Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan birinchisi – shaxsga, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlari yoki boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat-larga nisbatan bo‘lgan ijtimoiy xavfli tajovuz bo‘lishi kerak (bunda tajovuzning shakliga e’tibor berish kerak).
Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmagan yoki aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan tajovuzlar ham ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlariga qarshi ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga xilof ravish-da sog‘liqqa zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib kirish va hokazolar).
Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan ikkinchisi —tajovuzning muqarrarligi, ya’ni haqiqatan mavjud bo‘li-shidir. Muqarrarlik deganda tajovuz boshlangan, lekin tugallanma-gan ijtimoiy xavfli harakat tushuniladi. Masalan, qonun bilan qo‘riq-lanadigan obyektga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatning mavjudligidadir.
Ijtimoiy xavfli tajovuzga muvofiq keluvchi zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti uning mavjudligi, ya’ni tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlashdan iborat. Tajovuzning boshlanishi deganda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoyat belgilarini ifodalovchi harakat yoki harakatsizlik-larning xronologik jihatdan sodir etish tushuniladi. Tajovuzning faktik tugallanishi esa zarar yetkazish vujudga kelgan yoki jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqt bilan belgilanadi. Ijtimoiy xavfli tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlash zaruriy mudofaada huqu-qiylik holatining borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani hal etish uchungina emas, shuningdek, qonun muhofazasidagi obyektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilganida yoki shunday tajovuzdan mudofaalanishda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faktini aniqlash uchun ham kerak.
Shu munosabat bilan Oliy sud plenumi qarorida: «Zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan vaqtning o‘zigagina emas, balki tajovuzning yana boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda ham vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtini anglay olmagan bo‘lsa, hujum vaqtida tajovuzga nisbatan va boshqa ashyolarning himoya-lanuvchi qo‘liga o‘tib qolishining o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi», deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Zaruriy mudofaa holati tajovuzning tugashi bilan tugaydi. Tajovuzning tugashi bilanoq hujumning muqarrarligi yo‘qoladi, shu bilan birgalikda zaruriy mudofaa huquqi to‘xtatiladi. Tajovuz tugaganidan so‘ng biron-bir obyektni himoya qilib, zaruriy mudofaa qo‘llanishi mumkin emas.
Tajovuz: a) ixtiyoriy yoki majburiy; b) mudofaalanuvchi tomonidan uning qaytarilishi; c) tajovuzchining o‘z maqsadiga yetishi orqali tugallanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qoidani qo‘llash to‘g‘risidagi rahbariy qarorida quyidagicha izoh berilgan:
|
|
Zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotgan vaqtda emas, balki real hujum bo‘lish xavfi mavjud bo‘lganda ham sodir etilishi mumkin.
|
Tajovuzdan oldindan yoki u tugaganidan so‘ng biror zaruriyat bo‘lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy mudofaa deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarga ko‘ra hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |