1
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar.
REJA:
1.
O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zarurligi va o`ziga xos
xususiyatlari ........................................................................................................... 2
2.
O`zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalari
faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari ................................ 5
3.
O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar ularning
qishloq taraqqiyotini oshirishdagi ahamiyati va xususiyatlari ................................. 9
4.
XULOSA VA TAKLIFLAR ........................................................................... 19
5.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .................................... 21
2
1. O`zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishning zarurligi va o`ziga
xos xususiyatlari
O`zbekistonda EIHlarni tashkil etish g`oyasi o`tgan asr 80-yillari oxirida ko`rib
chiqilgandi. O`sha paytda ko`pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika
iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb
hisoblashgandi. Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo`yicha xorij tajribasi
shuni ko`rsatdiki, bu kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el
investitsiyalarini keng ko`lamda iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga
erishish, eksport salohiyati va iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish
o`rinlarini barpo etish kabi masalalarni hal etishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar
to`g`risida” gi 220-I bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi.
Qonun uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi
qismda EIHning huquqiy tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib
o`tilgan.
Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me`yoriy hujjatlarga
muvofiq faoliyat ko`rsatadilar.
O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar
to`g`risida” gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch
modeli, ya`ni 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni
rivojlantirish ko`zda tutilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda
EIHlarning boshqa turlari ham tashkil etilishiga erishildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O`zbekistondа EIHni tashkil etishda
quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. EIHni tashkil etish to`g`risida mahalliy hokimiyatning qarori.
2. EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi
ko`rsatiluvchi Nizom loyihasi.
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko`rsatilgan xaritasi.
3
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi.
5. EIHni tashkil etish to`g`risidagi qarorning loyihasi.
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib
borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun
xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib
chiqadigan huquqiy qoidalar va me`yorlar yaratildi.
Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008-yilda
tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli
yer uchastkasida joylashgan.
“Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir
qancha sabablari bor. Jumladan, O`zbekistonni o`zining salohiyatli hamkori, deb
tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror
rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari,
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq
mamlakatlaridir.
Qo`shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining
mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini
kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq
bo`lishiga imkon beradi.
Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo`li aynan
O`zbekiston orqali o`tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni
bog`lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH,
Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko`rfaziga chiquvchi temir
yo`l o`tadi.
Navoiy hududi orqali temir yo`lning barcha asosiy trassalari o`tgan. U
Janubda Eron va Turkiya portlariga, G`arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq
dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog`lovchi eng qisqa temir yo`l
marshruti ham aynan Navoiy orqali o`tadi.
2008-yilning
noyabr
oyida
“O`zbekiston
havo
yo`llari”
Milliy
4
aviakompaniyasi Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma
imzoladi. Unga ko`ra, Navoiy xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida
“Korean Air” kompaniyasi bilan hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona
transkontinental intermodal logistika markazi tashkil etildi. Bugungi kunda
“Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy jihozlar, asbob-uskunalar bilan
ta`minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha turdagi havo transportlarini,
shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblangan Boing-747 va AH-
124 samolyotlarini ham qabul qila oladi. “Navoiy” EIZdan 2000 km radiusda 11 ta
mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoyning 40 dan ortiq yirik
shaharlari joylashgan. Havo transportidan foydalanib, yuklarni tashishda
O`zbekiston orqali o`tadigan havo yo`laklaridan foydalanish – xarajatlarni va
vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy-Sharqiy Osiyodan
Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 1000
km ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 15
tonna yoqilg`i iqtisod qilinadi.
2010-yilning avgust oyidan boshlab o`z faoliyatini boshlagan “Navoiy”
xalqaro aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH
loyihasining muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiyo va Yevropa
qit`alarini bog`lab turuvchi havo, temir yo`l va avtomobil yollarining mavjudligi,
xalqaro transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo
mamlakatlarining Afg`oniston, Eron, Yaqin va O`rta Sharq, Osiyo Tinch okeani
mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo`yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga
egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkin”.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va
2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo`lsalar-da, biroq,
mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni
ta`minlash imkonini yaratdi. Buning natijasida, so`nggi 2,5 yil ichida
5
mamlakatimizda yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining
tashkil etilishiga erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan
sanoatlashtirishda diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga
olib ixtisoslashtirilgan holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini
ta`minlashda muhim ahamiyat kast etadi.
Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning
hisobga
olinganligi,
ularni
yanada
takomillashtirishga
jiddiy
e`tibor
qaratilayotganligi, shuningdek, ko`plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu
hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma`muriy kengashlarning mustaqilligi va
mas`uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya
loyihalarining amalga oshirilishi bo`yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar
taraqqiyotini ta`minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |