Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Bosh miya qopqog’i va umurtqa pog’onasini tekshirish



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

 Bosh miya qopqog’i va umurtqa pog’onasini tekshirish.
Ko’rish, paypaslash, perkussiya 
va rentgenografiya usullari bilan tekshiriladi. Miya qutichasi va umurtqa pog’onasida markaziy 
nerv tizimining bosh miya va orqa miyasi joylashganligi sababli, bu joylarni tekshirishga alohida 
e’tibor berish lozim. Miya qutichasi va umurtqa pog’onasidagi har qanday o’zgarishlar, jarohatlar 
va yallig’lanishlar markaziy nerv tizimining buzilishiga olib keladi.
Bunday o’zgarishlar tasodifiy yiqilishlar, urilishlar, ezilishlar, suyaklarning sinishi natijasida 
rivojlanishi mumkin. Bularni hayvon egasidan anamnez ma’lumotlarini to’plaganda aniqlab olinadi. 
Ko’pgina yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarida, modda almashinishi buzilishida ham miya 
qutichasi va umurtqa pog’onasida o’zgarishlar kuzatiladi. Senuroz pufakchasining miya qutichasida 
rivojlanishi natijasida uning atrofidagi boshqarish markazlari va suyaklar atrofiyaga uchraydi va 
asab kasalliklari rivojlanadi. Mineral va vitamin almashinishi buzilganda suyakdagi kalsiy va fosfor 


109
elementlarining qonga so’rilishi natijasida suyaklar yumshaydi va gavda og’irligini ko’tara 
olmasdan, bel umurtqalari pastga qarab egiladi va lordoz holati kuzatiladi. Qo’y va echkilarda bosh 
oblastidagi suyaklar yumshab, shishadi, kattaradi. Bu holatlar ko’pincha miya qutichasi va umurtqa 
pog’onasi suyaklarining deformasiyasiga, sinishiga, noto’g’ri o’sishiga olib keladi va markaziy nerv 
sistemasi ishining buzilishiga sababchi bo’ladi. 
Ko’rish usuli bilan tekshirganda miya qutichasi va umurtqa pog’onasining shakli, hajmi har 
xil patologik o’zgarishlari kuzatiladi. Paypaslaganda mahalliy harorati, suyaklar yuzasining 
xususiyati qattiqligi, sezuvchanligi, og’riq sezishi, suyaklarning butunligi aniqlanadi. Sog’lom 
hayvonlarda suyaklar butun, qattiq yuzasi silliq, sezuvchanligi o’rtacha bo’lib, og’riq sezmaydi. 
Meningitda, jarohatlanganda, suyaklar singanda issiq, og’riqli bo’ladi; senurozda, raxitda, 
osteomelyasiyada suyaklar yumshoq, egiluvchan bo’ladi; Meningit va ensefalitda ensa suyagi 
sohasida sezuvchanlik juda oshgan bo’ladi. Miya qutichasini perkussion bolg’achasining orqa qismi 
yuilan ikki tomonning bir xil joyidan simmetrik urib ko’riladi va eshitilayotgan tovush 
taqqoslanadi. Sog’lom hayvonlar miya qutichasi perkussiya qilinganda hamma joyidan kuchsiz 
nog’orasimon tovush eshitiladi. Miya qutichasida suyuqlik yoki qon to’plansa, senuroz pufagi 
rivojlansa, o’sma o’ssa perkussiyada bo’g’iqroq yoki bo’g’iq tovush eshitiladi. Umurtqa 
pog’onasida ko’pincha qiyshayishlar: lordoz - umurtqa pog’onasining yuqoriga ko’tarilishi (orqa 
miya yallig’langanda, falajlanishlarda); skolioz - umurtqa pog’onasining yon tomonga (chapga yoki 
o’ngga) qiyshayishi (bir tomonda orqa miya suyak va mushaklar yallig’langanda, umurtqa 
pog’onasi sinib, noto’g’ri bitganda) kuzatiladi. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish