98
Nuqsonlarni aniqlash va bartaraf qilish.
Tagliklar va ulardagi seksiya
tо‘siqlari devorlarining faktik qalinligini, teshiklarni parmalash yо‘li bilan
о‘lchanadi, shuningdek ultratovushli qalinlik о‘lchagichlar yordamida ham
о‘lchanadi. Seksiya tо‘siqlarini tagliklarga payvandlash sifati, ularga suv solib
tekshiriladi. Suvni navbatma-navbat
har bir seksiyaga uzatiladi, buning uchun
qopqoqdagi barcha shtuserlar berkitiladi, qopqoqni esa ochiq tomoni bilan
yuqoriga qaratib о‘rnatiladi. Truba panjaralaridagi trubalar uchlarini
mahkamlanish holatini avval kо‘z bilan kuzatish orqali tekshiriladi.
Truba
uchlarini truba panjaralari uyalarida teshik og‘zini yumaloqlash orqali
mahkamlash keng tarqalgan. Issiqlik almashinish trubalarining alohida
xususiyatlari: ularning kichik qalinlikda ekanligidir. Shuning uchun trubalar
uchlarining mahkamlanishi alohida e’tibor bilan tekshiriladi. Teshiklarni
yumaloqlab
mahkamlash sifatini, yumaloqlash orqali mahkamlangan yuzalar
holati bо‘yicha baholanadi. Yuzalar bir tekis deformatsiyalangan bо‘lishi,
shuningdek yumaloqlab berkitilgan trubalar uchlari ichki diametri о‘lchamlari
natijalari bо‘yicha bо‘lishi kerak. U truba devori qalinligi boshlang‘ich
diametrdan 15-30% ga kо‘p bо‘lishi kerak. Yangi yumaloqlab yopilgan
birikmalar sifati, yumaloqlab berkitish darajasi orqali xarakterlanadi. Uni
quyidagi formula orqali aniqlanadi:
100
'
D
d
D
d
d
k
н
в
в
(1)
bu yerda k - razvalsovka darajasi, (%); issiqlik almashinish qurilmalari
uchun k=0,5-1%;
'
в
d
va d
v
- razvalsovkagacha va razvalsovkadan keyingi truba
diametri, mm; D - teshikli panjaradagi truba razvalsovkasi uyasining diametri,
mm; d
n
- truba uchining razvalsovkagacha bо‘lgan diametri, mm.
Truba uchlari panjara yuzasidan truba devori qalinligiga teng bо‘lgan
uzunlikda chiqib turishi kerak va bortovka qilingan bо‘lishi zarur. Truba
uchining qо‘ng‘iroqchasi (bortovka qilingan uchastka) butun, yoriqlarsiz va
darzlarsiz bо‘lishi kerak. Truba devorining
yumaloqlab mahkamlangan
yuzasidan yumaloqlab mahkamlanmagan uchastkalariga о‘tadigan joylariga
e’tibor berish zarur: ular silliq, devorlarining uchli kesiklarisiz bо‘lishi kerak.
Kо‘p hollarda trubalarning uchlari tezroq yemiriladi, shuning uchun,
ularning qalinliklarini о‘lchash orqali issiqlik almashinish trubalari butkul
holati haqida xulosa qilish mumkin. О‘ta yemirilgan
trubalar yumaloqlab
mahkamlangan birikmalarning mustahkamligini ta’minlay olmaydi.
Agar panjaralar va trubalar yaxshi payvandlanadigan metalldan yasalgan
bо‘lsa, issiqlik almashinish qurilmalarida truba panjaralarida trubalarni
payvandlab mahkamlash ham qо‘llaniladi. Panjara va truba devorlarining
qalinliklari juda katta farqli bо‘lishi, payvand ishlarini sifatli bajarilishiga
qiyinchilik tug‘diradi. Kо‘rik vaqtida payvand choki bir tekisliligiga va uning
qalinligiga e’tibor
berish kerak, chunki ekspluatatsiya jarayonida choklar
korrozion va erozion yemirilishga duch keladi.
Trubalar ichki yuzalarini yuvish vaqtida chiqarib yuborilmagan
chо‘kindilar bilan ifloslanganlik darajasini kо‘z bilan ajratib va ozod kesimlar
diametrlarini о‘lchash yо‘li bilan ham aniqlanadi.