101
ma’noga ega; 2) bir tushuncha bir necha xil ma’noga ega; 3) tarixiy taraqqiyot
natijasida bir so‘z o‘rniga boshqasi paydo bo‘lgan; 4) ko‘pchilik tushunchalar
so‘zlarda o‘z aksini topmagan.
Demokrit fikrini davom ettirib, u ayrim holatda so‘zlar
yetarli emas,
boshqa holatda ular ortiqcha, uchinchi holatda so‘zlar turg‘un emas, to‘rtinchi
holatda so‘zlar, umuman, yetishmaydi, deydi.
Bahslarning natijasi Aflotun (Platon)ning dialogi «Kratil»da o‘z ifodasini
topgan. Dialogda har ikki dunyoqarashdagi faylasuflar foydasiga fikr yuritiladi,
oxirida til faqat ruhdagina yashaydi, degan xulosa chiqariladi. Platon
«Kratil»ining ahamiyati shundaki, qadimgi grek tilshunosligida birinchi bo‘lib
so‘zlar tasnifi beriladi va muammolar texnologiyasining kurtaklari shakllanadi.
Muammoli o`qitish texnologiyasi
asosida amerikalik psixolog, faylasuf va
pedagog J.Dyui g`oyalari yotadi. U 1894 yilda Chikago shahrida o`qitish asosini
o`quv rejasi emas, balki o`yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba
maktabini tashkil qilgan. O`qish, hisoblash, yozish bo`yicha mashg`ulotlar
bolalarning fiziologik balog`atiga qarab, o`z-o`zidan paydo bo`lgan ehtiyojlariga
muvofiq o`tkazilgan. J.Dyui g`oyalari bo`yicha bola bilishda insoniyat yo`lini
qaytaradi, bilimlarni o`zlashtirish boshqarilmaydigan jarayon bo`lib, bola o`zida
hosil bo`lgan ehtiyojni qondirishi natijasi sifatida materialni o`zlashtiradi.
XIX asrning 70-yillarida Rossiyada yashagan bir guruh tilshunos olimlar
(S.P.Baltalon, M.A.Ribnikova) evristik ta’lim nazariyasini ko`tarib chiqib,
o`quvchilarni mustaqil ishlatish yo`li bilan ularni
faollashtirishga erishish
mumkinligini asoslab berdilar.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o`qitish g`oyasi va
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan
ishlab chiqilgan.
XX asrning 60-yillarida bu yo`nalishda tadqiqotlar olib borildi va ular
“Tafakkur - muammoli vaziyatdan boshlanadi” - degan g`oya ostida faoliyat
yuritishadi. 70-80- yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.
O`zbekistonda muammoli ta’limni qo`llash bo`yicha bir necha asrlar
davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob
usulidan keng
foydalanish asosida o`quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go`zal
102
nutq tarkib toptirilgan. Suqrotona savol-javob usuli
hozirgacha eng samarali
ta’lim usullaridan biri sifatida qo`llaniladi. Bunda o`quvchi chuqur mantiqiy
fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to`g`ri so`zlashga, nutqning mantiqiyligi va
ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o`rgatilgan. Masalan, suqrotona
suhbatlar deganda o`qituvchining o`quvchini
mustaqil va faol fikrlash
jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto`g`ri jihatlarni ziyraklik
bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo`liga olib chiqishdan iborat usullar
nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib
ifodalash mumkin:
1. Savol-javoblar orqali o`quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini
umumiy tarzda aniqlash.
2.
O`rganilayotgan
mavzuning
mazmunini
o`quvchi
motivlariga
muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o`quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos
bo`lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
3. O`quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag`batlantirish
usullaridan foydalaniladi.
4. O`qituvchi o`zini bilmaydigan odamdek, o`quvchidek tutib,
savollar
berib boradi.
5. O`quvchining to`g`ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va
chuqurroq fikrlashga, so`zlashga jalb qilish. O`quvchining xato fikrlarini aniqlab
borish.
7. O`quvchining xato fikrlariga nisbatan to`g`ri fikrni o`qituvchi
tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish
orqali o`quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o`quvchini o`z xatolarini
o`zi tuzatishiga yo`naltiriladi.
Sharq mutafakkirlari bilish izlanish mahsuli ekanligini alohida qayd qilgan
edilar. O`rta asrning buyuk donishmandi Abu Ali ibn Sino (980-1037) o`zining
“Donishnoma” asarida qiyinchiliklarni engish orqali bilimlarni egallashning
afzalligini ko`rsatgan edi.
Umar Xayyom (1042-1112) “Matematik traktatlar”ida bilish fikrlash
zarurligiga, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun o`ylash kerakligiga da’vat etadi.
Al-Tusiy (1201-1274) esa bilimlarni puxta egallash uchun mustaqil izlanishning
103
zarurligini alohida qayd qiladi. Bu g`oya keyinchalik evristik ta’lim
nazariyasining yuzaga kelishiga asos bo`ldi.
O`quvchilarni izlanishga undash suhbat asosida amalga oshiriladi. Har
qanday izlanishga asoslangan suhbat jarayonida muammoli vaziyat yaratish
ehtiyoji bor.
Do'stlaringiz bilan baham: