111
1-masala
. Quyida berilgan ikki gapni taqqoslang. 1. Chol minbarga chiqib
yigitchasiga gapirdi. 2.Tanishib olaylik, otingiz nima yigitcha?
Yigitcha so`zining ma’nosida farq bormi? Siz bundan qanday xulosa
chiqardingiz?
2-masala
. Quyidagi to`rtlikni diqqat bilan o`qing.
Nega shoir
shu
olmoshini uch misrada takror qo`llagan?
Ukam, yovuzlarning topganlari shu,
O`z o`g`lin it bo`lib qopganlari shu,
O`z qalbin nafratlab yopganlari shu,
Mo`min Mirzo, ukam, seni o`ldirdilar.
(A.Oripov)
O`qituvchi o`quv masalalarini o`zi tuzishi yoki darslikda berilgan ijodiy
xarakterdagi o`quv topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Agar topshiriq shartida
o`z fikr – mulohazalarini dalillar bilan asoslash so`ralmagan bo`lsa, unga
muayyan o`zgartirishlar kiritish mumkin.
Shunday qilib, masala tipidagi o`quv topshiriqlari
muammoli vaziyat
yaratishning muhim usulidir. Chunki masala o`quvchini harakatga keltiradi, uni
izlanishga undaydi, qiziqtiradi.
Muammoli
vaziyat
yaratishda
o`rganiladigan
til
hodisalarining
murakkablik darajasi ham hisobga olinadi. Chunki o`qituvchi til hodisalarining
murakkablik
darajasidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratishning usulini
tanlaydi. Oldindan o`quvchilarga ma’lum darajada tanish bo`lgan til
hodisalarini o`rganishda ko`proq
kuzatish, taqqoslash kabi usullardan
foydalanilsa, O`quvchilarga tamoman notanish bo`lgan mavzularni o`rganishda
muammoli savol qo`yib, darslikdan javob izlash usulidan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat yaratishda sinf o`quvchilarining o`zlashtirish
darajasi,
til hodisalarini tushunishi va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishi kabilar ham
hisobga olinadi. Agar sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi past bo`lsa,
yengilroq ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanishga to`g`ri keladi.
Muammoning mohiyatini anglash ta’limning birinchi bosqichidir. Keyingi
bosqichlar: muammoni echish, natijani hisobga
olish kabilar birinchi
bosqichning to`g`ri uyushtirilganligiga bog`liq. Ayniqsa, birinchi bosqichda
o`zlashtirishi bo`sh o`quvchilarni muammoli vaziyatga olib kirish o`qituvchiga
112
ancha murakkablik tug`diradi. Buning uchun o`qituvchi tabaqalashtirilgan ta’lim
imkoniyatlaridan unumli foydalanishi lozim.
Shunday qilib, qo`yilgan muammoni to`gri echishni ta’minlash uchun:
a) muammoning maqsad va mohiyatini o`quvchilarga to`g`ri anglatish;
b) o`rganilgan mavzular yuzasidan puxta
va izchil bilimlarning
mavjudligiga erishish;
c) har bir o`quvchida musraqil ravishda ijodiy ishlar malakalarini tarkib
toptirish;
d) o`quvchilarni maqsadga yo`naltira bilish;
e) muammoni yechishning eng samarali va qulay yo`lini
belgilash juda
katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: