Maqsad: Qonning rang ko’rsatkichini aniqlab o’rganish
Kerakli anjomlar:quyon,mikroskop,predmet oynachasi,Sali gemometri
Ishning borishi: Qonning rang ko’rsatkichi eritrotsitlarning gemoglobin bilan to’yinish darjasini ko’rsatuvchi, eritrotsitlar soni bilan gemoglobin miqdori o’rtasidagi nisbatdir. U taxminan 1ga teng bo’ladi. Uning 1dan kam bo’lishi eritrotsitning gemoglobinga yaxshi to’yinmaganligi, 1dan katta bo’lishi esa eritrotsitning hajmi kattalashganligidan dalolat beradi.
Rang ko’rsatkichi aniqlangan gemoglobin (g)miqdorini eritrotsitlar sonining birinchi uchta raqamiga bo’lish yo’li bilan topiladi. Bu ko’rsatkichning absolyut birligini topish uchun 1 litr qondagi gemoglobin miqdori eritrotsitlarning umumiy soniga bo’linadi. Sog’lom odamning 1 ta eritrotsitida 33ng gemoglobin bo’ladi.
Mavzu: Oq qon tizimining patologiyasi. Reaktiv leykositozlar. Darsning maqsadi:
Qon tizimi kasalliklari haqida tushuncha hosil qilish. Anemiyalarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari to’g’risida tushuncha hosil qilish. Leykozlar va leykemoid reaksiyalarning etiopatogenezini tushunib olish.
Darsning vazifasi:
Oq qon patologiyasi to’g’risida umumiy tushuncha berish. Qon yo’qotish sabablari va qon tarkibining tiklanish bosqichlarini tushuntirib berish. Anemiyalar to’g’risida ma’lumot berish. Leykozlarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari to’g’risida tushuncha berish. O’quv jarayonining mazmuni: l.Oq qon patologiyasi
Leykositlarning turlari
Leykopeniya etiologiyasi.
Anemiyaning tasnifi
Leykotsitoz va leykopeniya
Leykozlarning etiologiyasi va patogenezi.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi(metod,vosita,usul, nazorat, baholash)
Darsning turi-suhbat
metod-“Asalari to’dasi” ish o’yini . Ma’lumotlarni taqqoslash va tahlil qilish usuli, “Baliq skeleti”sxemasi, Konseptual jadval.
s)forma(shakl)-guruh
vosita-doska, tarqatma material,jadvallar, mikroskop,kompyuter, 2ta quyon, bo’yoqlar,Goryaev kamerasi, melandjerlar
usul-nutqli
nazorat-kuzatish
j)baholash-o’z-o’zini va umumiy baholash Metodlar, .Konseptual jadval
Konseptual jadval talabalarga o’rganilayotgan tushuncha, qarash, mavzulari ikki va undan ortiq jihat bo’yicha taqqoslash imkonini beradi. Talabalarda tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi. T aqqoslanadigan narsa aniqlanadi,taqqoslash amalga oshiriladigan tavsiflar ajratiladi. Jadvalning vertikali bo’yicha taqqoslash talab etiladigan narsalar joylashtiriladi. Gorizontali bo’yicha taqqoslashni amalga oshirishdagi har xil tavsiflar joylashtiriladi.
Masalan: Konseptual j adval
Kasalliklar
|
Belgilar
|
Leykotsitoz
|
Eozinofiliya
|
Neytrofiliya
|
Bazofiliya
|
Limfotsitoz
|
Yallig’lanish
|
|
|
|
|
|
Bronxial astma
|
|
|
|
|
|
Appenditsit
|
|
|
|
|
|
Allergiya
|
|
|
|
|
|
Gijja kasalliklari
|
|
|
|
|
|
Sil kasalligi
|
|
|
|
|
|
Intoksikatsiyalar
|
|
|
|
|
|
Leykositoz va leykopeniya.
Ma’lum hajm birligi (lmm3) dagi qonda leykotsitlar sonining ko’payishi-leykotsitoz,
kamayishi-leykopeniya deb ataladi.
Leykotsitozlar Biologik ahamiyatiga ko’ra leykotsitoz 2 turga bo’linadi:
Fiziologik leykotsitoz- turli fiziologik holatlar(mas.,ovqat qabul qilingandan, jismoniy mehnat dan so’ng, homiladorlik)da kuzatilib, bunda leykotsitar formula deyarli o’zgarmaydi va leykotsitlar soni qisqa vaqt davomida bir ozgina ko’payadi.
Patologik leykotsitoz-turli patologik holatlar va kasalliklarda yuzaga keladi. Bunda leykotsitlar soni sezilarli darajada ko’payib (ba’zan 30*109/ gacha va undan ham ortiq), odatda leykotsitar formulasi o’zgaradi va bu uzoq davom etadi. Leykotsitoz ko’pincha o’tkir infeksion (ayniqsa bakterial) kasalliklarda, o’tkir yallig’lanish jarayonida, har xil (ekzogen, endogen) omillar ta’sir etganda, nekrotik jarayonlar ro’y berganda, qon ko’p yo’qotilganda va b.da sodir bo’ladi. Leykozlar.
Leykoz-gemoblastoz(qon hujayralaridan kelib chiqadigan o’smalar)ning bir turi bo’lib, hamisha birinchi navbatda suyak ko’migining shikaslanishi bilan ifodalanadi.
Qon ishlab chiqaruvchi to’qimada giperplaziya, metaplaziya va anaplaziya kabi hodisalar ro’y berib, periferik qonda yetilmagan (o’smalarga xos)me’yorda qon to’qimalarida bo’ladigan leykotsitlar kuzatiladi.
Leykozlarning etiologiyasi va patogenezi
Leykozlarning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:ionlovchi radiatsiya, har xil (ichki va tashqi) kimyoviy mutagen moddalar, o’sma paydo qiluvchi viruslar,genetik apparat va immun sistemaning shikaslanishlari(mas.,immunologik nazoratning pasayishi)va b.
Leykozda turli agentlar ta’sirida mutatsiya hodisasi ro’y berib, o’sma(leykoz) hujayralari paydo bo’ladi. Bu hujayralardan ko’p miqdorda ularning o’ziga o’xshash hujayralar kelib chiqadi, ya’ni leykoz hujayralarning avlodi (kloni) hosil bo’ladi. Agar mutagen agentlar ta’siri davom etaversa, yangi klonlar ham hosil bo’lishi mumkin. Hosil bo’lgan ayrim hujayralar organism tomonidan bartaraf etiladi, ammo immun nazoratiga sezuvchanligi bo’lmagan, ayniqsa, eng avtonom(sarbast) hujayralar saqlanib qoladi. Natijada monoklon o’sma poliklon o’smaga, ya’ni eng xavfli turiga aylanadi.
Leykozlarda boshqa o’smalardagidek rivojlanish avj olib kuzatilib, u ma’lum qonuniyat va bosqichda amalga oshadi:
monoklon va poliklon
Normal-me’yoriy gemopoezning buzilishi
Blast yadroli hujayralarning o’zgaruvchanligi natijasida fermentlarning o’ziga xosligini
yo’qotgan, shakli keskin o’zgargan turli patologik hujayralar paydo bo’ladi.
116
Metastazlar. gemoblastozning boshqa turlarida va umuman, o’sma jarayonida metastazlar(o’smalarning tarqalishi) odatda kasallikning kechikkan davrlarida kuzatilsa,leykozlar vaqtida ayniqsa ularning o’tkir turlarida metastaz kasallikning boshlanishidayoq, yuzaga keladi.Ularning o’sma hujayralarida aslida qon hujayralardan(negiz yoki o’q hujayra)va uning yaqin avlodlaridan tashkil topganligi sababli ular osonlik bilan qonga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |