Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar. Reja


 O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar



Download 455,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.02.2023
Hajmi455,88 Kb.
#913539
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar nuraliyev

3. O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar, 
ularning ahamiyati va xususiyatlari 
Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, 
yuqori qo`shilgan qiymatli 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlaydigan mineral-xomashyo 
va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha zamonaviy ishlab 


10
chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun 
qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm 
viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va 
samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi 
daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy 
zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu 
Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati 
G`ijduvon tumanida – “G`ijduvon”, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida – 
“Qo`qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy 
zonalarini tashkil etildi. 
Farmonga ko`ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va 
“Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilandi: 
-
tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan va importning o`rnini bosuvchi, 
yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy 
ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning 
to`g`ridan- to`g`ri investitsiyalarini jalb etish; 
-
Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab 
chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni 
ta`minlash; 
-
meva-sabzavot va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini chuqur qayta 
ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, poyabzal va 
charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-
ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish 
materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo`nalishlarda yangi zamonaviy ishlab 
chiqarishlarni tashkil etish; 
-
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya 
aloqalarini o`rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o`rtasida va 
umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori 
texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini 


11
chuqurlashtirish; 
-
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarni 
standartlashtirish, 
sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo`yicha xalqaro standartlarga 
muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari 
xalqaro darajada e`tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish. 
Mazkur “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning 
faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni 
tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, 
“G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, 
bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. 
Shuningdek, respublikamizning farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga 
yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy 
investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor 
o`simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda 
mahalliy dorivor vositalar bozorini o`zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori 
vositalari bilan to`ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo`shilgan 
qiymatli farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, 
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda 
Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda 
samarali foydalanish asosida yangi ish o`rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi 
daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-
yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, 
“Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini 
tashkil etish to`g`risida”gi PF-5032-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Farmon asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, 
Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, 
“Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bostonliq-farm” va 
“Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning 
asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilab berildi: 


12
-
dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda 
etishtirish 
va 
keyinchalik 
qayta 
ishlash 
borasida 
Qoraqalpog`iston 
Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent 
viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda 
samarali foydalanishni ta`minlash; 
-
yuqori qo`shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va 
dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, belgilangan tartibda 
tashkil etilgan plantatsiyalarda etishtirilgan dorivor moddalar (substantsiyalar) 
hamda dorivor o`simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va 
mahalliy investorlarning to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarini jalb etish; 
-
dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, 
tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish 
bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish; 
-
mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va erkin iqtisodiy 
zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o`rtasida 
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o`simliklar 
xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; 
-
dorivor o`simliklar xomashyosi introduktsiya va kultivatsiyasini 
o`rganish bo„yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo`lgan ilmiy-
tadqiqot markazlari tashkil etish. 
Mazkur EIHlarning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish 
imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati 
mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, 
“Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida 
soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi. 
Shuningdek: 
-
Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda 
undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy 
turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy 


13
infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta`minlash, ko`rsatilayotgan turistik, 
mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish 
maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi 
“Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni; 
-
poytaxt viloyatida dunyoning ilg`or ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan holda 
sport kiyimlari, inventar va uskunalarni ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy 
korxonalar faoliyatini yo`lga qo`yish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini 
tashkil etishni nazarda tutgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5368-sonli Farmoni 
va ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy 
tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli 
Qarori; 
-
baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, 
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-
innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini 
amaliyotga 
keng 
joriy etish 
maqsadida 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
6-apreldagi 
“Baliqchilik 
tarmog`ini 
jadal 
rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3657-sonli 
Qarori asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori 
bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari 
negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi; 
-
Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks 
hamda oqilona foydalanishini ta`minlash, shu asnoda yangi ish o`rinlari tashkil 
etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Jizzax” EIZ 
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining 
Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” EIZni tashkil 
etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi 


14
“Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 
PF-5412-sonli Farmoni; 
-
Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli 
raqobatbardosh mahsulotlar etishtirishni ta`minlaydigan zamonaviy issiqxona 
xo`jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish 
uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab 
chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu 
asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish 
maqsadida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi 
“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari 
to`g`risida”gi PQ-3843-sonli Qarori; 
-
Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini 
kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini 
chuqur qayta ishlash bo`yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab 
chiqarishlarni tashkil etishga to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb qilish 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda viloyatning, birinchi 
navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan 
eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda hudud 
aholisi 
farovonligini 
oshirish 
maqsadida 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini 
tashkil etish to`g`risida”gi PF-5517-sonli Farmoni qabul qilindi. 
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi 
“Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni 
asosida Andijon viloyatining Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy 
zonasi tashkil etildi. Ushbu EIH faoliyati 30 yilga tuzilgan bo`lib, unga alohida 
soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. Ushbu EIHning asosiy vazifalari va faoliyat 
yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
-
yuqori qo`shilgan qiymatli, shu jumladan, “in-bulk” shaklida 
farmasevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy 


15
korxonalarni tashkil etish uchun, eng avvalo, Hindiston Respublikasi yetakchi 
kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalari va ilg`or texnologiyalarini 
jalb etish; 
-
dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va tayyor dori 
vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash 
materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va 
quvvatlarni tashkil etish; 
-
dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda 
yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Andijon viloyatining ishlab 
chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni 
ta`minlash; 
-
erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa 
korxonalari o`rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va sanoat 
kooperatsiyasini rivojlantirish orqali mahalliy dorivor o`simliklar xomashyosi 
va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; 
-
“Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-
transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, uning 
hududida sifatli logistika xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy 
infratuzilmani shakllantirish; 
-
“Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga bo`lgan joriy va istiqboldagi 
ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, 
ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab 
chiqarish amaliyotini o`tashini tashkil etish orqali tayyorlashda qatnashish. 
Natijada bugungi kunga kelib mamlakatimizda tashkil etilgan EIHlar sekin-
asta o`z samarasini bera boshladi. Ularda amalga oshirilayotgan starategik 
ahamiyatga molik investitsiya loyihalari esa yaqin vaqtlar ichida EIHlarning to`liq 
samarasini ko`rsatishda o`z ahamiyatini ko`rsatadilar. 
Prezidentimiz 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
joylarda 
ijtimoiy-iqtisodiy 


16
islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga 
qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq 
bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadidagi hududlarga tashriflarida birinchi 
navbatda hududlar iqtisodiyotidagi o‘sish nuqtalarini belgilash va shu orqali 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida 
Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlarini qurilish materiallari, Qiziriqni yengil 
sanoat, Oltinsoyni oziq-ovqat, Angorni charm, Bandixon va Muzrabot tumanlarini 
mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, klasterlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. 
Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial 
zonasi tashkil etilishi, Oltinsoy, Uzun, Bandixon, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, 
Termiz va Sariosiyo tumanlarida zaytun plantatsiyalari, Sherobod, Muzrabot va 
Qiziriqda anorzorlar barpo etilishi alohida belgilab berilganligini alohida qayd 
etishimiz mumkin. 
Bizga ma’lumki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasiz hududlar 
taraqqiyoti imkonsiz. Shundan kelib chiqqan holda 2018-yilda boshlangan “Obod 
qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash 
orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. Birgina 2021-yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va 
mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va 
obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Obod qishloq» va 
«Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-
tadbirlarini moliyalashtirishning belgilanganligi shubhasiz yaqin istiqboldagi 
taraqqiyotga ham xizmat qiladi. Bunda 2021-yil davomida moliyalashtirish 
manbalari va yo‘nalishlari quyidagicha (1-rasm). 
Hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va 
daxldorlikni kuchaytirish maqsadida mahalliy byudjetlar daromad bazasini 
mustahkamlashga qaratilgan mahalliy davlat organlari vakolatlari kengaytirib 
kelinmoqda. 


17
1-rasm. 2021-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga 
oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini 
uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari uchun qamrab olingan qishloq (mahalla) 
soni va moliyalashtirish. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga qo‘shimcha 
soliq tushumlariga erishish, hududlarni subvensiyadan chiqarish va umumdavlat 
soliqlarini mahalliy byudjetlarda qoldirish va hokazolar bevosita mahalliy 
byudjetlar daromadlarining oshishiga, bu esa o‘z navbatida hududlarda turmush 
farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada 2018 yildayoq barcha mahalliy 
byudjetlar subvensiyadan to‘liq chiqarildi va bugungi kunda tartibga soluvchi 
byudjetlararo transfertlar qo‘llanilmoqda (2-jadval). 
Jahon iqtisodiyotidagi ilg‘or tajribalarga ko‘ra hududlar iqtisodiy 
salohiyatidan 
samarali 
foydalanish 
orqali 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati muhim 
ahamiyat kasb etadi. 


18

Download 455,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish