Pul va banklar



Download 30,28 Kb.
bet1/9
Sana11.01.2022
Hajmi30,28 Kb.
#347968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Choriyev PVB maruza



Pul va banklar

2-oraliq savollariga javoblar

Choriyev Baxtinur


Variant №1

1. Pulning qiymat o’lchovi funktsiyasi.

2. Pulning metallilik nazariyasi.

3. Mmetizatsiya koeffitsienti.



Javoblar

  1. Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.

Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:

  1. Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.

  2. Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar qiymatini o’zida ifoda qilishi.

  3. Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.

  4. Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’lishi).

Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.

Pulning iste’mol qiymati shuki u o’z funksiyasini bajarib iqtisodiyot mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).

Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish qobiliyati, ya’ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi tushuniladi.

Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog’oz pulni bosib chiqarish xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog’liq, narxlar ko’tarilib, ketsa, uni qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.

Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng tushunarli bo’lib hisoblanadi.

Insoniyatning butun yutuqlari ham, fojialari ham pul bilan bog’liqdir. Inson faoliyatini eng muhim xarakatga keltiruvchi kuchlardan biri pul bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.

Taniqli davlat arboblaridan biri ta’kidlaganidek, «Davlatni o’rni uni qancha soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo’shimcha qilish mumkinki, korxonaning mavqi unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi».

Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar, iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Pul iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettirib qiymat o’lchovi funksiyasini bajaradi:

Qiymat o’lchovi – pul umumiy ekvivalent sifatida o’zida ijtimoiy mehnatni mujassamlashtiradi va shu sababli tovarlar qiymatini o’lchay oladi. Tovarni qancha turishi pulda belgilanadi. Buyumlarni og’irligi, eni va bo’yiga qarab, kilogramm yoki metr bilan o’lchaganday tovarlarning narxi pul bilan o’lchanadi. Har bir mamlakatning o’z pul birligi mavjud bo’lib, bu O’zbekistonda so’m, AQshda dollar, Angliyada funt sterling, Turkiyada lira, Germaniyada marka va boshqalar.

Bu vazifani uzoq yillar o’z qiymatiga ega bo’lgan tovar – oltin yoki oltinni o’zida ifodalaydigan pul birliklari bajarib kelgan.

. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo‘lgan pulda o‘lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan qog‘oz va kredit pullari bu funksiyani bajarmoqda.

Qog‘oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo‘lgan kupyuralar AQSH G‘aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo‘q. Bu vazifani AQSH G‘aznachiligi bajaradi.

Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi.

O‘zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi.

Masalan;


Faraz qilaylik, bir mamlakatning puli mis. Men hech qanday misga muhtoj bo'lmasam ham, Joni sigirga ikki funt misga almashtirishga rozi bo'lishim mumkin, chunki men jamiyatdagi boshqa har qanday odam bilan mis savdo qilishim mumkinligini bilaman. Mis jamiyatning ayirboshlash vositasi bo'lib, tovar puldir. Jamiyatdagi hamma narsa mis bilan o'lchanadi. Ehtimol, cho'chqa bir funt misga arziydi. Bir ko'ylak 0,25 funtga teng bo'lishi mumkin. Mis qiymat o'lchovi sifatida ishlatiladi.

Pul pul birliklarida ifodalanganligi sababli, pul odamlarga turli xil tovarlar va xizmatlar qiymatini solishtirish imkonini beradigan qiymat o'lchovi sifatida ishlaydi. Masalan, filmga kirish 10 dollar, Starbucksdagi latte esa 5 dollarni tashkil qiladi. Teatrning aytishicha, kirish narxi ikkita Starbucks® latte emas, balki $10. Biroq, filmning ichki qiymati Starbucksdagi latte qiymatidan oshib ketadi. Afsuski, qiymat o'lchovi iqtisodiy tizimimizning buzilishlarini ko'rsatishi mumkin. Ba'zi yulduz sportchilar o'qituvchining maoshidan 25 baravar ko'proq maosh olishadi, ammo kam odam sportchining jamiyat uchun qadri o'qituvchinikidan 25 baravar ko'p bo'lishini ta'kidlaydi!



  1. Download 30,28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish