Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 2,15 Mb.
bet37/85
Sana14.02.2023
Hajmi2,15 Mb.
#910914
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
qarshi-muhandislik-iqtisodiyot-instituti-neft-va-gaz-fakulteti

Tekshirish uchun savollar


1. Qatlamdagi haroratning uni ishlash jarayonida o‗zgarish sabablarni tushuntirib bering.
2. Qatlamga ta‘sir qilishning qanday issiqlik usullarini bilasiz?
3. Qatlam ichra harakatlanuvchi yonish o‗chog‗i deganda qanday jarayonni tushunasiz?
4. Issiq hoshiya usuli qanday usul va uning afzalligi nimada?
5. Qatlamga issiqlik tashuvchilarni haydash jarayonini tushintirib bering.



Adabiyotlar
1.
Бойко В.С. Разработка и эксплуатация нефтяных месторождений. -
М: Недра, 1990. -427.
2.
Муравьев В.М. Эксплуатадия нефтяных и газовых скважин. -М.: Недра, 1973. -384с.
3.
Муравьев В.М. Спутник нефтяника. -М.: Недра, 1977. -304с.
4.
Нефтепромысловая геология. Терминологический справочник
справочник. -М.: Недра, 1983. -262с.

MA’RUZA №10
Gaz uyumlarida kondensat beruvchanlikni oshirish va gazberuvchanlikni oshirish maqsadida gaz uyumlariga ta’sir qilish usullari.
Ma’ruza rejasi
10.1. Gaz (gazkondensat) konlarida uyum ish tarzlari (rejimi) ning o‘ziga xosligi

10.2. Gazberaoluvchanlikning neft beraoluvchanlikdan farqlari





Tayanch so‘zlar

Gaz rejimi, suv siquvchi rejimi, erigan gaz rejimi, gaz siqiluvchanlik koeffitsiyenti, qatlam bosimi, qatlam harorati, gazlar tarkibi, ideal gaz, real gaz magistral gaz uzatgich, qatlamning to‗yinganlik koeffitsiyenti, qoldiq gaz, gaz beruvchanlik koeffitsiyenti, yoriqli kollektor, g‗ovakli kollektor 10.1. Gaz (gazkondensat) konlarida uyum ish tarzlari (rejimi) ning o‘ziga xosligi
Ma‘lumki gaz va gazkondensat konlari aksariyat ikki tarzda: gaz tarzi va gaz tarzi bilan suv siquvi tarzining aralashmasi bo‗lgan aralash tarzda qazib chiqariladi.
Bunday tarzni aksariyat suv siquvi tarzi deb ham yuritiladi, chunki haqiqatdan ham uyum suv siquvi tarzi hukm surgan gidrogeologik havzaga joylashgan bo‗ladi. Lekin shunga qaramasdan uyumni ishlatishning dastlabki davrida albatta gaz uyumi tashqi suvlarga nisbatan faolroq bo‗lganligi sababli o‗z hukmini uyumda o‗tkazadi. Ya‘ni mahsulot quduq tubiga qatlam bosimining kamayishi hisobiga undagi gazlarning kengayish hisobiga keladi va yuzaga chiqariladi. Qatlam bosimining kamayishi (pasayishi) davom etgan sari chekka suvlar bilan uyum o‗rtasida depressiya (bosim farqi) hosil bo‗lganligi tufayli qatlam suvlari uyumning gaz qismiga kirib kela boshlaydi va suv siquvi tarzi qatlamdagi jarayonga o‗z hissasini qo‗sha boshlaydi hamda qatlamda (uyumda) aralash tarz hosil bo‗ladi.
Gaz tarzida ishlovchi gaz va gazkondensat - uyumlari xususida fikr yuritadigan bo‗lsak, bunday uyumda chekka suvlar passiv bo‗lganliklari uchun uyumdagi bosim har qancha pasaysa ham qatlamga tashqaridan suv kirib kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun qatlam bosimi to‗g‗ri chiziq bo‗yicha kamayaveradi va olingan gaz miqdoriga proporsional bo‗ladi.
Bunday holatdagi uyumga oluvchi quduqlarni bir tekis qazish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday uyumlarda gaz beruvchanlik kollektorning bir tekis va yuqori ko‗rsatgichlari mavjud bo‗lganda eng maksimal ko‗rsatgichga yetadi, ya‘ni uning miqdori 0,9-0,95 hatto 0,98 ga yetadi. Qatlamning kollektorlik ko‗rsatgichlari
past bo‗lganda bu miqdor 0,85-0,9 atrofida bo‗lib qolishi ham mumkin, lekin baribir bu ko‗rsatgich eng yuqori hisoblanadi.
Cuv siquvi (yoki aralash) tarzda ishlovchi - gaz va gazkondensat konlarining o‗ziga xos xususiyatlari to‗g‗risida fikr yuritadigan bo‗lsak ularda ma‘lum bosim ko‗rsatgichidan so‗ng gaz (gazkondensat) uyumi xududiga chekka suvlarning kirib kelishi va uyumning bir qismini suv bosishi hisobiga gaz beruvchanlik koeffitsiyenti pastroq ko‗rsatgichga ega bo‗ladi.
Kollektor yaxshi ko‗rsatgichlarga ega bo‗lgan hollarda gazberuvchanlik koeffitsiyenti 0,8-0,85 darajasiga yetish mumkin, lekin kollektor past ko‗rsatgichlarga ega bo‗lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo‗lgan hollarda qatlamning gaz beruvchanlik koeffitsiyenti 0,6-0,7 atrofida bo‗lishi mumkin. Bunday uyumlarda gaz quduqlarini uyumning markaziy qismiga zichlashtirib qazilsa va ishlatilsa maqsadga muvofiqroq bo‗ladi. Chunki ishlatuvchi (oluvchi) quduqlarni tezlikda suv bosmaydi va ular uzoq muddat uyumdagi gazni olish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish