Boshlang’ich ta’lim 402-guruh
XASANOVA IRODAXON
1-topshiriq
Tarbiya turlari haqida ma’lumot
Tarbiya bu – murakkab jarayon bo’lib, inson tug’ilishi bilan shakllanib boradi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. Tarbiyaning quyidagi turlari mavjud:
Axloqiy tarbiya – shaxs dunyoqarashini shakllantiruvchi asosiy tarbiya turidir, axloqiy tarbiya bevosita insonning xulq atvori bilan bog’liq bo’ladi. Axloqiy tarbiya ko’proq oilada shakllanadi.
Mehnat tarbiyasi – biror bir faoliyat jarayonida mehnatsevarlik asosida shakllanib boruvchi tarbiya turidir. Bunda insonning mehnatga bo’lgan layoqatiga e’tibor bermog’imiz, o’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash nazarda tutiladi
Jismoniy tarbiya – inson salomatligiga, organizmni chiniqtirishi bilan olib boriladigan tarbiya turidir.
Estetik tarbiya – go’zallikka asoslangan. Insonning har bir ishda ozodalik va saranjomlik asosida ish olib broishi nazarda tutiladi
Ekologik tarbiya – insonning atrof-muhitga bo’lgan munosabatini, tabiat ne’matlariga nisbatan hurmat, ularni asrash ruhida tarbiyalovchi tarbiya turidir.
Iqtisodiy tarbiya – tejamkorlikka asoslangan tarbiya turidir. Bunda har bir buyum yoki narsani tejab ishlatish nazarda tutiladi. Mablag’ni sarflashda tejamkorlikni o’rgatishga asoslangan
2-topshiriq
“Nima uchun?” texnologiyasi
HOZIRGI VAQTDA BOLALAR TARBIYASIDA MUAMMOLAR MAVJUD
|
Ba’zi ota-onalarning umuman bolalarining tarbiyasiga e’tibor berishmasligi asosiy sababdir
|
Bolalar bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanilmayotganliklari ham sab bo’lishi mumkin.
|
Atrof-muhit ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishi ham mumkin
|
Oilalarda ajrashish holatlarining ko’payib borayotgani ham sabab bo’lishi mumkin.
|
3-topshiriq
“ASSISMENT” texnologiyasi
TEST
Kasbiy faoliyat turlarini toping:
*a) rivojlantiruvchi, muvofiqlashtiruvchi
b) erkin, tizimli
c) muvofiqlashtiruvchi, tartibga soluvchi
d) erkin, ijtimoiy
|
MUAMMOLI VAZIYAT
BOLA TARBIYASIDA KIM MUHIM ROL O’YNAYDI – ARTOF-MUHITMI, OTA-ONAMI, MAKTABMI?
|
SIMPTON
Pedagogik mehnat mazmunini aniqlashda biz pedagog —bu munosabat jarayonida shakllanayotgan shaxs va jamiyat ijtimoiylashishi va o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘rtasida nizolarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadini qo‘yuvchi odamdir, degan fikrdan kelib chiqamiz. Pedagogik faoliyat rivojlana borgan sari mana Shu maqsadga erishishning ko‘plab vositalari ishlab chiqilgan.
Rivojlantiruvchi faoliyat kasbiy-tarbiyaviy faoliyatning yuqorida aytilgan maqsadini bajarishga bevosita yo‘naltirilmagan. Bu tarbiya muammosini o‘rganuvchi ko‘plab tadqiqotchilar tarbiyalash so‘zining „asl mazmuni“da o‘qitishga kiritmasliklariga olib keladi.
|
AMALIY KO’NIKMA
Tarbiyabiy ishlarni olib borishda ko’rgazmalilik – teatr, hamda qisqa metrajli filmlar namoyishi orqali bola tarbiyasiga ta’sir etish bugungi kunda samalari natija beradi deb o’ylayman
|
MUVAFFAQTIYATLI VA HAR DOIM JAMIYAT UCHUN SUV VA HAVODEK ZARUR MUTAXASSIS QANDAY SIFATLARGA EGA BO’LISHI KERAK?
- O’Z KASBINI SEVADIGAN
-O’Z USTIDA KO’P ISHLAYDIGAN, TINIB-TINCHIMAS
-O’Z MUTAXASSISLIGI BO’YICHA PUXTA BILIM
EGALLAGAN BO’LMOG’I LOZIM
- QIZIQUVCHAN, O’Z SOHASIGA OID YANGILIKLARNI O’RGANUVCHAN
Do'stlaringiz bilan baham: |