Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar. Reja


 O`zbekistonda “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar



Download 455,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi455,88 Kb.
#913539
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar nuraliyev

2. O`zbekistonda “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar 
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari 
Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini 
hisobga olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal 
etilishini ta`minlash maqsadga muvofiqdir: 
-
EIHlar faoliyatini butun xo`jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus 
ishlab chiqarish; 
-
transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish; 
-
zarur infrastruktura: suv ta`minoti, elektr ta`minoti, ijtimoiy sharoit va 
boshqalar; 
-
tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi; 
-
bozorga kira olish; 
-
mehnat qiymati va unumdorligi; 


6
-
mavjud sanoat bazasi; 
-
EIHlar ma`muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi. 
Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga 
mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda 
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o`zining ijobiy samarasini beradi, deb 
hisoblaymiz: 
-
investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz 
tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta`sirini inobatga olingan 
holda olib borishni yanada rivojlantirish; 
-
investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo`lgan 
lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish; 
-
respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar 
tashkil etish; 
-
mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan 
infratuzilmaga ega bo`lgan hududlarida yangi tashkil etilgan EIHlarga 
investitsiyalarni jalb etishda ushbu EIHlar joylashgan hudud mahalliy 
hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o`rnatish va 
hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha mustaqilligi va mas`uliyatini oshirish 
lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktyabrdagi “Erkin 
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha 
chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida 
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial 
zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” 
erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan bo`ldi. 
Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning 
quyidagi asosiy yo`nalishlari belgilab berildi: 
-
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga 
investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin 
iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona 
imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish; 
-
mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori 
qo`shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori 
texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish 
uchun to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni 
faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini 
qo`llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; 
-
erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha 
turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-


7
taomillariga bosqichma-bosqich o`tish; 
-
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va 
ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika 
xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish; 
-
oliy, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida erkin iqtisodiy 
zonalarning soha kadrlariga bo`lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab 
chiqarish amaliyotini o`tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali 
mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish. 
Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar 
hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan: 
-
300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 3 yil muddatga; 
-
3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 5 yil muddatga; 
-
5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi 
investitsiyalar – 7 yil muddatga; 
-
10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar 
so`nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i 
va yagona soliq to`lovi stavkalari qo`llangan holda – 10 yil muddatga 
beriladigan bo`ldi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26- 
oktyabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va 
kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni EIHlarni 
izchil rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida 
yana bir muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda. 
O`tish iqtisodiyoti davrida turgan O`zbekiston Respublikasi uchun oldimizga 
qo`yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el 
manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish 
zaruriyatiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari: 
-
milliy iqisodiyotni qayta tuzish; 
-
mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni 
yo`qotish; 
-
mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish; 
-
import o`rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish; 
-
r
aqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va 
aralash sektorlarini shakllantirish; 
-
bozor infratuzilmasini yaratish; 
-
ilg`or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish. 
O`z navbatida, respublikamizda ko`p yillar davomida yaratilgan qulayliklar 
asosida aytish mumkinki, O`zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun 
quyidagi shart-sharoitlar mavjud: 
-
siyosiy barqarorlik; 


8
-
x
ususiy 
mulk 
va 
raqobatni 
himoyalaydigan 
qonunchilik 
bazasining 
shakllangani; 
-
investitsiya jarayonini qo`llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo 
etilgani; 
-
mamlakatning qulay geografik joylashuvi; 
-
agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va 
mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi; 
-
yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi; 
-
savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davlat 
investitsiya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi 
iqtisodiy aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan 
faoliyatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o`z navbatida, 
mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda to`laroq o`z aksini 
topadi. Shu sababli, mamlakat eksport salohiyati rivojlantirishning barcha 
zamonaviy va qulay tizimi, shart-sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan 
investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham keng foydalanishni izchil davom 
ettirib bormog`imiz lozim. 
Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning 
mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning 
uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir: 
1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot 
tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni 
amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e`tibor 
qaratish lozim. 
2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg`or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va 
yangi 
ish 
o`rinlarini 
barpo 
etuvchi, 
mintaqalarda 
tayyorlanadigan 
xomashyolardan ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi 
loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish 
zarur. 
3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va 
tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini 
oshirib borish maqsadga muvofiqdir. 
4. 
Mintaqalardagi 
infratuzilmalarni 
rivojlantirish 
orqali 
xorijiy 
investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 
5. Har bir mintaqada ma`lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va 
hududlarning investitsiya imkoniyatlari to`g`risida investorlarni axborot bilan 
ta`minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa 
uchun ko`rgazma va biznes-seminarlar o`tkazishni ta`minlash lozim. 


9
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini 
kengaytirish 
yoki 
takomillashtirish 
maqsadida 
joriy 
etiladigan 
yangi 
texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta`minlash va shu orqali mintaqalarda 
xalqaro lizing munosabatlarini yo`lga qo`yish va bu munosabatlarni davlat 
tomonidan rag`batlantirish tizimini joriy etish lozim. 
7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam 
chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida 
eksportga yo`naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo`llab-quvvatlash 
maqsadga muvofiqdir. 
8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har 
tomonlama qo`llab-quvvatlash yo`lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiq: 
- eksport yuklarini qo`shni davlatlardan temir yo`l orqali imtiyozli narxlarda 
o`tkazish bo`yicha muzokaralarni izchil davom ettirish; 
- kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona 
nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni 
davom etirish; 
- Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o`rnini 
yuqori pozitsiyaga ko`tarish choralarini ko`rish; 
- milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali 
ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab 
chiqarishning eksportga yo`naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish; 
- soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy 
etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish; 
- turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali 
foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy 
sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 
mln nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd AQSh 
dollarigacha yetkazish lozim. 

Download 455,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish