O’quv jarayonining mazmuni:
Qizil qon patologiyasi
Eritrotsitlarning degenerativ patologik shakllari
Anemiyalar.
Anemiyaning tasnifi
Leykotsitoz va leykopeniya
Leykozlarning etiologiyasi va patogenezi.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi(metod,vosita, usul, nazorat, baholash)
Darsning turi-suhbat
metod-“Asalari to’dasi” ish o’yini . Ma’lumotlarni taqqoslash va tahlil qilish usuli, “Baliq skeleti”sxemasi.
s)forma(shakl)-guruh
vosita-doska, tarqatma material,jadvallar, mikroskop,kompyuter, 2ta quyon, bo’yoqlar,Goryaev kamerasi, melandjerlar
usul-nutqli
nazorat-kuzatish
j)baholash-o’z-o’zini va umumiy baholash Metodlar 1.”Asalari to’dasi” ish o’yini, 2.“Ma’lumotlarni taqqoslash va tahlil qilish usuli,”Baliq skeleti” sxemasi.
”Asalari to’dasi” ish o’yinini o’tkazish usuli
Ish uchun zarur:
1.Situatsion masala va savollar to’plami yozilgan alohida variantlar. “Jerebyovka” uchun nomerlangan qog’oz bo’lakchalari
2.Toza qog’oz varag’i va ruchka Ishni bajarish tartibi:
Hamma talabalar 4 tadan alohida guruhlarga bo’linadi
Guruhlar alohida stol atrofiga va toza oq qog’oz, ruchka tayyorlanadi.
Qog’ozga sana va guruh soni, fakultet, talabalar ismi,sharifi va o’yin nomi yoziladi.
Guruhlardan bittadan talaba konvertdan topshiriq variantini oladi
Guruh talabalari o’zaro savollarni tahlil qilishadi va bitta talaba varaqqa yozadi.
Topshiriqni yechish uchun l5min vaqt beriladi.
7.O’qituvchi o’yinni bajarilishini kuzatib boradi.
Vaqt tugashi bilan ish o’yinlari yig’ib olinadi.
9.O’qituvchi va talabalar birgalikda natijalarni tahlil qilishadi, eng aniq to’g’ri javob bergan variant uchun yuqori maksimal ball beriladi,ikkinchi o’rindagi variantga 85,9 ball, uchinchi o’rindagi guruhga 70,9 ball beriladi
Javob variantlari yozilgan varaqqa o’qituvchi ball va imzo qo’yadi.
Jaridaga ish o’yinini nomi, guruh sardori imzosi qo’yilishi lozim.
Talabalar olgan ballar joriy baholashda hisobga olinadi.
Ish o’yinini o’tkazish uchun savollar to’plami: l.Organizmda gemopoez qanday boshqariladi?
Anemiyaning qanday asosiy ko’rinishlarini bilasiz?
Anemiyaning tasnif qilish prinsiplari qanday bo’ladi?
Anemiyalarda kompensator o’zgarishlar
Anemiyaning irsiy turlari
Leykotsitozlarning qanday kelib chiqish mexanizmlari bor?
Ma’lumotlarni taqqoslash va tahlil qilish usuli
“Baliq skeleti sxemasi”Baliq skeleti sxemasi muammoning butun doirasini ifoda etish va uning yechimini topishga imkoniyat beradi
Tizimli ijodiy tahliliy mushohada qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Talabalar mini guruhlarga birlashadilar. O’z sxemalarini taqqoslaydilar va qo’shimcha ma’lalumotlar kiritadilar. Umumiy sxemaga jamlaydilar.
“Suyak” yuqori qismiga muammo ichidagi muammo yoziladi, pastki qismiga esa ushbu muammo ichidagi muammo amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi faktlar yoziladi
Postgemorragik Gemolitik Temirdefistit Pernistioz
Gemoliz Temir Vitamin Qon ^
oqibati yetishmasligi B12 yetishmasligi ketishi tufayli
Qizil qon patologiyasi
Qon to’g’risida fikr yuritilganda, aslida gemoimmun sistema(GIS) nazarda tutilishi kerak.Bu sistema qon yaratuvchi (ishlab chiqaruvchi)a’zolardagi mielopoez va limfopoez to’qimalarini hamda tomirlardagi qon va limfani o’z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi organizmda gomeostazni saqlashga qaratilgandir. GIS uzluksiz qayta tiklanish qobilyatiga ega.
Embrional davrning 5-oyida monotsitlar-makrofaglar hosil bo’la boshlaydi. Eritropoezda 3davr kuzatilib, eritrotsitlar avval megaloblastik va so’ngra normoblastik turlarda rivojlanadi. Eritropoez 1-davrda sariq qopchada,2-davrda esa jigarda megaloblastik turda bo’lib, bunda eritropoetinga moyil hujayralardan hosil bo’lgan eritroblastdan megaloblast va undan esa megalotsit hosil bo’ladi. Qisman 2-davrda va asosan 3-davrdan boshlab(suyak ko’migi rivojlangandan so’ng, ya’ni myeloid davri boshlangach) eritropoez normoblastik turda va faqat ko’mikda boradi. Bunda eritroblastlardan normoblastlar va ulardan normal eritrotsitlar(normotsitlar)yetiladi.
Eritrotsitlarning degenerativ patologik shakllari Anizatsitoz-eritrotsitlar o’lchami,diametrining bir xil bo’lmasligi. Agar eritrotsitlarning ko’ndalang kesimi 8.5-9mkm dan ortiq bo’lsa, makrotsitoz deb ataladi, u ko’pincha vitamin B12 va faol kislotali taqchil anemiya-kamqonlikda kuzatiladi.Agar eritrotsitlarning diametri 6 mkm dank am bo’lsa,mikrotsitoz deb ataladi. Mikrotsitoz ko’pincha defitsit-taqchillikka bog’liq anemiya va talassimiyaga uchraydi. Shuni aytish kerakki, uncha yaqqol namoyon bo’lmagan anizotsitoz anemiyaning deyarli ko’p turlarida uchrashi mumkin.
Anemiyalar.Anemiya turlari, klassifikatsiyasi-tasnifi Anemiya(kamqonlik)deb, ma’lum hajm birligidagi qonda gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining kamayishi va sifatiy o’zgarishiga aytiladi.Anemiya to’g’risida aniq tushunchaga ega bo’lish, uni aniqlash-diagnostikasi va bemorlarni samarali davolash masalalarini to’g’ri amalga
oshirish maqsadida ularning turli ko’rsatkichlariga asoslanib, ushbu birlamchi tasnifni ishlab chiqilgan. U quyidagi prinsiplarga amal qilingan holda tuzilgan.
115 Talassemiyalar.
Gemoglobinning polipeptid zanjirlari sintezining buzilishiga bog’liq bo’lib alfa zanjirining sintezi buzilganda alfa - talassemiya, beta zanjirining sintezi buzilganda beta -talassemiya yuzaga keladi. talassemiyada eritrotsitlar a'zolardagi (taloq, jigar va b) makrofaglarda gemolizga uchraydilar. Gemolitik anemiyalarda ko’pincha qon dagi eritrotsitlar Bilan gemoglabin bir tarzda kamayadi, shuning uchun qon ning rang ko’rsatkichi deyarli o’zgarmaydi. Talassemiyada odatda gipoxromiya kuzatiladi, suyak ko’migidagi polixromotofil normoblastlar va sideroblastlar soni ko’payadi. Bo’yalgan qon surtmasida poykilotsitoz, gipoxromiya va nishonsimon eritrotsitlarni ko’rish mumkin. Eritrotsitlarning diametri odattagidan kichik retikulotsitlar soni ko’payib qon da normoblstlar ham uchrashi mumkin. Leykotsitlar soni me'yoridan biroz ko’proq bo’ladi.
Klinik kyechishiga ko’ra talassemiya'ning «kichik» va «katta» deb atalgan turlari bo’lib kichigi geterozigotlarda uchrab uning engil turi hisoblanadi. Kattasi og’ir turi bo’lib gomozigotlrda uchrab kichik yoshdagi davrdan boshlanadi.
Toksik gemolitik anemiya
Toksik gemolitik anemiya - anemiyalarning bir turi bo’lib har xil gemolitik toksik moddalar (masalan, arsenil gidrozin, qo’rg’oshin tuzlari saponin, kollorgol va b) ta'sirida yuzaga keladi. Bunday gemolitik toksik moddalar eritrotsitlarni ham periferik qon da , ham qon yaratuvchi to’qimalarda gemolizga uchratib tezlikda og’ir anemiyaga olib keladi.masalan, quyon organizmiga fenil gidrozin yuborilsa, 24 soat utar o’tmas qon da eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishini, eritrotsitlarning patologik shakllarini paydo bo’lishini ko’zatish mumkin.
Toksik gemoltik anemiya'ning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki eritrotsitlarning gemolizga uchrashlaridan tashkari toksinlar ta'sirida gemopoetik (qon yaratuvchi) to’qimalar shikastlanib, ayniqsa og’ir hollarda megoloblastik turdagi eritropoez yuzaga kelishi ham mumkin. Bunday hollarda qon da makrotsitlarva xatto megaloblostlar ham uchrab qon ning rang ko’rsatgichi yuqori bo’ladi.
Ilgari anemiyalarni yuqorida keltirilgan turlari bilan bir qatorda qon kartinasiga ko’ra qon da eritrotsitlarning patologik formalariga qarab regenerativ, degenerativ, regenerativ va degenerativ kartinali anemiyalarga bo’lingan. Shunga ko’ra toksik gemolitik anemiyada qon ning kartinasida eritrotsitlarning ham degenerativ ham regenerativ shakllarini ko’rish mumkin. Ya'ni retikulotsitlar polixromotofiliya, normoblastlar bilan bir qatorda aniotsitoz, poykilotsitoz va megolotsitlar hamda megoloblastllarni ko’rish mumkin.Agar qon da eritrotsitlarning regenerativ shakllari ko’p bo’lsa qon ning rang ko’rsatgichi kamayadi, agar qon kartinasida degeneratsiya elementlari ko’p bo’lsa aksincha. Shunday qilib, toksik gemolitik anemiya patogenezi (ham gemoglobinning ham eritropoezning buzilishi bilan bog’liq) va ko’rinishi buyicha murakkab anemiya hisoblanadi.
Anemiya quyidagi mexanizmlar tufayli kelib chikishi mumkin:
dori modalarning bulinayotgan hujayralarda modda almashinuviga ta'sir qilib ularning ko’payishini tormozlashibo’linuvchi hujayralarda dorilarning ta'sirini kamaytiruvchi fermentlarda nukson borligi tufayli.
Amaliy qism
Maqsad: Gemolitik ta’sirga ega bo’lgan fenilgidrazin yuborib toksik-gemolitik anemiya hosil qilingan quyon qonidan quyidagi ko’rsatkichlarni aniqlash. tajriba:Quyon qonining ko’rsatkichlarini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |