1-Mavzu: PORSHENLI ICHKI YONUV DVIGATELLARI.
1. Ichki yonuv dvegatelining tuzilishiga oid nazariy ma’lumotlar.
XIX asrlarning 70-80-yillarida mexanik ishning asosiy manbai bug’ mashinasi
hisoblanib, unda bosimi va temperaturasi past bo’lgan bug’ qo’llanilgan.
Yoqilg’i yonganda hosil bo’lgan yuqori temperaturali gazlar bug’ qozonlariga
yuborilib, ma’lum bir temperatura va bosimli bug’ olingan. Yoqilg’i
issiqligidan
bun- day usulda foydalanish bug’-kuch qurilmalarining termik f.i.k.ni pasaytirishga
olib kelgan. Shu sohada jahonning ko’p mamlakatlaridagi olimlarning xarakati
tufayli yangi dvigatel yaratildi. Bu dvigatelda yoqilg’i yonishidan hosil bo’lgan
gazlar bevosita mashinaning porsheniga ta’sir qiladi.
Silindrning porsheni ostida yoqilg’i yondiriladigan mashinalarga ichki yonuv
dvigatellari deb aytiladi. Bunday dvigatellarni yaratish mumkinligini birinchilardan
bo’lib Sadi Karno aytgan. 1824 yili Karno o’zining “Olovning
xarakatlantiruvchi
kuchi xaqida mulohazalar” nomli asarida quyidagi fikrlarni keltirgan: “Menimcha
havoni nasos yordamida siqib, uni yopiq bir idishga o’tkazish lozim,
u yerga esa
qandaydir mexanizm yordamida yoqilg’ini yuborish kerak,
keyin gazlarga
porshenga ta’sir etish imkoniyatini yaratish kerak”.
Karnoning g’oyalari keyinchalik to’liq royobga chiqdi. 1860 yili fransuz
mexanigi Lenuar gazda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratdi. Bu mashinada
ishchi jism dastlab siqilmasligi tufayli uning f.i.k. past bo’ladi.
Shu sababli u
mashina keng tarqalmadi. 1862 yili yana bir fransuz muhandisi Bo-de-Roshe Karno
g’oyalariga yaqin bo’lgan dvigatelga patent oldi. 1877 yili nemis muhandisi Otto
Bo-de-Roshe taklif qilgan printsiplariga asosan ishlaydigan
benzinli dvigatelni
qurdi.
1897 yili nemis muhandisi Dizel kerosinda ishlaydigan yuqori siqish
darajasiga ega bo’lgan dvigatelni ishlab chiqdi. Bu
dvigatelda havo kompressor
yordamida siqilib silindrga purkalgan. Rus muhandislari ham shu sohada katta ish
qildilar. 1893 yili Mamin neftda ishlaydigan yuqori bosimli dvigatelini ixtiro qildi.
1898 yili Peterburgdagi Nobel zavodida neftda ishlaydigan dvigatel qurildi. 1903
yili shu zavodda birinchi marta kemalar uchun og’ir yoqilg’ida ishlaydigan dvigatel
ishlab chiqarildi. 1904 yili rus muhandisi G.V.Trinkler
kompressorsiz dvigatelni
qurdi. Bu dvigatelda yoqilg’i avvalo o’zgarmas hajmda, keyin esa o’zgarmas
bosimda yondirildi. Yoqilg’i aralash yonadigan bunday dvigatel xozir ham keng
qo’llanilmoqda. Shunday qilib 40-50 yil ichida yuqori samaradorlikka ega bo’lgan
ichki yonuv dvigatellari yaratildi.
Porshenli ichki yonuv dvigatellari halq ho'jaligining ko'pgina sohalarida keng
qo'llaniladi. Barcha zamonaviy avtomobil va traktorlar asosan porshenli ichki yonuv
dvigatellari bilan jihozlangan. Bu ichki yonuv dvigatellarining
qator afzalliklari
mavjudligi bildiradi, ularga:
1) ularda qo'pol qozon qurilmasining yo'qligi va tashqi o'lchamlarining
kichikligi;
2) ishga tushirishga doimiy tayyorliligi va dvigatelni ishlamagan vaqtda
yoqilg'ini sarf bo'lmasligi;
3) suvni kam iste'mol qilinishi va hokazo;
Ichki yonuv dvigatellarining kamchiliklari:
a) qattiq yoqilg'i bilan solishtirilganda suyuq va gazsimon yoqilg'ining
zahirasini chegaralanganligi;
b) ishlatib bo'lingan gazlarning issiqligidan foydalanish qiyinligi;
v) bitta qurilmada yuqori quvvat olish mumkin emasligi va hokazo.