Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz olishning texnologiyasi va texnikasi»



Download 2,15 Mb.
bet12/85
Sana14.02.2023
Hajmi2,15 Mb.
#910914
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
qarshi-muhandislik-iqtisodiyot-instituti-neft-va-gaz-fakulteti

Gaz bosimi tarzi. Gaz shapkali uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi gaz do‘pisidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning ahamiyatli faolligi bo‘lishi mumkin.
Gaz bosimi tarzida ishlatishning boshlangich bosqichida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu ko‘p neft olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi, natijada gaz shapkasidagi gazning kengayishi hisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan porshenli siqib chiqarilishi bilan bog‘liq. Bunday holda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan gaz shapkasida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Shunday qilib gaz bosimi tarzida qatlam bosimining o‘zgarishi jami neft olishga bog‘liq bo‘ladi.
Neft qazib olingan sari qatlam bosimi tobora pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin holatda ajralishi va uni gaz shapkasida to‘planishiga imkon yaratadi.
Neftdan gazning ajralishi uning qovushqoqligini oshiradi va neft debitiga hamda neft byeruvchanlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini o‘sishiga olib keladi.
Uyumning neftli qismida qatlam bosimining ahamiyatli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu o‘z navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini

uyumning gazli qismida pasayishi va ko‘p miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bo‘ladi. U yerdan neftni olish imkoni bo‘lmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberaoluvchanlikni pasayishiga olib keladi.
Bunday holatlarda gaz shapkasidan gaz olish maqsadga muvofiq emas.
Gaz bosimi tarzida oxirgi neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashkil qiladi ( 2.3a-rasm).
Erigan gaz tarzi. Neftni qazib chiqarish quduqlari tubiga harakatlantiruvchi asosiy enyergiya manbaasi neftda yerigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu tarz odatda uyumning neftli qismi bilan kontur orti qismining gidrodinamik aloqasi yaxshi bo‘lmagan uyumlarda yuzaga keladi.
Yerigan gaz tarzi qatlam bosimi to‘yinganlik bosimidan pasayganda kuzatiladi.
Uyumda neftda yerigan gazlar undan ajralib erkin holdagi pufakchalarni hosil qiladi.
Bu vaqtda ular neftgaz eritmasi (aralashmasi) hosil qilib yuqori darajadagi qayishqoqlik beradi, neftni qovushqoqligini pasayishiga imkon yaratadi va aralashmaning harakatlanishini yingillashtiradi. Ishlatishning bu davri qatlam bosimining doimiy ravishda pasayishi, gaz omilining nisbatan doimiyligi va joriy qazib chiqarishni maksimumgacha o‘sishi bilan xaraktyerlanadi.
Gaz pufakchalarining miqdori ortadi va quduqlar tubiga neftga nisbatan tezroq yitib keladi. Bu davrda gaz omili birdaniga o‘sadi va neft uchun fazoviy o‘tkazuvchanlik kamayadi. Shu vaqtda neft o‘zida yerigan gazning asosiy qismini yo‘qotib qovushqoq bo‘lib qoladi va harakatchanligi kamayadi. Shuning uchun qatlam bosimining pasayib borishiga qaramasdan joriy neft olish minimumgacha kamayadi.
Neftda yerigan gazning miqdori chegaralanganligi sababli uning enyergiyasi pasayadi, neftdan gazning ajralishi to‘xtaydi. Gaz omili minimumgacha kamayadi.
Yerigan gaz tarzida qatlam bosimining pasayishi jami neft va gaz olishga bog‘liq (2b-rasm).
Yuqorida bayon qilinganlar erigan gaz tarzining kam samaraligidan dalolat beradi. Neft olish koeffitsienti sharoitga bog‘liq holda 0,1-0,3 oraliqda o‘zgaradi.

2.3-rasm. Uyumlarni ishlash dinamikasi grafigi ( M.A.Jdanov bo‘yicha ) .


a – gaz bosimi tarzida; b – erigan gaz tarzida.
Egri chiziqlar: Q

n – neft qazib chiqarish; Qs suv qazib chiqarish; Pqat. – qatlam bosimi; Pto‘y. – to‘yinganlik bosimi; Gr – gaz omili; A – A – uyumda gravitatsion tarzni yuzaga kelishi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish