Manbalarni tahlil qilish va baholash
0 ‘quvsiz ishlash oqibatida yaxshi manbalar bilan ham bo‘sh natija olish mumkin, lekin uzuq-yuluq, tartibsiz to'plangan, kamchiligi bolgan manbalar asosida hech qachon yaxshi karta ishlab bo‘lmaydi. Shuning uchun manbalarni to‘plash, tahUl qilish, baholash, eng qiyin va eng mas’uliyatli ishlardan hisoblanadi. Kartografik asarlami tahlil qilish va baholash — bu ularning turi va sifatini o‘rganish ular yordamida qanday masalalami hal qilish mumkinligini aniqlash, hamda karta tuzish uchun ma’lumot sifatida foydalanish imkomyatlarini aniqlash uchun ohb boriladi. Kartografik asarlami tahlil qilishda asosiy mezonlar bo‘lib quyidagilar xizmat qiladilar: — tanlangan masshtab va proyeksiyalaming maqsadga muvofiqligi; — kartadan foydalanish imkoniyati, uning legendasi ilmiy asoslanganligi va mantiqiy to‘g‘ri tuzilganligi; — karta mazmuni to‘laligi va zamonaviyligi; — kartada tasvirlangan obyektlarning geometrik aniqligi, (plani va balandligi bo'yicha); — kartaning jihozlanish sifati; -- karta noshirining sifati va boshqalar. Karta va atlaslarni tahlil qilish doimo maqsadga muvofiq olib boriladi. Shuning uchun uni baholash mezonlarining ahamiyati (kriteriyalar) karta maqsadi va vazifalariga qarab o'zgarib turadi. Masalan, kartani maqsadiga qarab — ko‘rgazmali qurol, ilmiy izlanishlar manbai, karta tuzishda ma’lumot yoki ma’lumotlar bazasini yaratish uchun tahlil va baholash ishlari olib borilishi mumkin. Matematik asosni baholash avvalo qabul qilingan masshtab maqsadga muvofiq ekanligi, foydalanayotgan proyeksiya xatoliklarining turi, tarqalishi va katta-kichikhgi, asosan ushbu kartaning berilgan aniqlik bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlashda foydalanish mumkinligi, o‘z navbatida, tanlangan masshtab va proyeksiya — kartasi tayyorlanayotgan hududning yer sharida tutgan geografik o‘rniga mos kelislii, karta maqsadi, vazifasi va mavzusiga, hamda undan foydalanish sharoitiga va hokazolarga mos kelishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan talablar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularga karta mazmuni, komponovkasi va joyning o‘rganilganligiham katta ta’sir ko‘rsatadi. Biri ikkinchisiga bevosita bog‘liq bo!lib, baholash faqat matematik aspektlar bilan chegaralanib qolmasdan, boshqa geografik, ma’no va mazmun, hattoki estetik jihatlar ham hisobga olinadi. Kartaning ilmiy salohiyatini aniqlash uchun uni qabul qilingan ilmiy konsepsiyalarga to‘g‘ri kelishini, borliqda joylashgan narsalar, zamon va makon qonuniyatlari va aloqalarini behato va aniq ifodalanishini aniqlash kerak. Bu asosan qabul qilingan tasniflaming ilmiy asoslanganligiga va legendalami to'g'ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Kartani ilmiy salohiyatini belgilovchi asosiy tamoyillardan biri bu generalizatsiya qilishning geografik qonuniyatlariga amal qilish, binobarin kartada aks ettirilayotgan voqea va hodisalarning genetik va morfologik xususiyatlarini hisobga olish, ularning geotizimli iyerarxiyasini va bir-biri bilan bo‘lgan aloqalarini hisobga olish zarur. Kartani ilmiy salohiyatini baholash juda ko‘p tamoyillarga bogliq bo‘lib, ular o‘rtasidan chegara o‘tkazish qiyin masala. Bulardan tashqari, kartaning ilmiy salohiyati kartaga olishda qabul qilingan konsepsiyaga ham bog'liq bo‘ladi. Masalan, tektonik kartalar geosinklinal konsepsiyalar asosida yoki lilosfera plitalari nazariyasi asosida tuzilishi mumkin. Bunda bir — biriga mos kelmaydigan kartografik konturlar (tasvirlar) kelib chiqadi. Ularning ilmiy salohiyatini baholashda, karta mualliflarini u yoki bu ilmiy maktabga (yo‘nalishga) tegishh ekanliklarini, ular ishlayotgan g‘oyalaming yangiligi yoki eskiligini, nazariy konsepsiyalarini va tavsiflarini hisobga olish kerak. Yuqoridagilar bilan kartaning ideologik yo‘nalishini baholash, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini ham hisobga olish kerak, chunki bular kartani tuzayotgan mutaxassislar siyosiy qarashlariga ta’sir qilishi mumkin. Kartaning zamonaviyligi va mazmuni toHaligini baholash birinchi navbatda foydalanilgan manbalar miqdoriga, zamonaviyligiga va kartada tasvirlangan voqea, xodisa va jarayonlarning saimog'iga bog!liq bo‘ladi. Bu yerda asosiy rolni ikki tamoyil o‘ynaydi: 1. Jarayonlar, voqea va hodisalarning o!rganilganlik darajasi; 2. Kartaning oldiga qo‘ygan maqsadi, ya’ni uni kimlar va qanday vazifalami bajarish uchun mo‘ljallanganligi. Yuqoridagi tamoyillarga kartaga tushiriladigan obyektlami tanJash, generalizatsiya qilish aniqligi va kartani jihozlash usullari bog‘liq boladi. Karta mazmunining sa!mog‘i miqdor ko'rsatkichlarini hisoblash yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin. Masalan, 2 sm2 joyga yoki 10 sm2 joyga to‘g‘ri keladigan obyektlar soni. Karta ma’lumot berishdarajasini (informatsion) baholash ko'pchilik hollarda miqdor ko'rsatkichlariga bog‘liq bo‘lmaydi, bu ko‘p hollarda «karta kartadan foydalanuvchi» tizimga bog'liq bo‘ladi. Karta ba’zi o‘quvchiga ko‘p, ba’zi o‘quvchiga esa kam ma’lumot berishi mumkin. Bu ko‘proq kartadan foydalamivchining maqsadi, bilimi, ish tajribasi va kartalar bilan ishlashni bilishi va boshqalarga bog'liq. Kartaning zamonaviyligi uning ma’lum sanaga, vaqtga, asrga boglanganligi bilan ifodalanadi. Masalan iqlim kartasining aniq kunga va soatga to£g‘ri kelishi. Kartani zamonaviyligi baholash orqali uning eskirishi, eskirish darajasi aniqlanadi. Bu masala topografik va umumgeografik kartalar uchun juda aktual masalalardan biri hisoblanadi. Kartaning elementlari har xil: tabiiy elementlar asta-sekinlik bilan, sotsial-iqtisodiy elementlar tezlik bilan eskiradi. Kartaga olinayotgan hududning sotsial-iqtisodiy rivojlanish darajasi va hududning o‘zlashtirilganlik darajalari ko‘p narsalarga bog'liq bo‘ladi. Masalan, neft konlarini ishga tushirish yoki gidrostansiyalar qurish ishlari bir-ikki yil ichida joy ko‘rinishIarini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Topografik kartalaming eskirganligini aniqlash va yangilash uchun navbatchilik ishlari tashkil qilingan va ular yordamida navbatchi kartalar tuziladi, joyda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarni bu kartalar o'zida aks ettiradilar (yangi aholi yashash manzillari, avtomabil va temir yo'llar, siyosiy-ma’muriy chegaralarning o‘zgarishlari, yangi nomlanishlar va h.k.). Mavzuli kartalaming eskirganligi, shu mavzu to‘g‘risida yangi ma’lumotlar va bilimlar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Shu mavzu bo‘yicha konsepsiyaning o‘zgarishi (masalan, rayonlashtirish tamoyillarining o‘zgarishi), yangi syomka ishlarining bajarilishi (masalan, kam o‘rganilgan joylaming aero yoki kosmik syomkalarini olish va boshqalar). Kartalami muntazzam ravishda «navbatchi» karta bilan solishtirib turish karta zamonaviyligini baholash imkonini beradi, eskilarini yangilash uchun zamin yaratadi. Kartaning geometrik aniqligini baholash unda o‘lchov ishlarini olib borganda maydon, chiziq, burchak xatoliklarini va boshqa kartometrik ishlardagi xatoliklarni baholash natijasida aniqlanadi. Bu xatoliklar quyidagilaming birgalikdagi ta’sirlari natijasida keUb cliiqadi: — geodezik asosdagi punktlaming joylanishi xatoliklari; — kartografik proyeksiya beradigan xatoliklar; — obyektlarning planli va balandlik 0‘rinlari va konturlaridagi to‘g‘risidagi ma’himotlardagi xatoliklar; karta tuzish jarayonidagi noaniqliklar; — generalizatsiya jarayonidagi xatoliklar. Har bir xatolikning aniq yoki taxminiy ko‘rsatkichlari ma’lum bo'lsa, unda xatoliklar nazariyasi qoidalari bo'yicha uning o‘rtacha kvadratik xatoliklar yig‘indisini topib uni kartaning geometrik aniqligi ko‘rsatgichi deb qabul qilsa bo‘ladi. Amaliyotda bunday baholash solishtirish yo‘li bilan, ya’ni baholanayotgan kartani boshqa shunga o‘xshash yirik masshtabdagi karta, aero yoki kosmik fotosuratlar bilan solishtirish orqali baholanadi. Kartani jihozlanish va chop etilish sifatini baholash uning ko‘rgazmaliyligini aniqlashdan, o‘qilishi osonligini bilishdan va belgilarining farqlanishini ajratishdan boshlanadi. Kartani ko‘z bilan ko‘rib (vizual) o‘rganishda uning elementlari, belgilari, shtrixovkalarining barcha detallari hamda ranglari aniq va ravshan bolishlari kerak. Ular karta legendasiga aynan mos kelishlari lozim. Kartani avtomatik yo‘l bilan o'rganish uchun kartografik belgilar bir-biridan kontrastlari bo‘yicha ajralib turishlari kerak, ularning shakllari va suratlari geometrik jihatdan sodda bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |