Qarshi muhandislik iqtisodiyot


∆N– asbob ko‘rsatishidagi eng katta farq; N



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/168
Sana16.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#557414
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168
Bog'liq
27.08.2021-2022 STO\'A Ma\'ruza matni

N–
asbob ko‘rsatishidagi eng katta farq;
N
max
va 
N
min
- asbob 
shkalasining yuqori va quyi qiymatlari. 
Asbob ko‘rsatishining aniqligiga uning sezgirligi ham katta ta’sir qiladi. 
Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining shu siljishni hosil qilgan kattalik 
o‘zgarishiga nisbati asbobning sezgirligi deyiladi: 
=


,
(3.8) 
bu yerda – asbobning sezgirligi, 

– strelka siljishining o‘zgarishi; 

– 
o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishi. 
Sezgirligi yuqori bo‘lgan asboblar asosan aniq o‘lchashlar uchun ishlatiladi. 
O‘lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko‘rsatishiga ta’sir kila oladigan 
eng kichik o‘zgarishi sezgirlik chegarasi deyiladi. 
Shkala va strelkaga ega bo‘lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari 
bo‘lgan kattalik shkala bo‘linmasi qiymati deyiladi: 
=


,
(3.9) 
bunda – shkala bo‘linmasining qiymati. 
Ikkita yonma-yon belgi (shtrix yoki nuqtalar) orasidagi farq shkala bo‘linmasi 
deyiladi. Shkala bo‘linmasining qiymagi strelkani bir bo‘linmaga siljitgan kattalik 
qiymatining o‘zgarishini xarakterlaydi. 


19 
Ba’zan kattalikning haqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko‘rsatishini 
tuzatish koeffitsiyenti ga ko‘paytiriladi: 
ҳ
=

(3.10) 
O‘lchov asbobi ko‘rsatishining kechikishi uning inersiyasini, ya’ni kattalik 
o‘zgargan vaqtdan asbob ko‘rsatishining siljishigacha o‘tgan vaqtni xarakterlaydi. 
Asbob ko‘rsatishining kechikishi qancha kam bo‘lsa, asbobning sifati shuncha 
yukori bo‘ladi. 
O‘lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va qo‘shimcha 
xatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan, shuningdek, o‘lchash vositalari 
aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifodalanadigan aniqlik sinfidan 
iborat; parametrlarning qiymati o‘lchash vositalarining ayrim turlari uchun 
standartlarda belgilangan. O‘lchash vositalarining aniklik sinfi ularning aniqlik 
xossalarini xarakterlaydi. ammo ular shu vositalar yordamida olib borilgan 
o‘lchashlarning bevosita ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Chunki aniqlik o‘lchash 
usullariga hamda ularni bajarish sharoitlariga ham bog‘liq. Yo‘l qo‘yiladigan 
asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko‘rinishida berilgan 
o‘lchash asboblari uchun quyidagi sonlar qatoridan olingan aniqlik sinfi beriladi: 
(1; 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6) • 10
n
, bunda n = 1,0; -1; - 2 va h. 
O‘lchash asbobining aniqlik sinfi protsentlarda )hisoblangan eng katta 
keltirilgan xatolikka teng: 
=
=

∗ 100% =

∗ 100% .
(3.11) 
Turli o‘lchov asboblari uchun Davlat standartida turli aniklik sinflari qabul 
qilingan. Ular asbobning siferblatida ko‘rsatiladi. Masalan, shkalasi 0 — 100°С 
dan iborat bo‘lgan logometrni darajalash natijasida absolyut xatolikning quyidagi 
qiymatlari olingan; 
Shkalasi belgisi: °С...
0 20 40 60 80 100 
Absolyut xatolik: 

, °С... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 -0,6 
Bunda logomegrning keltirilgan xatosi 
=

∗ 100% =
1.6
100
∗ 100% = 1,6% .
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra aniklik sinfini 2,0 ga teng deb 
olamiz (yaxlitlash kattalashtirish hisobiga olib boriladi). 
Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari protsentlarda ifodalanadigan nisbiy 
xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan sonlar bilan 
belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yul qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatoliklar 
qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi shkalasi 0 – 100 
mV bo‘lgan millivoltlar uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy xatolik 
±2,5% dan oshmaydi, ya’ni shkalaning ixtiyoriy belgisida absolyut xagolik (mB 
larda) 
∆ ≤ ±


bunda
 Х
п
–asbobning ko‘rsatishi. 
Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari shkala uzunligi bilan aniklanadigan normalovchi 
qiymatlarga bog‘liq protsentlarda ifodalanadigan asboblarning aniqlik sinflari 
burchakcha bilan ajratib qo‘yilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 0,5, 1,5), bu 


20 
sonlar yo‘l qo‘yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar qiymati bilan ustma-ust 
tushadi 
Masalan, shkalasi 5 – 50
mV 
va aniqlik sinfi 2,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun 
yo‘l qo‘yiladigan asosiy absolyut xatolik quyidagi formula bo‘yicha (mV larda) 
hisoblanadi: 
= ±
2,5 ∗
н
100
= ±
2,5 ∗ 45
100
= ±1,1
Bunda 
н
=

;
ва
–асбоб 
shkalasining 
oxirgi 
va 
boshlang‘ich qiymatlari. 
O‘lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy 
absolyut xatolik bilan aniqlanishi e’tiborga olish lozim, bu xatolik shkalaning turli 
belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi. 
Masalan, shkalasi 0 –
 150 mV
va aniqlik sinfi 1,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun 
asosiy chegaraviy absolyut xatolik 2,25
mV 
ga teng bo‘lib, shkalaning 25 va 100
mV
belgilarida nisbiy xatolik tegishlicha quyidagiga teng bo‘ladi(% larda): 
=

∗ 100 = ± 
2,25
25
∗ 100 = ±9 ,
= ±
2,25
25
∗ 100 = ±2,25 
Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadlarida o‘lchash asbobi shkalasining 
yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o‘lchanayotgan kattalikning 
kutiladigan qiymati (ko‘rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi 
yarmida) joylashgai bo‘lsin. 
O‘lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga bo‘linadi. 
Statistik xatolik o‘zgarmas kattalikni o‘lchash uchun foydalaniladigan o‘lchash 
vositasi xatoligidir. Agar o‘lchanayotgan kattalik vaqtning funksiyasi bo‘lsa, unda 
o‘lchash vositalarining inersionligi oqibatida o‘lchash vositalarining dinamik 
xatoligi deb ataladigan umumiy xatolikning tashkil etuvchisi hosil bo‘ladi. 
Dinamik rejimda umumiy xatolik statistik va dinamik xatoliklar yig‘indisiga teng. 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish