9.4. Issiqlik tashuvchilarni qatlamga issiq hoshiya usulida haydash orqali konlarni ishlash
Bu usulga ko‗ra issiqlik tashuvchilarni uzluksiz haydash o‗rniga, ularni qatlamga kirganidan keyin ma‘lum vaqg o‗tgach qatlam haroratidagi isitilgan suv haydash
mumkin.
Bunda qatlamda neftni siqish jarayoni yo‗nalishida harakatlantiruvchi issiq hoshiya nomini olgan isitilgan hudud hosil qilinadi. Isitilgan hududni qatlam ichiga sovuq suv, shuningdek qatlam haroratiga yaqin bo‗lgan haroratgacha isitilgan suv bilan siljitish usuli 50-yillarda taklif kilingan, lekin faqat 60-yillardagina eksperimental va nazariy ma‘lumotlar bilan issiq hoshiya usulini neft konlarini ishlash uslubi sifatida asoslangan. Qatlamlarning turli geologik-fizik sharoitlarida issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash sur‘atlarida, ularni parametrlarida va konlarni ishlashni boshqa texnologik ko‗rsatgichlarida issiq hoshiyaning eng ma‘qul o‗lchamlarini tanlash usullari ishlab chiqildi. Issiq hoshiyalardan foydalanish qatlamga issiqlik tashuvchilarni uzluksiz haydashga nisbatan bir qancha kamroq issiqlik ajratishga imkon beradi. Lekin bu holatda qaynoq suv va bug‗ni tayyorlashga nisbatan juda ham kam energiya sarflanadi.
9.5. Issiqlik tashuvchilarni qatlamga haydash.
Qatlamga haydash uchun issiqlik tashuvchi sifatida qaynoq suv, suv bug‗i, bug‗gaz aralashmasi va b. qo‗llaniladi. Qatlamga ko‗p miqdorda issiq suv haydalganda isitilgan hudud ham haydovchi quduqdan bir qancha uzoqroq masofaga tarqaladi. Qatlam haroratini ko‗tarilishi qovushqoqlikni pasayishiga, sirt-molekulyar kuchlarni o‗zgarishiga va qatlam suyuqliklarini hajmini kengayishiga olib keladi.
Neftning qovushqoqligi kamayishi uning harakatchanligini ko‗paytiradi. Haroratni ko‗tarilashi bilan kollektor jinsning minerallarini suv bilan ho‗llanuvchanligi oshadi.
Qatlam suyuqligining va skeletining hajmiy kengayishi qatlamdan olinadigan neft miqdorini oshishiga olib keladi. Bu omillarning barchasi oxir oqibatda qatlamning neft beraolishligini oshishi bilan yakunlanadi. Suvneftga to‗yingan qatlamga qaynoq suv haydalganda suv o‗z issiqligini qatlamga berib soviydi. Bunga
mos holda haydovchi va oluvchi quduqlar orasidagi qatlam hududini shartli ravishda uch hududga bo‗lsa bo‗ladi:
1) qaynoq suvlar;
2) sovigan suvlar (qatlam haroratidagi suvlar);
3) harorati qatlam haroratiga teng bo‗lgan neftlar (yuqori neftga to‗yingan hudud).
Shuning uchun neft avval qatlam haroratidagi suv bilan undan keyin esa qaynoq suv bilan siqiladi. Shuningdeq qaynoq suv haydash hisobiga neft beraolishlikni o‗sishi asosan ishlatishning suvli davrida kuzatiladi. Qatlamga suv bug‗ini haydashda qatlamda issiqlik tarqalishi va neft olish jarayoni issiq suv haydashga nisbatan murakkabroq. Bu holatda qatlamda neftning yengil fraksiyalari parlanadi va bug‗ kondensatsiyalanadi.
O‗ta qizdirilgan bug‗ni haydashda, qatlamning qizishi birinchi navbatda ortiqcha qizish hisobiga sodir bo‗ladi, bu esa bug‗ning haroratini to‗yinish bosimigacha tushishiga olib keladi (shuningdek amaldagi bosimda suvni qaynash haroratigacha). Bug‗ning qatlamda harakati davomida ortiqcha harorat muhitni qizdirishga yo‗qotilib boradi va bug‗ kondensatsiyalanadi. Qizdirilgan bug‗ning barcha ortiqcha harorati sarf bo‗lmas ekan bug‗suv aralashmasining va qatlamning harorati to‗yingan bug‗ haroratiga teng bo‗ladi. Butun bug‗ kondensatsiyalangandan keyin qatlam qaynoq suv hisobiga qiziydi. Jarayon davomida esa uning harorati boshlang‗ich qatlam haroratigacha tushadi. Undan tashqari haroratning qatlamda tarqalish xususiyatiga qatlam usti va osti orqali issiqlikni yo‗kotilishi va bug‗
haydovchi quduqdan uzoqlashish davomida bosimni o‗zgarishi (pasayishi) ta‘sir qiladi. Qatlamga issiqlik tashuvchini haydash jarayoning quyidagi tarxini ko‗rib chiqamiz. Avval ma‘lum muddat davomida qatlamga qaynoq agent haydaladi.
Qatlamda ulkan o‗lchamdagi o‗ta qizdirilgan hudud hosil qilingandan keyin qaynoq agent haydash to‗xtatiladi va sovuq agentni haydash boshlanadi. Qizdirilgan hududga sovuq agent kirgach qiziydi (shuningdek issiqlik tashuvchiga aylanadi) va harakati davomida qatlamning keyingi hududlarni ham qizdiradi. G‗ovak muhit (kollektor) issiqlik almashtirgich vazifasini bajaradi. Qatlamning birinchi qizdirilgan hududini sovushi davomida, atrofdagi jinslarga avval berilgan issiqlik asta-sekin qatlamga qaytadi. Shunday qilib qatlamda (shuningdek qisman uni atrofini o‗rab turuvchi jinslarda) yig‗ilgan issiqlik ishchi agentni bevosita qatlamni o‗zida qizdirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |