Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Hayvonning xulq atvorini yoki markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

Hayvonning xulq atvorini yoki markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. 
Bunda 
tashqi ta’sirotlarga (haroratning o’zgarishi, ko’rinadigan jismlarga eshitiladigan tovushlarga, 
pashsha va chivinning hayvon tanasiga qunishiga, boshqa hayvon yoki odam yaqinlashishiga, 
ochlikka) hayvoning javob reaksiyalariga, hayvonning turishiga, yurishiga e’tibor beriladi. Sog’lom 
hayvonlar tashqi tasirotlarga bamaylixotir tanasining, boshining, quloqlarining, dumining harakati 
bilan javob beradi. Quloq suprasini tovush kelgan tomonga qaratadi; boshini, tanasini burib qaraydi, 
tanasiga qungan pashsha, chivin, qushlarni dumi bilan uradi, tishlaydi; tanasi va oyoqlari to’g’ri 
turadi, hayvon to’g’ri chiziq bo’ylab erkin yuradi va hokozolar. Asab tizimi kasalliklari va har xil 
boshqa patologiyalarda hayvonning qarashi, harakati o’zgaradi, bukiradi, huradi, buyumlarni 
yalaydi yoki kemiradi, o’zini olib qochadi, har tomonga tashlanadi, tishini g’ichirlatadi; odamlarni 
yoki boshqa hayvonlarni tepadi, shoxi bilan uradi, tishlaydi; sog’lomligida kuzatilmagan agressivlik 
harakatlarini amalga oshiradi.
Kasalliklar paytida hayvon hulq-atvorining o’zgarishi 2 xil bo’lishi mumkin:
I. Ma’yuslik - har qanday kasallikda uchraydigan hayvon hulq atvorining o’zgarishi bo’lib, 
tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasining pasayishi yoki umuman bo’lmasligi bilan 
xarakterlanadi. Buning o’zi 4 xil bo’ladi: 
1)
lohaslik yoki apatiya holati - hayvonning tashqi tasirotlarga javob berish reaksiyasi 
pasayadi, bunday hayvonlar tashqi tasirotlarga befarq, kamharakatchan bo’ladi. Apatiyada asab 
tizimining barcha funksiyalari saqlangan bo’ladi. Bu holat har qanday kasalliklarning boshlanish 
davrida, modda almashinish darajasi pasayganda, zaharlanishlarda, gipotrofik tug’ilgan yosh 
hayvonlarda kuzatiladi. 


106
2)
Uyqusirash yoki stupor holati – bunday holatda hayvonlar ko’pincha yotadi, tikka turganda 
boshi pastga egilgan, ko’zlari yarim yumilgan yoki yumilgan bo’ladi; hayvon o’zini har tomonga 
tashlab, sudralib zo’rg’a yuradi; qo’zg’alish va tashqi tasirotlarga javob reaksiyalari pasaygan 
bo’ladi. 
3)
Chuqur uyqudagi yoki soporoz holati – bunday holatda hayvon yotgan va chuqur uyquga 
ketgan holatda bo’ladi, boshini ko’kragini ustiga qo’yib yotadi, tasirotlarga umuman javob 
bermaydi; faqatgina kuchli tasirotlarga (igna sanchish, kuchsiz elektr toki ta’sir ettirish) 
muskullarning (oyog’ining, boshining) harakati bilan qisqa muddatga javob beradi. Bu xolat 
tug’ishdan keyingi parez kasalligining tipik belgisi hisoblanadi. Stupor va soporoz holatlari 
gastroenteritda, toksik dispepsiyada, quturish, aueski kasalliklarida kuzatilishi mumkin. 
4)
O’lim oldi yoki koma xolati-bunda hayvon hyech qanday tasirotni sezmaydi, tashqi 
tasirotlarga javob reaksiyasi umuman bo’lmaydi, barcha reflekislar yo’qoladi. Bosh miya po’stloq 
qismi jarohatlanganda koma holati kuzatiladi. Bu holat bosh miyada bosim oshganda, bosh miya 
yallig’langanda, bosh miyada suyuqlik to’planganda, o’smalar o’sganda, exinokok pufakchalari 
rivojlanganda, tug’ishdan keyingi parez, ketoz kasalliklarida; buyrak va jigar ishlamaganda 
kuzatiladi.
II. Qo’zg’alish holati – tashqi ta’sirotlarga o’ta qo’zg’alish bilan javob berishdir. Bunda 
bosh miya po’stloq qavati markazlari o’ta qo’zg’alganligi sababli hayvon juda agressiv bo’ladi; 
odamlaga, boshqa hayvonlarga tashlanadi, tishlaydi, to’xtovsiz oldinga qarab harakat qiladi, xushini 
yo’qotadi, daroaxt yoki devorlarga borib uriladi. Bu holatlar meningit va ensefalitda, bosh miya 
ichki bosimi oshganda, kuchli zaharlanishlarda kuzatiladi. Qutirish kasalligi paytidagi qo’zg’alishda 
o’ziga xos belgilarni: itlar inidan chiqib ketadi yoki zanjirdan bushaladi, oldinga qarab chopadi; 
odamlar va hayvonlarga tashlanib, tishlaydi. Otlar qo’zg’alganda bezovtalanadi, oyoqlari bilan 
depsinadi, to’xtovsiz oldinga qarab harakat qilishga intiladi (sanchiq paytida). Qoramollarda o’ta 
qo’zg’alish ketoz kasalligi boshlanishida, bangidevona, nitrat va netritlar bilan zaharlanganda 
kuzatiladi.
3. Nevron tanalari birikib, nerv tugunlari yoki gangliyalarni tashkil etadi. Bosh miya nerv 
hujayralari va tugunlaridan tashkil topgan majmua hisoblanadi. Ish bajarishiga qarab asab tizimi 
bir-biri bilan chambarchas bog’langan ikkita bo’limdan tashkil topadi: 
1)
Somatik nerv bo’limi
2)
Vegitativ nerv bo’limi 
Somatik nerv bo’limi markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimlaridan tashkil topadi. 
Markaziy nerv tizimiga bosh miya va orqa miya kirsa, periferik nerv tizimiga hayvon tanasidagi 
reseptorlar, nerv tolalari, tugunlari, sinapslari kiradi va organizimdagi barcha xujayra to’qima 
hamda organlar ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv bo’limi simpatik va parasimpatik nerv tizimlaridan tashkil topgan bo’lib, 
ichki organlar ishini va qon tomirlarining qisqarishini hamda to’qimalarning oziqlanishini 
boshqaradi. Organlarni boshqarish va muvofiqlashtirish ishlarini markaziy nerv tizimi shartli va 
shartsiz reflekslar orqali amalga oshiradi. Refleks ishida reflektor yoyini tashkil etuvchi elementlar: 
qo’zg’alishini qabul qiluvchi reseptorlar, markazga intiluvchi (afferint) nevronlar (ular reseptorlarni 
markaziy nerv tizimi bilan bog’laydi); nerv impulslarini tahlil qiluvchi markaziy nerv tizimi 
nevronlari; markazdan qochuvchi (efferent) nevronlar (ular markaziy nerv tizimini barcha organlar 
bilan bog’laydi), ishchi organlar ishtirok etadi. Nerv tizimi anatomik jihatdan joylashishiga qarab 2 
ga bo’linadi: 
1)
Markaziy nerv tizimi- bunga bosh miya va orqa miya kiradi 
2)
Periferik nerv tizimi – bunga tanadagi nerv tolalari, tugunlari, sinapslari, gangliyalari va 
reseptorlari kiradi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish