9.2. Qatlamga ta’sir qilishning issiqlik usullari.
Qatlamlarniig neft beraolishligini maksimal darajada oshirish maqsadida ularga issiqlik usullari bilan ta‘sir qilish borasida 50 yilga yaqin vaqt davomida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Neft qatlamlariga ta‘sir qilishning barcha issiqlik usullarining mohiyati quyidagidan iborat, qatlam jinslarini va uni to‗ldiruvchi suyuqliklar qizdirilganda qatlam neftining qovushqoqligi va «neft-jins» chegarasida sirt-tortishuv kuchlari kamayadi. Buning bilan esa qatlam g‗ovaklaridagi neft to‗laroq siqish uchun sharoit yaratiladi. Neft qatlamlariga issiqlik bilan ta‘sir qilishni turli usullar orqali amalga oshirsa bo‗ladi:
1) qatlamni gazlashtirish, shuningdek yuqoridan havo yoki gaz-havo aralashmasini uzatib turish orqali qatlam ichra harakatlanuvchi yonish o‗chog‗ini yuzaga keltirish bilan (QIXYOO‗).
2) qatlamga issiq suv, bug‗ va boshqa issiqlik tashuvchilarni haydash.
9.3 . Qatlam ichra yonishni qo‘llash bilan yer bag‘ridan neft olish texnologiyasi va mexanizmi.
Tadqiqotlar ko‗rsatadiki, qatlam ichra yonish jarayonining rivojlanishida qatlamning g‗ovak muhitida asosan koks nomini olgan neftning og‗ir cho‗kindisi yonadi, shuningdek neftning bir muncha yengil fraksiyalari haroratning yuqoriligi natijasida yonish hududi oldida bug‗lanadi va gaz oqimi bilan qatlam bo‗ylab oldinga oluvchi quduqlar yo‗nalishi tomonga olib ketiladi. Neft konini qatlam ichra yonish usuli bilai ishlash jarayonida, qatlamga maxsus havo haydovchi quduqlar orqali haydalayotgan havo oksidlovchi sifatida qo‗llaniladi. Neft oluvchi quduqlardan yonish mahsulotlari va suv bilan birga olinadi. Olingan suvni yana o‗sha havo haydovchi yoki maxsus suv haydovchi quduqlar orqali qatlamga haydash mumkin.
Qatlam ichra yonish jarayonini qatlamda hosil qilish uni o‗yg‗otish, qo‗zg‗otish bilan boshlanadi. Buning uchum yonish jarayonini boshlash mo‗ljallangan quduqqa qizdirish qurilmasi (chuqurlik gorelkasi yoki elektrisitgich) tushiriladi va havo haydaladi. Havo, qatlamni to‗yintirgan neft va suvga nisbatan qovushqoqligini bir necha bor kam bo‗lganligi uchun neft va suvni ichidan o‗tadi, bu jarayonda ularni oluvchi quduqlar tubi tomonga qisman siqadi. Mana shunday qilib havo haydovchi va mahsulot oluvchi quduqlar o‗rtasida aloqa o‗rnatiladi. Keyin chuqurlik isitgich qurilmasi qo‗shiladi va qatlamga issiqlik kiritiladi. Natijada unda harorat ko‗tariladi, neftniig oksidlanish tezligi oshadi va oksidlanish yonishga o‗tadi.
Soddaroq qilib aytganda bu usulning mohiyati quyidagicha: neft qatlami tayyor gazgeneratori sifatida qaraladi. Unda u yoki bu usul bilan neft yoqilgandan keyin yondiruvchi (haydovchi) quduq tubida, doimiy havo oqimi sharoitida, qatlamda harakatlanuvchi yonish o‗chog‗i hosil qilinadi. yonish hududining oldida paydo bo‗lgan gazlar va neft bug‗lari, shuningdek qovushqoqligi pasaygan qizigan neft ishlatuvchi quduqlar tomonga harakat qiladi va ular orqali yuqoriga chiqarib olinadi.
QIXYOO‗ ning ko‗proq o‗rganilgan texnologik tarxi: besh nuqtali, o‗rtada haydovchi quduq bo‗lgan quduqlar to‗rili, neft to‗g‗riga oquvchi tarx hisoblanadi. Neft konini ishlatish uning alohida hududlarni ketma-ket qo‗shish bilan olib boriladi.
Bunday tarxda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi. Haydovchi quduq tubida qizdirish qurilmasi orqali qatlam qismi qizdiriladi va yuqori haroratli hudud yuzaga keltiriladi. Yonish hududi hosil qilish uchun turli chuqurlik qizdirish qurilmalari, odatda elektrik va gazli qurilmalar ishlatiladi.
Quduq tubi atrofi qizdirilgandan keyin qatlam ichidagi neftni alangalatish va boshlang‗ich yonish o‗chog‗ini qo‗zg‗otish uchun quduqqa oksidlovchi agent yuboriladi. Oksidlovchi agent sifatida havo, havo va tabiiy gaz aralashmasi, kislorod bilan boyitilgan havo va boshqalar qullanishi mumkin.
Oksidlovchini uzluksiz yuborilishi natijasida uning yo‗nalishida yonish o‗chog‗ining qatlamda harakati boshlanadi. Yonish o‗chog‗i yetarli darajada barqarorlashib, ishlatuachi quduqlar tomonga harakatlana boshlagach, yondiruvchi quduq faqat haydovchi quduqqa aylanadi, uning tubi soviydi, qizdiruvchi chuqurlik agregati esa yuqoriga chiqarib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |