Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish.
Markaziy nerv tizimi ishi normada bo’lsa, har
bir turdagi hayvon o’ziga xos qiliqlar qiladi. Egasini taniydi, ozuqa berganda turadi, tinch bo’ladi,
tabiiy poza qabul qiladi. Tashqi ta’sirotlarga qulog’i, boshi, dumi, harakatlari bilan javob beradi.
Markaziy nerv tizimi ishi buzilsa 2 xil holat kuzatiladi.
Markaziy nerv tizimi funksiyasining buzilishiga depressiya deyiladi.
Depressiya o’zi 2 ga bo’linadi. 1. Befarqlik. 2. Qo’zg’alish.
I. Befarqlik - bu tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining pasayishi yoki umuman bo’lmasligi
tushuniladi. Bunda hayvonlar tashqi ta’sirotlarga javob bermaydi yoki kechikib javob beradi.
Bunday hayvonlarni kuzatganimizda ko’zi yarim yumiq, boshini pastga egkan, oxirga tegizib turadi,
hayvon o’zi suyanib turadi.
Befarqlik o’zi 4 ta darajaga bo’linadi.
1. Apatiya - bunda hayvonning tashqi ta’sirotlarga javob berish reaksiyasi pasayadi.
Hayvonlar ko’zi yarim yumiq, boshi egilgan holatda bo’ladi. Yengil ta’sirotlarga oldingi holatiga
qaytadi.
2. Stupor holati - uyqo’sirash holatidir. Bunda tashqi ta’sirotlarga javob berish reaksiyasi
ancha pasaygan, hayvonlar ko’zi yumiq, boshi egilgan, boshini devorga, oxirga tirab turadi, hayvon
o’zi suyangan holda dabdirab yuradi. Hayvon o’rta ta’sirotlarga javob qaytaradi.
3. Soporoz holati - hayvon chuqur uyquda bo’ladi. Hayvon faqat yotgan holatda bo’ladi.
Bunga misol ayiqning qishki uyqusi. Bunda hayvon faqatgina kuchli ta’sirotlarga javob beradi (igna
sanchish, elektr toki ta’sir etishi).
4. Komatoz holati. Bunda hayvon yotgan bo’ladi. Hyech qanday ta’sirotga javob bermaydi.
Bu markaziy nerv tizimini oliy darajadagi patologik tormozlanishi bo’lib, bunda hayvon faxmi,
reflekslari yo’qolgan, organizmning muhum hayotiy funksiyalari buzilgan bo’ladi. Koma holatida
faqatgina vegetativ funksiya saqlanib, modda almashinuvi, nafas va boshqalar saqlangan bo’lib,
hayvon o’ta holsizlangan va organizmning xayotiy jarayonlari buzilgan bo’ladi. Bu holat tug’ishdan
keyingi parezda kuzatiladi. Bu holatdan eng kuchli qo’zg’atuvchilar ham o’z holiga keltira olmaydi.
II. Qo’zg’alish. Bunday hayvonlar oddiy ta’sirotlarga qo’zg’alish bilan javob beradi. Bunday
hayvonlarga to’xtovsiz harakat, agressiv holat, to’siqni pisand qilmay oldinga yoki orqaga harakat,
oldinga chopish, oziqalarga xos bo’lmagan narsalarni tishlash, chaynash, yeyish holatlari kuzatiladi.
Bu o’zgarishlar qutirish, auyeski kasalligida, bangidevona, strixnin bilan zaharlanish
paytlarida ayrim avitaminozlar, mikroelementoz, senuroz, meningit kasalliklarida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |