V.TALABALAR MUSTAQISH ISHINI BAHOLASH
Talabalar mustaqil ishi natijalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 9-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida baholanadi.
ILOVALAR
1-ilova
EKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«GEOLOGIYA VA KONCHLIK ISHI» FAKULTETI
“UMUMIY VA TARIXIY GEOLOGIYA” FANIDAN
REFERAT ISHI
Bajardi: Abdiyev R.P.,
GRI-101-21 (25) guruh talabasi
Qabul qildi: prof.Xolbayev B.M.
Qarshi - 2022
1-referat ishi. Mavzu.Endogen geologik jarayonlar
Reja:
Kirish
1.Endogen geologik jarayonlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar
2.Magmatizm
3.Tektonik harakatlar
4.Seysmik hodisalar (zilzilalar)
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yer po‘sti uzoq tarixiy davrlar mobaynida o‘z tarkibining ichki tuzili-shini va tashqi qiyofasini to‘xtovsiz o‘zgartirib turgan. Bu o‘zgarishlar yer po‘stida va yuzasida sodir bo‘ladigan geologik jarayonlar bilan bog‘liq.
Geologik jarayonlar deb, yer po‘stining tarkibini, tuzilishini, yotish ho-latini o‘zgartiradigan hamda tog‘ jinslarini hosil qiladigan, tabiiy jarayon-larga aytiladi. Geologik jarayonlar sodir bo‘lish muddatiga ko’ra turlicha bo‘ladi: ayrimlari juda tez muddatda tugallanadi (vulqon otilishlari, zilzila-lar) ayrimlari esa juda uzoq vaqt, uzluksiz, sokin bir - necha million yillar davom etadi (tektonik harakatlar, daryolarning o‘z o’zani va qirg‘oqlarini yuvishi) va yerning tashqi qiyofasini va ichki tuzilishini o‘zgartiradi. Geolo-gik jarayonlar sodir bo‘lishi uchun ma’lum bir energiya manbai bo‘lishi lozim. Energiya manbai bo‘lib Quyoshning issiqlik energiyasi, Oy va Quyoshning tortish kuchi, yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi, yer qa’rida ra-dioaktiv elementlarning parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik energiyasi va yer qa’ri jismlarning solishtirma og‘irligi boyicha bo‘linishi natijasida hosil bo‘lgan energiya xizmat qiladi. Energiya manbaiga qarab geologik jarayonlar ekzogen va endogen turlarga bo’linadi.
1.Endogen geologik jarayonlar deyilganda, yerning ichki sferalaridan ajralib chiqqan magma massasining litosfera qatlamlaridagi harakati tushu-niladi. Tog‘ jinsi qatlamlarining burmalanishi yoki uzilishi natijasida yer po‘stining ayrim qismlari yoriqlar yuzasi boylab ko‘tarilishi va bukilishi na-tijasida tog‘ tizmalari va botiqliklarning hosil bo‘lishi ham kiradi. Bu massaning bir qismi yer po‘stidagi yirik yoriqlar orqali yer yuziga sizib chiqishi mumkin. Yer po‘stida harakat qilgan va yer yuziga sizib chiqqan magma massasi magmatik tog‘ jinslarini hosil qiladi. Magma massasining litosfera yoriqlari boylab harakati jarayonida, litosferaning ayrim qismlari qattiq qizdiriladi, atrofida joylashgan jinslarga eritmalar, gazlar, bug‘lar katta bosim bilan ta`sir ko’rsatadi va natijada jinslarning tarkibi, tuzilishi va yotish holati o‘zgaradi.
Shunday qilib, tabiatda hamma narsa uzluksiz harakatda va o‘zgarishda bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar o‘zaro ta’sirda, endogen va ekzogen jarayonlar bir-birlari bilan uzluksiz qarama-qarshi kurashda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |