Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


O`quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

O`quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv 
imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilarning 


36 
yoshi va shaxsiy xususiyatlari hamda o`quv imkoniyatlarini hisobga olish 
didaktikaning eng muhim prinsiplaridan biri bo`lib, u ona tili o`qitish
samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu prinsipga amal 
qilmay turib, til hodisalarini puxta va ongli o`zlashtirishga erishib bo`lmaydi. 
Ma’lumki, ona tilining izchil kursini o`rganish, asosan, o`rta maktab 
yoshi-o`smirlik davriga to`g`ri keladi. Bu yoshda o`quvchilarda topshiriqni o`z 
vaqtida aniq va yaxshi bajarishga harakat rivojlanadi. O`smirlik davrida qayta 
xotiralashga oid topshiriqlar bilan bir qatorda ijodiy topshiriqlarni bajarishga 
ishtiyoq kuchayadi. Agar boshlang`ich sinfda o`quvchilar ko`proq ko`rgan yoki 
kuzatgan narsalari haqida fikr yuritsalar, keyinchalik ularda shaxsan 
kuzatmagan, ko`rsatmagan, ammo boshqalardan eshitgan voqea – hodisalarni 
qo`shib uni bayon qilishga urinadilar. O`quvchilar bu yoshda rasmda aks 
ettirilgan voqealar haqida fikr yuritish bilan cheklanmay, rasmda ko`zga 
tashlanmayotgan, ammo mavzuga bevosita aloqador bo`lgan fikrlarni ham 
qo`shib, uni bayon eta oladilar. Kichik yoshdagi o`quvchilarda ijodiy fikr 
ko`proq aniq voqea-hodisalar natijasida hosil bo`lsa, o`smirlik davriga o`tgan 
sari bu xususiyat o`z ko`lami jihatidan kengayadi; bola idrok qilgan narsalarni 
tushunib, anglab olishga intiladi; u narsa va hodisalarni tahlil qiladi; o`zaro 
taqqoslaydi, ularning muhim o`xshash va farqli belgilarini izlaydi hamda hukm 
chiqaradi. 
Ona tili darslarida o`smirlarning real o`quv imkoniyati hisobga olingan 
taqdirdagina ta’lim jarayoni samarali kechadi. Til materiali o`quvchi layoqatiga 
muvofiq kelgan taqdirda u faollik ko`rsatishi mumkin. Shuning uchun o`qituvchi 
har bir o`quvchining shaxsiy qobiliyatini aniqlanishi va ta’lim jarayonida uni 
hisobga olishi zarur. 
Ma’lumki, o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi, bilim saviyasi, qiziqish 
va layoqati, mustaqil ishlay olishi bir-biridan farq qiladi. O`zlashtirish darajasi 
yuqori bo`lgan, ijodiy fikrlay oladigan o`quvchi rasm asosida insho yozish kerak 
bo`lganda nafaqat rasmda ko`rayotgan narsalarini, balki o`zining hayotiy 
taassurotlarini qo`shib insho yoza oladi. O`zlashtirish darajasi va fikrlash 
qobiliyati bo`sh bo`lgan, til sezgirligi talab darajasida bo`lmagan o`quvchi xuddi 
shu inshoda hatto rasmda ko`rayotganlarini ham to`laligicha bayon qilib bera 


37 
olmaydi. Demak, o`quvchilarda o`quv imkoniyati har xil bo`lib, bu ularning 
bilish faoliyatiga ta’sir etmay iloji yo`q. 
O`quvchilarning o`quv imkoniyati bir qator ichki va tashqi asoslarga ega. 
O`quv imkoniyatining ichki asoslariga o`quvchilarda nutq malakalarining 
shakllanganlik darajasi, fikrlash va esda saqlab qolish qobiliyati, tafakkur 
usullarini bilishi va uni zarur o`rinlarda to`g`ri ishga sola olishi, tez o`qish va 
yozish malakalarining mavjudligi, til materiallarini o`rganishga munosabati 
kabilarni kiritish mumkin. 
Tashqi omillarga ona tili ta’limining mazmuni, o`quvchilarning til muhiti 
(uyda ham, maktabda ham o`zbek tilida so`zlashadigan o`quvchilarning o`quv 
imkoniyati turli tilda so`zlahsadigan o`quvchilarning o`quv imkoniyatidan farq 
qiladi),ularga qo`yilgan yagona imloviy va nutqiy talab, o`qituvchining nutqi, 
maktabning moddiy texnikaviy ta’minoti kabilar kiradi. 
Ona tili darslarida o`quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda 
real o`quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipiga qat’iy amal qilish quyidagi 
afzalliklarga ega: 
1. O`qituvchi tomonidan tanlanadigan o`quv topshiriqlarini
o`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga muvofiqlashtirish imkoniyati vujudga 
keladi. O`qituvchi o`quv imkoniyatidan kelib chiqqan holda darslik va 
qo`shimcha o`quv materiallaridan foydalanadi. 
2. O`quv imkoniyatini aniqlash ona tili o`qitishning shakl, usul va 
usullarini to`g`ri belgilashga, maqsadga muvofiq keladigan dars turini tanlashga 
imkon beradi. 
3. O`quv imkoniyatini bilish tabaqalashtirilgan ta’limdan foydalanish 
imkoniyatini beradi. Chunki har bir o`quvchining o`quv imkoniyatini bilmasdan 
turib, o`quv topshiriqlarini tabaqalashtirish mumkin emas. Bolaning o`quv 
imkoniyatiga mos tushadigan topshiriq esa uni bajarishga bo`lgan qiziqishini 
kuchaytiradi; 
bilishga 
bo`lgan 
ishonchni 
orttiradi; 
sinfdagi 
barcha 
o`quvchilarning deyarli bir vaqtda topshiriqni bajarishlariga shart-sharoit 
yaratadi.
4. O`quv imkoniyatini hisobga olish ona tili darslarida bolani tarbiyalash va 
rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Imkoniyatga muvofiq keladigan topshiriq 


38 
shaxsiy-ruhiy xususiyatlar: iroda, qobiliyat, xotira, ijodiy xayol kabilarni 
tarbiyalaydi. Ona tili darslarini o`quvchilarning imkoniyatlari doirasida tashkil 
etish ularning o`z kuchlaridan unumli foydalanishlarini ta’minlaydi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish