Qimmatli qog‘ozlarning moxiyati va tasnifi


G‘azna majburiyatlari va ularning moxiyati



Download 363,05 Kb.
bet7/14
Sana09.07.2022
Hajmi363,05 Kb.
#762864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
5-MAVZU. QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI (1)

G‘azna majburiyatlari va ularning moxiyati

O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari – emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag‘lari kiritilganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish xuquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.


Mamlakatimizda g‘azna majburiyatlarining quyidagi turlari chiqarilishi ko‘zda tutilgan;

  • qisqa muddatli (BILL)-bir yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan g‘azna majburiyatlari;

  • o‘rtacha muddatli (NOTE) – bir yildan besh yilgacha muddatga mo‘ljallangan g‘azna majburiyatlari;

  • uzoq muddatli (BOND) – besh yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan g‘azna majburiyatlari.

Uzoq va o‘rtacha muddatli g‘azna majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli g‘azna majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror esa O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
G‘azna majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar dadaromadlarni hamda majburiyat qarzlarini to‘lash shartlari belgilab qo‘yiladi.

1.6 Veksel va ularning moxiyati

Xalqaro amaliyotda muomaladagi qimmatli qog‘ozlar tarkibida uzoq tarixga ega bo‘lgan qimmatli qog‘oz veksel hisoblanadi. XVI asrlardan boshlab savdogarlar o‘rtasida xalqaro savdoni amal topishi va uni keng rivojlanishida aynan veksellar aloxida ahamiyatga egadir.


O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan veksel bu – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘ozdir.

1 jadval
Vekselning tasnifi8



Ko‘rinish tasnifi:

Veksellar turlari

1. To‘lovni amalga oshiruvchi sub’ekt

2. Emitent

  • Davlat

  • Korporativ

3. Egalik qilish tartibi

4. Daromad shakli

  • Foizli

  • Diskontli

5. Xudud

  • Mahalliy

  • Milliy

  • Xalqaro

6. To‘lov bo‘yicha kafolat

  • Avalli

  • Avalsiz

7. O‘tkazish imkoniyati

  • Indossomentli

  • Indossomentsiz

Mamlakatimizda veksellarni chiqarish, ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari, ularni chiqarish va muomalada yuritish shartlarini vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan birgalikda belgilaydilar.


Veksellar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • oddiy veksel (solo);

  • o‘tkazma veksel (tratta).

Oddiy veksel (inglizcha “promissory note” va nemischa “solo - wechsel”) veksel beruvchining muayyan summadagi pulni veksel oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lashdan iborat qat’iy majburiyatini o‘z ichiga olgan hujjat oddiy veksel hisoblanadi. Oddiy vekselda ikki shaxs ishtirok etadi, ya’ni vesel beruvchi va uni birinchi oluvchi. Oddiy veksellar qarz oluvchi yozadi va ushbu vekselda ma’lum joyda va belgilangan muddatda o‘z qarzdorligini to‘lash bo‘yicha majburiyatni zimmasiga oladi. Boshqa qarz qog‘ozlardan oddiy vekselni ajratib turadigan xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagilar hisoblanadi:

  • veksel o‘tkazma yozuv asosida qo‘ldan - qo‘lga o‘tadi;

  • veksel bo‘yicha majburiyat ikkala ishtirokchi o‘rtasida hamkorlikda bo‘ladi;

  • imzo va muxrlarni notarial tasdiqlash shart emas;

  • veksel garov bilan ta’minlanmagan abstrakt pul hujjatidir;

  • to‘lov muddati kelib to‘lanmagan veksel uchun notarial da’vosini amalga oshirishi lozim.

Xalqaro amaliyotda oddiy vekselning quyidagi an’anaviy shakli amal qiladi. Biz buni quyidagida keltiramiz.

ОДДИЙ ВЕКСЕЛЬ

1000000 россия рубли Москва шахри 5 март 2010 й.

Юқорида қайд этилган муддатдан уч ойдан кейин биз “ТЕХНОИНВЕСТ” очиқ акциядорлик жамияти тақдим этилган ушбу оддий векселни “РИАААЛ” очиқ акциядорлик жамиятнинг буйруғига асосан бир миллион россия рублини сўзсиз равишда тўлаб берамиз.
Ўзаро шартнома асосида тўдирилди.
Векселни тўлаб бериш манзили “ТЕХНОИНВЕСТ” очиқ акциядорлик жамияти
Россия Федерацияси, Москва шахри. Россия Федерацияси, Москва ш.
“Внешторгбанк” имзолар (жамият бошқарувчиси
Бош хисобчиси)

Vekselning ikkinchi turi bo‘lib o‘tkazma veksel (inglizcha bill of exchange, fransuzcha letter de change, nemischa wechsel) hisoblanadi. Veksel oluvchining muayyan summadagi pulni oluvchiga yoxud uning buyrug‘iga binoan boshqa shaxsga belgilangan muddatda yoki uning talabiga ko‘ra to‘lash to‘g‘risidagi qat’iy buyrug‘idan iborat to‘lovchiga qaratilgan hujjat o‘tkazma veksel hisoblanadi. Bunda to‘lovchi veksel bo‘yicha belgilangan muddatda to‘lovlarni amalga oshirishga (akseptni bajarishga) roziligini yozma ravishda tasdiqlashi shart. Biz o‘tkazma vekselni quyidagi an’anaviy shaklini keltiramiz.



ЎТКАЗМА ВЕКСЕЛЬ

1000000 россия рубли Москва шахри. 5 март 2010 й

Юқориди қайд этилган муддатдан 3 ойдан кейин “РИАААЛ” очиқ акциядорлик жамиятини буйруғига асосан сизга тақдим этилган ушбу ўтказма векселдаги бир миллион россия рублини сўзсиз тўлаб беринг.
Ўзаро шартнома асосида тўлдирилди.

Векселни тўлаб бериш манзили Москва шахри


Россия Федерацияси. Москва ш. “РИАААЛ” очиқ
“Внешторгбанк” акциядорлик жамияти

Имзолар

Oddiy (solo) vekseldan farqli ravishda o‘tkazma (tratta) vekselda uchta ishtirokchi qatnashadi; veksel beruvchi (trassant), veksel birinchi oluvchi (remitent) va veksel bo‘yicha to‘lovchi (trassat). Trassat vekselga vekselda ko‘rsatilgan muddatda va summani to‘lashga roziligini bildirishi, ya’ni aksept qilishi shart.


Trassat vekselga aksept (to‘lashga roziman) belgisini qo‘ygandan so‘ng bu veksel muomalaga kiradi.
Vekselda qo‘yiladigan majburiy rekvizitlar 1930 yil 7 iyunda Jenevada veksel to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya asosida olib boriladi. Davlatlar o‘zlaridagi veksel munosabatlarini ushbu konvensiya shartlariga asosan unifikatsiya qilishlari lozim.
Veksel bo‘yicha foiz to‘lovlari «diskont» deb atalib, uning miqdori veksel summasiga kiritilishi yoki aloxida ko‘rsatilishi mumkin. Vekselni o‘tkazish uni orqa tomonidagi yozuv (indossament) va qo‘shimcha rasmiy varaq orqali olib boriladi. Indossamentdagi yozuvlar albatta beruvchi va oluvchining imzosi va ularning muxri bilan tasdiqlanadi.
Xalqaro amaliyotda vekselning iqtisodiy moxiyatiga qarab quyidagi turlari mavjud;

  • tijorat vekseli;

  • moliyaviy veksel;

  • fiktiv veksel;

  • bank vekseli.

Tijorat vekselining asosini aniq tovar bo‘yicha oldi – sotdi bitimi tashkil etadi.
Moliyaviy vekselning asosida esa ma’lum miqdordagi pulning harakati yotadi, ya’ni veksel yordamida qo‘shimcha kredit beriladi.
Fiktiv veksel asosida na tovar oldi – sotdi bitimi, na pul harajati yotadi. Fiktiv (soxta) vekselga bronza, do‘stona va kutib olish veksellari kiradi. Bronza veksel xech qanday xaqiqiy ta’minotga ega emasdir. Bu yerda veksel bo‘yicha to‘lovchi oldindan to‘lovga qobiliyatli emas.
Do‘stona vekselda oldindan kelishilgan sxemada to‘lovga qobiliyatli shaxs to‘lovga qobiliyatsiz shaxsga to‘lov vositasi sifatida yoki vekselda ko‘rsatilgan summani bankdagi hisobi asosida undirib olish tushuniladi.
Bank vekseli bu bank-emitentning bir tomonlama vekselda ko‘rsatilgan muddatda va undagi summani to‘lash xaqidagi so‘zsiz majburiyatdir.

Download 363,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish