Qaxxorova Sevara Maqsatillo qizi “Terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi”



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana15.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#553503
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
terak va tolning zararkunanda hasharotlari va ularning ekologiyasi.

 


39 
 3.1.-Jadval 
T/r
Turning nomi
Turkum 

Shahar mo’ylovdori
 -Ayeolesthes sarta 
Coleoptera:
 Ceramlycidae

Terak bargxo’ri
 -Melosoma populi 
Coleoptera:
 Chrysomelidae

Tol bargxo’ri-
 Plagiodera versicolara 
Coleoptera:
 Chrysomelidae

Sharq bargxo’ri-
 Adelastica alni orientalis 
Coleoptera:
 Chrysomelidae

Tol po’stloqxo’ri 
Saliciphilus machnovskii
Coleoptera:
 Ipidae
 

Akasiya shirasi-
 Aphis craccivora 
Homoptera:
 Aphidinea
 

Bo’rtgan terak qalqondori-
Aspidiotus 
slavonica 
Homoptera:
 Diapspididae
 

Terak kuyasi yoki targ’il kuya-
 Lithocolletis
populiella
Lepidoptera:
 
Hyponomeutidae
 

Tengsiz ipakchi -
Lymantria dispar 
Lepidoptera:
 Lymantriidae
 
3.2. Sharq bargxo’ri -Agelastica orientalis Baly. 
Sharq bagxo’ri
(Agelastica orientalis Baly.) 
terak va tolning ashaddiy 
zararkunandalaridan biridir.
 
Bargxo’rlarning yoppasiga ko’payib ketgan yillarda 
daraxtlarga zarari, ayniqsa kuchli seziladi. O’zbekistonda ko’p marotaba sharq 
bargxo’ri sonining yoppasiga ko’payish holatlari kuzatilgan. P.P.Arxangelskiy 
ma’lumotlariga ko’ra (ma’lumotlar I.K.Lopatin va K.Z.Kulikovalar ishlaridan 
olindi), sharq bargxo’ri lichinkalari, odatda, terak va tol barglari bilan oziqlansada, 
olma o’simligiga o’tib, olmaning barglari, mevalari bilan oziqlanadi va 
nihollarning kuchsizlanib qolishiga sabab bo’ladi. Shu sababli, ushbu 
zararkunandaning biologik va ekologik xususiyatlarini to’la tahlil qilish muhim 
hisoblanadi.
Sharq bagxo’rini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar 2017 yilning bahor-yoz-kuz 
fasllarida olib borildi. Bunda oq tol yoki kumush tol (Salix alba L.), oq terak 
(Populus alba L.), piramidasimon terak (P. pyramidalis Salisb.), ballzam teragi (R. 
balsamifera L.), Kaliforniya teragi (R. bolleana Louche) tanlandi.


40 
Sharq bargxo’ri erta bahorgi zararkunanda hisoblanadi. Bu qo’ng’izlarning 
rivojlanishi daraxtlar kurtaklarining bo’rta boshlashi bilan boshlanadi va 
qo’ng’izlar endi ochilayotgan kurtaklar va yosh barglarni zararlashni boshlaydi. 
Sharq bargxo’ri oligofag hasharotlar jumlasiga kiradi. Barcha qo’ng’izlar 
kabi, bargxo’rlar ham to’liq o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlardir.
Sharq bargxo’ri tabiatda terak va toldan tashqari boshqa daraxtlarni ham, 
jumladan, qora olxa (Alnus glutinosa) i kulrang olxa (A. incana), eman (Betula sp.) 
va ba’zi mevali daraxtlarni ham zararlaydi [25]. 
Sharq bargxo’ri qo’ng’izlari yaltiroq, ko’k-binafsha rangda. Tanasi cho’ziq, 
ovalsimon-tuxumsimon, keyingi qismi kengaygan, bo’rtib turadi. Tanasining ustki 
qismi yalang’och, ya’ni tuklari yo’q. Peshona kili keng, uchburchaksimon, bo’rtib 
chiqmagan, peshona do’mboqchalari yirik, chakkasidan uncha katta bo’lmagan 
bo’rtiqchalar bilan chegaralangan. Mo’ylovlari uncha qalin emas, ipsimon. 
Oldko’kragi juda enli, chetki qismlari doirasimon, targ’il, bo’rtiqchalarga ega 
emas. Ustqanotlari qalin 
nuqtachalarga ega, 
yen tomonlarda chetlari 
ingichkalashgan va qayirma hosil qilgan. Qaymrmalar yelkadan boshlanib, 
qanotlarning o’rtalarigacha davom etadi. Epiplevrasi asta-sekin ingichlashib 
boradi. Pigidiylari qavssimon ko’ndalang chiziqlar bilan ajralgan, yuqorigi qismi 
qalin chuqurchalar shaklidagi nuqtachalar bilan qoplangan.
Oldingi tos qismi ochiq. Son qismi o’siqchali. Mo’ylovlari, boldiri va 
panjalari qora rangda. Tirnoqlari asosida tishchalari mavjud. Tanasining uzunligi 
6,0-7,5 mm.
Qo’ng’izlar tuproqda, oziqlangan daraxtlar yaqinida, tuproqning 5 sm gacha 
bo’lgan chuqurligida qishlaydi. Qo’ng’izlar mart oyida, ba’zan aprelning 
boshlarida qishlovdan chiqadi. Qo’ng’izlarning qishlovdan chiqishi uchun sutkalik 
o’rtacha harorat 14
0
S dan yuqori bo’lishi kerak. Biroz vaqt, ayniqsa, havo harorati 
pastroq bo’lganda, qo’ng’izlar oziqlanmaydi va daraxt tanasi va novdalarida 
o’tirib, quyoshda toblanadi. Keyin qo’ng’izlar bo’rtayotgan kurtaklarni kemira 
boshlaydi, so’ngra esa tol va terakning barglari bilan oziqlana boshlaydi. 
Qo’ng’izlar bargda juda ko’p teshikchalar hosil qilib kemiradi, hatto mayda barg 


41 
tomirchalarini ham kemiradi, lekin asosiy tomirchalarga tegmaydi. Qo’ng’izlar 
soni yuqori bo’lgan davrlarda ular barg plastinkasini butunlay yeb qo’yishi ham 
mumkin. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish