27
suyuqlik ustuni turli temperaturada bo‘ladi. Chiqib turgan ustunga tuzatma
quyidagi formula bo‘yicha kiritiladi:
∆ =
(
−
)
,
(5.2)
bunda
– chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni,
—
shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsnenti (simob uchun 0,00016, spirt
uchun 0,001),
℃
; t
2
— termometr ko‘rsatayotgan temperatura °С; t
1
— rezervuar
chiqib turgan ustunning o‘rtasiga biriktirilgan yordamchi termometr orqali
o‘lchanadigan chiqib turgan ustunning o‘rtacha temperaturasi.
Agar chiqib turgan ustun temperaturasi o‘lchanayotgandan kam bo‘lsa, unda
∆
tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‘lsa, “–” manfiy bo‘ladi. Chiqib turgan ustun
hisobiga paydo bo‘ladigan xatolik ancha katta bo‘lishi mumkin va shuning uchun
uni e’tiborga olmaslikning iloji yo‘q.
Shuni ta’kidlash lozimki, chiqib turgan ustun hisobiga simob uchun xatolik
suyuqliklarnikiga qaraganda temperatura kengayish koeffitsiyentlari qiymatining
katta farq qilishiga ko‘ra bir tartibga past.
Hozir shishali
termometrlarning
quyidagi
turlaridan
foydalaniladi:
1. Ichiga shkala joylashtirilgan texnik simobli termometrlarning (to‘g‘ri
chiziqli va burchakli) 11 xili chiqariladi:
-90 ... +30; -60 …+50; -30 . .. +50; 0 . .. 100; 0...160; 0...200; 0… 300; 0....
350, 0.... 450; 0…. 530 ва 0….600°С.
Shkala bo‘linmasining qiymati 0,5°С (shkalasi -30… +50°С) dan 5 va 10°С
gacha (shkalasi 0 … 600°С).
2
.Tayoqli, ichiga shkala joylashtirilgan laboratoriya simobli termometrlari –
30 dan +600°С gacha temperaturani o‘lchashga muljallangan, shkala
bo‘linmasining qiymati 0,1 va 2°С;
3
.Suyuqlikli (simobli emas) termometrlar (GOST 9177 — 74) tayoqli,
o‘lchash chegaralarini –200 dan + 200°С gacha qilib chiqariladi. Shkala
bo‘linmasining qiymati 0,2 dan 5°С gacha.
4
.Simobli yuqori aniqlikdagi va namunaviy (GOST 13646—68) termometrlar
o‘lchash chegarasi tor (4 dan 59°С gacha) va shkala bo‘linmasining qiymati 0,01
dan 0,1°С gacha qilib chiqariladi.
5.Simobli elektr kontaktli (GOST 9871 —75) termometrlar –30 dan 300°С
gacha o‘lchashga mo‘ljallab chiqariladi.
6.Maxsus termometrlar: meditsina (maksimal), meteorologik (maksimal,
minimal, psixometrik, tuproqqa oid va x,.) va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan.
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‘yicha hisoblash
noqulayligi, ko‘rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib bo‘lmasligi, issiqlik
inersiyasining kattaligi (ko‘rsatishlarning kechikishi) va asboblarning mexanik
nuqtai nazardan mustahkam emasligi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: