94
konstruksiyalar tо‘sinlari (vertikal joylashganda va yuqori balandliklarda
gorizontal joylashganda) xizmat qiladi.
Qurilma qobig‘iga oraliq masofalari normalga tо‘g‘ri keladigan ikkita
tayanchlar payvand qilinadi (1
a
-rasm). Issiqlik almashinish qurilmasini mavjud
bо‘lgan poydevorga о‘rnatish uchun tayanchlar orasidagi masofani kichik
chegaralarda о‘zgartirish mumkin. Qurilmaning qobig‘i va tayanchlari orasida
pо‘lat listlardan yasalgan qistirmalar joylashtirilishi kerak.
Ular qobiqdagi
shikastlanishni oldini oladi. Vertikal joylashgan issiqlik almashinish qurilmalari
qobig‘iga tayanchlar о‘rniga mustahkamlik qovurg‘alariga ega bо‘lgan panjalar
payvandlanadi (1
b
-rasm).
1- rasm. Issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari.
a- 2 ta kran yordamida; b – quvur о‘tkazgich yordamida; v – isitkich bloklarini kran
yordamida; g - vertikal isitkichlarni monobalka yordamida; I –
gorizantal issiqlik
almashinish qurilmalar tayanchi; II – vertikal issiqlik almashinish qurilmalarining
tayanchlari.
Kо‘p hollarda issiqlik almashinish qurilmalarini loyiha nuqtasiga о‘zi
yurar kranlar yordamida о‘rnatiladi. Agar, ayrim hollarda kranning yuk
kо‘tarish qobiliyati yetarli darajada bо‘lmasa, issiqlik almashinish qurilmalari
ikkita kran yordamida о‘rnatiladi. 1-rasmda issiqlik
almashinish qurilmalarini
kо‘tarish va о‘rnatilishi kо‘rsatilgan.
Ikkita va undan ortiq yarusda joylashgan issiqlik almashinish
qurilmalariini bir necha qurilmalardan iborat yirik bloklarda, о‘zaro trubalar
bilan bog‘langan holda, kо‘tarish maqsadga muvofiq.
Bir turdagi issiqlik almashinish qurilmalarini kо‘tarish va ularning trubali
bog‘lanishlarini unifikatsiyalash uchun ularni tayyorlashda qobiq va
taqsimlovchi kamera shtuserlarining loyihadagi о‘lchamlari
aniq bajarilishi
zarur.
95
Issiqlik almashinish qurilmalari holatini sath yoki shovun bilan
tekshiriladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari gorizontal о‘rnatilganda qobiq va
tayanchlar oralig‘idagi temperaturalar deformatsiyasi bir necha millimetrga
yetishi mumkin. Shuning uchun tayanchlardan biri qо‘zg‘aluvchan bо‘lishi
mumkin.
Sirpanuvchi yuzalarni shunday muhofazalash kerakki,
bunda qisib qolish
holatlari bartaraf qilinishi kerak.
Montaj qilinayotgan issiqlik almashinish qurilmalar, tayyorlovchi
korxonalarda sinov bosimi ostida tekshirilgan bо‘lishi kerak. Shuning uchun,
montaj maydonida ular bitta-bitta bosim bilan tekshirilmaydi. Issiqlik
almashinish qurilmasi umumiy texnologik tizim bilan birgalikda, montaj ishlari
tugagandan sо‘ng tekshiriladi. Korxona sinovlari
dalolatnomasi yoki qurilma
uzoq vaqt davomida omborda yoki montaj maydonchasida turib qolgan bо‘lsa,
montaj oldidan issiqlik almashinuvchi qurilma taftish qilinadi, zarurati bо‘lsa,
ta’mirlanadi ham. Nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari, xuddi
yangi issiqlik almashinish qurilmasida bо‘lgani kabi, ekspluatatsiyada bо‘lgan
issiqlik almashinish qurilmasida ham ularning kostruktiv bajarilishiga bog‘liq.
Shuning uchun har bir qurilmani taftish va ta’mirlanishiga alohida tо‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: