorlab, ularni qayta ishlash; — kartaning matematik asosini ishlab chiqish; — kartaning mazmuni va legendasini ishlab chiqish; — dastlabki nusxa texnik jixatlarini tayyorlash, generalizatsiya qilish; — kartani jihozlash; — kartani tuzishning hamma bosqichlarida tahririy va tuzatish ishlarini olib borish. Oxirgi bosqich — kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish hamda uni ko‘paytirishdan iborat (poligrafik yoki kompyuter grafikasi yo4i bilan). Kartografiyada nashrga tayyorlash va nashr qilish jarayoni 2 ta bosqichga bo‘lib o‘rganiladi. Bu bosqich quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: — poligrafik jarayonlarni ta’minlash uchun kartaning nashrli originallarini tayyorlash; — bosma shaklini tayyorlash va dastlabki karta originalini (nusxasini) olish; — karta tirajini chop etish; — kartani nashr qilish nusxasini tayyorlash va uni nashr qilish barcha jarayonlarda tahririy va tuzatish ishlarini olib borish. Yuqorida ko£rsatilgan ishlar bajarilib, mutaxassislar hamda buyurtmachilar tomonidan mulohaza qilinib, tasdiqdan o‘tgandan so‘nggina karta loyihasi va dasturi asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi va karta tuzish bo‘yicha ishga kirishiladi. Atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: — atlas maqsadi va mazmunini aniqlash; — atlasni tuzish konsepsiyasini yaratish; — atlas kartalarining ro‘yxatini aniqlash; — matematik asosni ishlab chiqish; — maket komponovkani tayyorlash; — kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro‘yxatini tuzish; — kartalar mazmunini ishlab chiqish va tasvirlanadigan tafsilotlar (obyektlarni) voqea va hodisalarni tavsiflab, aniqlash; — shartli belgilarni ishlab chiqish; — atlas kartalarini badiiy jihatdan jihozlash yo‘llarini ishlab chiqish; — atlasning ustki qismini, ya’ni muqovasini, karta kompnovkasidagi ochiq joylami surat va rasmlar bilan bezash va boshqalar. Kartani yaratishning barcha jarayoniarida (bitta karta, tizim kartalari yoki atlas) karta yaratishni rejalashtirishdan to uni bosib
chiqarishgacha boigan barcha ishlar hozirgi zamon kartografik ishlab chiqarish korxonalarida mutaxassislar bilan kartograflar jamoasi birgalikda ish olib boradilar. Bunda kartograflar, geograflar (atlas kartalari mavzusi bo'yicha, geologlar, ekologlar, tuproqshunos va boshqalar), geoinformatika xodimlari, muhandis-texnik xodimlar, korrektorlar, poligrafchilar, hatto iqtisodchilar ham birgalikda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |