Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ona tili o`qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Ona tili o`qitishda onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari
. Didaktik 
adabiyotlarda onglilik deganda o`rganilayotgan mavzuga oid axborot 
mazmunini asosli egallash, xulosa va umumlashmalarni chuqur va atroflicha 
fahmlash, mavzu yuzasidan bilimlarni sistemali va to`g`ri bayon qilish, 
egallangan bilimlarning ishonch va e’tiqodga aylanishi, o`rganilgan bilimlardan 
turmushda mustaqil foydalana olish tushuniladi. Bu prinsip til hodisalarining 
mohiyatini anglab, tushunib, ongli o`zlashtirishni talab qiladi. 
Ona tili materiallarining ongli o`zlashtirilishini ta’minlash o`qituvchi oldiga 
qator talablar qo`yadi. Bu talablar: 
a) o`quv materialining bolalar yosh xususiyati va bilim saviyasiga mos 
tushishi, ularning o`quv imkoniyatlariga to`g`ri kelishi; 
b) o`rganiladigan materialni o`rganilgan materiallar bilan uzviy bog`lash; 
c) grammatik tushunchalar yuzasidan bolalarning fikrlash faoliyatini 
yuzaga keltirish; zaruriyat tug`ilganda ana shu tushunchalarni qisqa va 
tushunarli izohlash; 
d) misollarning aniq va hayotiy bo`lishi, o`quvchilar topgan misollardan 
unumli foydalanish; 
e) mashqlarning qiziqarliligi va xilma-xilligiga erishish; 
f) darsni ma’lum bir tizimda olib boorish; 
g) tarqatma materiallar, ko`rgazmali qurol va texnik vositalardan unumli 
foydalanish kabilar bo`lib hisoblanadi. 
Onglilik ta’lim jarayonida o`quvchilarning faollik ko`rsatishi bilan 
chambarchas bog`langan. Chunki ta’lim jarayonida o`quvchilarning bilish
faoliyatini kuchaytirmay turib, o`quv materialining ongli o`zlashtirilishiga 
erishib bo`maydi.O`quvchi dars jarayonida ongli o`zlashtirgan bilimdangina 
amaliy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin. 


34 
Ta’limda faollik va mustaqillik o`zaro uzviy bog`langan didaktik 
kategoriyalardir. Har qanday faollik asosida aqliy faoliyat yotadi. Ammo bu 
“faollik” va “mustaqillik” bir xil tushuncha degan fikrga olib kelmasligi kerak. 
“faollik” “mustaqillik” tushunchasiga nisbatan ancha keng ma’noga ega. Faollik 
deganda biz o`quvchining ham o`qish, ham mehnat, ham ijtimoiy topshiriqlarni 
bajarish jarayonidagi faoliyatini nazarda tutamiz. O`quv faolligi umumiy 
faollikning ajralmas qismi bo`lib, u bilimlarni egallash, bilishga qaratilgan 
faoliyatdir. Demak, bilish faolligi bola faoliyatining mahsuli bo`lib, bilimlarni 
egallshda faol ishtirok etish, kuchaytirilgan faoliyat ko`rsatish demakdir. 
“Faollik” va “faollashtitish” ham bir tushuncha emas. Faollik shaxsning 
bilimlarni puxta egallash, o`z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan muhim 
qobiliyatdir. Faollashtirish esa muayyan faoliyat jarayonida shaxsning aqli, 
hissiyoti va irodasini kuchaytirish, takomillashtirish orqali uning ish qobiliyatini 
oshirish demakdir. 
Ko`pgina pedagogik adabiyotlarda “agar o`qituvchi materialni tushunarli 
bayon qilib bersa, ko`rgazmali qurollar hamda texnik vositalardan foydalansa
o`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib, bo`sh o`zlashtiruvchi 
o`quvchilar bilan ish olib borsa, o`quv jarayoni faollashib, ta’lim samarali 
bo`ladi” degan fikr ilgari suriladi. Faollik mustaqil aqliy faoliyat ko`rsatish 
orqali ta’minlanadi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish