. Rentgenoskopiya
- rentgen nurlari yordamida ichki a’zolarni nurlangan
ekran orqali ko’rishga aytiladi. Bu usulni qo’llashda quyidagilar bo’lishi shart. 1. Rentgen apparati.
2. Qorong’ilashtirilgan joy. 3. Nurlanadigan ekran. 4. Tekshiriladigan hayvon.
2.
Rentgenografiya -
rentgen nurlari yordamida fotoplyonkaga a’zolarning rasmini olishga
aytiladi. Buning uchun maxsus rentgen kasetasiga qorong’i joyda rentgen plyonkasi o’rnatiladi.
Shundan keyin hayvonning tekshiriladigan a’zoi ostiga kaseta qo’yiladi, kaseta ustiga a’zo fiksasiya
qilinadi, vaqt relyesiga ekspozisiya vaqti o’rnatiladi va yuqoridan rentgen nurlari yo’naltiriladi.
Keyin kaseta olinib qorong’i xonada fiksasiya qilinadi va rasm ishlanadi. Agarda juft a’zolar
rentgen qilinsa unda kaseta burchagiga P-pravaya, L-levaya, yoki R- rost, Ch-chap xarflari qo’yib
olinadi.
3. Flyuorografiya usuli-maxsus moslama yordamida a’zolar rasmini fotoplyonka o’ramiga
rentgen nurlari yordamida tushurib olishga aytiladi. Flyuorografiya apparatini veterinariya
amaliyotida qoramollar uchun pro-fessor Mustakimov R.G., mayda shoxli hayvonlar uchun esa
Buxtiyarov kashf etgan.
Organizmning turli a’zolarini rentgen diagnostikasi tartiblari.
Rentgenologik tekshirishda ichki a’zolar va tizimlari, hamda hay-von qismlari hammasi
tekshiriladi.
1. Bosh oblasti. Bosh miya, bosh miya qopqog’i, qo’shimcha bo’shliqlar. Bu senuroz
kasalligiga va miya o’smalarida tekshiriladi.
2. Nafas olish tizimi a’zolari:- xiqildoq kekirdak, o’pka, plevra tekshiriladi.
3. Yurak-qon tomirlar tizimi. Asosan yurak tekshiriladi.
4. Ovqat xazm qilish a’zolari tizimi. Halqumda, qizilo’ngachda tiqilib qolish, qizillo’ngach
kengayishi, me’da kasalliklari, ichak kasalliklari tekshiriladi.
5. Siydik ajratish tizimi a’zolari. Buyrak, siydik oqadigan kanal, siydik pufagi, siydik
chiqarish kanali tekshiriladi.
6. Bo’g’in kasalliklari.
7. Suyaklarning sinishi. Ochiq yopiq sinishlar.
8. Mineral moddalar almashinuvining buzilishiga diagnoz qo’yishda.
9. Hayvonlarning qisir bo’g’ozligini aniqlash. Bachadonda nechta bola rivojlanayotganini
aniqlash. Ichki a’zolarni rentgenografiya qilganda, ay-niqsa me’da ichak siydik ajratish tizimini, bu
a’zolar havo bilan yoki bariy moddasi bilan to’ldiriladi. Shundan keyingina bu a’zolar
rengenogrammada ko’rinishi mumkin.
Rentgen apparat va rentgen kabinetda ishlashda maxsus tayyorgarlikdan o’tgan
rentgenologlarning xaqqi bor. Boshqa mutaxassislarning rentgen apparat bilan ishlashi qatiyan
taqiqlanadi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |