1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini qo‘llanilish tarixi



Download 233,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana10.11.2022
Hajmi233,99 Kb.
#863249
  1   2
Bog'liq
12-maruza (1)



14-Ma’ruza.
Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari

Ma’ruza rejasi 
 
1.Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari
2.Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini qo‘llanilish tarixi 
3.Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari 
Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari deganda qatlamlarni uzoq vaqt 
ishlatish natijasida neft zahiralarini anchagina qismi olinib bo‘lingandan keyin, 
ya’ni ishlashning so‘nggi davrlarida qatlamlarga ta’sir qilish usullari tushuniladi. 
Mamlakatning neft uyumlarida neft beraoluvchanlik koeffitsiyentini o‘rtachaga 
nisbatan 2 – 3 % ga ko‘tarish katta ahamiyatga ega. Bu esa yangi katta konni 
ochish bilan barobardir. 
Eski va zahirasining ko‘p qismi olib bo’lingan konlarda qoldiq neftni olish bir 
qancha qiyinchiliklar bilan bog‘liq: qatlamda bosim tushishi bilan birga neft 
qisman gazsizlanadi va buning oqibatida qovushqoqligi ortadi; qatlamda tog’‘ 
jinsining neft uchun fazaviy o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi erkin gaz paydo 
bo‘ladi; uyum ko’proq yoki kamroq darajada suvlangan bo‘lishi mumkin. 
Uyumlardan qoldiq neft zahirasini olish uchun ikkilamchi tadbirlar sifatida 
odatda neft qatlamlariga gaz (havo) yoki suv haydash qo‘llaniladi. 
Neft olishning ikkilamchi usullarini loyihalashtirishda neftlilik qatlamini 
mufassal o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bunday o‘rganishda quyidagilar 
aniqlanishi kerak: 
1)
qatlamning 
fizik 
xususiyatlari 
– 
jinslarning 
g‘ovakligi, 
o‘tkazuvchanligi, granulometrik va minerologik tarkibi, qatlamning qalinligi va uni 
maydon bo‘ylab o‘zgarishi; 


2)
suyuqlik va gazning qatlam sharoitidagi fizik xususiyatlari – neft va 
gazning qovushqoqligi, neftning gazga to‘yinganligi, to‘yinish bosimining kattaligi, 
neftning zichligi va b.; 
3)
qoldiq neftning, bog‘liq suvning va qatlamning alohida hududlaridagi 
gazning miqdori; 
4)
qatlam bosimi va uni qatlamning turli qismlarida o‘zgarishi; 
5)
suvlilk va gazlilik chegaralari; 
6)
qatlamning mahsuldorligi va yutish qobiliyati. 
Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirish uchun obyekt tanlashda 
quyidagilarga asoslaniladi: 
1.
Qoldiq neftga to‘yinganlik g‘ovak muhitning hajmini kamida 35% ni 
tashkil qilishi lozim. Chunki neftga to‘yinganlik bundan ham pastrok bo‘lganda 
qatlamdan olinayotgan 1t neft uchun sarflanadigan ishchi agentning solishtirma sarfi 
ko‘payishi hisobiga jarayonning samaradorligi tezda tushadi. 
2.
Bog‘liq suvning miqdori jinsda 25% gacha bo‘lsa suv haydash 
samaralirok bo‘ladi. Bog‘liq suvning miqdorini bundan hamko’proq bulishi 
jarayonning samaradorligini pasaytiradi. Qaydqilingan usulni qo‘llash uchun suvga 
to‘yinganlikning chegarasi 55% ni tashkil qiladi. Qatlamga gaz haydashni bog‘liq 
suvning miqdori bundan hamko’proq bo‘lgan hollarda qo‘llasa bo‘ladi; bu holatda 
suvga to‘yinganlikni chegarasi 70% ga teng; 
3.
Har xil o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan qatlamchalardan tuzilgan turli 
tog’’ jinslaridan iborat qatlamlarni ishchi agentni har biriga alohida haydash uchun 
ikki – uch obyektga bo‘lish (bunda pachkalarning qalinligi 10-20 m ni tashkil qilishi 
kerak) maqsadga muvoffik. Bunday tog’’ jinslarida haydovchi quduqlar kesimidagi 
yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarni izolyatsiya qilish (berkitish) tadbirlarini
o‘tqazish kerak; 
4.
Qatlamning fatsial o‘zgaruvchanligi, linzasimonligi va qalinligini 
kichikligi xolatlarida ko‘shni quduqlar bir-biridan ta’sirlanmaydi, bunda neft 
olishning ikkilamchi usullari kerakli samarani bermaydi. 


5.
O‘piriluvchan va bo‘sh tog’‘ jinslaridan tashkil topgan qatlamlarda quduq 
tubi tikini hosil bo‘lishi va ular bilan doimiy kurashib turish lozimligi tufayli neft 
olishni ikkilamchi usullarini tashkil qilish qulay emas. 
6.
Qatlamni bir necha bloklarga bo‘luvchi tektonik buzilishlar bo‘lsa, har 
kaysi blokni ta’sir qilishning mustaqil obyekti sifatida karash kerak. 
7.
Neft olishning ikkilamchi usullarini qo‘llash uchun erigan gaz rejimidagi 
yopik qatlamlar qulay obektlarhisoblanadi. 
8.
Yuqorida keltirilganidek qatlamning yuqori suvlanganligi maydon 
bo‘ylab suv haydash samaradorligini pasaytiradi. Qatlamning yuqori gazga 
to‘yinganligi gaz haydash uchun ma’qul emas. Chunki bu xolat ishchi agentni 
muddatidan oldin oluvchi quduqlarga o‘tib ketishiga va uni solishtirma sarfini 
ko‘payishiga olib keladi. 
9.
Ishchi agentning solishtirma sarfi neftning sifatiga bog‘liq. Neft 
qovushqoqligini yuqori bo‘lishi suv, gaz va havoning solishtirma sarfini ko‘p 
bulishiga olib keladi. 
10.
Neft olishning ikkilamchi usullarini amalga oshirishda butun ishlatish 
obyektini ta’sir bilan qamrab olish kerak. Usul qo‘llanalayotgan qatlamlar to‘g‘ri 
quduqlar turiga ega bo‘lishi lozim, agarda bunday to‘r bo‘lmasa qo‘shimcha 
quduqlarni qazishni loyihalashtirish kerak. 
Suv va gazni qatlamning biror bir qismiga yoki butun qatlamga haydashda 
quyidagilarni o‘zgarishi kuzatiladi: 
а) qatlam bosimi yoki quduqlardagi satx; 
b) quduqlarning mahsuldorlik koeffitsiyenti yoki mahsulot miqdori; 
v) gaz omili yoki quduqlarni suvlanish foizi; 
g) olinayotgan neft, suv va gazning tarkibi; 
d) suvlilik va gazlilik konturi; 
y) haydovchi quduqlarning qabul qiluvchanligi. 


Olingan ma’lumotlar ishchi agent haydashning texnologik jarayonini: haydash 
bosimi, ishchi agent miqdori, butun qatlam va alohida quduqlar bo‘yicha 
mahsulot olish va haydash sur’atini o‘rnatish uchun asos qilib olinadi. 
Neft olishni ikkilamchi usullari qo‘llanilayotganda haydovchi quduqlardan 
oluvchi quduqlarga ishchi agentni o‘tib ketishiga qarshi kurashishga asosiy 
e’tiborni karatish zarur. Ishchi agentni o‘tib ketishini gaz omili va suvlanish 
foizini (jarayonning boshlang‘ich bosqichidayok) tezda ko‘payishi bilan bir 
vaqtda quduqlar mahsulot miqdorini kamayishidan bilsa bo‘ladi. 
Ishchi agentni o‘tib ketishi bilan kurashishning vositalariga quyidagilar kiradi: 
1)
ishchi agent o‘tib ketayotgan hududlarda ishchi agentni haydash hajmini 
va quduqlar debitini cheklash; 
2)
mahsulot oluvchi quduqlarni davriy ishlatish va haydovchi quduqlardan 
ishchi agentni davriy haydash; 
3)
haydovchi quduqlar kesimidagi yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarni 
paker o‘rnatish va boshqa tadbirlarni qo‘llash orqali izolyatsiya qilish; 
4)
havo haydashda haydovchi quduqlarga davriy suv xaydab turish. 
Neft olishning ikkilamchi usullari amalga oshirilayotgan davrda butun 
jarayonni geologik-texnik xujjatini aniq yuritish lozim. 

Download 233,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish