Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo`nalishi 201-guruh talabasi Sobirova Ma`muraning Biokimyo fanidan 1-mustaqil ishi
GLOSSARIY Mavzu: Biokimyoning zamonaviy texnologiyalari
Toshkent 2022
1. Rentgenoskopiya (rentgen va ... skopiya), flyuoroskopiya — obʼyektning rentgen tasviri rentgenoskopik ekranda kuzatiladigan rentgenologik tadqiqot; rentgenodiagnostikannt asosiy usullaridan biri. Odatdagi Rentgenoskopiya. qorongʻi xonada olib boriladi. Televizion Rentgenoskopiyada tasvir elektronoptik oʻzgartirgich bilan kuchaytirilib, televizionekranga uzatiladi. Koʻp hollarda Rentgenoskopiya rentgenografiya bilan birga qoʻllanadi.
Rentgenoskopiyada organlarni harakatda va har xil proyeksiyada osongina kuzatish mumkin. Mayda detallarni aniqlashda rentgenografiya usuli Rentgenoskopiyaga qaraganda afzalroqdir.
2. Rentgenografiya {rentgen va ... grafiya) — obʼyekt (Mas, organizmning biror qismi) tasvirini rentgenogramma yordamida tekshirish; rentgenodiagnostikashshg asosiy usullaridan biri. Rentgenografiya paytida obʼyekt rentgen nurlari manbai bilan rentgenoplyonka yoki plastinkali kasseta orasida turadi. Ayrim xrllarda quyuq soya bermaydigan va atrofdagi aʼzo va toʻqimalardan yaqqol ajralib koʻrinmaydigan aʼzolarga rentgen kontrast moddalar yuborib, rentgenogrammasi olinadi. Olingan surat davolash muassasasida saqlanadigan hujjat boʻlib, bundan keyingi rentgenogrammalar bilan taqqoslashga xizmat kiladi.
3. Sentrifuga (rus. sentr — markaz va lot. fuga — qochish) — bir jinsli boʻlmagan birikmalar — suspenziyalar, emulsiyalar, shlamlar (kukunsimon togʻ jinslari) va boshqalarni markazdan qochma kuch taʼsirida tarkibiy qismlarga ajratuvchi apparat. Asosiy qismi oʻz oʻqi atrofida katta tezlikda aylanib turuvchi rotor (baraban) hisoblanadi. Ish prinsipiga koʻra, sentrifuga tindiruvchi va suzuvchi (filtrlovchi) turlarga boʻlinadi. Tindiruvchi sentrifuga suyultirilgan suspenziyalardagi suyuq fazani tindirish va konsentratsiyalangan suspenziyalardagi qattiq fazani choʻktirish uchun ishlatiladi. Suzuvchi sentrifuga tarkibida suyuq fazasi kam boʻlgan suspenziyalar va shlamlardan qattiq fazani suzib (ajratib) olish uchun ishlatiladi. Tuzilishiga koʻra, sentrifuganing yaxlit rotorli va teshik-teshik (perforatsiyalangan) rotorli turlari boʻladi. Keyingisiga suzuvchi material krplanadi sentrifuga yana uzluksiz ishlay-digan va davriy ishlaydigan xillarga ham boʻlinadi. Yuqori dispersli sistemalar va yuqori molekulyar birikmalar (mas, oqsillar) ni tadqiq qilishda ultratsentrifugalash apparatlaridan foydalaniladi.
4. Elektroforez (elektro... va yun. — siljish), galvanoterapiya, dorili elektroforez — organizmga oʻzgarmas tok va shifobaxsh moddalar bilan taʼsir etib davolash usuli; bunda organizmga dorilar past kuchlanishli oʻzgarmas elektr toki (galvanik tok) yordamida (teri yoki shilliq qavatlar) ion holida kiritiladi. Elektroforez zaryadlangan zarralar — ionlarning elektr toki taʼsirida qarama-qarshi zaryadlangan elektr tomon (yaʼni musbat zaryadlangan ionlar manfiy elektrodga va manfiy zaryadlangan ionlar musbat elektrodga) harakatlanishiga asoslangan. Bunda dorilar oddin teriga yigʻilib, ionlar deposini hosil qiladi. Depodan dorilar qonga asta-sekin oʻtadi va uzoq vaqt saqlanadi hamda butun organizmga yoki biror aʼzoga taʼsir etadi.
5. Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuklik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan. 1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum sarigʻidagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va rkarotinlarni ajratishdi. 1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromotografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini oʻrganishda uning keng imkoniyatlarini koʻrsatib berdi. 1940—45 yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromotografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qoʻshdi. 1950-yilda Martin va Jeyms gazsuyuklik X.si usulini ishlab chiqdi.