Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «texnologik mashinalar va jihozlar» kafedrasi



Download 6,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/163
Sana25.04.2022
Hajmi6,47 Mb.
#581207
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163
Bog'liq
neftkimyo va neft - gazni qayta ishlash jihozlari fani boyicha maruzalar matni

Qurilmalarni yuvish
. Truba va truba oralig‘i ichidagi tarkibni, shtuserlar 
yoki maxsus qobiq va qopqoqdagi maxsus chiqarib tashlovchi muftalar orqali 
bо‘shatiladi. Sо‘ngra ishchi muhitning fizik-kimyoviy xossalariga kо‘ra 
mо‘ljallanadigan vaqt oralig‘ida ular suv bilan yuviladi, keyin bug‘lantiriladi. 
Buning uchun issiqlik almashinish qurilmalarining trubalar bog‘lamiga bug‘ 
liniyasini ulash imkoniyatlari kо‘rib chiqiladi. Bu liniya qurilmalar ishchi 
rejimda mustahkam biriktirilgan bо‘lishi kerak. Yuvish va bug‘latish orqali ikki 
maqsadga erishiladi: portlash va yong‘indan xavfsiz yoki zaxarli moddalardan 
xavfsiz hosil qilish yо‘li bilan qurilmani ochishga tayyorlashga va yuzalarni 
chо‘kindilardan tozalashga. Shuni nazarda tutish kerakki, yuvish - bu trubalar 
tashqi yuzasidan chо‘kindilarni ajratib olishning birdan-bir mumkin bо‘lgan 
usulidir. Shuning uchun issiqlik almashinuv qurilmalarining trubalararo 
bо‘shlig‘ini yuvishga alohida e’tibor qaratish kerak. 
Qurilmalarni mumkin qadar bug‘ bilan isitiladigan issiq suvda yuvish 
kerak. Neftni qayta ishlash qurilmalarini issiq suv va kerosin aralashmasi bilan 
yuvish amalga oshirilmokda. Kerosin neft mahsulotlarini eritadi, koks va boshqa 
mexanik aralashmalar esa aralashma oqimi bilan birga chiqib ketadi. Agar truba 
bо‘shlig‘iga bir vaqtning о‘zida bug‘ ham yuborilsa, bunday yuvishning 
samarasi yana ham ortadi. Kerosinni va isitishga ketadigan issiqlik sarfini 
kamaytirish maqsadida ishlatib bо‘lingan aralashmani ma’lum sig‘imga solinadi 
va undagi chiqindilar tindiriladi, sо‘ngra yana foydalaniladi. (2- rasm). 


97 
Yuvuvchi suyuqlik sifatida 100-120°C gacha isitilgan solyar moyi ishlatilsa ham 
bо‘ladi. 
2- rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini kimyoviy tozalash usuli. 
1-yuvuvchi suyuqlikni tindirsh uchun sig‘im; 2-isitkich; 3- devorli sig‘im; 4-nasos; 
5- chо‘kmani chiqarish shtuseri. 
Yuzalardagi chiqindilar va chо‘kindilar kerosin yoki solyar moyida yaxshi 
erimasa, u holda maxsus ingibitorlardan foydalanib, kislotali tozalash 
qо‘llaniladi. Ular truba va qobiq metallari intensiv korroziyasini oldini oladi. 
Odatda xlorid kislotasining «unikol» ingibitori bilan aralashmasi qо‘llaniladi. 
Yuvish davomiyligi yig‘ilgan tajribaga asoslanib, issiqlik almashinish 
qurilmasining har bir guruhi uchun chо‘kindilarning fizik- kimyoviy 
xususiyatlariga qarab aniqlanadi. 
Issiqlik almashinish qurilmalarini yuvishni ifloslanish darajasiga kо‘ra va 
yuvilayotgan vaqtdagi keladigan gidravlik qarshilikka kо‘ra, bittadan yoki 
alohida uchastkalar bо‘yicha amalga oshiriladi. Hamma issiqlik almashinish 
qurilmalarini bir vaqtda yuvish osonroqdir, buning uchun ishlatilayotgan 
trubalar bog‘lamidan foydalaniladi (2-rasm). 
Yirik issiqlik almashinish qurilmalarining truba bog‘lamlari bitta-bittadan 
uzilishini imkoniyatini kо‘rib chiqiladi, issiqlik almashinish yuzasi kichik 
bо‘lgan qurilmalar uchun juft-juft uzilish kо‘rib chiqiladi. Bunday bog‘lam 
(paypaslash) deffektli issiqlik almashinish qurilmalarini ishlab turgan 
texnologik qurilma yoki blokni boshqa qurilmalardan uzish imkonini beradi. 
Truba bо‘shlig‘i ham, ya’ni issiqlik almashinish qurilmalarining ichki 
yuzalari, qopqoqlari va qurilma xuddi shunday yuviladi.

Download 6,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish