Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ona tili o`qitishda ko`rgazmalilik prinsipi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Ona tili o`qitishda ko`rgazmalilik prinsipi.
Bilimlarni qabul qilish va 
o`zlashtirishga barcha sezgi a’zolarining faoliyatini to`g`ri uyushtirish katta 
ahamiyatga ega. Sezgi a’zolari qanchalik ko`p ishtirok qilsa, bilish shuncha 
osonlashadi. 
Ko`rgazmalilik ona tili o`qitishning muhim qonuniyati sanaladi. Chunki bu 
fanning tabiati ko`rgazmalilikni ko`proq talab etadi. Tildagi mavhum 
tushunchalarning mohiyatini anglash bu prinsipdan keng foydalanishni taqazo 
etadi. O`quvchi ko`rish orqali narsa-hodisa, ularning tildagi ifodasi xususida 
aniq tushunchaga ega bo`ladi. 
Ko`rgazmalilik prinsipiga ko`ra til hodisalarini o`rganish, kuzatish, 
sezishdan boshlanadi. Bola turli nutq tovushlari, so`zlar, gaplarni talaffuz etish, 
eshitish, yozish, ko`rish orqali sezadi. Kuzatish vositasida bolalar ongida til 


35 
hodisalari to`g`risida hissiy aniq tasavvur hosil bo`ladi. O`qituvchi bolalarni til 
hodisalarini sezishdan ularning mohiyatini anglashga, til hodisalarini tasavvur 
etishdan grammatik tushunchalarni atroflicha o`zlashtirishga qarab olib boradi. 
Ko`rgazmali material muhim axborot manbai hamdir. Chunki o`quvchi 
darslik, o`qutuvchining bayoni, gazeta va jurnallardan qanday axborot olsa, 
ko`rgazmali materialdan ham shunday ma’lumot olishi mumkin. 
Ona tili darslarida tabiiy yoki aniq buyumlardan (predmetlarning asl 
namunasi mas., anor,olma, bino maketi v.h.), grafik materiallar (chizma, jadval 
kabi)dan; tasviriy san’at, musiqa, kino, kompyuter kabi vositalardan 
foydalanadi. Ona tili mashg`ulotlarida kompyuter, proyektor, elektron doska 
kabi texnik vositalardan foydalanish dars samaradorligiga juda katta ijobiy 
ta’sir ko`rsatadi. Bu vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan 
nazariy bilimlarni mustahkamlashga, uni amaliy ko`nikmaga aylantirishga 
yordam beradi. Ayniqsa, tasviriy san’at namunalari, o`quv filmlari, audio-vizual 
vositalar o`quvchilarning o`g`zaki va yozma nutqini rivojlantirishda muhim 
vosita sanaladi. Shuni nazarda tutib, ona tili o`qituvchisi til o`quv xonasini shu 
vositalar bilan ta’minlash chorasini ko`rishi, ayniqsa, rasmli albomlar tashkil 
etishi, rasmli tarqatma materiallarini ko`paytirishi lozim. 
Ko`rgazmali qurollardan barcha turdagi darslarda va darsning barcha 
bosqichlarida unumli foydalansa bo`ladi. O`quv materialini mustahkamlash va
takrorlash jarayonida ko`proq reproduktiv xarakterdagi ko`rgazmali qurollardan 
foydalansak,yangi 
bilimlar 
berishda 
izlanuvchanlikni 
talab 
qiladigan 
ko`rgazmali qurollar ishga solinadi. Demak, ko`rgazmalilik prinsipini amalga 
oshirish orqali o`quvchilarning qayta xotiralashga asoslangan faoliyatini ham, 
qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish 
mumkin. 
Ko`rgazmali qurol me’yorida qo`llanilishi lozim. Haddan tashqari ortiqcha 
ko`rgazmali vosita o`quychilarni toliqtiradi; fikrni asosiy masaladan 
chetlashishga olib keladi; o`quv materiali uchun ajratilgan vaqtning 
yetishmasligiga sabab bo`ladi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish