1. Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullari Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini qo‘llanilish tarixi


 Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini



Download 233,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.11.2022
Hajmi233,99 Kb.
#863249
1   2
Bog'liq
12-maruza (1)

 
12.2. Respublikamizda qatlam bosimini saqlash usullarini
qo‘llanilish tarixi 
Farg’ona vodiysidagi neft konlarining ko‘p qismi Ulug’ Vatan urushi va undan 
keyingi yillarda sanoat miqyosida ishga tushirilgan (1940-1950 yillar). Bu 
davrda neft uyumlarining geologik tuzilishi va ularning fizikaviy xususiyatlarni 
tabiiyki, yetarli darajada tadqiqot qilinmagan bo‘lib, suv haydash tizimlari 
o‘zining ishlatilishi jarayonida bir necha bor qayta o‘zgartirilgan. Bular 
quyidagilardan iborat: suv haydash chizigini neft olinayotgan maydonga 
yaqinlashtirish, qo‘shimcha haydovchi quduqlarni ishga tushirish, suv haydashni 


vaqtinchalik to’xtatish, bir qator holatlarda qo‘llanilayotgan tizimdan butunlay 
voz kechish. 
O‘zbekistonda neft uyumlariga suv haydashning quyidagi usullari 
qo‘llanilmoqda: suv-neft chegarasi yoniga, kombinatsiyalashgan (chegara 
yoniga+chegara ichiga), chegara ichiga. 
Chegara yoniga suv haydash birinchi bor Janubiy Olamushuk konining V+VI 
gorizontlarida 1952 yilda qo‘llanilgan bo‘lib, Fargona vodiysining 90% neft 
uyumlarida o‘zlashtirishga urinib ko‘rildi. Biroq ba’zi konlarda yaxshi natijaga 
erishilmagach, bu usulni uyum ichiga suv haydash usullari bilan kombinatsiyada 
qo‘llanildi. 
Asosiy sabablar esa quyidagilardan iborat: 
1) Boshlang‘ich suv-neft chegarasi atrofida kollektorlik xususiyatlarining 
yomonlashganligi va tog’ jinslarining har xilligi; 
2) Kollektorlarning har xilligi, tektonik va litologik buzilishlarning mavjudligi 
tufayli neft uyumining alohida qismlari orasida gidrodinamik aloqaning 
yomonligi; 
3) Terrigen va karbonat kollektorlarida o‘tkazuvchanlik xususiyatining pastligi 
va ularning kesimida gilli qatlamchalarning ko‘pligi. 
Hozirgi davrda chegara yoniga suv haydash Xo‘jaobod konining III, VII, VIII 
gorizontlarida, Janubiy Olamushuk konining KKS gorizontida qo‘llanilmokda. 
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra suv haydash jarayonini jadallashtirish maqsadida 
1960-1962 yillarda kombinatsiyalashgan usulning quyidagi ko‘rinishlari 
o‘zlashtirildi: 
1) Chegara yoniga va o‘choqsimon; 
2) Chegara yoniga va maydon o‘qi bo‘ylab; 
3) Chegara yoniga suv va uyum gumbazining yuqori qismiga gaz haydash. 


Kombinatsiyalashgan suv haydashning birinchi ko‘rinishi Andijon konining III 
gorizonti (sharkiy maydon) terrigen kollektorida va Xo‘jaobod konining shu 
gorizontida o‘zlashtirildi. Bu usulning qo‘llanishi ko‘pgina neft uyumlarida 
birinchidan, Haydalayotgan suvdan samarali foydalanish; ikkinchidan, maydon 
bo‘ylab qatlam bosimini muvofiqlashtirish, uchinchidan, neft uyumining 
tektonik va litologik to‘silgan kesimlariga suv haydash orqali ta’sir qilish 
imkoniyatlarni berdi. 
Ikkinchi ko‘rinishda suv haydash Janubiy Olamushuk konining I, V+VI va VIII 
gorizontlarida va Bo‘ston konining III gorizontida keng qo‘llanildi. Bu konlarda 
qatlamning gumbaz qismi murakkab geologik tuzilishdan iboratligi sababli 
kombinatsiyalashgan suv haydashning ikkinchi ko‘rinishi samaradorligi boshqa 
usullarga nisbatan past bo‘lib chiqdi. 
Kombinatsiyalashgan ta’sir ko‘rsatishning uchinchi ko‘rinishi Cho‘ngara-
Galcha konining VI gorizontida va Shimoliy So‘x konining VIII gorizontida 
qo‘llanilganda o‘zining boshqa usullarga karaganda samaradarligi yuqori 
ekanligini isbotladi. 
Bir vaqtning o‘zida qatlamga gaz va suv haydashning asosiy afzalliklarigi 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
а) gaz haydovchi quduqlarning kichik fondida ham uyumni haydalayotgan gaz 
ta’sirida tezda qamrab olish imkonini beradi; 
b) konda gaz haydashni tashkil qilish suv haydashni tashkil qilishga nisbatan 
kam vaqt talab qiladi; 
v) usulning nisbatan soddaligi va arzonligi. 
Chegara ichiga suv haydash kam qo‘llaniladigan usullardan biri xisolanib, 
Maylisu-IV konining V+VII gorizontlarida va Janubiy Olamushuk konining III 
gorizontida o‘zlashtirilgan. 
Shunday qilib, 1952 yildan boshlab uyumlarning neft beraolishligini oshirish 
maqsadida Fargona vodiysi sharoitida O‘zbekistonda suv bostirish usullarini 


o‘zlashtirish, qo‘llash maqsadida katta miqyosda sanoat eksperimenti o‘tkazildi. 
Bunda olimlardan P.K.Azimov, S.N.Nazarov, G.A.Alijanov, X.M.Turg‘unov va 
konlarni muxandis-texnik xodimlaridan V.P.Akulov, A.M.Akramov, 
L.I.Kalantarov va N.R.Raximovlarning xizmati beqiyosdir.
 
 
 
Tekshirish uchun savollar 
1.
 
Neft qazib chiqarishning ikkilamchi usullarini sanab o’ting.
 
2.
 
Neft olishning ikkilamchi usullarini loyihalashtirishda neftlilik 
qatlamini o‘rganishda qaysi parametrlar hisobga olinadi?
 

Document Outline


Download 233,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish