Depozit sertifikatlari – bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish xuquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘ozdir.
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Depozit sertifikatlari ikki turda chiqariladi.
Depozit sertifikatlari, yuridik shaxslar uchun chiqariladi.
Depozit – jamg‘arma sertifikatlari, jismoniy shaxslar uchun chiqariladi.
Depozit sertifikatlari uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi milliy pul birligi «so‘mda» to‘lanadi.
Depozit sertifikatlari muomalaga bir marotabalik va seriya xolatida chiqarilishi mumkin va ularning egasi yozilgan va taqdim etuvchiga bo‘lishi mumkin. Depozit sertifikatlari ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun to‘lov vositasi bo‘lib xizmat qilmaydi.
Tijorat banklari depozit sertifikatlarini quyidagi shaklda chiqarishi mumkin.
naqd bo‘lmagan (depo hisob raqami ochish) shaklda, yuridik shaxslar uchun.
Depozit sertifikatlarini «depo» shaklida olib borilishi tijorat banklarini maxsus depozitariy bo‘limlarida amalga oshiriladi.
Egasi yozilgan depozit sertifikatining egasi o‘zgargan xolda, uning orqa tomonida xuquqni beruvchi va xuquqni oluvchi o‘rtasida o‘zgartiriladi.
Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqaradigan depozit sertifikatlarining tasnifini quyidagi rasmda keltirishimiz mumkin.
6 rasm
Tijorat banklarining depozit sertifikatlari tasnifi7
Depozit sertifikatlari muddati bo‘yicha, ular sotilgan muddatdan boshlab:
depozit sertifikatlari – 1 yil muddatgacha;
depozit – jamg‘arma sertifikatlari – muddati 3 yilgacha amal qiladi.
Agarda sertifikatning muddati o‘tib ketgan xolda egasi tomonidan taqdim etilsa, tijorat banki darxol depozit va uning foiz summasini to‘lab berishi shart.
Depozit sertifikatining blankalarida quyidagi majburiy (ma’lumotlar) rekvizitlar o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim:
«Depozit» yoki «Depozit jamg‘arma» sertifikatining nomlanishi;
Sertifikatning berilish sababi (depozit uchun to‘lov yoki depozit jamg‘arma sertifikati uchun naqd to‘lov turi);
Depozit sertifikatining nominal summasi (ham raqamda ham so‘z bilan yoziladi);
Olingan depozit summasini so‘zsiz ravishda qaytarib berish to‘g‘risida tijorat bankining majburiyati;