Mundarija. Kirish Asosiy qism 1.1. Korxonalarda asosiy fondlarni vazifalari 1.2. Asosiy fondlarning turlari 1.3 Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni oshiruvchi asosiy yo’nalishlar. 2.1.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’li 2.1.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo’li 2.2Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. KIRISH. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Respublikaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi salohiyatini yanada oshirish, olib borilayotgan islohotlar va zamon talabiga to‘liq javob beradigan ishlab chiqarish, qayta ishlash, standartlash hamda agrobiznes yo‘nalishida konsalting, marketing xizmatlarini rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarga asoslangan intensiv agrosanoat tizimini tashkil qilish, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan:
• xorijiy kredit liniyalari hisobidan yirik agrologistika komplekslarini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tuzish;
• zamonaviy agrologistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish ;
• import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish