106
2)
Uyqusirash yoki stupor holati – bunday holatda hayvonlar ko’pincha yotadi, tikka turganda
boshi pastga egilgan, ko’zlari yarim yumilgan yoki yumilgan bo’ladi; hayvon o’zini har tomonga
tashlab, sudralib zo’rg’a yuradi; qo’zg’alish va tashqi tasirotlarga javob reaksiyalari pasaygan
bo’ladi.
3)
Chuqur uyqudagi yoki soporoz holati – bunday holatda hayvon yotgan va chuqur uyquga
ketgan holatda bo’ladi, boshini ko’kragini ustiga qo’yib yotadi,
tasirotlarga umuman javob
bermaydi; faqatgina kuchli tasirotlarga (igna sanchish, kuchsiz elektr toki ta’sir ettirish)
muskullarning (oyog’ining, boshining) harakati bilan qisqa muddatga javob beradi. Bu xolat
tug’ishdan keyingi parez kasalligining tipik belgisi hisoblanadi. Stupor va soporoz holatlari
gastroenteritda, toksik dispepsiyada, quturish, aueski kasalliklarida kuzatilishi mumkin.
4)
O’lim oldi yoki koma xolati-bunda hayvon hyech qanday tasirotni sezmaydi, tashqi
tasirotlarga javob reaksiyasi umuman bo’lmaydi, barcha reflekislar yo’qoladi. Bosh miya po’stloq
qismi jarohatlanganda koma holati kuzatiladi. Bu holat
bosh miyada bosim oshganda, bosh miya
yallig’langanda, bosh miyada suyuqlik to’planganda, o’smalar o’sganda, exinokok pufakchalari
rivojlanganda, tug’ishdan keyingi parez, ketoz kasalliklarida; buyrak va jigar ishlamaganda
kuzatiladi.
II. Qo’zg’alish holati – tashqi ta’sirotlarga o’ta qo’zg’alish bilan javob berishdir. Bunda
bosh miya po’stloq qavati markazlari o’ta qo’zg’alganligi sababli hayvon juda agressiv bo’ladi;
odamlaga, boshqa hayvonlarga tashlanadi, tishlaydi, to’xtovsiz oldinga qarab harakat qiladi, xushini
yo’qotadi, daroaxt yoki devorlarga borib uriladi. Bu holatlar meningit va ensefalitda, bosh miya
ichki bosimi oshganda, kuchli zaharlanishlarda kuzatiladi. Qutirish kasalligi paytidagi qo’zg’alishda
o’ziga xos belgilarni: itlar inidan chiqib ketadi yoki zanjirdan bushaladi, oldinga qarab chopadi;
odamlar va hayvonlarga tashlanib, tishlaydi. Otlar qo’zg’alganda bezovtalanadi,
oyoqlari bilan
depsinadi, to’xtovsiz oldinga qarab harakat qilishga intiladi (sanchiq paytida). Qoramollarda o’ta
qo’zg’alish ketoz kasalligi boshlanishida, bangidevona, nitrat va netritlar bilan zaharlanganda
kuzatiladi.
3. Nevron tanalari birikib, nerv tugunlari yoki gangliyalarni tashkil etadi. Bosh miya nerv
hujayralari va tugunlaridan tashkil topgan majmua hisoblanadi. Ish bajarishiga
qarab asab tizimi
bir-biri bilan chambarchas bog’langan ikkita bo’limdan tashkil topadi:
1)
Somatik nerv bo’limi
2)
Vegitativ nerv bo’limi
Somatik nerv bo’limi markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimlaridan tashkil topadi.
Markaziy nerv tizimiga bosh miya va orqa miya kirsa, periferik nerv tizimiga hayvon tanasidagi
reseptorlar, nerv tolalari, tugunlari, sinapslari kiradi va organizimdagi barcha xujayra to’qima
hamda organlar ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv bo’limi simpatik va parasimpatik nerv tizimlaridan tashkil topgan bo’lib,
ichki organlar ishini va qon tomirlarining qisqarishini hamda to’qimalarning oziqlanishini
boshqaradi. Organlarni boshqarish va muvofiqlashtirish ishlarini markaziy
nerv tizimi shartli va
shartsiz reflekslar orqali amalga oshiradi. Refleks ishida reflektor yoyini tashkil etuvchi elementlar:
qo’zg’alishini qabul qiluvchi reseptorlar, markazga intiluvchi (afferint) nevronlar (ular reseptorlarni
markaziy nerv tizimi bilan bog’laydi); nerv impulslarini tahlil qiluvchi markaziy nerv tizimi
nevronlari; markazdan qochuvchi (efferent) nevronlar (ular markaziy nerv tizimini barcha organlar
bilan bog’laydi), ishchi organlar ishtirok etadi. Nerv tizimi anatomik jihatdan joylashishiga qarab 2
ga bo’linadi:
1)
Markaziy nerv tizimi- bunga bosh miya va orqa miya kiradi
2)
Periferik nerv tizimi – bunga tanadagi nerv tolalari, tugunlari, sinapslari, gangliyalari va
reseptorlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: