Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Parrandalarning oshqozonini tekshirish



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

Parrandalarning oshqozonini tekshirish 
Parrandalarda bezli va muskulli oshqozonlar bor. Bezli oshqozon qorin bo’shlig’ining 
ichkarisida joylashganligi uchun tekshirib bo’lmaydi. Muskulli oshqozonni chap tomondan, to’sh 
suyagi ostidan paypaslab, og’riq sezishi va yot narsalarning borligi aniqlanadi. Gastritda 
paypaslaganda parrandlar og’riq sezadi. 
Oshqozon oziqa massasini teshirish 
Zond yordamida hayvonlar oshqozonidan quyidagilar olinib tekshiriladi: 
1.Hayvon to’q bo’lganda oshqozon ichidagi narsalarni olib tekshirish. 
2.Hayvonni och saqlab, qitiqlovchi moddalarni bergandan keyin oshqozon ichidagi 
narsalarni olib tekshirish. 
3.Oshqozon shirasini olib tekshirish 
Hayvonlar to’q bo’lganda oshqozon ichidagi narsalarni olib tekshirish 
Bu tekshirish o
щ
qozonning o’tkir kengayishida o’tkaziladi. Bunda zond to’g’ridan-to’g’ri 
oshqozonga yuborilib, u yerdagi narsalar olinadi va tekshiriladi. 
Pilorospazmda (oshqozonning piloris qismidagi sfinktorning qisilishi) oshqozonda ko’p 
miqdorda gazlar va suyuqliklar to’planishi natijasida oshqozon kuchli kengaygan bo’ladi. Zond 
yuba’zoda darhol oshqozondan ko’p miqdorda avval gaz, keyin suyuqlik chiqadi. Chiqqan narsa 
kulrang-oq rangda, achigan hidli va suyuq holda bo’ladi. Umumiy kislotaligi 60 birlik bo’lib, erkin 
xlorid kislota umuman bo’lmaydi. Qon pigmentlariga ijobiy o’t pigmentlariga salbiy natija beradi. 
Ingichka ichaklarda tiqilishlar bo’lsa, oshqozon ichidagi narsalar qo’ng’ir, sariq yoki yer 
rangida bo’lib, sassiq hidli bo’ladi. Qon pigmentlariga salbiy va o’t pigmentlariga ijobiy natija 
beradi. 
Hayvonni och saqlab, qitiqlovchi moddalarni bergandan keyin oshqozon ichidagi 
narsalarni olib tekshirish 
Oshqozonning funksional o’zgarishlarini va gastrit kasalligini aniqlash uchun bu usul 
ishlab chiqilgan. Bunda oshqozondagi narsalar hayvon 12-16 soat och saqlanib, qitiqlovchi modda 
berilgandan keyin olinadi. 
Birinchi porsiya narsa hayvon 12-16 soat och qoldirilgandan keyin, hyech narsa 
bermasdan olinadi. Keyin qitiqlovchi modda ichiriladi yoki zond bilan yuboriladi. Qitiqlovchi 
modda sifatida P.S. Ionov 500 g suli unini 3 l suvga eritib; Sh.A. Kumsiyev 1,2-1,6 kg javdor unini 
10 l suvga eritib; Ya.I. Kleynbok 500 g bug’doy unini 3 l suvga eritib; N.R. Semushkin 500 g 
maydalangan sulini 2,5 l suvga eritib; A.P. Dolgashev va S.I. Smirnovlar 5% li spirt eritmasidan 1 
litrni yuborishni tavsiya qiladilar. 
Qitiqlovchi modda berilgandan keyin oshqozondagi narsalarni 2 yo’l bilan oladilar: 
1.
Bir marta olish usuli. 
2.
Ko’p marta olish usuli. 
Bir marta olganda, qitiqlovchi moddani bergandan 45-60 daqiqa o’tgach, spirt eritmasi 
yuborilgandan 20-25 daqi qa o’tgach oshqozondan narsalar olinib tekshiriladi. 
Ko’p marta olib tekshirganda, qitiqlovchi modda berilgandan 45 daqiqa o’tgach birinchi 
marta, keyin har 20 daqiqan keyin 5 marta oshqozondagi narsalar olinib tekshiriladi. Olingan 
narsalarning fizik va ximik xususiyatlari aniqlanib, mikroskop ostida tekshiriladi. Bunda rangi h, 
hidi, quyuq-suyuqligi, nisbiy zichligi, erkin xlorid kislota, birikkan xlorid kislota va umumiy 
kislota miqdorlari aniqlanadi. 


93
Sog’lom hayvonlarning oshqozonidagi narsalar o’ziga xos hidli, suvsimon-shilliqli bo’lib, 
nisbiy zichligi 1,006-1,016, erkin xlorid kislotasi – 0-6 birlik, birikkan xlorid -2-8 birlik, umumiy 
kislotaligi – 4-9 birlik bo’ladi. Qitiqlovchi modda berilgandan 1 soat 25 daqiqadan o’tgach erkin 
xlorid kislota 5-9 birlik, birikkan xlorid kislotasi – 5-12 birlik, umumiy kislotaligi – 13-20 
birlikkacha ko’tariladi. 2 soat 25 daqiqan o’tgach hamma ko’rsatkichlar avvalgi holatiga tushadi. 
Mikroskop ostida yakka-yakka leykositlar va epitelial hujayralar ko’rinadi. 
Oshqozon atoniyasida achigan tuxum hidi, yiringli-gemorragik yallig’lanishda sassiq yoki 
o’limtik hidi keladi. Olingan narsalarning quyuq-suyuqligi kasaliklar natijasida to’plangan shilliq, 
yiring yoki qon miqdoriga qarab o’zgarib turadi. 
Kasalliklarda oshqozon bezlari qo’zg’alishining 4 xil o’zgarishi kuzatilishi mumkin: 
1.
Geperasid shakli – hayvonni och saqlagandan keyin olingan narsalarda va qitiqlovchi 
modda bergandan keyin olingan narsalarda kislotalilikning yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Kislotaligi och qoldirgandan keyin birinchi olingan narsalarda 25-45 birlik; qitiqlovchi modda 
bergandan keyin olingan narsalarda kislotalik ko’tarilib boradi va oxirgi porsiyalarda 60-90 
birlikkacha yetadi. Shu bilan birgalikda erkin xlorid kislotasi ham oshadi. 
2.
Astenik shakli – och saqlagandan keyin olingan oshqozon narsalarida umumiy kislotaligi 
(20-40 birlik) va erkin xlorid kislotasi yuqori bo’ladi. Oshqozon bezlari qitiqlovchi moddalarga juda 
kuchli qo’zg’alish bilan javob berganligi uchun, qitiqlovchi modda bergandan keyin olingan 
narsalarda umumiy kislotaligi (20-80 birlik) va erkin xlorid kislotasi juda tez ko’tariladi. Keyingi 
porsiyalarda birdan pasayib, oxirgi porsiyada hatto dastlabki ko’rsatkichdan ham pastga tushadi. 
3.
Inert shakli – och qoldirgandan keyin olingan narsalarda umumiy kislotalik normada (10-
16 birlik) bo’ladi, erkin xlorid kislotasi yoki umuman bo’lmaydi, yoki juda kam (2-3birlik) bo’ladi. 
Qitiqlovchi modda berilgandan keyin ham oshqozondan olingan narsalarning kislotaligi 
o’zgarmaydi. Faqat oxirgi porsiyalardagi narsalarning kislotaligi ozroq ko’tariladi. 
4.
Subasid shakli – berilgan qitiqlovchi moddaga oshqozon bezlari umuman qo’zg’almaydi 
va javob ham bermaydi. Shuning uchun hayvonni och qoldirib, birinchi marta olingan narsalarning 
kislotaligi qanday bo’lsa, qitiqlovchi modda bo’lgandan keyin olingan narsalarning kislotaligi ham 
hidi shunday bo’ladi. 
5.
gastrit kasalligida oshqozondan olingan narsalarni mikroskop ostida tekshirganda epitelial 
hujayralar va shilliq leykositlar va mikrob tanalari, gelmintlarning tuxumlari va boshqa narsalar 
ko’rinishi mumkin. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish