Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti mustaqil ishlari bajarish, yozish va rasmiylashtirish tartiblari



Download 0,97 Mb.
bet3/16
Sana30.06.2022
Hajmi0,97 Mb.
#719030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
МАТН-Муст.иш-УК

I.TALABA MUSTAQIL ISHI
Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lkm bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida talaba mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, 1-kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi - oliy ta’limga talabalarning ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular oliy ta’limda bilim olish jaryonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishini deyarli bilishmaydi. YA’ni ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va kerakli zarur qismlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrlarini aniq va yorqin ohangda ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash masalalari ular uchun katta muammo hisoblanadi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab, har bir talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch o‘yg‘otish, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishlarini to‘g‘ri tashki etishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Tabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkab-lashib, kengayib borishini hisobga olgan holda, ularning tashabbuskorligi va rolini oshiribb borish zarur. Shundagina mustaqil ta’limga ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarni bjaribgina qomasdan, balki o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi uchun zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Talaba mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidgi jihatlar e’iborga olnishi lozim:
- o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchi-liklar darajasi;
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi hamda qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borish lozim. Ya’ni, talabalarning berilgan topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy ravishda yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
1.Fanning ayrim mavzularini o‘quv adabitari yordamida mustaqil o‘zashtirish, o‘quv manbalari bilan tanishish.
2.Amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish.
3.Fanning o‘quv dasturida berilgan mavzu bo‘yicha referat tayyorlash.
4.Kurs ishi (loyihalari)ni bajarish.
5.Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash.
6.Hisob-kitob va grafik ishlarni bajarish.
7.Fanga taaluqlli maket va model tayyorlash.
8.Amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test topshiriqlari, munozarali savollar va topshiriqlar tayrlash.
9.Mutaxassisligi mos ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash va chop etish.
10.Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash.
11.Uy vazifalarini bajarish va shu kabi ishlarni bajarish.
Talabalarga qaysi turdagi mustaqil ish topshiriqlarini berish lozimligi, har o‘quv yili boshida, kafedra yig‘ilishida fanning yetaki professor-o‘qituvchilari tomonidan belgilanadi va muhokama qilindi. Beriladigan topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsad sari yo‘naltiril-gan bo‘lib, talabalarning auditorya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish, to‘ldirish va boyitishga xizmat qilishi kerak.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish